20.09.2019 yildagi PQ-4463-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbai

Mas’ul ijrochilar

I. Arxiv ishi va ish yuritishning normativ va uslubiy bazasini takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini belgilangan tartibda kiritish.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

nodavlat arxivlarning faoliyatini rivojlantirish;

hujjatlarini Milliy arxiv fondida doimiy saqlash huquqi berilgan vazirlik va idoralar arxivlarining maqomini belgilash;

arxiv binolarini tasarrufdan chiqarishga bo‘lgan talablarni belgilash;

tashkilotlar tomonidan arxiv hujjatlarini davlat arxivlariga elektron nusxalari bilan topshirish majburiyatini belgilash;

arxiv hujjatlarining elektron nusxalarini yaratish tartibini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

2020-yil
1-mart

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
tegishli vazirlik
va idoralar

2.

Davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning yagona narxnomasini ishlab chiqish
va joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
1-aprel

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tegishli vazirlik
va idoralar

3.

Arxiv ishi sohasida sulolalar davomiyligini ta’minlash, arxiv xodimlarining ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish, jumladan:

qarindosh-urug‘larning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat korxonalari xodimlarining ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish;

davlat arxivlari pullik xizmatlaridan tushadigan mablag‘larning xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga 50 foizgacha qismini sarflashga ruxsat berish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
1-may

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Bandlik va mehnat munosabatlari

vazirligi (E. Muxitdinov), tegishli vazirlik
va idoralar

4.

Birxillashtirilgan hujjatlar tizimi. Kommunikativ formatda axborotni yozish” hamda “Birxillashtirilgan hujjatlar tizimi. Elektron vositalarda, mashina tashuvchilarda va mashinogrammalarda yaratiladigan hujjatlarga yuridik kuch berish. Umumiy qoidalar” Davlat standartlarini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

Normativ
hujjat

2020-yil

1-oktabrgacha

Budjetdan tashqari mablag‘lar

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

5.

Doimiy saqlovga olinadigan hujjatlar tarkibini optimizatsiya qilish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2021-yil
1-yanvargacha

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),
vazirlik va idoralar

6.

Shaxsiy tarkib hujjatlarini saqlash muddatlarini qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy

ma’lumotnoma

2021-yil
1-yanvargacha

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),
vazirlik va idoralar

II. Davlat arxivlari binolarini qurish va texnik jihozlash

7.

2020 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini va saqlovxonalarini qurish.

2020 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini va saqlovxonalarini qurish

dasturi

2020 — 2025-yillar davomida

Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan mablag‘lar

Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Qurilish vazirligi (B. Zokirov),

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

8.

2023 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini rekonstruksiya qilish.

2023 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini rekonstruksiya qilish dasturi

2023 — 2025-yillar davomida

Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan mablag‘lar

Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Qurilish vazirligi (B. Zokirov),

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Davlat arxivlari va saqlovxonalarni zarur asbob-uskuna va jihozlar, jumladan mobil stellaj, zamonaviy qo‘riqlash tizimi, gazli yong‘in o‘chirish avtomatik qurilmalari tizimi, server, tarmoq hamda axborot xavfsizligini ta’minlash qurilmalari bilan ta’minlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020 — 2025-yillar davomida

Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan mablag‘lar

Iq�isodiyot
va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Qurilish vazirligi (B. Zokirov),

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Milliy arxivlarni alohida qimmatli hujjatlar restavratsiyasi bo‘yicha zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash hamda raqamlashtirish uskunalari bilan jihozlash, shu jumladan 200 ta hujjatlarni raqamlashtirish (elektron shaklga o‘tkazish) uchun skaner, 1 ta film-skaner, 3 ta server, 200 ta kompyuter qurilmalari bilan ta’minlash, shuningdek 3 ta restavratsiya laboratoriyalarini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2022 — 2025-yillar davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
va budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

III. Arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish

11.

Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyatini tashkil etish, shu jumladan:

arkaz nizomini tasdiqlash hamda uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

Markazni zarur o‘quv va laboratoriya uskunalari, mebel va kompyuter texnikasi bilan jihozlash;

Markazni yuklangan vazifalarni lozim darajada bajara oladigan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish;

Markazning faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-dekabrgacha

Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov)

12.

Yangi texnologiyalar va metodologiyalarni qo‘llagan holda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish.

O‘quv kursi dasturlari,

malaka oshirish grafigi

Tasdiqlash

2019-yil
1-dekabrgacha

Amalga oshirish

2020 — 2025-yillar davomida

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov)

13.

Kasbiy tayyorgarlik va kvalifikatsiya darajasini aniqlash maqsadida davlat arxivlari rahbarlari
va xodimlarining attectatsiyasini o‘tkazish.

Attectatsiya o‘tkazish grafigi

Tasdiqlash

2019-yil
1-noyabrgacha

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov)

IV. Arxiv ishi va ish yuritish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish

14.

“Arxiv ishi” yagona axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

Axborot tizimi

2021-yil

1-aprelgacha

Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

15.

2020 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini va saqlovxonalarini qurish dasturi doirasida respublika milliy arxivlarida 30 tadan, viloyat davlat arxivlarida 10 tadan shtat birligidan iborat arxiv hujjatlarini raqamlashtirish (elektron shaklga o‘tkazish) sektorlarini tashkil etish hamda mutanosib ravishda raqamlashtirish qurilmalari bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2025-yillar davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Quyidagi davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishini joriy qilish:

o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;

ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;

ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;

arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bo‘yicha annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish;

arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish).

Internet tizimi orqali, shu jumladan bank plastik kartalaridan foydalangan holda arxiv ishi sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni onlayn to‘lovini amalga oshirish tizimini joriy etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2020-yil

1-iyun








2022-yil

1-yanvar

Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

17.

“Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot tizimlari va elektron bazalarni yaratish va rivojlantirish, shu jumladan:

davlat arxivlarining raqamlashtirilgan arxiv hujjatlaridan foydalanish bo‘yicha yagona axborot tizimini yaratish;

raqamlashtirilgan (elektron nusxasi olingan) hujjatlarning elektron bazasini yaratish;

davlat arxivlari arxiv fondlarining elektron bazasini yaratish;

tashkilotlar va idoralarning qidiruv ti�imi va axborot bazasini takomillashtirish;

arxivlarni “Elektron hukumat” yagona indentifikatorlari bilan integratsiyalash.

Axborot tizimi

2020 — 2025-yillar davomida

Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,

budjetdan tashqari mablag‘lar

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

18.

Arxivlar axborot tizimlari infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kompyuter hamda telekommunikatsiya infratuzilmasining axborot xavfsizligini ta’minlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2020 — 2025-yillar davomida

Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,

budjetdan tashqari mablag‘lar

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

V. Arxiv hujjatlaridan foydalanishni takomillashtirish

19.

“O‘zarxiv” agentligi va Madaniyat vazirligi hamkorligida quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

muzeylarda saqlanayotgan arxiv hujjatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va ularning hisobi bo‘yicha ma’lumotlarni Milliy arxiv fondi Davlat katalogiga kiritish;

muzeylar va davlat arxivlari hamkorligida mavzuli loyihalar tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish;

xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan madaniy meros obyektlarini saqlanishiga doir �njumanlarda o‘zaro hamkorlik olib borish.

Chora-tadbirlar dasturi

Tasdiqlash

2020-yil
1-yanvargacha



Amalga oshirish

2021-yil

1-aprelgacha

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

20.

Davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Chora-tadbirlar dasturi

2020-yil
1-iyungacha

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),
Davlat xavfsizligi xizmati (A. Azizov)

21.

Davlat arxivlari saqlovida bo‘lgan shaxsiy tarkib hujjatlarini shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga o‘tkazish choralarini ko‘rish, shu jumladan 2019-yil yakuniga qadar — kamida 10 foizini o‘tkazish, 2020-yil yakuniga qadar — 40 foizini va 2022-yil yakuniga qadar — 100 foizini.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2019 — 2022-yillar davomida

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Davlat-xususiy sheriklikni

rivojlantirish agentligi (G‘. Xoljigitov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

22.

“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlarida saqlanib kelinayotgan Milliy arxiv fondining alohida qimmatli va noyob (qog‘oz shaklidagi, kino, foto va ovoz) hujjatlar ko‘rgazmalari tashkil etish.

Reja-jadval

Doimiy

Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,

budjetdan tashqari mablag‘lar

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

23.

Alohida qimmatli va noyob arxiv hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “O‘zarxiv” agentligi va milliy arxivlar veb-saytlari orqali yoritib borish.

Chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,

budjetdan tashqari mablag‘lar

“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov)

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)

T/r

Muassasalar nomi

Quvvati
(ming saqlov birligi)

Shu jumladan, yillar bo‘yicha

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

Respublika miqyosidagi muassasalar

1.

O‘zbekiston milliy arxivlari binosi qurish hamda ularni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash (mazkur binoda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Milliy arxivi, Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi, Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi joylashadi).

4 000

+

Namangan viloyati

2.

Namangan viloyati davlat arxivi binosini qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

600

+

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

3.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy davlat arxivi uchun qo‘shimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

250

+

Samarqand viloyati

4.

Samarqand viloyati davlat arxivi uchun qo‘shimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

500

+

Toshkent shahri

5.

Toshkent shahar markaziy davlat arxivi uchun qo‘shimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

300

+

Toshkent viloyati

6.

Toshkent viloyati davlat arxivi uchun qo‘shimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

450

+

Farg‘ona viloyati

7.

Farg‘ona viloyati davlat arxivi uchun qo‘shimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

300

+

Sirdaryo viloyati

8.

Sirdaryo viloyati davlat arxivi uchun qo‘shimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

250

+

Xorazm viloyati

9.

Xorazm viloyati davlat arxivi uchun qo‘shimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

250

+

Andijon viloyati

10.

Andijon viloyati davlat arxivi uchun qo‘shimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

400

+

Qashqadaryo viloyati

11.

Qashqadaryo viloyati davlat arxivi uchun qo‘shimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

300

+

Buxoro viloyati

12.

Buxoro viloyati davlat arxivi uchun qo‘shimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

350

+

Jizzax viloyati

13.

Jizzax viloyati davlat arxivi uchun qo‘shimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

250

+

Navoiy viloyati

14.

Navoiy viloyati davlat arxivi uchun qo‘shimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

700

+

Jami:

8 900