1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2024-yilda davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etiladigan davlat xizmatlari roʻyxatida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish xizmatini joriy qilish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.08.00 Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatini koʻrsatish, sanitariya-epidemiologiya ekspertizasini oʻtkazish tartibi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya-epidemiologik xulosa berish, uni oʻzgartirish va qayta rasmiylashtirish, xulosaning amal qilishi muddatini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmatining davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Adliya vazirligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu qarorga muvofiq davlat xizmati koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov va adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 13-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
720-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-noyabrdagi 720-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Reglament tadbirkorlik subyektlariga (yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar) davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sanitariya-epidemiologik xulosa Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya-epidemiologik xulosa majburiy tartibda olinishi lozim boʻlgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxatidagi mahsulotlarga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni soʻrab murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar);
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus ekspertiza — aholining va alohida shaxslarning sogʻligʻi hamda kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyenik turlari va boshqa turlari, shuningdek, loyiha hujjatlari, texnik hujjatlar hamda boshqa hujjatlarning, uskunalar, asboblar hamda apparatlarning, kimyoviy moddalar, turli birikmalar, materiallar va muhitlarning, oziq-ovqat xomashyosi va mahsulotlarining, sanoat buyumlar, radioaktiv materiallar, radiatsiyaviy texnikaning ekspertizalari davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi muassasalari, ilmiy-tadqiqot, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ariza beruvchining mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladigan ekspertiza;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya-epidemiologik xulosa — oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga (keyingi oʻrinlarda — sanitariya qoidalari) muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sanitariya-epidemiologik xulosa uch yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa mahsulotning yaroqlilik davriga, yaroqlilik muddatiga ega boʻlmagan mahsulotga esa — muddati koʻrsatilmasdan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida sanitariya-epidemiologik xulosa bir kalendar yildan oshmagan muddatga bir marotaba beriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlarida qayd etilgan mahsulotning yaroqlilik muddatlari Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi sohaga oid normativ hujjatlarda qayd etilgan yaroqlilik muddatlaridan farq qilgan taqdirda, akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya tomonidan ularning qayd etilgan yaroqlilik muddatiga muvofiqligi va xavfsizlik koʻrsatkichlariga sinovlar oʻtkazilib, ijobiy baholanganidan soʻng respublika hududiga olib kirishga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.05.00 Bolalar ovqati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bolalar uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlari, energetik ichimliklar akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan toksikologik sinovlardan oʻtkazilib, xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha ijobiy baholanganidan soʻng respublika hududiga olib kirilishiga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sanitariya-epidemiologik xulosa sanitariya qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari boʻlgan mahsulot turlariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sanitariya-epidemiologik xulosa quyidagi holatlarda olinishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibi oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonining konstruksiyalari, jamlanmalari oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tajriba uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududiga olib kiriladigan oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot ishlab chiqarish uchun berilgan sanitariya-epidemiologik xulosaning amal qilish muddati tugaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bir-birini takrorlovchi sinovlar oʻtkazilishining oldini olish maqsadida akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan boshqa akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarning sinov natijalari tan olinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sanitariya-epidemiologik xulosani berish boʻyicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnoma YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda soʻrovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni vakolatli organga tushgan va ular tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda, ularning asl nusxalaridan olingan holda ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik yoʻriqnomasi va retsepturasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organga tegishli boʻlmagan va boshqa laboratoriyalar tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun sinov bayonlari — sinovlar ariza berilgunga qadar soʻnggi bir hafta mobaynida oʻtkazilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aynan bir xil mahsulot bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan olib kelinayotgan hollarda, ushbu tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar va oziq-ovqat qoʻshimchalarini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma, agar ularning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi uchun vakolatli organ tomonidan toksikologiya-gigiyena jihatidan baholash asosida ruxsatnoma berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun sinov bayonlari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma (yuridik shaxs tomonidan berilgan ishonchnoma bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Chetdan olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotiga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish boʻyicha soʻrovnoma berilayotgan vaqtda mahsulotning yaroqlilik muddati umumiy yaroqlilik muddatidan 60 foizdan kam boʻlmasligi shart (ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan umumiy yaroqlilik muddatiga nisbatan foizda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Soʻrovnomaga zarur maʼlumotlar kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun ariza beruvchidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Davlat xizmatlari markaziga murojaat etilganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng bir ish kun ichida soʻrovnomada va (yoki) hujjatlarda xato-kamchiliklar boʻlmasa hamda toʻliq taqdim etilgan boʻlsa, maxsus ekspertiza oʻtkazilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan tariflar boʻyicha shakllantirilgan invoys raqamini Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Invoys ariza beruvchiga yuborilganidan keyin unda koʻrsatilgan toʻlov uch kalendar kun ichida toʻliq toʻlanmagan taqdirda, vakolatli organ maxsus ekspertiza oʻtkazishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan invoys raqamiga asosan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha toʻlovlar ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Toʻlov summasi ushbu Reglamentning 17-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda, ushbu Reglamentning 13-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq ilova qilinmaganda, vakolatli organ kamchiliklarni va ularni bartaraf etish mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin besh ish kunidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnomaning takroran koʻrib chiqilgani uchun ushbu Reglamentning 16-bandida belgilangan yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar bilan soʻrovnomani qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf etish xabarnomasida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin murojaat qilgan taqdirda, soʻrovnoma yangi topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza beruvchining dastlabki murojaatiga kamchiliklarni bartaraf etish xabarnomasi yuborilganligini inobatga olgan holda, keyingi murojaatiga kamchiliklarni bartaraf etish xabarnomasi yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Vakolatli organ tomonidan maxsus ekspertiza oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Invoysda belgilangan toʻlov ariza beruvchi tomonidan toʻliq toʻlanganidan keyin vakolatli organ tomonidan uch ish kuni ichida belgilangan tartibda mahsulot ishlab chiqarish korxonasi yoki mahsulot saqlanayotgan obyektning sanitariya qoidalariga muvofiqligi yuzasidan maxsus ekspertiza oʻtkazish hamda laboratoriya sinovlari uchun mahsulotlardan namunalar olish uchun masʼul sanitariya vrach(lar)i (keyingi oʻrinlarda — masʼul sanitariya vrachi) tayinlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.06 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xomashyolari va oziq-ovqatlari garovi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul sanitariya vrachi bir ish kuni ichida belgilangan tartibda mahsulot ishlab chiqarish korxonasi yoki mahsulot saqlanayotgan obyektni sanitariya qoidalariga muvofiqligi yuzasidan joyiga chiqqan holda oʻrganadi hamda sanitariya-epidemiologik tekshiruv oʻtkazilgani haqida dalolatnoma rasmiylashtirib, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan namunalar olish boʻyicha dalolatnoma tuzadi va laboratoriyaga namuna taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Maxsus ekspertiza oʻtkazilishida mahsulot boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarning mahsulotlarga muvofiqligi taqqoslanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va joʻnatishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, mahsulotlarni tashishda qoʻllanadigan transport vositasining sanitariya holati (mahsulot tashish uchun ixtisoslashtirilgani, saqlash rejimiga rioya qilinishi, mahsulot tashish uchun yaratilgan sharoit) va mahsulotlarni saqlash sharoitlariga ham baho beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mahsulot idishlari, qadoq materiallarining holati boʻyicha quyidagilar oʻrganiladi:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomi, shifri, navi, TIF TN kodi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot ishlab chiqaruvchining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolga yaroqlilik va ishlab chiqarilgan muddati (yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlar maxsus ekspertizadan oʻtkazilmaydi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning roʻyxat raqamlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarni saqlash sharoiti, buzilish alomatlari, zararlangani, begona hidlarning bor yoki yoʻqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qadoqlangan mahsulotning butligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, qadoqlash materiallari, yordamchi materiallar xavfsizlik koʻrsatkichlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normalariga javob berishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Mahsulot ishlab chiqarish korxonasi yoki mahsulot saqlanayotgan obyektning sanitariya qoidalariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda sanitariya-epidemiologik tekshiruv oʻtkazilganligi haqida ikki nusxada belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Masʼul sanitariya vrachi tomonidan mahsulot namunasini yoʻnalishi boʻyicha sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya sinovlari uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan miqdorda oladi va mahsulot egasi yoki uning vakili ishtirokida ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olish boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olish boʻyicha dalolatnoma masʼul sanitariya vrachi va mahsulot egasi yoki uning vakilining shaxsiy imzosi bilan imzolanadi. Uning bir nusxasi mahsulot egasi yoki uning vakiliga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Masʼul sanitariya vrachi tomonidan namunalar toza idishga joylanadi, surgʻuchlanadi va oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olish boʻyicha dalolatnomaning bir nusxasini hamda mahsulot namunasini akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaga taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bakteriologik sinovlar uchun olingan namunalar sterillangan idishda yoki original oʻramda joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Olingan namunalar mahsulot partiyasini toʻliq ravishda aks ettirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Turi bir xil, navi va nomlanishi bir xil, bir smenada ishlab chiqarilgan va texnologik jihatdan bir xil ishlovdan oʻtgan mahsulot bir xil partiya hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitta ishlab chiqarish obyektida tayyorlangan, maʼlum hajm va ogʻirlikdagi, bir xil yuk xati va sifat sertifikatiga ega boʻlgan mahsulot bir xil yuk partiyasi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.08.00 Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Bir necha turdagi mahsulotlarga xulosa berish davrida sanitariya vrachi taqdim etilgan hujjatlar va mahsulotlarni oʻrganib chiqib, turi, navi, tarkibi va nomlanishi bir xil, bir smenada ishlab chiqarilgan, texnologik jihatdan bir xil ishlovdan oʻtgan, bitta yuk xatiga ega boʻlgan mahsulotlardan umumlashtirish yoʻli bilan laboratoriya sinovlari oʻtkazish uchun namunalar olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur talab konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlari, ozuqaviy qoʻshimchalar, ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimchalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Mahsulotlar turi boʻyicha sanitariya qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablardan kelib chiqqan holda, xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha laboratoriya mutaxassislari (bakteriolog, toksikolog, virusolog, sanitariya-gigiyenik, parazitolog, kimyo, radiolog) tomonidan 10 ish kuni ichida sinovlar oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Mahsulotlarning xavfsizlik koʻrsatkichlari sanitariya qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda koʻrsatilgan usullar boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Tez buziluvchi mahsulotlardan olingan namuna boʻyicha 2 soatlik muddat ichida sinov boshlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Laboratoriya sinovlari oʻtkazilgandan soʻng mahsulotlar qoldigʻi 10 kun muddatgacha laboratoriyada saqlanadi, tez buziluvchi mahsulotlar esa, yaroqlilik muddati tugaganda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Namuna qoldiqlari sinov natijalari berilgunga qadar saqlanib, soʻng laboratoriya rahbari ruxsati bilan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirilgan oziq-ovqat namunalarining qoldigʻi mahsulot egasiga qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Oʻtkazilgan sinovlarning, laboratoriya tekshiruvlarining haqqoniyligi va sifatliligiga sinovlar oʻtkazgan laboratoriya javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Oʻtkazilgan laboratoriya sinovi bayonnomasi sinov oʻtkazilgan mahsulotning partiyasiga taalluqli boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Sanitariya-epidemiologik xulosani berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Mahsulot namunalarining laboratoriyadagi sinov natijalari asosida ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada mahsulot namunalarini tekshirish bayonnomasi rasmiylashtiriladi hamda bir nusxasi masʼul sanitariya vrachiga taqdim qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sanitariya qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, boshqa hujjatlarga muvofiq deb topilganda masʼul sanitariya vrachi tomonidan axborot tizimiga, ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda sanitariya-epidemiologik xulosani elektron shaklda joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Laboratoriya sinovi bayonnomasi, sanitariya-epidemiologik tekshiruv oʻtkazilgani haqidagi dalolatnomalar mahsulotning inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsizlik koʻrsatkichlari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida sanitariya-epidemiologik xulosa berish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Vakolatli organ sanitariya-epidemiologik xulosani QR-kod (matrik shtrixli kod) orqali tasdiqlaydi hamda bir ish kunida Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali murojaat etilganda esa ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Davlat xizmatlari markazi sanitariya-epidemiologik xulosa va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgandan soʻng bir soat ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, uning soʻroviga koʻra, Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchiga sanitariya-epidemiologik xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Sanitariya-epidemiologik xulosani berishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Oʻtkazilgan laboratoriya sinovlari natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan yoki chetdan olib kelinayotgan mahsulotlar isteʼmol qilishga hamda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, masʼul sanitariya vrachi tomonidan bir ish kunida ikki nusxada sanitariya-epidemiologik tekshiruv oʻtkazilgani haqida dalolatnoma tuziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki uni olib keluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mahsulotining qayerdan keltirilgani, nomi va turi, ogʻirligi, miqdori, toʻplami, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, mahsulotining qadoq turi, ushbu mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga nomuvofiqligi koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.12.00 Savdo qoidalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Tuzilgan sanitariya-epidemiologik tekshiruv oʻtkazilgani haqida dalolatnoma va hujjatlar toʻplami PDF formatda masʼul sanitariya vrachi tomonidan vakolatli organning axborot tizimiga joylashtirilganidan soʻng vakolatli organ sanitariya-epidemiologik tekshiruv oʻtkazilgani haqida dalolatnoma asosida ikki ish kuni ichida isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, undan foydalanish yoki respublikaga olib kirishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan mahsulot turiga qarab, tegishli tashkilotlar bilan kelishgan holda qayta ishlash yoki yoʻq qilish usuli va shartlari belgilanadi. Isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan mahsulotdan qayta ishlashda foydalanish yoki uni yoʻq qilish usullari va shartlari vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kelinayotgan mahsulot isteʼmol qilishga yoki foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, yuk egasi oziq-ovqat mahsulotini qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan mahsulot qayta ishlashda foydalanish yoki yoʻq qilishga qadar alohida joyda (rezervuarda), hisobda toʻplami, ishlatish (qayta ishlash) yoki yoʻq qilish usullari va shartlari aniq koʻrsatilgan holda saqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolga yoki foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan mahsulotning toʻliq saqlanishi uchun masʼuliyat mahsulot egasi zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan mahsulotni belgilangan tartibda maxsus ekspertiza qilish, yoʻq qilish usullari va shartlarini belgilash, qayta ishlash, saqlash, tashish, yoʻq qilish yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketish bilan bogʻliq xarajatlar mahsulot egasining hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Quyidagilar sanitariya-epidemiologik xulosani berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish vaqtida oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati 60 foizdan kam boʻlganida (ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan umumiy yaroqlilik muddatiga nisbatan foizda);
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarning xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun sinov bayonnomalari boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organga tegishli boʻlmagan boshqa akkreditatsiya qilingan laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun sinov bayonnomalari boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatilmaydigan (urugʻlik, koʻpaytirish, seleksiya, dekoratsiya, hayvonlar uchun ozuqa va laboratoriya uchun reaktiv), koʻrgazma va oʻz ehtiyoji uchun hamda laboratoriya sinovlarini oʻtkazishga yetmaydigan miqdorda olib kelingan taqdirda.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini koʻrsatish ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emas degan sabablarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Sanitariya-epidemiologik xulosa berishni rad etish haqida qaror qabul qilinganda, vakolatli organ ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod qoʻyilgan xabarnomani sanitariya-epidemiologiya ekspertizasini oʻtkazishni rad etishning aniq asoslarini qonunchilik hujjatlari bilan asoslagan va kamchiliklar hamda yetishmayotgan hujjatlarni koʻrsatgan, shuningdek, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqqan holda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda), YIDXP orqali murojaat etilganda esa ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Sanitariya-epidemiologik xulosani qayta rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Quyidagi hollarda sanitariya-epidemiologik xulosa qayta rasmiylashtiriladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgartirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganda;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi tadbirkorning (jismoniy shaxs) unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mazkur asoslarni tasdiqlovchi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi hamda ariza beruvchidan ushbu maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan asoslar yuzaga kelgandan soʻng besh ish kuni ichida ushbu Reglamentning 2-bobida belgilangan tartibda murojaat qilishi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida sanitariya-epidemiologik xulosaga ega boʻlgan ariza beruvchi yuridik shaxslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, sanitariya-epidemiologik xulosani ushbu bandda nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatni amalga oshirish joyiga nisbatan berilgan sanitariya-epidemiologik xulosaga ushbu shaxsning faoliyatni amalga oshirish manzili oʻzgarganda, ariza beruvchining soʻrovnomasi asosida vakolatli organ tomonidan oʻzgartirish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Sanitariya-epidemiologik xulosa vakolatli organ tomonidan soʻrovnoma kelib tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida qayta rasmiylashtirib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya-epidemiologik xulosani qayta rasmiylashtirish uchun toʻlov undirilmaydi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Sanitariya-epidemiologik xulosaga sanitariya-epidemiologik xulosani qayta rasmiylashtirib berish uchun belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya-epidemiologik xulosa qayta rasmiylashtirilganda, vakolatli organ tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Sanitariya-epidemiologik xulosaning amal qilishi muddatini toʻxtatib turish, tugatish va uni bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Sanitariya-epidemiologik xulosaning amal qilish muddati davomida nazorat amalga oshirilayotganda vakolatli organ sanitariya-epidemiologik xulosaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, shuningdek, sudga sanitariya-epidemiologik xulosaning amal qilishini 6 oydan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki uning amal qilishini bekor qilish tashabbusi bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Nazoratdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq faoliyat natijasida odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan, aholining yashashi va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish, zarar yetkazish yoki zarar yetkazilishining aniq xavfi yuzaga kelishi sanitariya-epidemiologik xulosaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatib turish uchun asos boʻladigan bir martalik qoʻpol buzilishi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Sanitariya-epidemiologik xulosaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, uni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni 32 — 34-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Vakolatli organ sanitariya-epidemiologik xulosalarning elektron reyestrini yuritadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining rasmiy veb-sahifasida joylashtirib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya-epidemiologik xulosalar reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ariza beruvchining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, JSHSHIR yoki STIR, joylashgan yeri (pochta manzili);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) sanitariya-epidemiologik xulosalarning roʻyxatdan oʻtkazish raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) sanitariya-epidemiologik xulosalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini toʻxtatib turish, tugatish va amal qilishini tiklash, sanitariya-epidemiologik xulosani bekor qilishning asoslari va sanasi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Sanitariya-epidemiologik xulosalar reyestridagi maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.02.00 Adliya organlari huzuridagi tashkilotlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari bajarilishi boʻyicha vakolatli organning faoliyati ustidan davlat xizmatlarini koʻrsatish davomida, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining qarorlari, xatti-harakatlari ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya-epidemiologik xulosani berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
(tadbirkorlik subyekti)
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan tegishli soʻrovnomani toʻldiradi va elektron shaklda vakolatli organga yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng 10 daqiqada
2. Ariza beruvchi
2. Tegishli soʻrovnomani toʻldiradi va YIDXP orqali vakolatli organga yuboradi.
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Vakolatli organ
(Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari)
1. Vakolatli organ soʻrovnomada va (yoki) hujjatlarda kamchiliklar boʻlmasa hamda toʻliq taqdim etilgan boʻlsa, sanitariya-epidemiologiya ekspertizasi oʻtkazilishi uchun toʻlov invoysini Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi.
1. Soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng bir ish kunida
2. Invoys boʻyicha toʻlov toʻlanganidan soʻng vakolatli organ tomonidan maxsus ekspertiza oʻtkazish hamda laboratoriya sinovlari uchun mahsulotlardan namunalar olish maqsadida masʼul sanitariya vrach (lar)ini tayinlaydi.
3 ish kunida
3. Masʼul sanitariya vrachi joyiga chiqqan holda mahsulot ishlab chiqarish korxonasi yoki mahsulot saqlanayotgan obyektni oʻrganadi va sanitariya-epidemiologik tekshiruv oʻtkazilganligi haqida hamda oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan namunalar olish boʻyicha dalolatnomalarni rasmiylashtiradi, akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaga dalolatnomaning bir nusxasi va mahsulot namunasini taqdim qiladi.
1 ish kunida
4. Akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarmutaxassislari tomonidan namunalar boʻyicha sinovlar oʻtkaziladi hamda mahsulotlarni tekshirish bayonnomasi rasmiylashtirib masʼul sanitariya vrachiga taqdim etiladi.
10 ish kunida
5. Masʼul sanitariya vrachi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sanitariya qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq deb topilganda, axborot tizimiga sanitariya-epidemiologik xulosani elektron shaklda joylashtiradi.
1 ish kunida
6. Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari isteʼmolga yaroqsiz deb topilganda oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, undan foydalanish yoki respublikaga olib kirishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2 ish kunida
7. Sanitariya-epidemiologik xulosani QR-kod (matrik shtrixli kod) orqali tasdiqlaydi hamda Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali murojaat etilganda esa ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
1 ish kunida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilganda, sanitariya-epidemiologik xulosani elektron yoki qogʻoz shaklida ariza beruvchiga taqdim etadi.
1 soatda
2. YIDXP
2. Sanitariya-epidemiologik xulosani ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
2. Real vaqt rejimida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNA
Sanitariya-epidemiologik xulosa olish uchun
SOʻROVNOMA
I. Sanitariya-epidemiologik xulosa olish uchun:
1. Yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
Yuridik shaxs nomi:
STIR:
Tashkiliy-huquqiy shakli:
Yuridik manzili:
Bino va inshootning joylashgan yeri (viloyat, tuman, koʻcha, uy):
Telefon raqami:
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda):
2. Yuridik shaxsning vakili toʻgʻrisida maʼlumot:
F.I.O.:
JSHSHIR:
Telefon raqami:
3. Tadbirkorlik subyekti (yakka tartibdagi tadbirkor) haqidagi maʼlumot:
F.I.O.:
JSHSHIR:
Telefon raqami:
4. Sanitariya-epidemiologik xulosa olish soʻralayotgan obyekt haqida maʼlumot
Mahsulot nomi, turi va partiyasi:
Mahsulot ishlab chiqarilgan davlatning nomi yoki ishlab chiqarish manzili:
Sanitariya-epidemiologik xulosa olish maqsadi
□ ishlab chiqarish;
□ sotish;
□ eksport (boshqa davlatga).
5. Ilova qilinadigan hujjatlar:
a) ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlariga:
texnologik yoʻriqnomasi va retsepturasi;
Oʻzbekiston Respublikasida muqaddam ishlab chiqarilmagan yangi oziq-ovqat qoʻshimchalariga, maxsus qoʻshiladigan biologik faol moddalarga, kimyoviy moddalarga, biologik vositalar va materiallarga, polimer va plastik massalarga, atir-upa va pardoz mahsulotlariga berilgan ruxsatnoma, agar ularning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi uchun vakolatli organ tomonidan toksikologiya-gigiyena jihatidan baholash asosida ruxsatnoma berilgan boʻlsa;
b) chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga:
oziq-ovqat mahsulotlari uchun xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan sinov bayonlari;
aynan bir xil mahsulot bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan olib kelinayotgan hollarda, ushbu tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasiga ilk bor olib kelingan yangi oziq-ovqat qoʻshimchalariga, maxsus qoʻshiladigan biologik faol moddalarga, kimyoviy moddalarga, biologik vositalar va materiallarga, polimer va plastik massalarga, atir-upa va pardoz mahsulotlariga berilgan ruxsatnoma, agar ularning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi uchun vakolatli organ tomonidan toksikologiya-gigiyena jihatidan baholash asosida ruxsatnoma berilgan boʻlsa;
ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma (yuridik shaxs tomonidan berilgan ishonchnoma bundan mustasno).
Izoh.Soʻrovnomaga hujjatlar PDF formatda, asl nusxalaridan olingan holda ilova qilinadi.
II. Sanitariya-epidemiologik xulosani qayta rasmiylashtirish va oʻzgartirish uchun:
Sanitariya-epidemiologik xulosaning seriyasi, raqami va sanasi:
Sanitariya-epidemiologik xulosani qayta rasmiylashtirish va oʻzgartirish asosi:
*v) yuridik shaxsning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargani;
*g) yakka tartibdagi tadbirkorning unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargani;
d) yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatni amalga oshirish manzili oʻzgargani (sanitariya-epidemiologik xulosada uni olgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning joylashgan yeriga nisbatan talablar hamda shartlar belgilangan boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Mazkur maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi hamda ariza beruvchidan ushbu maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻtkazilgan tekshirish natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasiga asosan ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(ariza beruvchi)
___________________________________________ga quyidagilarni bajarish tavsiya etiladi:
Dalolatnomaning bir nusxasini ijro uchun oldim. ___________________________________
______________________________________________________(ariza beruvchining rahbari F.I.O. va imzosi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
(Namuna olishda qatnashayotgan obyekt vakilining lavozimi, F.I.O.)
(imzosi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNA
“TASDIQLAYMAN”
__________________________________________
(laboratoriya mudiri yoki tegishli masʼul shaxsning F.I.O.)
20____ “____” ________________
MAHSULOTLARDAN OLINGAN NAMUNALARNI TEKSHIRISH
BAYONNOMASI
20___ yil “____” _________________
Laboratoriya nomi ____________________________________________________________________________________________________________________________________________
Tekshiruv obyekti uchun normativ hujjat ___________________________________________________
Sinov usullari uchun normativ hujjat ______________________________________________________
Sinov oʻtkazish sharoitlari ____________________________________________________________________________________________________________________________________
_________________(harorat, namlik va boshqa sharoitlar)
Tekshiruv oʻtkazishga jalb qilingan shaxs ____________________________________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNA
Elektron hujjatning identifikatsiya raqami
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
(akkreditatsiya guvohnomasining olingan yili va sanasi)
Ushbu xulosa bilan: ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(ishlab chiqaruvchi, kelib chiqish davlati, olib keluvchi)
(import, mahalliy mahsulotlarga aloqador normativ-huquqiy yoki boshqa asoslovchi hujjatlar)
Ishlab chiqarilgan (olib kelingan) mahsulot: ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, boshqa normativ hujjatlarda belgilab qoʻyilgan xavfsizlik talablariga javob beradi.
Xulosa berilgan: _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ga,
Olib keluvchining yuridik manzili yoki mahsulot ishlab chiqaruvchining manzili: _________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(ishlatish, tashish, saqlash xavfsizligiga oid shart-sharoitlar)
Maxsus belgilar: __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(sanitariya-epidemiologik xulosani beruvchi muassasa boshligʻi F.I.O)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNA
Elektron hujjatning identifikatsiya raqami
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
Sanitariya-epidemiologik ekspertiza oʻtkazishni rad etish haqida
XABARNOMA*
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ qonunchilik hujjatlarida
belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20____ yil “_____” _______________dagi _______________-son soʻrovnomangizni koʻrib chiqib, sanitariya-epidemiologik ekspertiza oʻtkazish rad etilganligini maʼlum qiladi.
*Axborot tariqasida maʼlum qilinadiki, mazkur xabarnoma yuborilgan kundan boshlab ariza beruvchi 5 kun ichida kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilganda yigʻim undirilmaydi.
____________________________________________
QR-kod
(vakolatli organ rahbarining F.I.O.)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-noyabrdagi 720-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi va unga 1-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va muvofiqlikni baholash tartiblariga oid nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qaroriga 6-ilovaning 1-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi va “b” kichik bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 09/25/720/1052-son)