1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
5-ILOVA
T/r | Elektron almashinadigan maʼlumotlar | Muddati | Maʼlumotlarni taqdim etadigan idoralar |
1. | a) yuridik shaxsning nomini oʻzgarishi; qayta tashkil etilishi; faoliyati tugatilishi; roʻyxatdan oʻtkazish sanasi; ustav fondi miqdori; manzili (joylashgan joyining oʻzgartirilishi); b) korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri; filiallari, vakolatxonalari, shoʻba va (yoki) tobe kompaniyalari roʻyxatidagi oʻzgarishlar; emitent aksiyalarining (ulushlari, paylari) 10 va undan ortiq foiziga ega boʻlgan yuridik shaxslar roʻyxatidagi oʻzgarishlar; Kuzatuv kengashi va (yoki) ijroiya organi aʼzolarining emitent aksiyalariga egalik qilish ulushi oʻzgarishi; v) aksiyadorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (aksiyadorlarning umumiy soni va roʻyxati, shu jumladan, norezidentlarning mavjudligi); g) shaxsning yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; d) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | 2026-yil yanvar | Adliya vazirligi |
2. | Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | 2026-yil yanvar | Majburiy ijro byurosi |
3. | Faoliyatni toʻxtatish; moliyaviy hisobot (BHMS, MHXS); balans hisobotlari; bank hisobvaraqlari xatlanishi; qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni hisoblash; emitentga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini joriy etish; yuridik shaxsning rahbari va buxgalteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (JSHSHIR, F.I.O., lavozimi, manzili, telefon raqami); yuridik shaxs — emitentning bitimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | 2026-yil yanvar | Soliq qoʻmitasi |
4. | qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oʻzgarishi; joylashtirilgan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (turi, hajmi, emitenti, sanasi). | 2026-yil fevral | Markaziy bank, Markaziy depozitariy |
5. | Yuridik shaxslarning mavjud kreditlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; shaxsning kredit tarixi va mikroqarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | 2026-yil fevral | Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar uyushmasi |
6. | Jismoniy shaxslar — aksiyadorlarning oldingi davrlardagi maʼmuriy huquqbuzarliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (F.I.O., JSHSHIR, pasport maʼlumotlari, manzili, ishning noyob raqami/ qarorga beriladigan identifikatsiyalash raqami). | 2026-yil fevral | Ichki ishlar vazirligi |
7. | Shaxsiy maʼlumotlar (F.I.O., JSHSHIR, pasport maʼlumotlari, yashash manzili). | 2026-yil fevral | Ichki ishlar vazirligi |
8. | Yuridik shaxs rahbari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | 2026-yil fevral | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
9. | Yuridik shaxslar kuzatuv kengashining ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | 2026-yil mart | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
10. | Koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida maʼlumot. | 2026-yil mart | Kadastr agentligi |
11. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ID-kartalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (1-shakl); Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtincha va doimiy roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish biometrik pasportlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) toʻgʻrisidagi maʼlumotlari; jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | 2026-yil mart | Ichki ishlar vazirligi |
12. | Yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi maʼlumotlari (jismoniy shaxslar va ish beruvchilar). | 2026-yil mart | AT “Xalq banki” |
6-ILOVA
7-ILOVA
T/r | Koʻrib chiqiladigan hujjatlarning turlari | Yigʻim miqdori |
1. | Korporativ obligatsiyalar chiqarilishi | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari |
2. | Korporativ obligatsiyalardan tashqari boshqa qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi | Bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari |
3. | Korporativ obligatsiyalardan tashqari ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish | Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari |
4. | Ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan korporativ obligatsiyalar chiqarilishiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari |
8-ILOVA
9-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar mazmuni | Masʼul ijrochilar | Ijro muddati |
1. | Mazkur Farmonning 3-bandi “j” kichik bandi va 8-ilovaning 1-bandi talablarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya olgan investitsiya vositachilari ishtirokisiz jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida investitsiya vositachilarining hisobvaraqlarini toʻldirish imkoniyati bilan chet eldagi brokerlik yoki investitsiya hisobvaraqlarini toʻldirish uchun bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini oʻtkazishni taqiqlashni nazarda tutuvchi kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yangilangan tartibini tasdiqlash. | Markaziy bank Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan kelishgan holda | 2026-yil aprel |
2. | Markaziy depozitariyni obligatsiyalar emitentlari toʻgʻrisida kredit byurosi bilan axborot almashishning avtomatlashtirilgan tizimi ishtirokchilari qatoriga kiritish, shuningdek, emitentning kredit tarixini shakllantirish va uning skoringini amalga oshirishda korporativ obligatsiyalar emitentlari toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash. | Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar | 2026-yil aprel |
3. | Quyidagilarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kirish: (a) Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunida Agentlikka qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozori yoʻnalishida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun jarimalarni mustaqil belgilash va qoʻllash huquqini berish. Bunda: qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari va malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tabaqalashtirilgan jarimalarni qoʻllash; Korporativ axborot yagona portalida (keyingi oʻrinlarda — Portal) axborotni oʻz vaqtida oshkor etmaganlik uchun qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilariga har bir kechiktirilgan kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida penya hisoblanishi, huquqbuzarlik bartaraf etilgunga va penya toʻlangunga qadar Portalga kirishni cheklash; (b) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanish uchun javobgarlik choralarini joriy etish; (v) Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish koʻzda tutiladi. | Agentlik, manfaatdor vazirlik va idoralar | 2026-yil iyul |
4. | Normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan, “obligatsiya egalarining vakili”, “malakali investor” va “malakasiz investor” tushunchalarini, shuningdek, qimmatli qogʻozlar va investitsiya mahsulotlarining ayrim turlarini malakasiz investorlar oʻrtasida joylashtirish boʻyicha cheklovlarni oʻrnatish. | Agentlik, manfaatdor vazirlik va idoralar | 2026-yil may |
5. | Investitsiya va pay fondlarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibini takomillashtirishni (shu jumladan, har xil turdagi aktivlar (qimmatli qogʻozlar, ulushlar, paylar, koʻchmas mulk obyektlari va boshqalar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini berishni) nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. | Agentlik, manfaatdor vazirlik va idoralar | 2026-yil may |
6. | Markaziy depozitariy orqali obligatsiyalar boʻyicha foizlarni (kuponlarni) toʻlash va ularni soʻndirish tartibini ishlab chiqish. | Agentlik Markaziy bank bilan kelishilgan holda | 2026-yil aprel |
7. | Emitentlar reytingini yuritish va ushbu reyting asosida taʼsir choralarini, shu jumladan, emitentlar faoliyatini cheklash choralarini qoʻllash tartibini ishlab chiqish va joriy etish. | Agentlik | 2026-yil iyul |
8. | Qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlash va qonun hujjatlarini buzuvchilarga nisbatan maʼmuriy jarimalar tarzidagi javobgarlik choralarini koʻrish jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish. | Agentlik, manfaatdor vazirlik va idoralar | 2027-yil dekabr |
9. | Rentabellik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning ijobiy koʻrsatkichlarini hisobga olmagan holda, shuningdek, taʼminotsiz oʻz kapitali miqdoridan ortiq korporativ obligatsiyalarni chiqarishga ruxsat beriladigan emitentning barcha majburiyatlarining oʻz kapitaliga nisbatini belgilash boʻyicha normativini tasdiqlash. | Agentlik | 2026-yil dekabr |
10. | Quyidagilarni “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ishlab chiqish va tasdiqlash: | Agentlik | |
(a) chet el valyutasidagi obligatsiyalarni chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. Nizomda obligatsiyalar chiqarilishiga quyidagi talablar nazarda tutiladi: emitentning navbatdagi chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgan kunda bunday korporativ obligatsiyalar chiqarilishining hajmi va muomaladagi avvalgi chiqarilishlarining soʻndirilmagan hajmi summasi 50 million AQSH dollari ekvivalentidan oshmasligi zarur. Emissiyaning umumiy hajmi Agentlik tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda belgilanadi; qimmatli qogʻozlarni chiqarish shartlari obligatsiyalar egalarida bunday obligatsiyalarni muddatidan oldin soʻndirishni talab qilish huquqining paydo boʻlishiga olib keladigan Agentlik tomonidan belgilanadigan moliyaviy va (yoki) operatsion kovenantlarni (cheklangan koʻrsatkichlar yoki shartlar), shu jumladan, ularning majburiy roʻyxatini oʻz ichiga oladi; qimmatli qogʻozlarni chiqarish shartlarida makroiqtisodiy vaziyat keskin oʻzgargan taqdirda Agentlik, shu jumladan Markaziy bankning murojaatiga koʻra, Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq obligatsiyalar chiqarilishini uch oydan kam boʻlmagan muddatda muddatidan oldin soʻndirishni talab qilish huquqiga ega ekanligi toʻgʻrisidagi izoh boʻladi; chet el valyutasidagi obligatsiyalarni “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJda hisobga qoʻyiladi; | 2026-yil aprel | ||
(b) xorijiy birja indekslariga kiritilgan aksiyalar, xorijiy kompaniyalarning obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari, sotiladigan birja fondlari (ETF), indeks fondlarining qimmatli qogʻozlari va xorijiy kompaniyalarning depozitar tilxatlariga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. Bunda Nizomda quyidagi normalar nazarda tutilsin: mazkur kichik bandda koʻrsatilgan moliyaviy instrumentlarni qarz mablagʻlari hisobidan sotib olish taqiqlanadi; qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ichki nazorat qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi, shu jumladan, mijozlarning shaxsini tekshirish (KYC) va pul mablagʻlari manbalarini aniqlash; tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq organlariga va tegishli vakolatli organlarga taqdim etiladi. | 2026-yil iyul | ||
11. | Xorijiy valyutadagi obligatsiyalarni joylashtirish va ularning muomalasi, xorijiy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalasi uchun ixtisoslashtirilgan maydonchalarni tashkil etish, shuningdek, fond birjasining amaldagi dasturiy taʼminotini umumiy modernizatsiya qilish yoki almashtirish uchun fond birjasining oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi masalalarni “Toshkent” Respublika fond birjasi Kuzatuv kengashi va aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi muhokamasiga kiritish. | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | 2026-yil fevral |
12. | Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni, fond birjasi va qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari Savdolari tashkilotchisi faoliyatini, investitsiya maslahatchisi faoliyatini litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish. | Agentlik, manfaatdor vazirlik va idoralar | 2026-yil iyun |
13. | Agentlik bilan birgalikda: “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUKning ishtirokchi sifatidagi huquqlari; Toshkent shahri Mirobod tumani Buxoro koʻchasi 10-uyda joylashgan binoni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga begʻaraz berish masalasini koʻrib chiqish. | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | 2026-yil fevral-mart |
14. | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi: “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUKni masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida qayta tashkil etish hamda Toshkent shahri Mirobod tumani Buxoro koʻchasi 10-uyda joylashgan binoni mazkur masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitalini oshirish hisobiga balans qiymatida oʻtkazish; “Toshkent” Respublika fond birjasi” AJning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida “Fond bozorining axborot-resurs markazi” MCHJning 100 foiz ulushini balans qiymati boʻyicha “Toshkent” Respublika fond birjasi” aksiyadorlik jamiyati davlat ulushini oshirish hisobiga oʻtkazish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlash. | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | 2026-yil mart-aprel |
15. | “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJni Korporativ axborot yagona portali (openinfo.uz) operatori etib belgilash masalasini koʻrib chiqish. | Agentlik, Raqamli texnologiyalar vazirligi | 2026-yil mart |
10-ILOVA