14.11.2025 yildagi PF-214-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, biznesni boshlashda davlat xizmatlarini kompleks tarzda ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Asosiy maqsad
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib tadbirkorlarning ma’muriy xarajatlarini 90 milliard so‘mgacha qisqartirish, shuningdek, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik jarayonlarida 15 kungacha vaqtini tejash belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Biznesni kompleks tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish tartibi joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) elektron raqamli imzo kalitini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini olish (soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda guvohnoma beriladigan soliq to‘lovchilarga);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo‘yish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) tadbirkorlik subyekti har bir xizmatdan o‘z tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) tanlangan xizmatlar bo‘yicha yagona QR kod orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qo‘yilsinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) tadbirkorlik subyektlarining birlamchi ma’lumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, firma nomi, manzili, tashkiliy-huquqiy shakli va h.q.) o‘zgarganda ushbu ma’lumotlar bo‘yicha o‘zgartirishlar yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasiga, litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan bepul kiritiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi va otasining ismi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotlar — Ichki ishlar vazirligining “ID-karta” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) boshqa ma’lumotlar — Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidan o‘rnatilgan tartibda real vaqt rejimida “Litsenziya” axborot tizimiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2026-yil 1-martdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llanilganda, ularning mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda quyidagilarni nazarda tutuvchi ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati yo‘lga qo‘yilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) dastlabki baholash doirasida talabgor litsenziya yoki ruxsatnoma olish uchun xarid qilishi rejalashtirgan bino-inshootlar, moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, yollash ko‘zda tutilgan xodimlar to‘g‘risidagi hamda boshqa ma’lumotlar litsenziya va ruxsat berish talab hamda shartlariga muvofiqligi o‘rganiladi va tegishli xulosa beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) dastlabki baholash xizmati 20 kundan oshmagan muddatda ko‘rsatiladi va tegishli litsenziya yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatni berishda arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan yig‘imdan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yukini kamaytirish hamda byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur Farmonning maqsadi, vazifalari hamda undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Adliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.J. Tashkulov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 14-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-214-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yukini kamaytirish hamda byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlarni kompozit ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish:

elektron raqamli imzo kalitini berish;

tijorat banklarida hisobvaraq ochishga ariza topshirish va uni faollashtirish;

ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;

ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;

qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi guvohnomasini olish (soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda guvohnoma beriladigan soliq to‘lovchilarga);

onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;

yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo‘yish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

tijorat banklari

2. Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2.

“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi va Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimini “Litsenziya” axborot tizimiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

3.

“ID-karta” avtomatlashtirilgan axborot tizimini Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi va “Litsenziya” axborot tizimiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

2025-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

4.

Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida tayinlangan rahbar ma’lumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

2025-yil dekabr

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

5.

Onlayn nazorat-kassa mashinalarini soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimini Soliq qo‘mitasining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

2025-yil dekabr

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

6.

“Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda talabgorning litsenziya hamda ruxsat berish talab va shartlariga mos kelishini aniqlashga qaratilgan dastlabki baholash xizmatini yo‘lga qo‘yish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2. Amaliy chora-tadbirlar.

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2026-yil fevral

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalarini elektron shaklda “Shaffof qurilish” tizimi orqali ko‘rib chiqish va kelishish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2025-yil dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Xidoyatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

8.

Quyidagi litsenziya va ruxsatnomalarni ariza beruvchilarning xohishiga ko‘ra tezlashtirilgan tartibda berish:

turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya;

konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziya;

moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya;

veterinariya faoliyati uchun litsenziya;

xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati uchun litsenziya;

xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati uchun litsenziya;

avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyalarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va tarqatish talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa;

ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2026-yil mart

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Xidoyatov),

Madaniy meros agentligi

(Abdikarimov),

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi

(Rafiqov),

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

(Eshqo‘ziyev),

Turizm qo‘mitasi

(Shadiyev)

9.

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalarni “Litsenziya” axborot tizimi orqali qo‘llash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2026-yil fevral

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

10.

“Litsenziya” axborot tizimida arizalarni to‘ldirish jarayonida talabgorning tegishli talab va shartlarga mos kelishiga avtomatik yoki sun’iy intellekt texnologiyasi orqali baho berish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2026-yil may

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

11.

“Litsenziya” axborot tizimida vakolatli organlar tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish.

Ariza va taqdim etilgan hujjatlardagi raqamlashgan ma’lumotlarga axborot tizimlari yoki sun’iy intellekt texnologiyasi orqali baho berish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2026-yil avgust

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Davlat muassasalariga ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda va ularning pasportlarida tegishli faoliyat yoki harakatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan amalga oshirishga ruxsat berilgan bo‘lsa, ularga ushbu faoliyatni bevosita amalga oshirishga ruxsat berish yuzasidan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

13.

Tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz, shuningdek, xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish holatlari bilan bog‘liq qonunbuzilishlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlanganda va huquqbuzarlik tasdiqlanganda, bu haqida vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslarni undirilgan jarimaning o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2026-yil aprel

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Urunov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

14.

“Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2026-yil aprel

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Urunov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

15.

10 turdagi litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Urunov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

16.

“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilini amalda qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatlari markazlari va davlat tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

Reja-grafik asosida har oyda

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Urunov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga quyidagi tartibda tushuntirish:

axborot-tahliliy materiallardan foydalangan holda hujjatlar to‘plamini (ma’ruza matni, taqdimot, annotatsiya, infografika, sxema) tayyorlash;

matbuot anjumanlarini o‘tkazish;

hududlarda manzilli va predmetli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;

mustaqil ekspertlar, mutaxassislar, aholi va tadbirkorlarning fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Urunov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Davlat xizmatlari markazlarida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlar, jumladan, bank-moliya, huquqiy, konsalting, rieltorlik, transport-logistika kabi xizmatlar hamda ularni ko‘rsatuvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi stendlar, bannerlar, onlayn reklama tablolarini joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda tadbirkorlar mablag‘lari

2026-yil yanvar

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

tijorat banklari,

manfaatdor tashkilotlar

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2025-y., 06/25/214/1053-son)