09.12.2025 yildagi PQ-370-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxtachilik va gʻallachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qoʻllashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada paxta va gʻalla yetishtirishda ilgʻor xorijiy tajribalar asosida zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish, sohani davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish, shuningdek, paxta hosildorligini oshirishda ilm-fan va innovatsiyalarga asoslangan yangi yondashuvlarni qoʻllash maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar 2026-yil uchun asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish natijasida hosildorlikni paxtachilikda 50 sentnerdan oshirish, gʻallachilikda 100 sentnerga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) paxta yetishtiriladigan maydonlarda toʻliq 76 sm kenglikda yakka va qoʻshqator sxemada urugʻlik chigit ekilishini tashkil etish, shuningdek, gʻalla ekiladigan maydonlarda faqat yarovizatsiya qilingan urugʻlik don ekilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) ilm-fan yutuqlari va ustoz-shogird anʼanalariga asoslangan yangi tizimni joriy etish orqali paxtachilikda hosildorlikni oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Moliyaviy resurslar va imtiyozlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, 2026-yil hosilidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) tuproqning bir bonitet baliga nisbatan normativ hosildorlikka (sentner/gektar) 0,7 koeffitsiyentni qoʻllagan holda paxta xomashyosini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bunda imtiyozli kreditlarning 0,6 koeffitsiyentdan oshgan qismi uchun likvidli garov taʼminoti taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) paxta yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, plyonka va tomizgʻichli shlanglarni xarid qilish xarajatlari imtiyozli kreditlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) imtiyozli kreditlar Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining resurslari hisobidan tijorat banklari orqali har yili yanvar — avgust oylarida ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Qishloq xoʻjaligi vazirligi har yili 1-oktabrga qadar (2026-yil uchun 2026-yil 15-yanvarga qadar) kelgusi hosil yili uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va agrotexnik tadbirlarning muddatlarini hisobga olgan holda xarajatlarning meʼyorlari boʻyicha agrotexnik xaritalarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) yil davomida imtiyozli kredit limitining 50 foizgacha qismidan foydalangan paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga belgilangan tartibda sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya ajratish tizimi joriy qilinadi. Bunda fermer xoʻjaliklari minimal hosildorlik boʻyicha talablarni bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil uchun paxta va gʻalla hosilidan boshlab kamida 10 yildan buyon faoliyat yuritib, murojaat qilgan paytda imtiyozli kreditdan muddati oʻtgan qarzi va soliq toʻlovlaridan qarzdorligi boʻlmagan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi qishloq xoʻjaligi korxonalariga imtiyozli kreditlar quyidagi pasaytirilgan foiz stavkalarida ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “A” va undan yuqori boʻlgan toifalarga kiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 2 foizlik punktga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “V” va undan yuqori boʻlgan toifalarga kiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 1 foizlik punktga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yil hosilidan boshlab gʻallani oʻz mablagʻlari yoki tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, uni belgilangan tartibda birja savdolari yoki davlat resursi uchun realizatsiya qilgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratish tizimi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2026-yilda paxta va gʻalla yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish xarajatlarini moliyalashtirishda quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ATB “Agrobank” tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishni moliyalashtirish uchun 2,6 trillion soʻm miqdoridagi imtiyozli resurslar yoʻnaltiriladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) ushbu mablagʻlar oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilgan kreditlarning 2026-yilda soʻndiriladigan resurslaridan 800 mlrd soʻm, ATB “Agrobank” tomonidan mahalliy va xorijiy moliya institutlaridan resurslar jalb qilish orqali 900 mlrd soʻm hamda bank ustav kapitalida davlat ulushini oshirish uchun Davlat budjetidan 900 mlrd soʻm yoʻnaltirish hisobidan shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) qishloq xoʻjaligi korxonalariga suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar ATB “Agrobank” tomonidan Markaziy bank asosiy stavkasida ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) tijorat banklari tomonidan boshqa manbalardan resurslar jalb qilish orqali suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori, biroq 10 foizlik punktidan oshmagan qismi qishloq xoʻjaligi korxonalariga Davlat budjetidan qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) tijorat banklari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun pudratchilar bilan yakuniy toʻlovlar nazorat oʻlchovlarini oʻtkazuvchi mustaqil korxonalar, shu jumladan, xalqaro kompaniyalarning xulosalariga asosan amalga oshiriladi. Bunda nazorat oʻlchovlarini oʻtkazish suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun ajratiladigan kredit mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Ilm-fan yutuqlari va ustoz-shogird anʼanalari asosida paxtachilikda hosildorlikni oshirish choralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2026-yilda ustoz-shogird tizimi asosida paxta yetishtirish amaliyoti tajribadan oʻtkazilsin. Bunda mazkur tizim doirasida quyidagilar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) oʻtgan hosil yilida 60 sentnerdan yuqori hosil olib, ustozlik qilish tashabbusini bildirgan tajribali va fidoyi klaster va fermer xoʻjaliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tanlab olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) har bir “ustoz” klaster va fermer xoʻjaligiga hosildorligi 30 sentnerdan past boʻlgan kamida 20 ta fermer xoʻjaligi ularning oʻzaro kelishuviga asosan “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida biriktiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) “shogird” boʻlgan fermer xoʻjaliklari tomonidan har bir agrotexnik tadbir “ustoz” klaster va fermer xoʻjaligi bilan kelishilgan holda bajariladi hamda buning nazorati “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida yuritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) hosil yili yakunida yuqori natijalarga erishib, shogirdi 50 sentnerdan yuqori hosil olgan “ustoz” klaster va fermer xoʻjaliklariga har bir shogirdi uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida 5 million soʻmdan mukofot puli toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) “ustoz” klaster va fermer xoʻjaliklari va ularga biriktirilgan “shogird” fermer xoʻjaliklarining reyestri Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, 2026-yildan boshlab yangi agrotexnologiyalar asosida paxta va gʻalla yetishtirish koʻnikmasiga ega boʻlgan “yangi agronom” tayyorlash tizimi joriy etiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) respublika boʻyicha “ustoz” klaster va fermer xoʻjaliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tanlab olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “ustoz” klaster va fermer xoʻjaliklari tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti va qishloq xoʻjaligi sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan boshqa oliygohlardagi 2 va 3-kurs talabalari orasidan kamida 10 nafar iqtidorli talabalar tanlab olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) “ustoz” klaster va fermer xoʻjaliklari talabalarga 2 yil mavsum davomida yangi agrotexnologiyalar asosida paxta va gʻalla yetishtirish hamda ularda agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, shu jumladan, suv tejovchi texnologiyalarni, qishloq xoʻjaligi texnikalarini boshqarish, dronlardan foydalanish usullarini oʻrgatib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Qishloq xoʻjaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti va qishloq xoʻjaligi sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan boshqa oliygohlar, “ustoz” klaster va fermer xoʻjaliklari bilan birgalikda ularga biriktirilgan talabalarni qishloq xoʻjaligi rivojlangan xorijiy davlatlarga tajriba oshirish uchun yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) mazkur tadbirlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida quyidagi toʻlovlarni amalga oshirib boradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) “ustoz” klaster va fermer xoʻjaliklariga har bir talaba uchun — yiliga 5 mln soʻmdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) har bir talabaga joriy xarajatlari uchun — oyiga 1,5 mln soʻmdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) “yangi agronom” tayyorlash tizimi asosida oʻqishni tamomlagan bitiruvchilar tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlariga ishga qabul qilinadi va ularga 3 yil davomida 2 ming AQSH dollari ekvivalentida kafolatli oylik ish haqi toʻlab boriladi. Ularning zimmasiga tegishli hududda paxtachilik va gʻallachilikda yuqori hosildorlikka erishish boʻyicha amaliy choralarni koʻrish vazifasi yuklatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) bitiruvchilarning xohishiga koʻra ularning oʻziga paxta va gʻalla yetishtirish uchun 100 gektargacha yer maydoni auksion orqali ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Paxta hosildorligini oshirishda intensiv agrotexnologiyalarni qoʻllash va dronlar yordamida monitoring qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish boʻyicha maqsadli ilmiy dastur ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi operatori — “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga xizmat va servislar bilan bogʻliq toʻlovlarni oʻtkazish uchun toʻlov tashkilotlarining faoliyatini amalga oshirish huquqi berilsin. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga faoliyatini aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etish va ustav kapitalining eng kam miqdoriga doir talablar tatbiq etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ariza, shartnoma va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq maʼlumotlar almashinuvi mijozning roziligi asosida bank siri bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlariga rioya qilgan holda “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi va tijorat banklari axborot tizimlari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiyalar asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi orqali rasmiylashtirilgan toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi bilan kelishgan holda 2026-yil 1-yanvardan boshlab mazkur qarorga ilovada belgilangan ilmiy loyihalarni Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maqsadli moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda ATB “Agrobank”ning qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish bilan bogʻliq faoliyatini takomillashtirish, xorijiy davlatlar tajribasini oʻrgangan holda qishloq xoʻjaligi korxonalari xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy qilishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Genomika va bioinformatika markaziga fitotron va reproduksion issiqxona majmualarini qurish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 3-bandiga muvofiq fermer xoʻjaliklari uchun tadbirkorlarning barqarorlik reytingidagi baholash mezonlarini sohaga moslashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ipakchilik sohasiga berilgan quyidagi imtiyozlarning amal qilish muddatini 2029-yil 1-yanvarga qadar uzaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi (kasanachi)larni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni, boʻshagan mablagʻlarni ularni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish sharti bilan ijtimoiy soliqdan ozod qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) ipakchilik sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻini xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qoʻllagan holda toʻlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil uchun yangi paxta terish mashinalari, koʻp funksiyali seyalkalar, plyonka yigʻib oladigan agregatlar va boshqa zarur texnikalarni yetkazib berish prognoz koʻrsatkichlarini hamda moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash, shuningdek, paxta va gʻalla kombaynlari lizing toʻlovlarini paxta va gʻalla yigʻim mavsumlaridagi tushumlarga muvofiq undirishni belgilash boʻyicha qaror loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2026-yildan boshlab yangi agrotexnologiyalar asosida paxta va gʻalla yetishtirish koʻnikmasiga ega boʻlgan “yangi agronom” tayyorlash tizimi va uni moliyalashtirish boʻyicha nizom loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 2-bandi “v” kichik bandi va 4-bandida nazarda tutilgan subsidiyalarni ajratish tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi va uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari, sohadagi raqamli xizmat va servislarning oʻz vaqtida ishga tushirilishi va uzluksiz ishlashini, “Agromonitoring” axborot tizimiga masʼullar tomonidan maʼlumotlar toʻgʻri kiritilishini va doimiy tahlil qilib borilishini, shuningdek, mazkur qarorning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan tartiblarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.J. Toʻxtaboyev zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 9-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-370-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-dekabrdagi PQ-370-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta hosildorligini oshirishda intensiv agrotexnologiyalarni qoʻllash va dronlar yordamida monitoring qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish boʻyicha maqsadli ilmiy
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTUR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Loyiha yoʻnalishi nomi

Texnologiya mahsuloti nomi

Muddati

1.

Xorijiy gʻoʻza navlaridagi koʻsak qurti (Bt) va (Gt) glifosatga bardoshli genlarni mahalliy navlarga oʻtkazish orqali respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitida yetishtirishga mos, tezpishar, tola chiqimi va sifati yuqori gʻoʻza navlarini yaratish hamda urugʻchiligini tashkil etish.

Yangi avlod gʻoʻza navlarining super elita va elita urugʻlari

2026 — 2029-yillar

2.

“Shinjon” tajribasi (76x10 sm qoʻshqator sxemada, plyonka ostida, 220 — 240 ming/ga koʻchat soni) asosida intensiv agrotexnologiyani qoʻllagan holda paxta yetishtirish boʻyicha ilmiy asoslangan agrotexnologiya ishlab chiqish.

Intensiv agrotexnologiya

2026 — 2029-yillar

3.

Mahalliy va xorijiy gʻoʻza navlarini turli tuproq-iqlim sharoitlarida “Shinjon” tajribasi asosida yetishtirishda etefon tarkibli preparatlarni qoʻllash va defoliatsiya (desikatsiya) ishlarini amalga oshirishning hosildorlik, tola va chigit sifati, moydorligiga taʼsirini aniqlash hamda maqbul meʼyor va muddatlarini ishlab chiqish.

Yangi preparatlarni qoʻllash muddati va meʼyorlari

2026 — 2029-yillar

4.

Plazma texnologiyalari asosida gʻoʻzaning biotik va abiotik omillarga bardoshliligini oshirish orqali paxta hosildorligini oshirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish.

Intensiv agrotexnologiya

2026-2027-yillar

5.

Intensiv usulda yetishtiriladigan paxta maydonlarida dronlar yordamida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan tahliliy materiallar, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.

Intensiv agrotexnologiya

2026 — 2029-yillar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 07/25/370/1140-son)