LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko‘rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyalariga, “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro va davlatlararo shartnomalariga muvofiq ishlab chiqildi.
II. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi materiallarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish tartibi.
III. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish haqidagi materiallarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish tartibi.
VII. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya ishini tashkil etish.
1. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi Qonun kuchga kirgan paytgacha ya’ni 1992-yilning 28-iyuligacha uning hududida doimiy yashovchi va boshqa davlatning fuqarosi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi uning nasl-nasabi, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodlari, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, qayd etish yo‘li bilan belgilanadi.
Doimiy yashash holati pasportda doimiy ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi belgi borligi bilan tasdiqlanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi muassasalari davlat yo‘llanmasi bilan ishlayotgan, harbiy xizmatni o‘tayotgan yoki o‘qiyotgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashayotgan shaxslar o‘sha yerda tug‘ilgan bo‘lsa yoki shu mamlakat hududida doimiy yashayotgan va boshqa davlatlarning fuqarosi emasligini isbotlagan bo‘lsalar, ularning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligini belgilaydi. Ana shu shaxslar bu haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi Qonun kuchga kirgandan keyin bir yildan kechikmay O‘zbekiston Respublikasining o‘zlari yashab turgan davlatdagi diplomatiya vakolatxonasiga, konsullik muassasasiga shaxsan yozma ariza beradilar.
3. Fuqarolik to‘g‘risidagi Qonun kuchga kirgan paytgacha harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni o‘tayotgan shaxslar Ichki ishlar vazirligi belgilagan tartibda ro‘yxatga olinadilar.
4. Fuqarolik to‘g‘risidagi Qonunning 42-moddasiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yagona nusxadagi pasporti topshiriladi.
16 yoshga yetmagan bolalarning hujjatlarida ularning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi haqida yozib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini berish tartibi va shartlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
5. Fuqarolik to‘g‘risidagi Qonunning 8-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligidan foydalanadilar. O‘zbekiston Respublikasi har bir muayyan holatda xorijiy davlatlar hududida yashayotgan fuqarolarini bevosita O‘zbekiston Respublikasining tegishli elchixonalari va konsullik muassasalari orqali himoya qiladi va o‘z homiyligiga oladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi xalqaro shartnomada ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari xorijiy davlatga topshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Xalqaro shartnoma mavjud bo‘lganda fuqarolik to‘g‘risidagi Qonunning 9-moddasiga muvofiq boshqa davlatning hududida huquqqa zid harakat sodir etgan shaxsni topshirish to‘g‘risidagi masala mazkur davlatning talabiga ko‘ra vakolatli organlarni jalb etish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiyada ko‘rib chiqiladi.
a) respublika hududida doimiy yashovchi shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish
1. So‘nggi 5 yil O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari orqali O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risida ariza beradi. Arizada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olishi, uning talablarini bajarishi to‘g‘risidagi va xorijiy fuqarolikdan voz kechganligi to‘g‘risidagi majburiyat ko‘rsatiladi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning maqomini O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilaydi.
xorijiy fuqarolikdan chiqqanlik to‘g‘risida guvohlik beruvchi hujjat (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan tashqari);
kun kechirishning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan ma’lumotnoma yoki ish haqi, pensiya, nafaqa, divedendlar va kun kechirishning boshqa manbalari ko‘rsatilgan boshqa hujjat);
2. 18 yoshga to‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi ariza uning qonuniy vakillari tomonidan bola tug‘ilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi bilan birgalikda beriladi. 14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining arizasiga notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan ruxsatnomani taqdim etishlari kerak.
3. Arizalar, so‘rovnomalar va tarjimai hollarning barcha nusxalarini arizachi ular yozilgan sanani ko‘rsatib imzolashi zarur. Agar u savodsizligi yoki jismoniy kamchiliklari tufayli arizaga o‘z qo‘li bilan imzo cheka olmasa, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasiga binoan uning iltimosiga ko‘ra arizaga boshqa shaxs imzo chekishi mumkin va bu haqda ichki ishlar organi arizachi o‘z qo‘li bilan arizani imzolay olmaganligi sabablarini arizaga yozib qo‘yadi.
Arizachi ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan barcha hujjatlarni topshirgan paytdan boshlab taqdimnoma ijro uchun qabul qilingan deb hisoblanadi.
4. Istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari arizachining rasmiylashtirilgan hujjatlarini tegishli suratda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ichki ishlar boshqarmalariga yuboradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari ichki ishlar boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi hujjatlar rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini tekshiradilar, ushbu masalalar yuzasidan 2 nusxada hujjatlar yig‘ma jildini yuritadilar va Davlat xavfsizlik xizmati tegishli organlarining fikrini so‘raydilar.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari ichki ishlar boshqarmalarining materiallari va xulosalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboradilar.
5. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi o‘z xulosasini O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi materiallar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiyaga va respublikaning tegishli vakolatli organlari /Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi/ga yuboradi. Mazkur vakolatli organlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiyaga faqat o‘z xulosalarini yuboradilar, hujjatlarni esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qaytaradilar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shug‘ulllanuvchi komissiya hujjatlarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qaror qabul qilishi uchun takliflar taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (chet elda yashovchi) O‘zbekiston Respublikasining mazkur mamlakatdagi diplomatiya va konsullik muassasalari orqali O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida ariza beradi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilishni xohlovchi shaxs yashab turgan davlatda diplomatiya vakolatxonasi, konsullik muassasasi bo‘lmagan taqdirda u O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qiladi, Iltimosnoma ifodalangan ariza, arizachining ajnabiy fuqarolikdan voz kechganligini yoki uning fuqaroligi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat, tarjimai holiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasdiqlagan shakldagi so‘rovnomalarda uch nusxada bayon etiladi. Unga arizachining fotosuratlari va salomatligi haqidagi ma’lumotnomalar, jumladan SPIDga qarshi tekshiruvdan o‘tganligi to‘g‘risidagi qayd ilova qilinadi. Arizachi arizani taqdim etilgan sanani ko‘rsatib imzolaydi.
(1-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
U savodsizligi yoki jismoniy kamchiliklari tufayli arizaga o‘z qo‘li bilan imzo cheka olmagan taqdirda, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasiga binoan uning iltimosiga ko‘ra arizaga boshqa shaxs imzo chekishi mumkin va bu haqda konsullik muassasasi arizachi o‘z qo‘li bilan arizani imzolay olmaganligi sabablarini arizaga yozib qo‘yadi.
Ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan barcha hujjatlarni arizachi topshirgan paytdan boshlab taqdimnoma ijro uchun qabul qilingan deb hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishni iltimos qilgan va doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chib kelish istagini bildirgan shaxs o‘z arizasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi viloyatlaridan birining yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududida uy-joy berilishi yoxud ishga joylashishi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatib o‘tishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vatandoshimiz xorijiy davlatning fuqarosi bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi arizaga u O‘zbekiston Respublikasining hududida tug‘ilganligini va shu hududda otasi yoki onasi, buvisi yoxud buvasi tug‘ilganligini tasdiqlovchi hujjat yoki dalillarni ilova qilishi zarur.
(3-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
Ajnabiy shaxs uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish muddaosiga o‘z davlati hokimiyat organlarining munosabati to‘g‘risida guvohlik beruvchi hujjatni ham taqdim etishi kerak. Iltimos qiluvchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bunday hujjat taqdim etilmasa, u o‘z arizasida shu haqda ko‘rsatib o‘tishi lozim. Mazkur holat arizani ko‘rib chiqish uchun to‘siq bo‘la olmaydi.
Mustamlaka rejimi davrida, fuqarolar urushi, kollektivlashtirish davridagi qatag‘onlar, ta’qiblar, jabr-zulmlar, 30-yillardagi va shundan keyingi yillardagi ommaviy qatag‘onlar tufayli O‘zbekistondan jo‘nab ketganlik, shuningdek boshqa uzrli sabablarga ko‘ra respublika fuqaroligidan mahrum bo‘lganlik majburiy muhojirlik hisoblanadi.
Ichki ishlar vazirligi, sud, prokuratura, sobiq Davlat xavfsizligi komiteti va boshqa davlat muassasalarining arxiv materiallaridan ko‘chirma yoki kamida 3 kishining ishonchli guvohlik ko‘rsatmalari majburiy muhojirlik holatini e’tirof etish uchun asos bo‘la oladi.
18 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan ariza ushbu Nizom 2-bandining III bo‘limida ko‘rsatilgan talablarga rioya etgan holda qabul qilinadi.
4. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning arizasini konsullik muassasasi barcha materiallar va o‘z xulosasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi uchun xulosa tayyorlaydi. Komissiya Davlat xavfsizlik xizmatidan ham materiallar oladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
5. Shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan va O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiga ko‘chib kelish muddaosida bo‘lgan taqdirda konsullik muassasasi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasiga binoan 3 nusxadagi materiallarni o‘z xulosasi bilan birga Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. Birinchi nusxa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiyaga yuboriladi. Ikkinchi nusxa ana shu shaxsning kelishi mumkinligi to‘g‘risidagi masalani kelishib olish uchun Respublika Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi. So‘ngra bu hujjat Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboriladi va u o‘z navbatida xulosasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Komissiyaga yuboradi. Uchinchi nusxa Ichki ishlar vazirligida qoladi. Uning yuzasidan xulosa chiqariladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiyaga yuboriladi. Komissiya arizachini ishga joylashtirish va unga uy-joy berish imkoniyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklarining fikrini so‘raydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya materiallarini ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qaror qabul qilishi uchun takliflar taqdim etadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
6. Alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi oldida juda katta xizmatlari bo‘lgan yoki fan, texnika va madaniyat sohasida yuksak yutuqlarga erishgan, shuningdek respublika uchun qiziqarli kasb va malakaga ega bo‘lgan ayrim shaxslar “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasining 1, 2 va 3-bandlarida bayon etilgan talablar hisobga olinmay, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi oldidagi juda katta xizmatlar deyilganda quyidagilarni: O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining Oliy organlari bergan ordenlar, medallar, faxriy unvonlar, hukumat faxriy yorliqlari va ularga teng keladigan rag‘batlantiruvchi hujjatlarning borligini tushunish lozim. Fan, texnika va madaniyat sohasidagi yuksak natijalarga erishganlik deyilganda shaxs milliy, xalqaro mukofotlarga, rag‘batlantirishning boshqa turlariga yoki o‘z ixtisosi bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishga, o‘z tarmog‘i bo‘yicha xalqaro tadbirlarda jyuri a’zosi sifatida ishtirok etishga erishganligini, turli xalqaro tashkilotlarda haqiqiy va faxriy unvonlari borligini tushunish zarur.
Ana shu shaxslar arizada o‘z ixtisosi bo‘yicha faoliyatini davom ettirish muddaosini, bu faoliyatning respublika uchun muhimligi va ahamiyatliligini ko‘rsatishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika uchun qiziqarli bo‘lgan kasb yoki malakaga ega bo‘lgan shaxslar tegishli diplom yoki guvohnoma, shuningdek o‘z faoliyati sohasida u eng yuqori natijalarga erishganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi uchun qiziqarli bo‘lgan kasblar va malakalar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
a) Respublika hududida doimiy yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi
1. O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga ariza beradi va uni doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga taqdim etadi.
ish yoki o‘qish joyidan, ishlamaydiganlar esa faqat yashash joyidan 2 nusxada ma’lumotnoma taqdim etadi, unda mazkur shaxs davlat oldidagi hamma majburiyatlarini bajarganligi yoki fuqarolarning, davlat, kooperativ yoxud boshqa jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bog‘liq bo‘lgan mulkiy majburiyatlari bor-yo‘qligi ko‘rsatilgan bo‘lib, tuman hokimligi tomonidan tasdiqlanishi lozim;
chaqiriq yoshidagi shaxsni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga muvofiq haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risida harbiy komissariatdan ma’lumotnoma;
2. Arizalar, so‘rovnoma va tarjimai hollarning barcha nusxalari arizachi tomonidan mazkur Nizom ushbu bo‘limining 5-bandida ko‘rsatilgan talablarga rioya etilgan holda tuzilishi kerak.
3. Agarda arizachining O‘zbekiston Respublikasida eri (xotini), shuningdek o‘z qaramog‘idagi shaxslar bo‘lsa, u ana shu shaxslarning unga nisbatan mulkiy yoki boshqa da’volari yo‘qligi to‘g‘risida notarius tomonidan tasdiqlangan yozma arizalarini taqdim etishi kerak.
4. 18 yoshga to‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi to‘g‘risidagi ariza uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi bilan birga beriladi. Balog‘atga yetmaganlar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lsa, ota-onalarning yoki boshqa qonuniy vakillarning arizasiga ularning notarius tomonidan tasdiqlangan yozma ravishdagi roziligini taqdim qilish zarur.
Zarur hollarda nikohni bekor qilish, ota-onalardan birining o‘limi, farzand qilib olish, ota-onalik huquqlaridan mahrum etish, aliment to‘lash to‘g‘risidagi hujjatlarning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari taqdim etiladi.
Agar ota-onaning ikkalasi ham O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lib, ulardan biri respublika fuqaroligidan chiqsa va ayni vaqtda balog‘atga yetmagan bolasining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishini iltimos qilsa, u holda bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga o‘zining munosabati bildirilgan ota yoki onaning notarius tomonidan tasdiqlangan arizasi taqdim etiladi.
5. Rasmiylashtirilgan materiallarni arizachining doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlari organlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ichki ishlar vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining ichki ishlar boshqarmalariga yuboradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining ichki ishlar boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi materiallar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradilar, ikki nusxada ish yuritib, har bir iltimosnoma bo‘yicha Davlat xavfsizligi xizmati tegishli organlarining fikrini so‘rab biladilar.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ular yuzasidan materiallar va xulosalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining ichki ishlar boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligiga yuboradilar.
O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi fuqarolikdan chiqish to‘g‘risida tayyorlangan xulosalar bilan birga materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari Komissiyasiga hamda respublikaning tegishli vakolatli organlari — Davlat xavfsizlik xizmati va Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi, bu organlar fuqarolik masalalari Komissiyasiga faqat o‘z xulosalarini yuborib, materiallarni esa O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligiga qaytaradilar.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beradi. Bunda iltimos qiluvchining arizasi va zarur hujjatlar ro‘yxati mazkur Nizom II (b) bo‘limining 1-bandida bayon etilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak, sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bundan mustasno.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida ariza beruvchi ota-onalar vaziyatga qarab o‘z arizalarida bolasining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolish to‘g‘risidagi asosli iltimosni bayon qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Iltimosnomalar bo‘yicha materiallar ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan albatta xulosa olgan holda mazkur Nizom II (b) bo‘limining 4-bandida ko‘rsatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
1. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotilishi mumkin:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan uning chet el davlati armiyasiga harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmatiga, shuningdek politsiyasiga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlariga ishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoxud boshqa ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.
Konsullik muassasalari hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligiga yuboradilar, Tashqi ishlar vazirligi olingan ma’lumotlarni va Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining xulosalarini o‘zining hujjatlari va xulosasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi.
(1-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
b) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil mobaynida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa.
Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda konsullik muassasalarining hujjatlari asosida hujjatlar va xulosani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga yuboradi.
Uch yillik muddat tartibi faqatgina 16 yoshga to‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi, ularning ota-onalari yoki ulardan birining iltimosnoma berganligi hollari bundan mustasno. Iltimosnomaga 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning notarial tasdiqlangan roziligi ilova qilinadi.
Konsullik muassasasi rahbari holatga qarab obyektiv ma’lumotlarga asoslangan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘z vaqtida konsullik hisobiga turmaganlik sabablarining uzrli ekanligiga mustaqil baho beradi;
v) agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa.
Ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olinganligi haqida ma’lumotlar yoki arizalar kelib tushgan taqdirda, shaxsning haqiqatdan ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini aniqlash uchun zarur tekshiruvlarni olib boradilar. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olinganligi holati tasdiqlangan taqdirda, Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadilar;
g) agar shaxs chet el davlati foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa.
Shaxsning chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi ikkinchi bo‘limida nazarda tutilgan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarni sodir etish natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazganligini tasdiqlaydigan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hujjatlar shaxsning fuqaroligini yo‘qotish yuzasidan tashabbuskor organning asoslantirilgan taqdimnomasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Ichki ishlar vazirligi fuqarolikni yo‘qotish tashabbusi yuzasidan hujjatlar nusxalarini Tashqi ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim etadi. Ushbu tashkilotlar kelib tushgan hujjatlar asosida o‘zlarining xulosalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadilar.
(1-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ichki ishlar vazirligi fuqarolikni yo‘qotish haqidagi xulosani tegishli hujjatlarni ilova qilgan xolda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi;
Manfaatdor vazirlik va idoralar chet elda doimiy yashovchi fuqarolarga nisbatan hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligiga yuboradilar. Tashqi ishlar vazirligi hujjatlarni va Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining xulosasini qabul qilib, ularni o‘zining hujjatlari va xulosasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi.
(1-bandning “d” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Manfaatdor vazirlik va idoralar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqarolarga nisbatan hujjatlarni Ichki ishlar vazirligiga yuboradilar. Ichki ishlar vazirligi hujjatlarni va Tashqi ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining xulosasini qabul qilib, ularni o‘zining hujjatlari va xulosasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi.
(1-bandning “d” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
2. Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga ko‘rib chiqishga taqdim etiladigan xulosalar asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
shaxsning davlat oldidagi bajarilmagan (ijro etilmagan) majburiyati yoki fuqarolar yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining jiddiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy majburiyati mavjudligi;
shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishi O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligining manfaatlariga nomuvofiq ekanligi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning xulosalarini ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaror qabul qilish uchun taklif kiritadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlashda fuqarolikni yo‘qotgan deb topilayotgan shaxsni bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida xabardor qilish choralari ko‘riladi.
Xabardor qilish o‘rnatilgan tartibda shaxsning yashash joyi bo‘yicha amalga oshiriladi. Shaxsning turar joyi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, uning oxirgi yashash joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini yoki yaqin qarindoshlarini xabardor qilish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab yo‘qotiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining yo‘qotilganligi fakti “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31, 32-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxsning doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan, chet elda doimiy yashovchi shaxslar uchun esa, konsullik muassasalari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda belgilanadi.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PF-4990-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 153-modda)
1. Ilgari O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligida bo‘lgan shaxs o‘z iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligida qaytadan tiklanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qayta tiklash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qayta tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish uchun mazkur Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Arizada O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum bo‘lish sabablari ko‘rsatiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari Komissiyasi materiallarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qarorlar qabul qilishi uchun takliflar kiritadi.
a) respublika hududida doimiy yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi
1. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 31, 35-moddalariga muvofiq ichki ishlar organlari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini uning shaxsiy arizasiga binoan, shuningdek uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi xususida shubha yuzaga kelgan boshqa barcha hollarda aniqlaydilar.
2. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash chog‘ida shaxs o‘zining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi yoki undan mahrum bo‘lishi sabablarini ko‘rsatib, tarjimai holini, yashayotgan muddati va oilasining tarkibi ko‘rsatilib, doimiy istiqomat joyidan ma’lumotnomani, uchta fotosuratni taqdim etadi.
3. Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash yakunlari bo‘yicha asosli xulosa chiqariladi, uni tegishli ichki ishlar organining rahbari imzolaydi va shahar yoki tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlash chog‘ida shaxsga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini berish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va chet el pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni ichki ishlar organlariga topshirish taklif etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet el pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni topshirishdan bosh tortganligi tegishli xulosada ko‘rsatiladi, shaxsga esa uni mazkur hujjat qaysi davlatga tegishli bo‘lsa o‘sha davlatning elchixonasi yoki konsulxonasiga yuborish tavsiya etiladi.
1. Xorijda doimiy yashovchi shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi to‘g‘risidagi arizasi “O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32, 35-moddalariga muvofiq qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi. Ariza beruvchining bunday arizasi va tarjimai holiga oid ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi tasdiqlagan shakldagi so‘rov varaqalari /anketalar/da bayon etiladi va unga arizachining fotosuratlari ilova qilinadi.
2. Ariza beruvchi shaxsda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublik bilan aloqador holatlarni shak-shubhasiz tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda konsullik muassasasining rahbari ushbu masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qiladi.
Ariza beruvchida tegishli hujjatlar bo‘lmagan taqdirda konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligiga so‘rov yo‘llaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi ariza bergan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini O‘zbekiston Respublikasining tegishli davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar orqali tekshiradi va qabul qilgan qaror haqida konsullik muassasasini xabardor etadi. Ariza bergan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi tasdiqlangan taqdirda konsullik muassasasi unga O‘zbekiston Respublikasining belgilangan nusxadagi pasportini beradi va konsullik hisobiga oladi.
1. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Komissiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat muassasalarining ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning, ilmiy-ijodiy jamiyatlar hamda jamoatchilikning vakillaridan iborat tarkibda 5 yil muddatga tashkil etadi.
2. Komissiya jamoatchilik asosida ishlaydi. Komissiya a’zolariga o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘lik xarajatlar qoplanadi.
4. Komissiyaning majlisini Komissiya raisi yoki uning topshirig‘iga binoan rais o‘rinbosari o‘tkazadi.
5. Komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda u huquqiy vakolatga ega deb hisoblanadi. Komissiyaning qarori hozir bo‘lgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng bo‘lib qolganida ariza rad qilingan hisoblanadi. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda komissiyaning majlisda qatnashgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
Komissiya o‘rganib chiqilgan materiallar asosida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qaror qabul qilishi uchun takliflar kiritadi.
6. Komissiya takliflarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilinadi.
1. Fuqarolik masalalari bo‘yicha arizalarni rasmiylashtiruvchi ichki ishlar organlari, diplomatiya vakolatxonalari, konsullik muassasalari ariza beruvchi shaxsdan mazkur Nizomda ko‘rsatilgan hujjatlar va materiallardan tashqari ishga daxldor bo‘lgan boshqa hujjatlarni ham talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vakolatli organlarning har birida materiallarni ko‘rib chiqish muddati bir oydan, umumiy muddati esa — fuqarolik masalalari bo‘yicha hujjatlar ochilgan paytdan boshlab bir yildan oshmasligi kerak.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
3. Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro qilish tartibini buzuvchi mansabdor shaxslarning huquqqa zid xatti-harakatlari xususida qonun bilan belgilangan tartibda lavozimiga ko‘ra yuqoriroq mansabdor shaxsga, norozi bo‘lgan taqdirda esa sudga shikoyat qilinishi mumkin.
4. O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik masalalariga oid farmonlari qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida yiliga 2-marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari Komissiyasiga axborot berib turadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari va konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan shakllar bo‘yicha fuqarolik masalalariga oid ma’lumotnomalarni beradilar.
(VIII-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni asosida 5-band bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)