1-ILOVA
T/r | Hudud va uning chegaralari tavsifi | Maydoni, gektar | |||
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani “Ustyurt” ovul fuqarolar yig‘ini | |||||
1. | Shimol tomondan | 1-nuqta | 43°22'44.763''N | 58°1'44.975''E | 50 |
2. | Sharq tomondan | 2-nuqta | 43°22'27.275''N | 58°2'35.054''E | |
3. | Janub tomondan | 3-nuqta | 43°22'15.586''N | 58°2'27.381''E | |
4. | G‘arb tomondan | 4-nuqta | 43°22'33.073''N | 58°1'37.304''E | |
2-ILOVA
T/r | Loyiha (obyekt) nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | “Kungrad Free Salt Zone” sanoat zonasidan suv ta’minoti tarmog‘igacha 7 km oraliqda 219 diametrli suv quvurini tortish. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish. 2. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil | “O‘zsuvta’minot” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
3. Loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish. | 2025-2026-yillar | |||
2. | Qirqqiz mahallasidagi tarmoqdan 33 km oraliqda yer ostidan 219 diametrli gaz quvurini tortish. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish. 2. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil | Energetika vazirligi, “Hududgazta’minot” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
3. Loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish. | 2025-2026-yillar | |||
3. | “Barsakelmes” tuz konidagi soda zavodining mavjud podstansiyasidan elektr energiyasi tarmog‘ini tortish. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish. 2. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil | Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
3. Loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish. | 2025-2026-yillar |
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | Sanoat zonasini tashkil etish uchun yer uchastkasini ajratish. | 1. Sanoat zonasini tashkil etish uchun Qo‘ng‘irot tumani “Ustyurt” ovul fuqarolar yig‘ini hududidan 50 gektar yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida sanoat zonasi direksiyasiga ajratish. 2. Zaruratdan kelib chiqib, Sanoat zonasi maydonini 200 gektargacha kengaytirish. | Mahalliy hokimlikning tegishli qarori | 2025-yil noyabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. | Sanoat zonasining bosh rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Sanoat zonasining bosh rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
3. | Sanoat zonasi faoliyatini samarali tashkil etish. | Sanoat zonasi direksiyasi tomonidan: (a) sanoat zonasi hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish hamda ushbu zona hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish; (b) sanoat zonasi hududidagi yer uchastkalari belgilangan tartibda onlayn auksion savdolariga chiqarilishini ta’minlash; (v) sanoat zonasi hududida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan investitsiya bitimlarini tuzib, belgilangan tartibda tadbirkorlarga sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini berish; (g) “yagona darcha” tamoyili asosida litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni, shu jumladan, sanoat zonasining bosh rejasiga muvofiq binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish hamda ulardan foydalanishni tashkil etish; (d) investitsiya majburiyatlarini o‘z vaqtida yoki sifatli bajarmagan sanoat zonasi ishtirokchilari bilan tuzilgan investitsiya bitimi va ijara shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish hamda ularning sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini bekor qilish choralarini ko‘rib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
4. | Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavjud tuz zaxiralarini va istiqbolli tuz konlarini aniqlash va o‘zlashtirish. | 1. Hududda mavjud tuz zaxiralarini va istiqbolli tuz konlarini aniqlash hamda ular haqida ma’lumotlarni ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil mart | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Aniqlangan tuz zaxiralari va istiqbolli tuz konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish. | Asoslangan takliflar ishlab chiqish | 2026-yil aprel | |||
5. | Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga xorijiy ekspertni jalb qilish. | 1. Xorijiy ekspertning Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha hisobotini va takliflarini ko‘rib chiqish. 2. Hisobot va takliflarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ekspertni jalb qilish hamda uning faoliyatini Loyiha ofisi bilan yaqin hamkorlikda tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil aprel | Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (B. Raxmatov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |
6. | Sanoat zonasiga tadbirkor va investorlarni jalb qilish. | 1. Mamlakatimizda tuzni qazib olish va qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan mahalliy tadbirkorlar hamda xorijiy investorlarga sanoat zonasida yaratilgan shart-sharoitlarni yetkazish uchun Nukus shahrida tuzni qayta ishlovchilar forumini o‘tkazish. 2. Forum doirasida tadbirkorlar hamda xorijiy investorlarni sanoat zonasiga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov), O‘zbekiston Respublikasining Xitoy, Turkiya va Hindistondagi favqulodda va muxtor elchilari |
7. | Sanoat zonasi hududiga xorijiy investorlarni jalb qilish. | 1. Xorijiy investorlar uchun sanoat zonasida tashkil qilingan qulay investitsiya muhiti, shu jumladan, mavjud imtiyoz va yengilliklar bo‘yicha ma’lumotlarni qamrab olgan taqdimot tayyorlash. 2. Dunyodagi tuzni eksport qiluvchi yirik korxonalarni jalb qilish bo‘yicha davlatlar va xorijiy korxonalar kesimida “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash. Bunda “K+S” (Germaniya), “China National Salt Industry Corporation” (Xitoy), “Tata Chemicals Limited” (Hindiston) korxonalari bilan muzokaralar o‘tkazish, Qoraqalpog‘istonda loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilish va har bir korxona bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarni aniq belgilash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil fevral | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |