1-ILOVA
T/r | Nazorat qiluvchi organ nomi | Nazorat sohasi | Bodi-kameradan foydalanish joriy etiladigan muddat |
1. | Soliq qoʻmitasi | Sayyor soliq tekshiruvi | 2026-yil 1-iyul — 2027-yil 1-yanvar |
2. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat | 2026-yil 1-iyul — 2027-yil 1-yanvar |
3. | Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi | Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida nazorat | 2026-yil 1-iyul — 2027-yil 1-yanvar |
4. | Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi | Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazorat | 2026-yil 1-iyul — 2027-yil 1-yanvar |
5. | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat | 2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul |
6. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi | Qurilish obyektlarida, koʻp kvartirali uylarni boshqarish, ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish sohasida nazorat | 2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul |
7. | Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi | Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat ustidan nazorat | 2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul |
8. | Transport nazorati inspeksiyasi | Avtomobil, temir yoʻl, suv transporti, metropoliten va yoʻl xoʻjaligi sohalarida nazorat | 2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul |
9. | Favqulodda vaziyatlar vazirligi | Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish sohasidagi davlat nazorati | 2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul |
10. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi | Veterinariya qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat | 2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar |
11. | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi | Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, raqobat, reklama, tovar-xomashyo birjalari faoliyati, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat | 2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar |
12. | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari ustidan nazorat | 2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar |
13. | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat | 2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar |
14. | Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi | Oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalari ustidan nazorat | 2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar |
15. | Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi | Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat | 2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar |
16. | Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi | Yer usti suvidan oqilona foydalanish va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat | 2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar |
17. | “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi | Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish hamda ularning realizatsiya qilinishini tartibga solish sohasida nazorat | 2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar |
18. | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi | Intellektual mulk sohasidagi nazorat | 2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul |
19. | Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi | Yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishda davlat nazorati | 2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirning nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Notarif nazoratni va chegara bojxona postlarida importga rasmiylashtirishni soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-mart | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
2. | Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish va yigʻim miqdorini kamaytirish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-fevral | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
3. | Tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning TIF TN kodlari bilan roʻyxatlarini tasdiqlash hamda ularning turi boʻyicha mansubligini aniqlash tartibi va bu borada vakolatli organni belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-aprel | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bojxona qoʻmitasi |
4. | Yengil avtotransportlar importida yuridik shaxslar uchun belgilangan notarif choralarni soddalashtirish orqali jismoniy shaxslar nomiga olib kirish hajmini kamaytirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2026-yil 1-mart | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi |
5. | Dori vositasi sifatida (TIF TNning 3004 pozitsiyasi asosida) oʻtgan biologik faol moddalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibini va ruxsatnoma beruvchi organni belgilash. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2026-yil 1-fevral | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi |
6. | Mobil qurilmaning IMEI kodlarini roʻyxatga olishda Bojxona qoʻmitasi va UZIMEI markazi bilan yoʻnalishlar kesimida maʼlumot almashishni yoʻlga qoʻyish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2026-yil 1-fevral | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi |
7. | Bojxona organlari tomonidan bojxona auditi yakuni boʻyicha ijobiy baholangan TIF ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash, salbiy baholanganlar yuzasidan nazoratni kuchaytirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2026-yil 1-may | Bojxona qoʻmitasi |
8. | Bozorlar atrofidagi avtoturargohlarning faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-fevral | Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Soliq qoʻmitasi, Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
9. | Umumiy ovqatlanish korxonalarini buyurtmalar hisobini yuritish axborot tizimi bilan toʻliq taʼminlash hamda tizimda shakllangan har bir buyurtma uchun avtomat tarzda fiskal chek shakllantirish tartibini joriy qilish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2026-yil 1-fevral | Soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
10. | Statistik hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-fevral | Milliy statistika qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
11. | Hududlar, shu jumladan, koʻchmas mulk obyektlarining joylashgan joyidan kelib chiqib, ularning bozor narxini belgilash mexanizmini joriy qilish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-fevral | Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
12. | Chet el yuridik shaxslariga nisbatan soliqlarni toʻgʻri hisoblash uchun ularga jismoniy shaxslar tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi egasizlantirilgan maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish tartibini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-mart | Soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
13. | Istirohat bogʻlari va bolalar oʻyingohlarida naqd pulsiz toʻlov tizimlarini ragʻbatlantirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-yanvar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Markaziy bank |
14. | Qurilish sohasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish choralarini koʻrish. Bunda: soliqlar toʻgʻri hisoblanishini taʼminlash maqsadida sohada bozor narxlaridan kelib chiqib soliq bazasini aniqlash; soliq toʻlamagan, takroran qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan korxonalarning davlat xaridlari va tenderlarida ishtirokini cheklash; yashirilgan ish oʻrinlari uchun javobgarlikni oshirishni nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-yanvar | Soliq qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
15. | Dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo majmualari)da hisobning toʻliq va toʻgʻri yuritilishini taʼminlash maqsadida axborot tizimini ishlab chiqish. Bunda: bozorlar va savdo majmualari, ulardagi savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlariga oid maʼlumotlar; bir martalik toʻlovlar va ijara toʻlovlari; avtoturargoh va hojatxona uchun toʻlovlar; mahsulotlarga onlayn toʻlov qilish imkoniyatlarini nazarda tutish. Shuningdek, Toshkent shahri va Samarqand tajribasi asosida respublikaning barcha hududlarida bozor va savdo markazlarini “aqlli” kameralar bilan jihozlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Reja-jadvalga asosan | Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
16. | Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilish jarayonini raqamlashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-fevral | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
17. | Qurilish tashkilotidan yangi koʻp qavatli uydagi turar va noturar joy uchun toʻlovni tijorat banklari orqali amalga oshirib, sotib olgan fuqarolarga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining bir qismini “keshbek” sifatida qaytarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-fevral | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
18. | Qurilish pudrat va subpudrat shartnomalarini soliq organlarida (my3.soliq.uz) hisobga olish. Bunda: budjet hisobidan bajarilgan qurilish obyektlari boʻyicha subpudratchi tomonidan bosh pudratchiga ish topshirilganda, elektron hisobvaraq-fakturalarda loyihaning “kapital.imv.uz”dagi ID raqamini koʻrsatish; boshqa (budjetdan moliyalashtirilmaydigan) qurilish ishlari uchun bosh pudratchi hamda subpudratchilar tomonidan rasmiylashtiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalarda obyektning kadastr raqami yoki roʻyxatga olingan (my3.soliq.uz) shartnoma ID raqamini aks ettirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-fevral | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
19. | Turar va noturar obyekt oldi-sotdi shartnomalarini notarial idoradan roʻyxatdan oʻtkazishda hisobvaraq-fakturalar hamda toʻlovlarni bank orqali elektron ravishda amalga oshirish tartibini joriy etish choralarini koʻrish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-fevral | Soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
20. | “Shaffof qurilish” axborot tizimini takomillashtirish. Bunda: loyiha-smeta hujjatlarini raqamlashtirilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish hamda soliq organlari axborot tizimiga integratsiya qilish; loyiha-smeta hujjatlarini qurilish resurslari milliy katalogi asosida ishlab chiqish va ushbu katalog axborot tizimini soliq organlari axborot tizimiga integratsiya qilish; qurilishda pudratchi va subpudratchi tomonidan tuziladigan shartnoma va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi dalolatnomani raqamlashtirib (2-shakl), unda haqiqatdagi ish haqi fondini alohida aks ettirish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-may | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
21. | Tovarlarni elektron yuk xati bilan tashish mexanizmini takomillashtirish. Bunda: axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali noqonuniy yuk tashish faoliyati bilan shugʻullanishning oldini olish; yuklarni tashish uchun maxsus ruxsatnoma berishda uning egasi soliq organida tadbirkor sifatida roʻyxatga olinganligi yoki avtotransport boshqa tadbirkorga ijaraga berilganligi talabini joriy qilish; yuridik shaxslarga tegishli yuk transporti soni bilan ularning transportini boshqarish huquqiga ega ishchilar sonini solishtirish orqali norasmiy ishlayotgan xodimlarni aniqlash tartibini yoʻlga qoʻyish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-mart | Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
22. | Kosmik monitoringda aniqlangan holatlar yuzasidan Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining nazorat tadbirlari natijalarini xatlovdan oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-mart | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Bosh prokuratura |
23. | Kosmik monitoringda aniqlangan qazib olingan qazilmalar hajmi hamda yer qaʼridan foydalanuvchilarning qazib olingan foydali qazilmalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-mart | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
24. | Foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki qazib olingan foydali qazilmalar hajmini hisobotda toʻliq aks ettirmaslik yuzasidan birgalikda tekshiruvlar oʻtkazish mexanizmi va tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-mart | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
25. | Qurilish va savdo sohasidagi tadbirkorlar tomonidan tovar-moddiy boyliklarni ustav fondiga kirim qilish faqat ularning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng sotilishi yoki ishlab chiqarishga sarflanishini belgilovchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-fevral | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
26. | Hayvon goʻshtining isteʼmolga yaroqliligi boʻyicha berilgan xulosa elektron axborot tizimida yuritilishini taʼminlash orqali qassobchilik faoliyatidagi yashirin aylanma hajmini qisqartirish. Bunda: hududiy hokimliklar bilan birga hayvon soʻyish korxonalarini elektron axborot tizimiga toʻliq ulash; Soliq qoʻmitasi axborot tizimiga elektron axborot tizimini integratsiya qilishni nazarda tutish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-iyul | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi |
27. | Neft mahsulotlarini saqlash omborlarini ijaraga berish (olish) yoki tekinga foydalanish shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish. Neft mahsulotlari ulgurji savdosi uchun litsenziyalar berishda ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish. Birja savdolari boʻyicha oferta shartnomalarini elektron hisobvaraq-faktura tizimiga integratsiya qilgan holda haqiqatda sotib olingan mahsulot hajmini nazorat qilish mexanizmini yaratish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-aprel | Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oʻzenergoinspeksiya |
28. | Respublika hududi boʻylab avtomobil transportida ichki yuk tashishdagi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish. Bunda: respublika hududi boʻylab avtomobil transportida ichki yuk tashishlarni chuqur tahlil qilish, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish; oʻrganish natijalari boʻyicha tijorat asosida respublika hududi boʻylab avtomobil transportida ichki yuk tashishni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritishni nazarda tutish; tijorat asosida avtomobil transportida ichki yuk tashishni faqatgina elektron platformalar orqali amalga oshirish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil 1-avgust | Transport vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
29. | Yoʻllarda tovar-transport yuk xati rasmiylashtirmasdan harakatlanayotgan yuk tashish transportlarini nazorat qilish maqsadida oʻrnatilgan kameralar orqali postlardan oʻtgan yuk tashish transporti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatik ravishda Soliq qoʻmitasi axborot tizimlariga yuborishni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-mart | Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
3-ILOVA
T/r | Indikator (subindikator) nomi | Oʻlchov birligi | Joriy holat (yillik) | Maqsadli koʻrsatkichlar | Maʼlumot berishga masʼul idoralar | |||||
2025 | 2026 | 2027 | 2028 | 2029 | 2030 | |||||
MAQSAD: YASHIRIN IQTISODIYOT ULUSHINI QISQARTIRISH | ||||||||||
I. Resurs koʻrsatkichlari | ||||||||||
1.1. | Farmonning 1-ilovasi asosida bodi-kamera bilan taʼminlanadigan nazorat qiluvchi organlar | son | - | - | 4 | 13 | - | Biznes-ombudsman | ||
1.2. | Savdo va xizmat koʻrsatuvchi YTTlarga elektron toʻlovlarni qabul qiluvchi maxsus QR kodlar oʻrnatish darajasi | foiz | 66 | 68 | 70 | 71 | 72 | 73 | 75 | Markaziy bank |
1.3. | Yuk tashish boʻyicha elektron platformani ishga tushirish | - | - | - | 2026-yil 1-aprel | - | Transport vazirligi | |||
1.4. | Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlarini deklaratsiyalashning tajriba-sinov tizimini joriy etish | - | - | - | 2026-yil 1-mart | - | Soliq qoʻmitasi | |||
1.5. | Farmonga 2-ilovaga muvofiq normativ-huquqiy bazani yaratish | son | - | - | 19 | - | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |||
II. Amaliyot koʻrsatkichlari | ||||||||||
Naqd pulsiz toʻlovlarni ommalashtirish | ||||||||||
2.1.1. | Savdo va xizmat koʻrsatishda toʻlovlarni naqd pulsiz hisob-kitob qilish ulushi | foiz | 66 | 68 | 70 | 71 | 72 | 73 | 75 | Markaziy bank |
2.1.2. | Yuk tashish boʻyicha elektron platformadan foydalanuvchi tashkilotlar ulushi | foiz | - | 1 | 10 | 10 | 20 | 40 | 50 | Transport vazirligi |
Bojxona maʼmuriyatchiligi | ||||||||||
2.2.1. | Inson omilisiz avtomatlashtirilgan tarzda bojxona rasmiylashtiruvi ulushi | foiz | 14 | 18 | 22 | 24 | 28 | 30 | 32 | Bojxona qoʻmitasi |
2.2.2. | Bojxona organlariga taqdim etilgan dastlabki bojxona yuk deklaratsiyalari soni | son | 1 279 | 2 000 | 5 000 | 7 000 | 10 000 | 12 000 | 15 000 | Bojxona qoʻmitasi |
Sertifikatlash jarayonlari | ||||||||||
2.3. | Bitta tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil turdagi tovarlarga berilgan muvofiqlik va ekologik sertifikatlar soni | son | 2 800 | 3 000 | 5 000 | 2 000 | 10 000 | 15 000 | 20 000 | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
III. Natijadorlik koʻrsatkichlari | ||||||||||
3. | Yalpi ichki mahsulotda kuzatilmaydigan (norasmiy va yashirin) iqtisodiyot ulushi | foiz | 34,8 | 33,5 | 32 | 30,5 | 28,5 | 26 | 23 | Milliy statistika qoʻmitasi |
4-ILOVA
“ | ||
3. | Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti | Iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi nazorat |
”; |
“ | ||
31. | Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi | Budjet tizimi budjetlari mablagʻlari maqsadli sarflanishi ustidan nazorat |
”; |
“ | ||
17. | Yer osti boyliklari va texnogen mineral hosilalardan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek, yer qaʼridan foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan oʻzboshimchalik bilan foydali qazilmalarni qazib olish holatlari boʻyicha nazorat tadbirlarini oʻtkazish. | Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi |
”. |
“ | |
3-toifa (ayrim maxsus xizmatlar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar) tarkibidagi idoralar)* | |
761 | Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi |
762 | Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi |
”; | |
“ | ||||
421. | Bosh taftishchi | Yordamchi | Mutaxassislar | 4-darajali xizmatchi |
”; |
“ | ||||
431. | Katta taftishchi | Yordamchi | Mutaxassislar | 4-darajali xizmatchi |
”; |
“ | ||||
701. | Bosh taftishchi | Yordamchi | Mutaxassislar | 5-darajali xizmatchi |
”; |
“ | ||||
711. | Katta taftishchi | Yordamchi | Mutaxassislar | 5-darajali xizmatchi |
”. |
“ | ||
6-, 5-, 4-, 3-, 2-darajali xizmatchi | Ayrim maxsus xizmatlar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar) tarkibidagi idoralarda lavozim boʻyicha xizmat oʻtayotgan boshqaruv xodimlari | Ayrim maxsus xizmatlar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar) tarkibidagi idoralar rahbarlari |
”. |