1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

“Kelajak merosi” xalqaro mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqimizning fidokorona mehnati bilan barpo etilayotgan Yangi Oʻzbekistonning madaniy-maʼrifiy asoslarini mustahkamlash, mamlakatimizning bu boradagi xalqaro obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishda qadimiy tarixiy merosimiz namunalari, madaniy boyliklar, ilmiy yutuq va innovatsion gʻoyalarni turli shakllarda, jumladan, ilmiy, adabiy-badiiy, tasviriy yoʻllar bilan faol targʻib etish, ularning nafaqat bugungi, balki kelgusi taraqqiyotimizga xizmat qiladigan taʼsirchan vositaga aylantirishga qaratilgan intilish va amaliy harakatlar bugungi kunda tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ana shunday gʻoyat keng qamrovli jarayonlarni Yer yuzidagi barcha xalqlar, jumladan, Oʻzbekiston xalqining ezgu orzulari bilan bogʻlab, adabiyot, madaniyat, sanʼat, ilm-fan, taʼlim va raqamli texnologiyalar sohalarida yuksak natijalarga erishayotgan hamda milliy va umumbashariy qadriyatlar rivojiga, global madaniy taraqqiyotga munosib hissa qoʻshib kelayotgan mahalliy hamda xorijiy ijodkor va ziyolilarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro mukofot) taʼsis etilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025-yildan boshlab har yili quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkazib borilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) adabiyot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) madaniy meros;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) teatr va kino;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) musiqa va raqs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) tasviriy va amaliy sanʼat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) moda va dizayn;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) ilm-fan, taʼlim va raqamli texnologiyalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Xalqaro mukofotning har bir yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSH dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) gʻoliblarga Xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti kengashi tuzilsin, uning tarkibi hamda asosiy vazifalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Madaniyat vazirligi Kengashning ishchi organi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.05.00 Madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro mukofotni xorijiy mamlakatlarda keng ommalashtirishga va gʻolib deb topilgan chet ellik ishtirokchilarning mamlakatimizga taklif etilishiga koʻmaklashsin, shuningdek, ularga kirish vizalarini, zarur hollarda “Toshkent” va “Samarqand” xalqaro aeroportlarida rasmiylashtirishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Madaniyat vazirligi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda Xalqaro mukofot, uning ahamiyati hamda ushbu qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritib borilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki, Xalqaro mukofot tanlovini tashkil etish va uni oʻtkazish boʻyicha xarajatlar 2025-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 3-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-330-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-330-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

1.
T.K. Narbayeva
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Kengash raisi
2.
J.A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
3.
G.O. Umerova
—
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi
4.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
5.
B.O. Saidov
—
tashqi ishlar vaziri
6.
Sh.X. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
7.
E.G. Karimova
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
8.
K.A. Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
9.
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
10.
Sh.A. Ayupov
—
Fanlar akademiyasi prezidenti
11.
B.G. Abdikarimov
—
Madaniy meros agentligi direktori
12.
Sh.T. Rizayev
—
Kinematografiya agentligi direktori v.b.
13.
S.S. Saidov
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
14.
A.V. Nuridinov
—
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi
15.
R.A.Abdullayev
—
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi
16.
Kelishuv asosida
—
xalqaro ekspert
17.
Kelishuv asosida
—
xalqaro ekspert
18.
Kelishuv asosida
—
xalqaro ekspert
19.
E.I. Najimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi oʻrinbosari, Kengash kotibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro ekspertlar Kengash raisi tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-330-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ASOSIY VAZIFALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Malakali mutaxassis va ijodkorlardan iborat tarkibda talabgorlarning ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ishchi guruhlarning xulosalarini hamda keng jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda Xalqaro mukofot gʻoliblarini aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xalqaro mukofot bilan tantanali taqdirlash marosimlariga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori darajada oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xalqaro mukofotning maxsus diplomi va statuetkasi loyihalarini tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xalqaro mukofotning rasmiy veb-sahifasini yaratish, ishga tushirish hamda faoliyati uzluksiz yuritilishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xalqaro mukofotni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, internet, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib etish hamda ommalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xalqaro mukofot gʻoliblari bilan muntazam faol ijodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xalqaro mukofotni jahon miqyosidagi nufuzini oshirish hamda bu borada faol xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 07/25/330/1010-son)