27.11.2025 yildagi PQ-358-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Intellektual faoliyat natijalarini rag‘batlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakat iqtisodiyotida intellektual mulkning ulushini oshirish, intellektual mulkka bo‘lgan huquqni ishonchli himoya qilish tizimini shakllantirish, shuningdek, 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar 2026-2027-yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyektlari sonini 100 mingtaga, milliy brendlarni targ‘ib qilish orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan geografik ko‘rsatkichlar sonini 40 taga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali ekspertiza muddatlarini 2 barobarga qisqartirish, sohadagi idoralararo hujjatlar almashinuvini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) patent vakillari institutini kuchaytirish orqali ularning sonini 400 tagacha, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamkorligida xorijda malakasini oshirgan intellektual mulk sohasidagi mutaxassislar sonini 200 nafargacha oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining intellektual mulk sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagilar asosida amaldagi tartib-taomillarni takomillashtirish hamda yangi xizmatlarni joriy qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) sohada raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng qo‘llagan holda tartib-taomillarni soddalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini huquqiy hamda uslubiy yordam ko‘rsatish bilan birga amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga barham berish, kompozit va proaktiv tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini ko‘paytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida mavjud tartib-taomillarni takomillashtirib borish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish jarayoniga tadbirkorlarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) intellektual mulk obyektlarining fuqarolik muomalasida faol aylanishini ta’minlashga ko‘maklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi” va “IP Protection” axborot portallari negizida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi Adliya vazirligining “Intellektual mulk muhofazasi” portali (keyingi o‘rinlarda — Intellektual mulk portali) ishga tushirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha kelib tushgan talabnomalarni ekspertizadan o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq shartnomalarni onlayn tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) intellektual mulk masalalariga oid uslubiy tavsiyalarni joylashtirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining savollariga real vaqt rejimida (onlayn) javob berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, 2026-yil 1-martdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan biologik faol moddalarni olib kirish va ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma berish jarayonida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi va sanoat namunasiga) bo‘lgan huquqlarga rioya etilgani Intellektual mulk portali orqali majburiy ravishda tekshiriladi va (yoki) o‘rganiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlashda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun sud tomonidan jarima, ma’muriy yoxud jinoiy javobgarlik choralarining qo‘llangani reyting ballarini kamaytiruvchi ko‘rsatkich hamda tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilariga ega bo‘lish qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) dublikatini to‘lov asosida onlayn shaklda berish tartibi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, texnoparklarda (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) mavjud shtatlar doirasida tadqiqot natijalarini patentlash, ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish hamda tijoratlashtirishga ko‘maklashuvchi yuridik shaxs hisoblanmaydigan texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish. Bunda texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladigan tashkilotlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi taklifi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkilotlarga texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda, xodimlarining bilim va malakalarini oshirishda uslubiy yordam ko‘rsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) intellektual mulk obyektlarini boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab — O‘zbekiston milliy universitetida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) 2029/2030 o‘quv yiliga qadar kamida to‘rtta oliy ta’lim muassasasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Toshkent davlat yuridik universitetida intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda o‘quv jarayoniga ustuvor ravishda Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur va Xitoy davlatlarining intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha ekspertlari hamda xorijiy va mahalliy patent vakillari jalb qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur va Xitoydagi O‘zbekiston elchilari bilan birlikda ikki tomonlama hamkorlik doirasida xorijiy patent vakil (ekspert)larini jalb qilish hamda mahalliy brendlarni himoya qilishga amaliy yordam ko‘rsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi Adliya vazirligi taklifiga binoan yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida intellektual mulk obyektlarini boshqarish sohasida kadrlar tayyorlash uchun har yili kvotalar ajratib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki, ixtirochi va novatorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni rag‘batlantirish hamda ilmiy ishlanmalarning fuqarolik muomalasidagi aylanmasini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqni kredit olish uchun garovga qo‘yish amaliyoti joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) intellektual mulk obyektlarining garovi to‘g‘risidagi shartnomalar Adliya vazirligida belgilangan tartibda hisobga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) 2026-yildan boshlab har yili “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkazib boriladi hamda tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblariga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 150, 125 va 100 baravari miqdorida mukofot puli beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining geografik ko‘rsatkichlarni rivojlantirish, targ‘ib qilish va huquqiy muhofazasini ta’minlashga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) geografik ko‘rsatkichlarning muhofaza belgisini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) asosiy maqsadi geografik ko‘rsatkichlarni rivojlantirish, ularni targ‘ib qilish, jumladan, xorijiy davlatlarda targ‘ib qilish, tijoratlashtirish ishlarida tadbirkorlik subyektlariga va hunarmandlarga huquqiy hamda uslubiy yordam ko‘rsatish hisoblanadigan “oriGIn Uzbekistan” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotni (keyingi o‘rinlarda — muassasa) tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) har yili geografik ko‘rsatkichlar festivallarini o‘tkazib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) uch oy muddatda muassasani tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish va geografik ko‘rsatkichlar festivallarini o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) muassasaning “oriGIn” xalqaro geografik ko‘rsatkichlar tarmog‘i tashkilotiga a’zo bo‘lishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan O‘zbekistonning xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalarida geografik ko‘rsatkichga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqaruvchilarining qatnashishini doimiy ravishda ta’minlab borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Adliya vazirligi va Patent vakillari assotsiatsiyasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) patent vakillarining intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarda (masalalarda) fuqarolik ishlari bo‘yicha, iqtisodiy va ma’muriy sudlarda shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lib qatnashishi mumkinligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) patent vakillarining har uch yilda malakasini oshirish tartibini joriy qilgan holda ularning attestatsiyadan o‘tish talabini bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Adliya vazirligining patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga o‘tkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasiga joylarda intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirishda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida hududlarda faoliyat yurituvchi intellektual mulk agentlarini ishga jalb etish vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Adliya vazirligi doimiy ravishda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lgan intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganligi sababli belgilangan tartibda faoliyati cheklangan veb-sayt va (yoki) veb-sayt sahifalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mualliflik huquqini Internetda himoya qilish bo‘yicha “WIPO Alert” onlayn platformasiga kiritish uchun Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga taqdim etib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvarga qadar Jahon savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha bitimi (TRIPS) normalari va tamoyillariga nomuvofiq bo‘lgan intellektual mulk sohasidagi ikki tomonlama xalqaro bitimlarga o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Adliya vazirligi intellektual mulk sohasini rivojlantirish, jumladan, davlat organlari va muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish tadbirlarini amalga oshirish uchun xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rsin. Bunda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda intellektual mulk sohasini rivojlantirish uchun grant mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risidagi masalani xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Intellektual mulk sohasini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2026-yil 1-sentabrga qadar xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda 2027 — 2030-yillarga mo‘ljallangan intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 27-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-358-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-358-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Intellektual mulk sohasini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Ijro uchun mas’ul


 

I. Intellektual mulk sohasida normativ-huquqiy bazani rivojlantirish

1.

Fuqarolik kodeksi, “Garov to‘g‘risida”, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi qonunlarga intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2026-yil fevral

Adliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Fuqarolik-protsessual, Iqtisodiy-protsessual va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarga patent vakillarining intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarda (masalalarda) fuqarolik ishlari bo‘yicha, iqtisodiy va ma’muriy sudlarda ish yuritilishida shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lishi mumkinligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2026-yil fevral

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

DXX

3.

Yuqori texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirishga oid yangi ustuvor yo‘nalishlar va tadbirlarni inobatga olgan holda, 2027 — 2030-yillarga mo‘ljallangan intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha Milliy strategiyani xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2026-yil sentabr

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

4.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun sud tomonidan jarima, ma’muriy yoxud jinoiy javobgarlik choralarining qo‘llangani reyting ballarini kamaytiruvchi ko‘rsatkich hamda tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilariga ega bo‘lishni qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkich sifatida belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2026-yil yanvar

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Soliq qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Biologik faol moddalarni olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma berish jarayonida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi va sanoat namunasiga) bo‘lgan huquqlarga rioya etilgani “Intellektual mulk muhofazasi” portali orqali majburiy ravishda tekshirish va (yoki) o‘rganish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2026-yil yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi

6.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizomga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:

Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya va arizalarni “Intellektual mulk muhofazasi” portali orqali qabul qilish;

Apellyatsiya kengashining ish yuritish jarayonlarini (bayonnoma, qaror qabul qilishni) to‘liq raqamlashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2026-yil yanvar

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

Quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish:

tarkibiy tuzilmasida texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladigan oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, texnoparklar ro‘yxati;

texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2026-yil yanvar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2026-yil yanvar

Adliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

“Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovini o‘tkazish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2026-yil fevral

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomining logotiplarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2026-yil may

Adliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Sanoat namunasiga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;

Ixtiroga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;

Foydali modelga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;

Seleksiya yutug‘iga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;

Patentlarni o‘z kuchida saqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;

Intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2026-yil fevral

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

12.

Kontrafakt tovarlarga qarshi kurashishda tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirishga qaratilgan “Kontrafaktsiz savdo obyekti” loyihasini amalga oshirish. Bunda:

tadbirkorlik subyekti loyihada ixtiyoriy ishtirok etadi;

tadbirkorlik subyektining roziligi bilan uning savdo nuqtalarida kontrafakt tovar mavjud yoki mavjud emasligi adliya organlari xodimlari tomonidan o‘rganiladi;

loyiha doirasida savdo nuqtasida adliya organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi;

kontrafakt tovar aniqlanmagan savdo nuqtasiga “Kontrafaktsiz savdo obyekti” sertifikati beriladi, reyestrga kiritiladi va OAVlarda e’lon qilinadi;

“Kontrafaktsiz savdo obyekti” sertifikatiga ega savdo nuqtasida kelgusida kontrafakt tovar mavjudligi aniqlanganda, sertifikat chaqirib olinadi va bu haqda OAVlarda e’lon qilinadi.

Adliya vaziri buyrug‘i loyihasi

2026-yil yanvar

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Seleksiya yutuqlariga doir talabnomalar yuzasidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini farqlanish, turdoshlik va barqarorlikni aniqlash bo‘yicha sinovlar o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qishloq xo‘jaligi vaziri buyrug‘i loyihasi

2026-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Adliya vazirligi

14.

Intellektual mulk obyektlari va ularga oid shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha talabnoma va arizalarni davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil fevral

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

15.

Adliya vazirligining patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga berish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil yanvar

Adliya vazirligi

16.

Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasiga berilgan qo‘shimcha vakolatlardan kelib chiqib uning nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Ichki idoraviy hujjat loyihasi

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

II. Intellektual mulk sohasidagi tartib-taomillarni takomillashtirish

17.

“Intellektual mulk muhofazasi” portalini “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi bilan integratsiya qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2026-yil aprel

Adliya vazirligi,

Soliq qo‘mitasi

18.

“Intellektual mulk muhofazasi” portali quyidagi ma’lumotlar almashinilishi yuzasidan tegishli tizimlar bilan integratsiya qilinishini ta’minlash:

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi — tadbirkorlik subyektining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili o‘zgarganligi yoki faoliyati tugatilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi — fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgargani yoki o‘limi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi — meros tarkibidagi hamda korxonani sotish shartnomasi predmeti bo‘lgan intellektual mulk obyektlariga oid ma’lumotlar;

“Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi — fuqaroning manzili o‘zgargani to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

Bojxona qo‘mitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Kompleks chora-tadbirlar

2026-yil fevral

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi

19.

Kamida to‘rtta oliy ta’lim muassasasida intellektual mulk obyektlarini boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2029-yil iyul

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

20.

Jahon savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha bitimi (TRIPS) normalari va tamoyillariga nomuvofiq bo‘lgan intellektual mulk sohasidagi ikki tomonlama xalqaro bitimlarga o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumot va taklif

2026-yil mart

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

21.

“oriGIn Uzbekistan” — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish.

Muassasani bino, kompyuter texnikasi va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash.

Muassasani “oriGIn” xalqaro geografik ko‘rsatkichlar tarmog‘i tashkilotiga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Adliya vazirligi

22.

Ro‘yxatdan o‘tgan geografik ko‘rsatkichlarni turizm xaritasiga hamda sayyohlik platformalariga kiritish maqsadida Turizm qo‘mitasiga taqdim qilish.

Taqdim etilgan geografik ko‘rsatkichlarni Turizm qo‘mitasi tomonidan turizm xaritalari hamda sayyohlik platformalarida e’lon qilib borish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy

Adliya vazirligi,

Turizm qo‘mitasi

23.

Tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda ularning ta’sischilariga tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgilariga ega bo‘lishning afzalliklari va tartibi to‘g‘risida SMS xabarnomalar yuborish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Adliya vazirligi

24.

“Sanoat mulki muhofazasi” va IP Protection portallari negizida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yagona “Intellektual mulk muhofazasi” portalini yaratish va unda quyidagi imkoniyatlarni belgilash:

intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish;

sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha kelib tushgan talabnomalarni ekspertizadan o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish;

intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq shartnomalarni onlayn tuzish;

intellektual mulk masalalariga oid uslubiy tavsiyalarni joylashtirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining savollariga real vaqt rejimida (onlayn) javob berish;

kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzgani uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025 — 2028-yillar davomida

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

25.

“Intellektual mulk muhofazasi” portalini yaratish va uning barqaror, uzluksiz texnik ta’minotini ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy ma’lumot

2026-yil yanvar

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

26.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda sanoat namunalari mualliflarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Central Asia Design” platformasini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumot

2026-yil iyun

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

27.

“Intellektual mulk milliy birjasi” elektron platformasini yaratish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

28.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida O‘zbekiston milliy ko‘rgazmasini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-2027-yillar davomida

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Turizm qo‘mitasi,

Madaniyat vazirligi,

Transport vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi,

“Hunarmand” uyushmasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-358-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 10-band 18-kichik bandining oltinchi xatboshisida “to‘liq yoki qisman berish to‘g‘risidagi shartnomalarni” so‘zlaridan keyin “, intellektual mulk obyektlarining garovi to‘g‘risidagi shartnomalarni” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 16-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Belgilangan vazifalar taqsimotiga ko‘ra intellektual mulk sohasiga javobgar vazir o‘rinbosari xalqaro hamkorlik amalga oshirilayotganda lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk masalalari bo‘yicha maxsus milliy organi rahbari hisoblanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-fevraldagi “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4168-son qarorining 6-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarori 6-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovlarini o‘tkazish tadbirlarini moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Intellektual mulk milliy birjasi” elektron platformasini yaratish va saqlab turish xarajatlarini moliyalashtirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) beshinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 07/25/358/1105-son)