03.11.2025 yildagi PF-206-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini takomillashtirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash orqali aholini ogʻir hayotiy vaziyatlarda moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, rasmiy bandlikni ragʻbatlantirish va mehnat bozori barqarorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) fuqarolarning ogʻir hayotiy vaziyatlarda daromadsiz qolishining oldini olish hamda ularning kambagʻallikka tushish xavfini minimallashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) aholining davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimidagi ishtirokini kengaytirish va norasmiy bandlikni legallashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini uning moliyaviy barqarorligini taʼminlash va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni fuqarolarning ijtimoiy sugʻurta boʻyicha qoʻshgan hissasiga mutanosib ravishda hisoblash va toʻlash mexanizmlarini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimini joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy etiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) fuqarolar davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan quyidagi shartlarda qamrab olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) majburiy asoslarda — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun bilan miqdori (stavkasi) belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining bir qismi hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) ixtiyoriy asoslarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 foizi miqdoridagi har oylik sugʻurta badalining eng kam miqdorini toʻlash evaziga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) fuqarolarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar ularning minimal sugʻurta staji va toʻlagan sugʻurta badaliga mutanosib ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) orqali toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) sugʻurtalangan shaxslar, ularning sugʻurta staji va badallari hisobini yuritish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash jarayonlari “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadigan maʼlumotlar asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Jamgʻarma orqali:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) proaktiv shaklda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik va tugʻish nafaqasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) fuqarolarning murojaatlari asosida 2030-yil 1-yanvardan boshlab ishdan boʻshatish nafaqasi tayinlanadi va toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) 2026-yil 1-yanvarga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badali, yagona ijtimoiy toʻlov va ijtimoiy soliq toʻlangan davrlar davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni hisoblashda sugʻurta staji sifatida inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Jamgʻarma davlat maqsadli jamgʻarmasi sifatida davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi uning ijro organi hisoblanadi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Ijro etuvchi direksiya faoliyatini tashkil etish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizim tashkilotlarining boshqaruv shtat birliklari hisobidan 33 ta shtat birligi ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Ijro etuvchi direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi markaziy apparatining xodimlari uchun belgilangan razryadlardan bir pogʻona past miqdorda qoʻllanadi. Bunda Ijro etuvchi direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishning boshqa shartlari boʻyicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan shartlar tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) Ijro etuvchi direksiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Farmonga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi boʻyicha tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirishda quyidagilar masʼul va javobgar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi — davlat ijtimoiy sugʻurtasi hisobi yuritilishini, toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tadbirlari oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Jamgʻarma — davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslar, sugʻurta staji va badallari hisobini yuritish hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Sogʻliqni saqlash vazirligi — sugʻurtalangan shaxslarning mehnatga layoqatsizlik varaqalarini tegishli axborot tizimlari orqali toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirish hamda axborot tizimi orqali Jamgʻarmaga taqdim etib borishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — sugʻurtalangan shaxslarning bandlik holati, ularning mehnat staji va taʼtillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimi orqali Jamgʻarmaga taqdim etib borishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Soliq qoʻmitasi — davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda qamrab olinadigan fuqarolarning mehnatga haq toʻlash shaklidagi daromadlari toʻgʻrisida, shuningdek, davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy etilgunga qadar boʻlgan davr uchun sugʻurtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni hisoblab chiqarishda sugʻurta staji sifatida inobatga olinadigan davrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2026-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda jozibadorlikni oshirish maqsadida sugʻurtalangan shaxslar tomonidan oʻzlarining sugʻurta stajlari va amalga oshirilgan sugʻurta badallari hisobini real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunida davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlarini shakllantirish uchun ijtimoiy soliq va daromad soligʻining Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan qismini (miqdorini), shuningdek, respublika budjetidan zarur miqdordagi transfertlarni nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish uchun zarur mablagʻlarni asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha 2025-yilda Davlat budjeti parametrlarida Ijtimoiy himoya milliy agentligi uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida ajratsin va 2026-yildan boshlab har yili tegishli yil uchun budjet parametrlarida nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 3-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-206-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Amalga oshirilgan sugʻurta badallari hisobini yuritish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha talab etiladigan eng kam sugʻurta staji hamda toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari va miqdori, shuningdek, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tartibini belgilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslar, sugʻurta stajlari va sugʻurta badallari hisobini yuritish tartibi;

(b) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha talab etiladigan sugʻurta staji;

(v) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tartibi;

(g) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari va miqdori.

2025-yil dekabr

Ijtimoiy himoya

milliy agentligi

(J. Abruyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fazilkarimov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov)

2.

Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilash.

Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fazilkarimov)

3.

Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyishga doir quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

(a) Jamgʻarmani davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

(b) Jamgʻarmani yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish;

(v) Jamgʻarmaning xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlanishini taʼminlash;

(g) Jamgʻarmaning moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash.

2025-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fazilkarimov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

4.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini raqamlashtirish va oʻzaro elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligining tegishli axborot tizimlarida homiladorlik va tugʻish hamda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlash va toʻlash boʻyicha alohida axborot modulini ishlab chiqish.

2025-2026-yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fazilkarimov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

2. Sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslar, sugʻurta staji va badallari hisobini axborot tizimi orqali yuritish imkoniyatini yaratish.

2026-yil yanvar

3. Jamgʻarma faoliyatini amalga oshirish uchun idoralararo elektron axborot almashinuvini tashkil etish.

2026-yil yanvar

5.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar sugʻurtalangan shaxslarga toʻlab berilganligi toʻgʻrisida ularning ish beruvchilarini xabardor qilib borish mexanizmini joriy etish.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar sugʻurtalangan shaxslarga toʻlab berilganligi toʻgʻrisida ularning ish beruvchilarini soliq organlaridagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuborish orqali xabardor qilib borish.

Doimiy

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev)

6.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holatini tahlil qilish.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritish.

2026-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zoxidov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

7.

Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimida ishtirok etuvchi vazirlik va idoralarning xodimlarni oʻqitish va malakasini oshirish.

1. Rejali oʻqitish (seminarlar, masofaviy oʻquv kurslari)ni amalga oshirish.

2. Xorijiy oʻquv safarlarini tashkillashtirish.

3. Tajriba almashish maqsadida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish.

2026-2027-yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov)

8.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimining afzalligi va qulayliklari toʻgʻrisida xabardor qilish.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimida tadbirkorlik subyektlarining xodimlari uchun homiladorlik va tugʻish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini toʻlash boʻyicha yuklamaning minimallashtirilishi, xodimlar, ayniqsa xotin-qizlarning norasmiy bandligini legallashtirish orqali ularni ijtimoiy xavf-xatarlardan himoya qilish haqida seminar oʻtkazish.

Bunda ushbu seminarlar har bir hududda oʻtkaziladi.

2026-yil I — III chorak

Savdo sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov)

9.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy qilinayotganligi boʻyicha targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

1. Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi boʻyicha targʻibot materiallarini tayyorlash.

2. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi yangi tizimining maqsad va vazifalari aholi oʻrtasida targʻib qilinishi, televideniye va radio, internet tarmogʻi orqali yoritilishini taʼminlash.

Doimiy

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-175-son Farmonining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2-ilovaning 15-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 4-ilovaning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasining 39-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil noyabr” soʻzlari “2026-yil noyabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-17-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 9-bandning “b” kichik bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) birinchi xatboshidagi “quyidagi ijtimoiy loyihalarni” soʻzlari “quyidagilarni” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ekologiyani yaxshilash va atrof-muhitni asrash, aholi salomatligi va sanitariya-gigiyena sharoitini yaxshilash bilan bogʻliq boʻlgan hamda boshqa zarur xarajatlarni moliyalashtirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 1-ilovaning “III. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar” boʻlimida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) 3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

3.

Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash.

Oziq-ovqat — bir chorakda bir marta;

Oziq-ovqat uchun — BHMning 1 baravari

1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi.

2. Mazkur yordam quyidagi shakllardan biri orqali koʻrsatiladi:

oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilish uchun tegishli qiymatdagi (1 yoki 5 BHM) vaucher ajratiladi;

oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar yetkazib beruvchilarga elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali vaucher asosida oʻtkaziladi.

kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar — har yarim yilda bir marta

Kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar uchun — BHMning 5 baravari

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) 5 — 9-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

5.

Uy-joyini taʼmirlash, shu jumladan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplash.

Ikki yilda bir marta

BHMning 50 baravarigacha

1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning*** vakillari va oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga taqdim etiladi.

2. Mazkur yordam uchun pul mablagʻlari:

a) taʼmirlash ishlarini bajaruvchiga shartnoma;

b) qurilish materiallarini yetkazib beruvchiga esa elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali vaucher asosida oʻtkaziladi.

6.

Kommunal xarajatlarni qoplash.

Bir kuz-qish mavsumida koʻpi bilan ikki marta

(1-oktabrdan 15-martga qadar)

BHMning 1 baravarigacha

1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi.

2. Mazkur yordam yuzasidan mablagʻlar kommunal xizmatlar boʻyicha taʼminot korxonalariga elektron axborot dasturi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi.

7.

Kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash.

Bir kuz-qish mavsumida koʻpi bilan ikki marta

(1-oktabrdan 15-martga qadar)

BHMning 5 baravarigacha

1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi.

2. Tegishli mablagʻlar kommunal xizmatlar boʻyicha taʼminot korxonalariga elektron axborot dasturi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi.

3. Mazkur yordam miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti hamda tuman (shahar)lar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan koʻpaytirilishi mumkin.

8.

Koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash.

Bir kuz-qish mavsumida koʻpi bilan ikki marta

BHMning 2 baravarigacha

(tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hududlarda BHMning 3 baravarigacha)

1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi.

2. Tegishli mablagʻlar yetkazib beruvchilarga elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali vaucher asosida oʻtkaziladi.

3. Mazkur yordam miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti hamda tuman (shahar)lar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan koʻpaytirilishi mumkin.

9.

Yongʻin, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar koʻrgan uy-joylarni tiklash va taʼmirlash xarajatlarini qoplash.

Zaruratga koʻra, cheklanmagan marta

BHMning 150 baravarigacha

1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning*** vakillariga taqdim etiladi.

2. Mazkur yordam uchun pul mablagʻlari:

a) uy-joylarni tiklash va taʼmirlash ishlarini bajaruvchilarga shartnoma;

b) qurilish materiallarini yetkazib beruvchilarga esa elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali vaucher asosida oʻtkazib beriladi.

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-martdagi “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4640-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“6. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qoʻshimcha chop etish yuzasidan qaror qabul qilish huquqi berilsin. Bunda, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning mazmuni asossiz oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlari shakllantirilishida 2026-yildan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning darslik (bundan umumtaʼlim oʻquv dasturi darsliklari mustasno) va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va chop etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilishini koʻzda tutsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 17-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy toʻlovlarni ijtimoiy kartalar orqali toʻlashni bosqichma-bosqich joriy qilish jadvalida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 10 va 20-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) quyidagi mazmundagi 221 va 222-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

221.

Homiladorlik va tugʻish nafaqasi

2026-yil 1-yanvardan

222.

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi

2026-yil 1-iyuldan

.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-268-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 6-bandning birinchi xatboshisida “va Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi” soʻzlari “, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi, Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 9-bandda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) oʻn sakkiz-oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha yigirmanchi-yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-286-son qaroriga 6-ilovaning 54-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Mazkur ilovaning 1 va 2-bandlari 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)