24.11.2025 yildagi PF-228-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.11.2025 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va sohada boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arxiv ishi sohasini toʻliq raqamlashtirish, aholi va biznesga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda sohada samarali boshqaruv tizimini yaratish va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar arxiv sohasini 2030-yilga qadar raqamlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va sohada samarali boshqaruv tizimini yaratishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Milliy arxiv fondi hujjatlari raqamlashtirilishini 60 foizga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) elektron xizmat koʻrsatish ulushini 100 foizga yetkazish hamda xizmat koʻrsatish muddatini kamida uch baravarga qisqartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) arxiv xizmatlari ommabopligini oshirish va yangi xizmat turlarini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) hujjatlarni klassifikatsiya qilish va tanish jarayonlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali hujjatlarni qayta ishlashda inson omilini 50 foizga kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) arxiv ishi sohasida samarali boshqaruv tizimini joriy etish, davlat organlarining elektron tizimlariga toʻliq integratsiya qilish va maʼlumotlar almashinuvini avtomatlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Arxiv sohasini raqamlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2026-yil 1-iyundan boshlab arxiv xizmatlarini raqamlashtirishda qoʻllaniladigan amaldagi arxiv axborot tizimlari negizida Yagona milliy arxiv axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Arxiv axborot tizimi) joriy etilsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) barcha raqamlashtirilgan va kelgusida raqamlashtiriladigan arxiv hujjatlari Arxiv axborot tizimiga kiritiladi va tizimda saqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) arxiv hujjatlarini raqamlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) birinchi bosqichda (2025 — 2027-yillar) — alohida qimmatli va noyob hujjatlar, mol-mulk va yerga oid arxiv hujjatlari toʻliq raqamlashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) ikkinchi bosqichda (2028-2029-yillar) — kino, foto, fono va ilmiy-texnik arxiv hujjatlari raqamlashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) uchinchi bosqichda (2030-yildan) — Milliy arxiv fondining boshqa arxiv hujjatlari raqamlashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Milliy arxiv fondi hujjatlarini skanerlash va ularni Arxiv axborot tizimiga kiritish ishlari uchun Adliya vazirligi hamda Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan shartnoma asosida mutaxassislarni jalb qilish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agentlikning davlat arxivlarida saqlanayotgan alohida qimmatli va noyob hujjatlar harakatini avtomatlashtirish, ularning aniq hisobini yuritish va xavfsizligini taʼminlash ishlariga RFID (radiochastotali identifikatsiya) texnologiyasini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) RFID texnologiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) 2026-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston milliy arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlashda majburiy qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) 2027-yil 1-martga qadar bosqichma-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari hamda viloyat davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlashda qoʻllanishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) RFID texnologiyasidan foydalanish orqali har bir arxiv hujjatiga unikal identifikatsiya raqami beriladi va ular Arxiv axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Agentlik direktori RFID texnologiyasining joriy etilishiga, davlat arxivlari rahbarlari RFID texnologiyasining samarali ishlashini taʼminlashga shaxsan masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, 2026-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi davlat arxivlari funksiyalari toʻliq raqamlashtirilgan holda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) yigʻmajildlar roʻyxatini tuzish va rasmiylashtirish, ularga oid ilmiy-maʼlumotnoma apparatini tuzish, kelishish, tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) davlat arxivlari tomonidan arxiv hujjatlarini qabul qilish, foydalanishga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilayotganda ularning arxiv hujjatlarini huquqiy vorislarida saqlash masalasini davlat arxivlari bilan kelishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy tuzilmalarining hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasini shakllantirish hamda tegishlicha Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar bilan kelishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) davlat arxivlariga arxiv hujjatlari topshirilishi lozim boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining yagona roʻyxatini shakllantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Arxiv xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Adliya vazirligining 2026-yil 1-sentabrdan boshlab fuqarolarning oilaviy shajaralari boʻyicha maʼlumotlarni onlayn tarzda taqdim etish imkoniyatini beruvchi “Shajara” axborot tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, “Shajara” axborot tizimida quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidagi dastlabki maʼlumotlar, davlat arxivlarida hamda idoraviy arxivlarda saqlanayotgan arxiv hujjatlari asosida oila shajarasi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish xizmatini koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining DNK maʼlumotlari xizmati orqali fuqarolarning etnik kelib chiqishi haqidagi maʼlumotlarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida oila shajarasiga oid arxiv hujjatlari maʼlumotlarini tahlil qilish va oilaviy bogʻliqlikini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) oila shajarasiga oid maʼlumotlarning saqlanishi, maxfiyligi hamda himoya qilinishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki, oila shajarasini shakllantirish xizmati davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali quyidagi davrlar boʻyicha koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) IX asrdan — 1917-yilgacha boʻlgan va keyingi davrga oid arxiv hujjatlari asosida oila shajarasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 1918-yildan — 1945-yilgacha boʻlgan va keyingi davrga oid arxiv hujjatlari asosida oila shajarasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) 1946-yildan — hozirgi kunga qadar boʻlgan davrga oid arxiv hujjatlari asosida oila shajarasini shakllantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat arxivlariga oila shajarasini shakllantirishda ilmiy tadqiqotchilar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilansinki, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) tashkilotlar, shu jumladan, nodavlat arxivlar oʻzlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat arxivlariga Arxiv axborot tizimi orqali onlayn taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) davlat arxivlarining jamlash manbalari boʻlgan tashkilotlarga nodavlat arxivlar tomonidan pulli xizmatlar koʻrsatishda davlat arxivining roziligini olish amaliyoti bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) davlat arxivlari oʻquv zallari foydalanuvchilariga arxiv hujjatlarini vaqtincha foydalanishga berish muddati ikki oygacha uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 2026-yil 1-maydan boshlab arxiv xizmatlarini koʻrsatishda quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazishda tegishli arxiv muassasasi yoki tashkilot rahbarining tavsiya xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) mavzuli soʻrovlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berishda soʻralayotgan hujjatning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma berishda arxiv hujjatlarini tasarrufdan chiqarish yoki bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazish shaklini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) tijorat tashkiloti hujjatlarining belgilangan tartibda davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma. Bunda mazkur hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan Arxiv axborot tizimi orqali mustaqil ravishda olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq koʻchmas mulk obyektlariga kadastr pasportini rasmiylashtirish va ularga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) davlat arxivlarining mulkiy huquqlarni aniqlash boʻyicha arxiv maʼlumotnomalari faqat davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olingan arxiv maʼlumotnomasi davlat arxividagi yer va mol-mulkka doir hujjatga muvofiqligi Arxiv axborot tizimi orqali tekshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) taqdim etilgan arxiv maʼlumotnomasi tegishli davlat arxivi tomonidan berilmaganligi yoki undagi maʼlumotlar arxiv saqlovidagi hujjatlarga nomuvofiqligi aniqlanganda, ushbu maʼlumotnoma huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 2026-yil 1-martdan boshlab quyidagi arxiv xizmatlarini koʻrsatish muddatlari qisqartirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma berish muddati 15 ish kunidan 5 ish kunigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash muddati 20 ish kunidan 10 ish kunigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) oliy va oʻrta-maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish muddati 5 ish kunidan 2 ish kunigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) muddati 3 ish kunidan 1 ish kunigacha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Arxiv ishi sohasida samarali boshqaruv tizimini joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi arxivining hududiy filiallari tugatiladi hamda ularda saqlanayotgan arxiv hujjatlari belgilangan tartibda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari hamda viloyat davlat arxivlariga, ular foydalanayotgan bino qismi Agentlikning hududiy boshqarmalariga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) viloyat, tuman (shahar) shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tugatiladi hamda mazkur arxivlarning vazifa va funksiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyat, tuman (shahar) davlat arxivlariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy davlat arxivlari) oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) barcha vazifa va funksiyalari hamda xodimlarning amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlari saqlangan holda hududiy davlat arxivlarining alohida yuridik shaxs maqomi tugatiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) hududiy davlat arxivlarining inson resurslari bilan ishlash, tashkiliy hamda moliya-xoʻjalik faoliyatini uslubiy muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash Agentlikning arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) hududiy davlat arxivlarining 44 ta boshqaruv shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Agentlikning arxiv ishi hududiy boshqarmalariga qoʻshimcha 42 ta boshqaruv shtat birliklari ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Agentlikning tizim tashkilotlarini joylashtirishdan ortgan boʻsh turgan bino-inshootlar belgilangan tartibda sotiladi va undan tushgan mablagʻlar baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda Agentlik tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida foydalanish uchun Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2026-yil 1-avgustdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Agentlik va uning hududiy boshqarmalari hamda Oʻzbekiston milliy arxivlari tomonidan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarning arxiv ishi va ish yuritishini belgilovchi ichki hujjatlari elektron tarzda ekspertizadan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) elektron shakldagi arxiv hujjatlarini topshirish va qabul qilish Arxiv axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) davlat organlari va tashkilotlari har ikki yilda oʻzida saqlanayotgan arxiv hujjatlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tartibga keltirishi va bu bilan bogʻliq ishlar kasbiy kompetentlik guvohnomasiga ega shaxs tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Tashkiliy chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Belgilansinki, Agentlikning hududiy boshqarmalari balansiga oʻtkazilayotgan davlat arxivlari binolariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda barcha yigʻimlardan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari doimiy ravishda tegishli hududda joylashgan davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlarining saqlanishi uchun lozim darajadagi shart-sharoitlarni taʼminlab borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2026 — 2030-yillarda arxiv ishi sohasini rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2026 — 2030-yillarda arxiv sohasini raqamlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur Farmon ijrosini monitoring qilib borish rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Agentlik Farmon ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 15-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda monitoring natijalarini Hisob palatasi va Adliya vazirligiga kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida Farmon ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 25-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) “Ijro.gov.uz” tizimida Farmon ijrosini nazoratdan yechishda monitoring rejasida koʻrsatilgan maqsadlarga erishilganligi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Adliya vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov hamda “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 24-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-228-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026 — 2030-yillarda arxiv ishi sohasini rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Davlat arxivlarining raqamli infratuzilmasini takomillashtirish, axborot tizimlarini joriy etish, ulardan foydalanish

1.

Arxiv xizmatlarini raqamlashtirishda qoʻllaniladigan amaldagi arxiv axborot tizimlari negizida Yagona milliy arxiv axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Arxiv axborot tizimi) joriy etish.

Bunda:

“Oʻzarxiv” agentligini Arxiv axborot tizimining mulkdori, Adliya vazirligi huzuridagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazini operator etib belgilash.

Arxiv axborot tizimiga texnik xizmat koʻrsatish, uni yanada takomillashtirish, shuningdek, uning uzluksiz va xavfsiz ishlashini taʼminlashni operator tomonidan amalga oshirish.

1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish.

2025-yil noyabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyihaning texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil mart

3. Axborot tizimini elektron hukumat markazi va boshqa vazirlik hamda idoralarning axborot tizimlari va bazalari bilan integratsiya qilish.

2026-yil iyun

4. Axborot tizimini vazirlik va idoralarda joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2026-yil iyul

5. Vazirlik va idoralarda yangi tizimdan foydalanish tartibi toʻgʻrisida targʻibot ishlarini tashkil etish.

2026-yil avgust

2.

Davlat arxivlarda saqlanayotgan alohida qimmatli va noyob hujjatlar harakatini avtomatlashtirish, ularning aniq hisobini yuritish va xavfsizligini taʼminlash ishlariga RFID (radiochastotali identifikatsiya) texnologiyasini joriy etish.

1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish.

2025-yil dekabr

Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Oʻzbekiston milliy arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlashda RFID texnologiyasini majburiy qoʻllash.

2026-yil may

3. Arxiv hujjatlariga unikal identifikatsiya raqamini berish va ularni Arxiv axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2026-yil iyul

4. Tajriba natijasi asosida bosqichma-bosqich viloyat va markaziy davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlashda RFID texnologiyasini qoʻllash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2027-yil fevral

3.

Davlat arxivlarining funksiyalarini raqamlashtirish.

1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish.

2026-yil may

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

2. Arxiv axborot tizimida quyidagi funksiyalarni elektron shaklda amalga oshirish:

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

yigʻmajildlar roʻyxatini tuzish va rasmiylashtirish, ularga ilmiy-maʼlumot apparatini tuzish, tasdiqlash, kelishish;

davlat arxivlari tomonidan arxiv hujjatlarini qabul qilish, foydalanishga berish;

korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilayotganda ularning arxiv hujjatlarini vorisda saqlash masalasini davlat arxivlari bilan kelishish;

davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy tuzilmalarining hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasini shakllantirish hamda tegishlicha Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar bilan kelishish;

davlat arxivlariga arxiv hujjatlari topshirilishi lozim boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining yagona roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil iyul

4.

Fuqarolarning oilaviy shajaralari boʻyicha maʼlumotlarni onlayn tarzda taqdim etish imkoniyatini beruvchi “Shajara” axborot tizimini joriy etish.

Bunda “Oʻzarxiv” agentligini “Shajara” axborot tizimining mulkdori, Adliya vazirligi huzuridagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazini operator etib belgilash.

1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish.

2025-yil dekabr

Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyihaning texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil mart

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining va boshqa vazirlik hamda idoralarning axborot bazalari bilan integratsiya qilish.

2026-yil avgust

4. “Shajara” axborot tizimidan foydalanuvchi aholi oʻrtasida yangi tizimdan foydalanish, onlayn buyurtma berish va elektron toʻlovni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida targʻibot ishlarini tashkil etish.

2026-yil iyun

5.

Arxiv hujjatlarining matnini tanib olish va metamaʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish.

1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish.

2026-yil may

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

2. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2026-yil dekabr

6.

Davlat arxivlarining axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarining axborot va kiberxavfsizligini taʼminlash, xizmat axborotlari va maʼlumotlarini himoya qilish choralarini kuchaytirish.

1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish.

2. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2026 — 2030-yillar davomida

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

7.

Raqamli infratuzilmani takomillashtirish, axborot tizimlarini yaratish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur server va grafik ishlov berish bloklarini xarid qilish.

1. Loyihalarni joriy etish va ishga tushirish uchun zarur qurilmalar roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil fevral

Adliya vazirligi huzuridagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi xoʻjalik mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

2. Belgilangan tartibda xaridlarni amalga oshirish.

2026-yil aprel

II. Davlat arxivlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

8.

Arxiv organlari hujjatlarini raqamlashtirish maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)ga erishish uchun kompyuter va boshqa texnika vositalarini xarid qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

2026-yil aprel

Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

9.

Davlat arxivlarini zarur moddiy-texnika bazasi (mobil stellaj, zamonaviy qoʻriqlash tizimi, gazli yongʻin oʻchirish avtomatik qurilmalari tizimi hamda axborot xavfsizligini taʼminlash qurilmalari) bilan taʼminlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari hamda viloyatlar davlat arxivlarining jami 17 ta binolarini zarur moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash.

2026 — 2030-yillar davomida

Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

10.

Viloyat davlat arxivlarining arxiv hujjatlarini restavratsiya qilish laboratoriyalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

2026 — 2030-yillar davomida

Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

11.

Axborot xavfsizligini monitoring qilish, tahdidlarni aniqlash, ularga javob berish va oldini olishni taʼminlovchi “SOC” (security operations center) tizimini joriy qilish.

1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish.

2025-yil dekabr

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

Kiberxavfsizlik markazi

(O. Mirzayev)

2. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2026-yil fevral

III. Arxiv sohasini raqamlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari

12.

Arxiv sohasida quyidagi yangi davlat xizmatlarini joriy etish:

oila shajarasini tuzish davlat xizmati;

arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati;

davlat arxivlarida saqlanayotgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hujjatlari aslini berish boʻyicha davlat xizmati;

ish yuritish va arxiv ishini hamda idoraviy arxiv faoliyatini auditdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026 — 2030-yillar

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

13.

Arxiv xizmatlaridan foydalanuvchilar qamrovini kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar.

2026 — 2030-yillar

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

IV. Davlat arxivlari xodimlarining bilimi va koʻnikmalarini oshirish

14.

Xorijiy davlatlar arxivlaridan Oʻzbekistonga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish maqsadida xorijiy davlatlar arxivlarida ilmiy-tadqiqotlar olib borish.

1. Oʻzbekistonga oid arxiv hujjatlari saqlanishi mumkin boʻlgan xorijiy davlatlarni tahlil qilish.

Har yili yanvar oyi

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

masʼul vazirlik va idoralar

2. Ilmiy-tadqiqotlar olib boruvchi vazirlik va idoralar xodimlari nomzodlarini koʻrib chiqish.

Har yili fevral oyi

3. Ilmiy-tadqiqotlar olib borish boʻyicha xorijiy davlatlarning arxivlari bilan belgilangan tartibda kelishish.

Har yili may oyi

15.

Xorijiy davlatlarda arxiv xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash va stajirovka oʻtashini taʼminlash.

1. Malaka oshirish, qayta tayyorlash va stajirovkadan oʻtish mumkin boʻlgan xorijiy davlatlarning arxivlari bilan kelishuvga erishish.

Har yili yanvar oyi

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

2. Xodimlar nomzodlarini koʻrib chiqish va ularni xizmat safariga yuborish.

Har yili may oyi

16.

Arxiv hujjatlari asosida foydalanuvchilar uchun nashrlar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

2026 — 2030-yillar

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

17.

Davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlarini davriy mansubligidan qatʼiy nazar maxfiylikdan chiqarish ishlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

2026 — 2030-yillar

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(B. Kurbanov)

18.

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Elektron arxiv oʻquv laboratoriyasini tashkil etish hamda arxiv ishi sohasiga oid ishlanmalardan amaliy jihatdan foydalanish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

2026-yil mart

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

19.

Davlat arxivlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga masʼul boʻlgan xodimlar malakasini oshirib borish.

Reja-grafikni tasdiqlash.

Doimiy

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

20.

Davlat arxivlari hamda davlat organlari va tashkilotlariga arxivarius lavozimlariga ishga qabul qilingan xodimlarning arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malakasini oshirib borish.

Reja-grafikni tasdiqlash.

Doimiy

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

V. Arxiv ishi sohasining normativ-huquqiy va uslubiy bazasini takomillashtirish

21.

Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil fevral

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil mart

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

22.

Agentlikning binolarini xatlovdan oʻtkazish hamda 2026 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich arxiv binolarini xususiylashtirish hamda arxiv binolarini jihozlash choralari toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil fevral

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil mart

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

23.

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan arxiv xodimi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil fevral

-

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil mart

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

24.

Tashkilotlarning arxiv ishi va ish yuritishini belgilovchi ichki hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartib-taomillarini hamda toʻlov miqdorlarini nazarda tutuvchi arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti loyihasini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil fevral

-

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil mart

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

25.

Vazirlik va idoralarning arxiv hujjatlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimida elektron saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

elektron hujjatlarni qabul qilish, saqlash va ularning hisobini yuritish tartibi;

shartnoma asosida tizimga ulash tartibi;

tizim foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari.

2026-yil fevral

-

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil mart

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

26.

Oʻzbekiston Milliy arxivlari va markaziy, viloyat, tuman (shahar) davlat arxivlarining tasdiqlangan namunaviy shtat birliklari va tuzilmasini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2026-yil aprel

-

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqqan holda birlashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Chora-tadbirlarni moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning texnik yordam mablagʻlari va grantlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026 — 2030-yillarda arxiv sohasini raqamlashtirishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Maqsadli koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Amalda

Maqsadli koʻrsatkichlar yillar kesimida

Masʼul ijrochilar

2026

2027

2028

2029

2030

1.

Milliy arxiv fondi hujjatlarini raqamlashtirishni kengaytirish

foiz

13

15

25

35

50

60

“Oʻzarxiv” agentligi

2.

Arxiv hujjatlarining elektron nusxasini yaratish

mln kadr

94

109

124

139

154

169

3.

Axborot tizimiga metamaʼlumotlarni kiritish

mln maʼlumot

1,4

2,430

4,860

7,290

9,720

12,150

4.

Arxiv sohasida davlat xizmatlari sonini oshirish

dona

10

-

11

12

13

14

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Maqsadli koʻrsatkichlar yildan yilga qoʻshilib boradi (oʻsib boruvchi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi “Arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va sohada boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-228-son Farmoni ijrosini monitoring qilib borish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Indikator (subindikator) nomi

Oʻlchov birligi

Joriy holat

Maqsadli koʻrsatkichlar yillar kesimida

(oʻsib boruvchi)

Ijro va maʼlumot berishga masʼul idoralar

2026

2027

2028

2029

2030

MAQSAD: Arxiv sohasida samarali boshqaruv tizimini yaratish, raqamlashtirish va xizmatlar sifatini oshirish

I. Resurs koʻrsatkichlari

1.1.

Yagona milliy arxiv axborot tizimini joriy etish

axborot tizimi

-

1

-

“Oʻzarxiv” agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1.2.

Davlat arxivlariga qoʻshimcha arxivarius jalb etish

shtat

-

Zaruratga koʻra

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Oʻzarxiv” agentligi

1.3.

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish

modul

-

1

-

-

-

-

“Oʻzarxiv” agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1.4.

RFID (radiochastotali identifikatsiya) texnologiyasini joriy etish

jihozlar majmuasi

-

1

2

3

-

-

“Oʻzarxiv” agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1.5.

Arxiv ishi sohasining normativ-huquqiy va uslubiy bazasini takomillashtirish

normativ-huquqiy hujjat

-

6

7

8

9

10

“Oʻzarxiv” agentligi

1.6.

“Shajara” axborot tizimini joriy etish

modul

-

1

-

-

-

-

“Oʻzarxiv” agentligi

II. Amaliyot koʻrsatkichlari

Raqamlashtirish yoʻnalishida:

2.1.

Arxiv hujjatlarining elektron nusxasini yaratish

mln kadr

94

109

124

139

154

169

“Oʻzarxiv” agentligi

2.2.

Axborot tizimiga metamaʼlumotlarni kiritish

mln maʼlumot

1,4

2,430

4,860

7,290

9,720

12,150

“Oʻzarxiv” agentligi

2.3.

Davlat arxivlarining funksiyalarini raqamlashtirish

dona

-

3

6

“Oʻzarxiv” agentligi

2.4.

Yangi elektron xizmatlar sonini oshirish

dona

10

11

12

13

14

“Oʻzarxiv” agentligi

Xizmat koʻrsatish yoʻnalishida:

2.5.

Amaldagi davlat xizmatlarini koʻrsatish muddatini qisqartirish

ish kuni

(oʻrtacha)

9

-

-

8

7

5

“Oʻzarxiv” agentligi

2.6.

Davlat arxivlari xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish

nafar

120

195

270

345

420

495

“Oʻzarxiv” agentligi

2.7.

“Shajara” axborot tizimi orqali xizmatlar sonini oshirish

foiz

-

-

25

50

75

100

“Oʻzarxiv” agentligi

III. Natijadorlik koʻrsatkichlari

3.1.

Milliy arxiv fondi hujjatlarini raqamlashtirish

foiz

13

15

25

35

50

60

“Oʻzarxiv” agentligi

3.2.

Elektron xizmat koʻrsatish ulushini oshirish

foiz

71

71

78

86

93

100

“Oʻzarxiv” agentligi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-son Farmoniga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlarini nazorat qilish va hisobdorlikni tashkil etish tartibida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va ular boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish uchun yuborish” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va ular boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish uchun yuborish

Adliya vazirligi

1. Normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish uchun Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasi asosida masʼul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini koʻrsatgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish.

Rasmiy eʼlon qilingandan keyin ikki kun

Davlat organlari va tashkilotlarining Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy boʻlinmasi

2. Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasini kelishish yoki davlat organi va tashkiloti ushbu kartotekada nazarda tutilgan hujjatning ishlab chiquvchisi yoxud hujjatda (uning qismida) nazarda tutilgan masalani tartibga solishga vakolatli boʻlmagan hollarda tegishli izoh bilan rad etish.

Hujjat kelib tushgandan ikki ish kuni mobaynida

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Izoh: Adliya vazirligi tomonidan davlat organi va tashkilotiga kelishish uchun kiritilgan Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasi ikki ish kuni davomida kelishilmagan yoki rad etilmagan holatlarda ushbu kartoteka avtomatik ravishda kelishildi maqomiga oʻtkaziladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar hamda ular hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalarining jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan sonining “17. Adliya vazirligi” boʻlimi “Oʻzarxiv” agentligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “47” raqami “89” raqami bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-3727-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisidan “hamda davlat arxivlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-4463-son qarori quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“81. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat arxivlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,5 koeffitsiyentga oshirilgan holda qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat arxivlarining xodimlariga Agentlik va uning arxiv ishi hududiy boshqarmalarining xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun belgilangan miqdorlarda ustama haq toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda oshirilgan koeffitsiyent va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun ustama xarajatlari 2026-yilda tegishli budjetlarning zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi, 2027-yildan boshlab davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 06/25/228/1070-son)