19.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3757
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3757]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 9-sentabrdagi PQ-280-son “Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq 2026-yil 1-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. TASHKULOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 13-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi raisi D. ASHUROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 25-dekabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Ushbu Nizom notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish va uni bekor qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Notarius tomonidan ijro xati notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali, elektron shaklda yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga koʻra notarial idora binosidan tashqarida (sayyor tartibda) yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xati videokonferensaloqa orqali yozilganda, uning tasdiqlovchi yozuvida bu haqida koʻrsatiladi hamda yozish jarayoni notarius tomonidan majburiy audio va videoda qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xati sayyor tartibda yozilganda, uning tasdiqlovchi yozuvida u yozilgan joyning manzili koʻrsatiladi va yozish hamda imzolash jarayoni notarius tomonidan majburiy audio va videoda qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xati notarius tomonidan faqat yuridik shaxslar foydasiga qarzdorlikni undirishni nazarda tutuvchi hujjatlar boʻyicha elektron shaklda yozilishi mumkin. Bunda, ijro xatini yozish va tasdiqlash jarayonida murojaat qiluvchi ishtirok etishi talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xatini yozish jarayonining audio va videoda qayd etilishi talab etiladigan hollarda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxs tasvirga toʻliq tushirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni va ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib tarafga tushuntirib berilishi, hujjat matni murojaat qiluvchiga toʻliq tanishtirilishi, uning asl maqsadiga muvofiqligi tasdiqlanishi hamda toʻliq audio va videoda qayd etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 26-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3757-1, 07.08.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2026-y., 10/26/3757-1/0829-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ijro xati videokonferensaloqa orqali yozilsa, ijro xati murojaat qiluvchi tomonidan Face-ID bilan tasdiqlanadi.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 26-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3757-1, 07.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2026-y., 10/26/3757-1/0829-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiylashtiriladigan hujjat matni fuqaroning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar ijro xati taraf tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki taraf taklif etgan tarjimon tomonidan ogʻzaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqida hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning murojaati koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, ijro xatini yozish uchun toʻlangan toʻlovlar qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Murojaat qiluvchi ijro xatini yozish va bekor qilish uchun oʻzi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi, toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Notarius va uning xodimlari hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar toʻgʻrisida oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning maxfiy saqlanishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Murojaat qiluvchi ijro xatini yozish uchun notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki notarius xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (bundan buyon matnda elektron tarmoq deb yuritiladi) roʻyxatdan oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Notarius “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) orqali kelib tushgan murojaatlarni bir ish kuni ichida koʻrib chiqishi yoki murojaat qiluvchini qabul qilishi shart.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 26-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3757-1, 07.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2026-y., 10/26/3757-1/0829-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek ijro xatini yozish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni joʻnatgan holda tegishli ijro xati loyihasining oldindan tayyorlab qoʻyilishini soʻrab murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Murojaat qiluvchi(lar)ning elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish boʻyicha yoʻllagan murojaat(lar)i Tizimda avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Murojaat qiluvchi(lar) elektron tarmoq orqali ijro xatini yozish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda, tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha yoʻllagan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi yoki Face-ID bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xati loyihasi murojaat qiluvchi va notarius tomonidan kelishilgan vaqtda oldindan tayyorlab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Murojaat qiluvchi ijro xatini yozish uchun notariusga nizosiz talablar boʻyicha mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita oʻzi kelganda uni notarius yordamchisi, notarius yordamchisi mavjud boʻlmaganda kotib yoki notarius stajyori yoxud notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda notarius yordamchisi (kotib yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga elektron navbatga yozib qoʻyishi va bu haqda notariusni xabardor qilishi yoki bevosita notarius qabuliga yoʻnaltirishi mumkin, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchi mavjud boʻlmagan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Notarius murojaat qiluvchining shaxsini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat qiluvchining shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 26-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3757-1, 07.08.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2026-y., 10/26/3757-1/0829-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 26-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3757-1, 07.08.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2026-y., 10/26/3757-1/0829-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi doimiy yashovchi va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning aslini taqdim etish talab etilmaydi. Bunda murojaat qiluvchining shaxsi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari orqali zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda identifikatsiya qilinadi hamda biometrik maʼlumotlar (barmoq izi yoki Face-ID) orqali verifikatsiya qilinadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli asosida tasdiqlanadi.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 26-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3757-1, 07.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2026-y., 10/26/3757-1/0829-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yoʻqligi, barmoq izlarining yoʻqolganligi va boshqalar) sababli maxsus moslamalar orqali barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud boʻlmasa, uning shaxsi Face-ID orqali verifikatsiya qilinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 26-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3757-1, 07.08.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2026-y., 10/26/3757-1/0829-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Notarius murojaat qiluvchining muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Notariusda murojaat qiluvchining ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asos boʻlsa (shubha tugʻdirsa), ammo shu shaxsning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Notarius ijro xatini yozishda ishtirok etuvchi shaxsning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tugʻdirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tarafning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining yozma roziligini talab etadi. Bunda homiyning roziligi alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Yuridik shaxslar ishtirokidagi ijro xatlarini yozishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida notarius yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ijro xati vakilning murojaatiga asosan rasmiylashtirilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va boshqalar) bilan tasdiqlanadi. Bunda, vakolat beruvchi jismoniy shaxs boʻlsa, uning oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi Tizim orqali “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notarius taʼsis hujjati boʻyicha notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan notarial harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va koʻzi ojiz boʻlgan shaxslar ishtirokida ijro xatini yozish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ijro xatini yozishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi), koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlgan shaxs(lar) murojaat qilsa (elektron shaklda va videokonferensaloqa shaklida qilingan murojaatlar bundan mustasno) hamda u(lar) savodsiz boʻlsa, ijro xatini tasdiqlash paytida u(lar) bilan muomala qila oladigan va hujjatning mazmunini u(lar)ning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan fuqarolar bilan muloqot qila olsa va koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) fuqaro uchun moʻljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius oʻzi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud boʻlgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida hujjat matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda shaxsning surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida roʻyxatga olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surdo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli shaxs notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, hujjat uning oʻzi tomonidan shaxsan yoki notarius tomonidan oʻqib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli shaxs oʻz imzosi bilan hujjat mazmuni oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar hujjat bilan birga tikib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur Nizomning 20 — 22-bandlarida belgilangan tartibda ijro xatini yozish jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Surdo tarjimon yoxud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ijro xatini yozishga qoʻyiladigan umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ijro xati quyidagi hollarda yoziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganda daʼvo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonunchilikda boshqa muddat belgilangan boʻlsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Notariuslar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravarigacha boʻlgan quyidagi fuqarolik-huquqiy nizosiz talablar boʻyicha ijro xati yoziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial tasdiqlangan bitimlarga asoslangan talab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yozma va notarial tasdiqlangan bitim mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti boʻlgan koʻchar mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida talab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara toʻlovlari, koʻp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlar, kommunal va aloqa xizmatlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida talablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ijro xatida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro xatini yozayotgan notariusning ismi va otasining ismini bosh harflari, familiyasi, lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari, jismoniy shaxslar uchun tugʻilgan sanasi, shaxsiy identifikatsiya raqami, shuningdek yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
undirib olinishi kerak boʻlgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan narsalar (koʻchar mulklar), shu jumladan toʻlanishi kerak boʻlgan penya, foizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
undirib oluvchi toʻlagan yoki qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat boji hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar summalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdor ijro xatiga qarshi eʼtirozlarini bildirib, ijro xatini yozgan notariusga ijro xati nusxasini olgan yoki ijro xati yozilganligi unga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda ijro xatini bekor qilishni soʻrab murojaat qilish huquqi tushuntirilishi;
(27-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 26-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3757-1, 07.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2026-y., 10/26/3757-1/0829-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro xatining elektron reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro xatini yozgan notariusning imzosi, muhri va (yoki) QR-kodli (matrik shtrixli kodli) imzosi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ijro xati, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, u yozilgan kundan boshlab uch yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini, shuningdek ijro xati boʻyicha undirishni tiklash qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Notarius ijro xatini yozgandan soʻng uni undiruvchi va qarzdorga (uning oila aʼzolaridan biriga) topshirishi yoki ularga pochta yoxud boshqa aloqa vositalari orqali, shu jumladan ijro xati joʻnatilganligi va qabul qilib olinganligi faktini qayd etish imkonini beruvchi vositalardan foydalangan holda elektron pochtaga yoki mobil telefonga (mavjud boʻlganda) yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Undiruvchining iltimosiga koʻra, qarzdor tomonidan oʻn kun ichida ijro xatini yozgan notariusga shikoyat kelib tushmagan taqdirda ijro xati Tizimda notariusning QR-kodli (matrik shtrixli kodli) imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida qarzdorning yashash joyidagi, agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, uning joylashgan yeridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli boʻlinmasiga mazkur muddat oʻtgandan soʻng ijro uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Ijro xati loyihasini tayyorlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tegishli hujjatlar talab qilib olingan va maʼlumotlar tekshirilganidan soʻng notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki kotibi tomonidan ijro xati loyihasi tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ijro xati matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, hujjatning matnida baholar koʻrsatilsa, raqam hamda soʻz bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa ularning organlari joylashgan yerni koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, soliq toʻlovchining shaxsiy identifikatsiya raqami koʻrsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami toʻliq koʻrsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi ham koʻrsatib oʻtilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ijro xatining mazmuni Tizimga aniq va toʻliq kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Bir xil shakldagi hujjatlar boʻyicha (masalan, bank kreditlari, kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan toʻlovlar hamda shu kabilar) bir qancha ijro xatlari berishni amalga oshirish paytida notarial idorada qarzdorlarning roʻyxatlari olinadi. Bunda undiruvchi va qarzdorlarning toʻliq nomi va manzili, toʻlov muddatlari, ijro xati boʻyicha qarz undirish summasi, zarur hollarda esa boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notarius ijro xatlari yozishda roʻyxatda koʻrsatilgan qarzdorlarning qarzdorligini tasdiqlovchi hujjatning bir nusxasini notarial idorada qoldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ijro xati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga kiritiladi va har bir ijro xati alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi. Bunda ijro xatining tasdiqlangan elektron shakli Tizimda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Ijro xatini yozish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ijro xatini yozishda notarius tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlariga (roʻyxat raqami 3235, 2020-yil 29-may) muvofiq huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Murojaat qiluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga toʻliq kiritilganidan soʻng notarial harakat uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi, toʻlov kvitansiyalari (invoys) murojaat qiluvchiga beriladi va uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami koʻrsatilgan SMS xabar yoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat qiluvchining mobil telefoni mavjud boʻlmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan koʻrsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat oʻzi kelgan boʻlsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qiluvchi notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan soʻng tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Bir xil shakldagi hujjatlar yuzasidan bir qancha ijro xatlari berilganda, roʻyxatda koʻrsatilgan qarzdorlarning har biri boʻyicha alohida toʻlov kvitansiyalari (invoys) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumot toʻlov kvitansiyalari (invoys) Tizimda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Ijro xatiga tuzatish kiritish yoki uni bekor qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Notarius oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga koʻra ijro xatining barcha nusxalariga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan tuzatishlarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xatidagi tuzatishlar tegishli matnning oxirida notariusning imzosidan oldin izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlar va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xatiga kiritilgan tuzatishlar tegishli tartibda Tizimga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Notarius yoʻl qoʻygan xatosi natijasida oʻzi rasmiylashtirgan ijro xatining notoʻgʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu ijro xatini belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorga xabar qilganligi toʻgʻrisida tegishli hududiy adliya organlarini xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Qarzdor ijro xatiga qarshi eʼtirozlarini bildirib, ijro xati nusxasini olgan yoki ijro xati yozilganligi unga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda tegishli notariusga ijro xatini bekor qilishni soʻrab murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holda notarius ijro xatini bekor qilib, bu haqda qaror chiqaradi. Ijro xatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorda notarius undiruvchi bildirgan talab daʼvo ishini yuritish tartibida taqdim etilishi mumkinligi haqida tushuntiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi undiruvchi va qarzdorga (uning oila aʼzolaridan biriga) topshirilishi yoki ularga pochta yoxud boshqa aloqa vositalari orqali, shu jumladan qaror joʻnatilganligi va qabul qilib olinganligi faktini qayd etish imkonini beruvchi vositalardan foydalangan holda elektron pochtaga yoki mobil telefonga (mavjud boʻlganda) yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ijro xati notarius tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli boʻlinmasiga yuborilgan boʻlsa, ijro xati bekor qilinganligi haqidagi qaror ushbu qaror qabul qilingan kunning oʻzida mazkur organga ham yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdor eʼtiroz bildirish uchun belgilangan oʻn kunlik muddatni uzrli sabablarsiz oʻtkazib murojaat qilsa (bundan kasalligi, yaqin qarindoshlarining vafoti, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlishi va boshqa uzrli sabablar boʻlgan holatlar mustasno), notarius ijro xatini bekor qilishni rad etadi va bu haqida qaror chiqaradi. Ushbu qaror ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xati yozishga asos boʻlgan qarzdorlik elektron tizimlardagi texnik nosozliklar sababli yuzaga kelganligi (hisoblanganligi) aniqlangan taqdirda undiruvchi yoki qarzdorning shu haqidagi murojaatiga asosan ijro xati bekor qilinadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 26-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3757-1, 07.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2026-y., 10/26/3757-1/0829-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Ijro xati yozishni rad qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Notarius quyidagi hollarda ijro xati yozishni rad etadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunday ijro xatini yozish qonunga zid boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoki zarur vakolatlari boʻlmagan vakil ijro xati yozishni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs manfaatida yozilgan ijro xati uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro xati yozish qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro xati yozish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdor jismoniy shaxs vafot etgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
murojaat qiluvchi ijro xatini yozish uchun toʻlovni amalga oshirmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
undiruvchi qarzdorlikni haqiqatda mavjudligini isbotlab bera olmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xatini yozish rad etilgan taqdirda, notarius ijro xati yozishni rad etish haqida murojaat qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notarius ijro xatini yozish toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Notarius ijro xati yozishni rad etganda toʻlangan davlat boji hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xatini yozish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Notarial tasdiqlangan bitimlar boʻyicha ijro xatini olish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) notarial tasdiqlangan bitimning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) undiruvchi tomonidan qarzdorga toʻlov muddatini oʻtkazib yuborganligi toʻgʻrisida yuborilgan bildirishnoma;

v) qarzdorlik faktini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (elektron yoki yozma).

Bunda 2020-yil 1-yanvardan keyin rasmiylashtirilgan bitimlar Tizim orqali notarius tomonidan tekshiriladi hamda undiruvchidan talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzaro tuzilgan oddiy yozma shakldagi bitimlar boʻyicha ijro xatini olish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oʻzaro tuzilgan bitimning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) undiruvchi tomonidan qarzdorga toʻlov muddatini oʻtkazib yuborganligi toʻgʻrisida yuborilgan bildirishnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qarzdorlik faktini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (elektron yoki yozma).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ijara toʻlovlari, koʻp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlar, kommunal va aloqa xizmatlari boʻyicha ijro xatini olish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) hisobvaraqning undirib oluvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) undiruvchi tomonidan qarzdorga toʻlov muddatini oʻtkazib yuborganligi toʻgʻrisida yuborilgan bildirishnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qarzdorlik faktini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (elektron yoki yozma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) qarzdorlik koʻchmas mulk bilan bogʻliq boʻlsa, uning kadastr raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) qonunchilikda shartnoma asosida xizmat koʻrsatish, shuningdek koʻp kvartirali uyni boshqarish nazarda tutilgan hollarda tegishli shartnoma nusxasi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 26-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3757-1, 07.08.2026-y.) asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2026-y., 10/26/3757-1/0829-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda koʻp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlar, kommunal va aloqa xizmatlari boʻyicha qarzdorlik Tizim orqali notarius tomonidan tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur hujjatlar idoralararo elektron axborot almashuvi orqali olinishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/3757/0058-son; 10.08.2026-y., 10/26/3757-1/0829-son)