Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2000 11.12.1998 yildagi 516-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2000
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATI TUZILMASIGA OʻZGARTIriShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasi va xodimlari sonini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2000-yil 17-fevraldagi 56-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati apparati faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirishga doir chora-tadbirlar kompleksi toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 383-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tashkiliy tuzilmasi 1—12-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bosh vazir Oʻ. T. Sultonov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari oʻrtasidagi vazifalarning taqsimlanishini bir hafta muddatda tayyorlasin va tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bosh vazirning oʻrinbosarlari — komplekslar rahbarlari Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda kotibiyatlar toʻgʻrisidagi nizomni va kotibiyatlar xodimlari oʻrtasidagi funksional vazifalar taqsimlanishini bir hafta muddatda qayta koʻrib chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shtatlar qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarning avvalgi lavozimlari boʻyicha amalda boʻlgan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari saqlab qolinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-maydagi 248-son qarorining 1-bandi, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-iyundagi 221-son, 1997-yil 24-dekabrdagi 565-son, 1998-yil 13-yanvardagi 20-son va 1998-yil 9-sentabrdagi 386-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 11-dekabr,

516-son