1-ILOVA
T/r | Tadbir nomi | Ijro muddati | Masʼul tashkilotlar |
I. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar | |||
1. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi gʻoya va asosiy tamoyillarni oʻzida aks ettiruvchi koʻrgazmali vositalarni (plakat, panno, videorolik va boshqalarni) tayyorlash. | 2025-yil 30-noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |
2. | Koʻrgazmali vositalarni viloyat, shahar, tuman markazlari shoh koʻchalari, xiyobonlar, bayram tadbirlari oʻtadigan joylarda, tashqi reklama obyektlarida, bilbordlarda, LED-ekranli konstruksiyalarda, jamoat transportida (avtobus, metro, poyezd, samolyot) va jamoat joylarida (bozor, gipermarket, savdo shoxobchalari, bekat, aeroport va aviakassalar, temir yoʻl vokzallari va kassalari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari va b.) joylashtirish. | 2025-yil 30-noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Transport vazirligi |
3. | Davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy hokimliklar, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarining kirish joylarida “Konstitutsiya burchaklari”ni tashkil etish va ularda ushbu tashkilotlar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan axborot bannerlarini joylashtirish. | 2025-yil noyabr oyidan boshlab | Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
4. | Olimlar, huquqshunoslar va mutaxassislardan iborat targʻibot guruhlarini shakllantirish va mehnat jamoalari, mahallalarda, olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida, harbiy qismlarda, jazoni ijro etish muassasalarida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha uchrashuvlar, jonli muloqot, suhbatlar va boshqa madaniy-maʼrifiy hamda huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. | 2025-yil noyabr-dekabr | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, mahalliy hokimliklar, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
5. | “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” mavzusida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targʻib etish maʼrifat oyligini oʻtkazish. | 2025-yil dekabr | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |
6. | Aholi fikrini inobatga olgan holda tuman va shahar markazlarida (Toshkent shahrida — Sayilgoh koʻchasida) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab “Konstitutsiya koʻchasi (maydoni, mahallasi)”ni tashkil etish, unda: Konstitutsiyaning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotokoʻrgazmasini tashkil etish; Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida tayyorlangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlar koʻrgazmasini tashkil etish; konstitutsiyaviy huquqlar boʻyicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar burchaklarini tashkil etish va ularga koʻrgazmali materiallarni joylashtirish; “Konstitutsiya koʻchasi” ni targʻibot va koʻrgazmali bannerlar bilan bezatish; Konstitutsiyaga oid turli koʻngilochar tadbirlar tashkil etish, fuqarolarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha viktorina loyihasini amalga oshirish, gʻolib boʻlgan fuqarolarni Konstitutsiya kitobi, Konstitutsiya ramzi tushirilgan mahsulotlar bilan taqdirlash. | 2025-yil 5 — 8-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Oliy sud, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
7. | Mahallalarda, maktablar hovlilarida 5-dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan davlat bayrogʻini koʻtarish marosimini tashkil etish, unda Konstitutsiyadagi birdamlik gʻoyalari ifodalangan sahna koʻrinishlari, sheʼr va ashulalarni oʻz ichiga olgan tadbirlar tashkil etish. | 2025-yil 5-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
8. | “Constitution.uz” veb-sayti bazasida tashkil etilgan elektron Konstitutsiya kutubxonasini zamonaviy ilmiy va tahliliy materiallar bilan boyitish. | Doimiy ravishda | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi |
9. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini tashkil etish. | 2025-yil 1 — 7-dekabr | Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida), “Oʻzarxiv” agentligi |
II. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlari | |||
10. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini, uning islohotlarga mustahkam huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilayotganini targʻib qiluvchi maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda OAVda keng yoritish. | 2025-yil 1 — 8-dekabr | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
11. | Fuqarolar kundalik hayotida koʻp uchraydigan vaziyatlarda Konstitutsiya normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanilishi boʻyicha ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda ularni davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtirish va keng targʻib qilish. | 2025-yil noyabr-dekabr | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, davlat organlari va tashkilotlari |
12. | Ommaviy axborot vositalarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga oid media tadbirlarni (maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, titr, radioeshittirish, maqola, viktorina va munosabatlar) amalga oshirish (alohida media reja asosida). Davlat telekanallari belgisi yonida Konstitutsiya bayrami belgisini joylashtirish. | 2025-yil noyabr-dekabr | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, vazirlik va idoralar |
13. | Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim aʼzolari bilan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixiga bagʻishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish. | 2025-yil 1 — 8-dekabr | Konstitutsiyaviy sud, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, “Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari, Adliya vazirligi |
14. | Konstitutsiya kuni munosabati bilan radioviktorina oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | 2025-yil 7-8-dekabr | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Adliya vazirligi |
15. | Markaziy va hududiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida: 1) Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, uning hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanini targʻib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan alohida ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnal va gazetalarning maxsus sonlarini chop etish. | 2025-yil 1 — 8-dekabr | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, “Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari, Adliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura |
16. | Ommaviy axborot vositalarida “Konstitutsiya — suveren davlat kafolati”, “Konstitutsiya — demokratik davlat kafolati”, “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — ijtimoiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — dunyoviy davlat kafolati” mavzularida turkum maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik va radioeshittirishlarni tayyorlash. | 2025-yil noyabr-dekabr | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, vazirlik va idoralar |
17. | “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida shahar, tuman markazlaridagi davlat organlari binolariga oʻquvchi va talabalarning sayohatlarini tashkil etish va OAVda ularning taassurotlari haqida maqola va postlar berib borish. | 2025-yil noyabr-dekabr | Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
18. | Davlat va jamoat arboblari, aktyor, xonanda, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Konstitutsiyaga oid munosabatlarni joylashtirish. | 2025-yil dekabr | Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
19. | Jurnalist va blogerlar oʻrtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovini oʻtkazish. | 2025-yil noyabr | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
20. | “#Men va Konstitutsiya”, “#Mening konstitutsiyam”, “#Konstitutsiyakuni” xeshteglari ostida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan inson huquqlari va erkinliklari, shuningdek, fuqarolarda vatanparvarlik, qonunlarga hurmat tuygʻularini mustahkamlashga qaratilgan videoroliklarni tayyorlash hamda ularni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib qilish. | 2025-yil 1 — 10-dekabr | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi |
21. | Ixtiyoriy boʻlgan umummilliy Konstitutsiya imtihonini oʻtkazish. | 2025-yil 1 — 10-dekabr | Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, TDYU |
22. | Konstitutsiya moddalari mohiyatini sodda va tushunarli tilda ochib beruvchi, maktab yoshidagi bolalar uchun moʻljallangan multiplikatsion (animatsion) videorolik tayyorlash va keng tarqatish. | 2025-yil dekabr | Adliya vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi |
23. | Hududlarda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish doirasida “Targʻibot poyezdi!” loyihasini tashkil etish. | 2025-yil dekabr | Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, TDYU |
III. Konstitutsiya kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram va boshqa koʻngilochar tadbirlar | |||
24. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida oʻtkaziladigan konsert tadbirlarini sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | 2025-yil 7-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
25. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Konstitutsiya sayillarini tashkil etish, unda tomosha va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | 2025-yil 4 — 7-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
26. | Harbiy qism va boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bagʻishlangan tantanali saflanish tadbirlarini oʻtkazish, harbiy va oʻquv tayyorgarlikda alohida namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish va taqdirlash. | 2025-yil 4 — 7-dekabr | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati |
27. | Kinoteatrlarda har bir film namoyishidan oldin Konstitutsiya kuni bayramiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni tomoshabinlarga koʻrsatish. | 2025-yil 1 — 8-dekabr | Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
28. | Fuqarolarga Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan SMS xabar sifatida tabrik yoʻllash. | 2025-yil 8-dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
29. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida Konstitutsiyaga bagʻishlangan “Zakovat” intellektual oʻyinini va boshqa intellektual oʻyinlarni hududiy va respublika miqyosida yuqori darajada oʻtkazish. | 2025-yil dekabrdan eʼtiboran | “Zakovat intellektual klubi” NNT, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi |
30. | Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan sport marafonlari (yugurish, marsh) va musobaqalarini (voleybol, futbol, shaxmat va b.) uyushtirish. Jahon, Osiyo va Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish. | 2025-yil 2 — 5-dekabr | Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
31. | Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida “Konstitutsiya haqida eng yaxshi ilmiy maqola”, “Konstitutsiya haqida eng yaxshi ommabop maqola”, “Konstitutsiya haqida eng yaxshi infografika”, “Konstitutsiya haqida eng yaxshi videorolik” nominatsiyalarini oʻzida qamrab olgan “Eng yaxshi konstitutsiya targʻibotchisi” tanlovini oʻtkazish. | 2025-yil noyabr-dekabr | Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, TDYU |
IV. “Konstitutsiya oyligi” doirasida davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlar | |||
32. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar birinchi darajali rahbarlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish doirasida tegishli organ tomonidan qilingan ishlar haqida maqola tayyorlash va chop etish. | 2025-yil noyabr-dekabr | Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
33. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun Konstitutsiyaning qoida va normalarini chuqurlashtirib oʻrgatishga qaratilgan oʻquv seminarlar tashkil etish. | 2025-yil noyabr-dekabr | Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya |
34. | Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar shtab-kvartiralarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasi kuni” maʼrifiy tadbirlarini tashkil etish. | 2025-yil 1 — 8-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” axborot agentligi |
35. | Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalari va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari veb-saytlarida, xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan materiallarni joylashtirish. | 2025-yil 1 — 8-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” axborot agentligi |
36. | Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi xorijiy tillarda (ingliz, fransuz, yapon, koreys, xitoy, ispan, arab, qozoq, tojik, turkman, qirgʻiz va b.) tayyorlangan materiallarni xorijiy davlatlar elektron resurslariga va Oʻzbekistonning ushbu davlatdagi konsullik muassasalari veb-saytlarida joylashtirish. | 2025-yil noyabr-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, “Dunyo” axborot agentligi |
37. | Konstitutsiyaviy sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati toʻgʻrisida axborotini taqdim etish. | 2025-yil dekabr | Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida) |
38. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasini kiritish. | 2025-yil dekabr | Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida) |
39. | “Konstitutsiya oyligi” doirasida Oliy Majlis palatalarida “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish va uning doirasida Qonunchilik palatasi va Senat binosi boʻylab ekskursiya tashkil etish, majlislar zali va muzey, kutubxona, deputat va senatorlarning faoliyati bilan tanishtirish. | 2025-yil 2 — 5-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv asosida) |
40. | Fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatishni, shu jumladan, ichki ishlar organlarida Konstitutsiya kunida 16 yoshga toʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartani topshirish jarayonlarini bayramona tashkil etish. | 2025-yil 5-dekabr | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, mahalliy hokimliklar |
41. | Konstitutsiya targʻibotida faol ishtirok etgan fuqarolarni Konstitutsiya kuni arafasida “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash. | 2025-yil dekabr | Adliya vazirligi |
V. “Konstitutsiya oyligi” doirasida taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan targʻibot tadbirlari | |||
42. | Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish (namunaviy dars materiallari asosida). | 2025-yil 2 — 6-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, TDYU |
43. | Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha olimpiada tashkil etish va OAVda keng yoritish. | Har yili 1 — 7-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
44. | Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya bilimdoni”, “Konstitutsiya — kelajagim mashʼali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | 2025-yil 2 — 5-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
45. | Oʻzbekiston yoshlarining Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan II konferensiyasini oʻtkazish. | 2025-yil 5-dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
46. | Taʼlim muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani oʻrganamiz”, “Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. | 2025-yil 2 — 5-dekabr | Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
47. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini sodda tilda tushuntirishga qaratilgan “Moddalar gapiradi” nomli turkum videoroliklar tayyorlash va manzilli tarqatish. | 2025-yil 2 — 5-dekabr | Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
48. | “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Konstitutsiya oʻquvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va koʻrgazmalarini tashkil etish, taʼlim tashkilotlarini bayroqlar va sharlar, shuningdek, oʻquvchilar yasagan oʻyinchoqlar, ramzlar bilan bezatish. | 2025-yil 2 — 5-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mahalliy hokimliklar |
49. | Oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar oʻrtasida “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etish. | 2025-yil noyabr-dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
50. | Konstitutsiyaviy huquq boʻyicha taniqli xorijlik olim va ekspertlar ishtirokida Konstitutsiyani hayotga tatbiq etish boʻyicha erishilgan yutuqlar va oldimizda turgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish va oʻtkazish. | 2025-yil 3-dekabr | Adliya vazirligi, Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud, (kelishuv asosida), Tashqi ishlar vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, TDYU |
2-ILOVA
A.N. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi | |
2. | R.Q. Davletov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
3. | X.M. Sultonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri |
4. | Sh.I. Asadov | — | Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi — Prezident matbuot kotibi |
5. | D.B. Kadirov | — | Prezident Administratsiyasi departament boshligʻi |
6. | J.A. Qoʻchqorov | — | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri |
7. | Sh.B. Umurzakov | — | Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
8. | A.D. Tashkulov | — | adliya vaziri |
9. | O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
10. | B.O. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
11. | A.A. Tashpulatov | — | ichki ishlar vaziri |
12. | Sh.G. Xalmuxamedov | — | mudofaa vaziri |
13. | B.B. Kudratxodjayev | — | favqulodda vaziyatlar vaziri |
14. | R.M. Djurayev | — | Milliy gvardiya qoʻmondoni |
15. | E.G. Karimova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
16. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
17. | A.A. Xudayarov | — | sogʻliqni saqlash vaziri |
18. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
19. | A.I. Ikramov | — | sport vaziri |
20. | B.E. Zaxidov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
21. | Q.R. Sariyev | — | Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi |
22. | Sh.T. Rizayev | — | Kinematografiya agentligi bosh direktori |
23. | A.Z. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
24. | A.A. Joʻraboyev | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi |
25. | A. Koʻchimov | — | Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori |
26. | O.A. Xasanov | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
27. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari |