22.10.2025 yildagi 667-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Raqobatni taʼminlashga koʻmaklashish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatni har tomonlama va jadal rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan oshirish, ularning davlat organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash koʻlamini kengaytirish hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolarning isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish, huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga doir ishlarini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmonida raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohalarida tashabbuslarni ragʻbatlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga koʻmaklashish, ularni uslubiy qoʻllab-quvvatlash, texnik koʻmak, xodimlar malakasini hamda huquqiy bilimlarini oshirish orqali jamoatchilik nazoratini qoʻllab-quvvatlash tizimi joriy qilinishi belgilangani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-son qaroriga muvofiq tajriba tariqasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlari oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohalaridagi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga koʻmaklashish, ularni uslubiy qoʻllab-quvvatlash, texnik koʻmak (grant va moliyaviy mablagʻlar) taqdim etish, xodimlar malakasini hamda huquqiy bilimlarini oshirishga quyidagilar masʼul organlar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatni rivojlantirish sohasida — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Raqobat qoʻmitasi), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida — Raqobat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) masʼul organlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili kamida bir marotaba nodavlat notijorat tashkilotlariga oʻzlariga biriktirilgan sohalarda tahlillar oʻtkazish, muammolarni oʻrganish va oʻz vakolatlari doirasida boshqa tadbirlarni tashkil etish yuzasidan budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan davlat ijtimoiy buyurtmalari berib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlarini uslubiy qoʻllab-quvvatlagan holda, ularning xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha doimiy koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turdosh xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda, sohaga tajriba almashish uchun ularning malakali mutaxassislarini jalb etishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grantlarini jalb etishda koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2027-yil 1-yanvarga qadar tajriba tariqasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan dori vositalari va tibbiyot xizmatlarini “sirli mijoz” va chakana savdoda nazorat xaridi tadbirlari oʻtkazilsin. Bunda mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda hamkorlik qilishi mumkin boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxati Raqobat qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat qoʻmitasi 2026-yil 31-dekabrga qadar mazkur tajriba natijalari boʻyicha ushbu funksiyalarni nodavlat notijorat tashkilotlariga oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayinlash, realizatsiya qilish hamda tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini nazorat qilishda “sirli mijoz” tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi isteʼmol madaniyatini oshirishga doir maʼrifiy tadbirlarni, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligi haqida muntazam yoritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 22-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
667-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-son qaroriga
1-ILOVA

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayinlash, realizatsiya qilish hamda tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini nazorat qilishda “sirli mijoz” tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dorixonalar tomonidan chakana realizatsiya qilish tartibiga amal qilish, tibbiy xizmat koʻrsatish (tibbiy diagnostika, muolaja, dori buyurish) faoliyatini nazorat qilishda “sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Sirli mijoz” tadbiri mazkur Nizomga muvofiq mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, dorixona va tibbiyot tashkilotlariga tashrif buyurgan holda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish tadbirkorlik faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Raqobat qoʻmitasi) hamda uning hududiy organlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sirli mijoz — “sirli mijoz” tadbirida isteʼmolchi sifatida ishtirok etadigan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sirli mijoz” tadbiri — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dorixonalar tomonidan chakana realizatsiya qilish tartibiga amal qilinishi, tibbiyot (tibbiy diagnostika, dori buyurish, muolaja) tashkilotlarida inson hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida qonunchilik talablariga rioya etilishini oʻrganish boʻyicha tadbirlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot tashkiloti — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tibbiy faoliyat bilan shugʻullanadigan va mijozlarga davolash-diagnostika, muolaja va inson salomatligi boʻyicha maslahat yordami koʻrsatadigan tashkilot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Sirli mijoz” tadbiri quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat qoʻmitasi tomonidan kelishilgan va tasdiqlangan yillik reja asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dorixonalar tomonidan chakana realizatsiya qilish tartibiga amal qilinishi, tibbiyot (tibbiy diagnostika, dori buyurish, muolaja) tashkilotlarida inson hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga zarar yetkazmaslik boʻyicha (yakuni oʻlim bilan tugagan holatlar bundan mustasno) qonunchilik talablari buzilishi haqida ommaviy axborot vositalaridan maʼlumotlar kelib tushganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning dori vositalari va tibbiy buyumlarni dorixonalar tomonidan chakana realizatsiya qilish tartibiga amal qilinmagani, tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatidan noroziligi haqidagi murojaatlari kelib tushganda hamda ushbu sohada huquqbuzarliklar sodir etilayotgani haqidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish zarurati tugʻilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik fikrini oʻrganish natijasida tibbiyot tashkilotida belgilangan talablar buzilishi alomatlari mavjud boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sirli mijoz” tadbiri yuqoridagi asoslar kelib tushgan va mavjudligi aniqlangan sanadan boshlab bir oy muddat ichida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish rejasi har yili shakllantiriladi va Raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda, nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “sirli mijoz” tadbirlari Raqobat qoʻmitasi bilan kelishilgan va tasdiqlangan rejaga muvofiq oʻtkazilishi shart. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan “sirli mijoz” tadbirlari faqatgina tajriba davrida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish rejasi quyidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirni oʻtkazish davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirini oʻtkazish joyi (viloyat, shahar, tuman);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbir yoʻnalishi (dorixona yoki tibbiyot tashkiloti).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Sirli mijoz” tadbirining vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dorixonalar tomonidan chakana realizatsiya qilish tartibiga amal qilish, tibbiyot tashkilotlari (tibbiy diagnostika, muolaja, dori buyurish) faoliyatida isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tibbiyot tashkilotlari (tibbiy diagnostika, muolaja, dori buyurish) faoliyatida belgilangan tartiblarga rioya qilinishini oʻrganish va amaldagi talablar buzilishining oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish va sohadagi tizimli muammolarni oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan tanqidiy materiallarda bayon etilgan holatlarga hamda jamoatchilik fikrini oʻrganish natijasida yuzaga kelgan masalalarga aniqlik kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilgan “sirli mijoz” tadbiri natijalari asosida amaldagi talablarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilgan “sirli mijoz” tadbiri natijasida qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat organi va tashkilotlariga maʼlumot kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan qonun buzilishi holatlari boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Sirli mijoz” tadbiri quyidagi prinsiplarga amal qilgan holda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonuniylik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbir oʻtkazilayotganligining sir saqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot tashkilotining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asoslanganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlik va ishonchlilik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
begʻarazlik va xolislik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. “Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Sirli mijoz” tadbiri vakolatli organning masʼul xodimi yoki nodavlat notijorat tashkilotining Raqobat qoʻmitasi huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan tashkil qilingan maxsus kurslarda oʻqib, oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlaganlik toʻgʻrisidagi maxsus sertifikatga ega boʻlgan xodimi tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida vakolatli organ tomonidan buyruq chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Buyruq quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ “sirli mijoz” tadbirini oʻtkazishga masʼul xodimi yoki xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbir oʻtkazilayotgan yuridik shaxs nomi va joylashgan manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirni oʻtkazishda baholanadigan majburiy talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirni oʻtkazish uchun asos;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirni oʻtkazish muddatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish uchun bir ish kuni, davomli harakatlar uchun ushbu harakatning oxirgi kuniga qadar muddat belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Sirli mijoz” tadbirini dorixonada oʻtkazishda “sirli mijoz” isteʼmolchi (xaridor) sifatida dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotib olish uchun dorixonaga tashrif buyuradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu holatda “sirli mijoz”ning vazifasi dorixona xodimiga murojaat qilish, maʼlum bir dori vositalari va (yoki) tibbiy buyumni mavjudligini soʻrab murojaat qilish, tegishli xizmat koʻrsatilishidan oldin dorixona faoliyatini kuzatish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda “sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish davomida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dori vositasining retsept asosida berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dori vositalarining belgilangan tartibda joylashtirilishi va saqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha rasmiylashtirilgan retseptda koʻrsatilgan dori vositalarini ularni savdo nomi boʻyicha tanlash imkoniyati yaratilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorixona xodimining mijozga dori vositasi va tibbiy buyumni qoʻllash tartibi, xususan, qoʻllash davriyligi, bir martalik va sutkalik dozalari, qoʻllash usuli, saqlash tartibi, yaroqlilik muddati haqida maʼlumot berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorixona xodimining mijoz eʼtiborini dori vositasi va tibbiy buyumning qoʻllash yoʻriqnomasi bilan diqqat qilib tanishib chiqishga qaratishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorixona xodimining mijozlar bilan boʻlgan munosabatda etika qoidalariga rioya etishi, professionallik va savodxonlik xislatlarini namoyon etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, mijozning talabiga binoan dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarda narxnomaning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozga u tomonidan soʻralmagan yoki retseptda koʻrsatilmagan dori vositalari va (yoki) tibbiy buyumlarni taklif qilish, sotib olishga undash holatlari oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Sirli mijoz” tadbirini tibbiyot tashkilotlarida oʻtkazishda “sirli mijoz” isteʼmolchi (bemor) sifatida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish holati toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun tibbiyot tashkilotiga tashrif buyuradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu holatda “sirli mijoz”ning vazifasi tibbiyot tashkilotining maʼlum bir shifokoriga murojaat qilish, oʻz kasalligi boʻyicha shifokordan tushuntirish, maslahat va tavsiyalar soʻrash, tegishli xizmat koʻrsatilishidan oldin tibbiyot tashkiloti faoliyatini kuzatish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda “sirli mijoz” oʻzini muayyan kasallikka chalingan bemor sifatida namoyon etadi va quyidagi holatlarni oʻrganadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz kasalligi boʻyicha zarur tushuntirish, maslahat va tavsiyalar berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dori vositalarini tayinlash va xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo nomi boʻyicha aynan bir farmatsevtika korxonasiga mansub boʻlgan dori vositalarini tayinlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ortiqcha va zarur boʻlmagan diagnostika va laboratoriya tahlillarini topshirishga undash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diagnostika va laboratoriya tahlillarini aynan bir tibbiyot tashkilotida oʻtkazishga undash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifokorning mijozlar bilan boʻlgan munosabatda etika qoidalariga rioya etishi, professionallik va savodxonlik xislatlarini namoyon etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot tashkilotida yuridik shaxsning nomi, xizmat turlari va narxlari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xizmatning nuqsoni toʻplangan maʼlumotlar tadbir oʻtkazilgan tibbiyot tashkilotining hududidan tashqarida kasalliklarning diagnostikasi va davolash boʻyicha klinik protokol va algoritmlari boʻyicha solishtirish orqali amaldagi talablar asosida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ajratilgan mutaxassislar bilan hamkorlikda aniqlanadi. Bunda koʻrsatilgan xizmatning klinik protokol va algoritmlarga mosligi boʻyicha xulosa Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan uch ish kunida vakolatli organga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Sirli mijoz” tadbiri faqatgina audio yoki videokuzatuv moslamalaridan yashirin foydalanilgan holda oʻtkazilganda, amalga oshirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moslamalar yordamida yozib olingan maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan toʻliq qabul qilib olinadi va ulardan mazkur Nizomda koʻrsatilgan hollardan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish jarayonida dorixona xodimini yoki shifokorni huquqbuzarliklar sodir etishga undash, shu jumladan, nizoli, bahsli holatlarni va kamchiliklarni sunʼiy ravishda keltirib chiqarish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. “Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazishda dorixona yoki tibbiyot tashkilotining faoliyatiga, shu jumladan, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashish, undan isteʼmolchi sifatida tanishish mumkin boʻlganidan ortiqcha hujjatlarni soʻrash va talab qilishga, uning tadbir oʻtkazilishi haqida oldindan xabardor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. “Sirli mijoz” tadbiri yakunlari boʻyicha maʼlumotnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotnomada tadbir davomida aniqlangan holatlar qayd etiladi. Bunda audio yoki videokuzatuv moslamalaridagi yozuvlar aniq koʻriladigan yoki eshitiladigan darajada boʻlgandagina asos sifatida olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotnoma “sirli mijoz” va tadbirga jalb qilingan shaxs hamda biriktirilgan xodimlar tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotnomaga dori vositasi va (yoki) tibbiy buyum sotib olingani, tibbiyot tashkiloti xizmatlaridan foydalanilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa va/yoki tovar cheklari), retsept va boshqa hujjatlar nusxalari ilova qilinadi hamda vakolatli organga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotnoma qogʻoz shaklida va skaner qilingan .rdf formatida, audio/video yozuvlar elektron formatda vakolatli organda bir yil muddat davomida saqlanadi. Ushbu muddat maʼmuriy ishlar yakunlangunga qadar qoʻshimcha uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. “Sirli mijoz” tadbirida qonunchilik talablarini birinchi marta buzgan tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar, shuningdek, ularning rahbarlari va (yoki) xodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini qoʻllamasdan (jinoyat alomatlari mavjud boʻlmaganda), tushuntirish ishlari olib boriladi va har tomonlama yordam koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq, takroriy ravishda “sirli mijoz” tadbiri natijasida normativ hujjatlar va qonunchilik talablari buzilishi alomatlari mavjud boʻlganda, qayd etilgan holat boʻyicha huquqbuzarlikni aniqlash uchun tekshirish belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. “Sirli mijoz” tadbiri bilan bogʻliq ishlar vakolatli organ tomonidan oʻtkazilganda Raqobat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari, nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan oʻtkazilganda oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. “Sirli mijoz” tadbiri natijalari, uni oʻtkazish davomida toʻplangan foto va video materiallar isteʼmolchilarning xabardorligini oshirish uchun vakolatli organ tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. “Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish natijalari boʻyicha dorixona yoki tibbiyot tashkiloti belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Belgilansinki, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparati, tuman, shahar jamiyatlari, shuningdek ularning hududiy birlashmalari ijro etuvchi apparatlarining taʼminoti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aʼzolik badallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqsadli loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar va ijtimoiy buyurtmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya va boshqa institutlar, chet el tashkilotlari grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va ushbu yoʻnalishda davlat organlari hamda tashkilotlari hamkorligini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 8-fevraldagi 59-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari Qoʻmitaga nazorat xaridi doirasida olinadigan xalq isteʼmoli tovarlarini tezkor ravishda ekspertizadan (testdan) oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatsinlar”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlik” soʻzi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) raisi tomonidan tasdiqlanadigan yoki Qoʻmita bilan kelishilgan va rasmiy veb-saytda joylashtiriladigan nazorat xaridi tadbirini oʻtkazish rejasi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi yoki Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining” soʻzlari “yoki Vazirlar Mahkamasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Agentlik direktori” soʻzlari “Qoʻmita raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan nazorat xaridi tadbirlari rejasi Qoʻmita bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “Agentlikning” soʻzi “Qoʻmitaning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8. Nazorat xaridi tadbirlari Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan boshqa vakolatli organlar (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) bilan birgalikda qonuniylik, oshkoralik, xolislik, adolatlilik, tenglik va shaffoflik prinsiplariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan nazorat xaridi tadbirlari Qoʻmita bilan kelishilgan va tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:

nodavlat notijorat tashkilotining xodimi nazorat xaridi tadbirini amalga oshirishi uchun Qoʻmita huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan tashkil qilingan maxsus kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlik toʻgʻrisidagi maxsus sertifikatga ega boʻlishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan nazorat xaridi tadbirlarini faqatgina tajriba davrida oʻtkaziladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-banddagi “Agentlik direktori” soʻzlari “Qoʻmita yoki hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“10. Buyruq quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita yoki uning hududiy organi yoxud nodavlat notijorat tashkiloti hamda vakolatli organlar nazorat xaridi tadbirini oʻtkazishga masʼul xodimi yoki xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat xaridi tadbiri bevosita oʻtkazilayotgan joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat xaridi tadbirini oʻtkazishda baholanadigan majburiy talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat xaridini amalga oshirish uchun asos;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat xaridi davomida olinadigan tovarlarning savdo nomi, ularning soni, sotib olish va toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat xaridini amalga oshirish muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat xaridi davomida foto va videotasvirlarning zarurligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlum tovar boʻyicha nazorat xaridini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat xaridi bunday tadbirlar oʻtkazilgan muayyan tovar (savdo nomi) boʻyicha yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorda (savdo obyekti joylashuvi boʻyicha) keyingi bir yil davomida takroran amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda belgilangan tartibda kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyatlari asosida oʻtkaziladigan nazorat xaridi tadbirlari bundan mustasno”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tanlab olish dalolatnomasi uch nusxada toʻldiriladi va Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti, vakolatli organ hamda sinov laboratoriyasi xodimlariga bir nusxadan beriladi. Tanlab olish dalolatnomasi uni toʻldirgan mutaxassis hamda Qoʻmita yoki uning hududiy organi yoxud nodavlat notijorat tashkiloti xodimi tomonidan imzolanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“24. Test natijalari boʻyicha tovar sifati va xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlmagan holatlar aniqlanganda, qonunchilik hujjatlariga koʻra tegishli harakatlarni amalga oshirish uchun test natijalari Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan vakolatli organlarga yuboriladi va tekshirish umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Nazorat xaridi bilan bogʻliq ishlarni moliyalashtirish Qoʻmita tomonidan oʻtkaziladigan nazorat xaridlari Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari, nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan nazorat xaridlari oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-banddagi “Agentlik” soʻzi “Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“27. Nazorat xaridi maqsadli korporativ bank kartasi yordamida Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, nazorat xaridini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkilotining moddiy javobgar xodimiga beriladigan pul miqdorini qayd etgan holda, naqd pul shaklida ham toʻlanishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-banddagi “Agentlik hamda uning hududiy tuzilmalari” soʻzlari “Qoʻmita va uning hududiy organlari hamda nodavlat notijorat tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-banddagi “Agentlik hamda uning hududiy tuzilmalari” soʻzlari “Qoʻmita va uning hududiy organlari hamda nodavlat notijorat tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-banddagi “Agentlik” soʻzi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish tekshirish hisoblanmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chakana savdo obyektlarida xalq isteʼmoli tovarlarining nazorat xaridini tashkillashtirish va ularni ekspertizadan (testdan) oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoʻmita va nodavlat notijorat tashkiloti

Nazorat xaridini oʻtkazish rejasini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

Har yili, yanvar oyida

2-bosqich

Qoʻmita va nodavlat notijorat tashkiloti

Nazorat xaridini oʻtkazish rejasini rasmiy veb-saytda joylashtiradi.

Har yili, yanvar oyida

3-bosqich

Qoʻmita hamda uning hududiy organlari, nodavlat notijorat tashkiloti

Nazorat xaridini amalga oshirishda foydalanish uchun maqsadli korporativ bank kartasi ochadi va zarur miqdorda pul mablagʻi oʻtkazadi.

Har yili, yanvar oyida

4-bosqich

Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti

Tasdiqlangan rejaga koʻra, OAV maʼlumotlari yoki murojaat kelib tushganda nazorat xaridini hamkorlikda amalga oshirish uchun vakolatli organdan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi) mutaxassis jalb qilinadi.

Tadbir oʻtkazilishidan 3 ish kuni avval

5-bosqich

Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti

Tasdiqlangan rejaga koʻra, OAV maʼlumotlari yoki murojaat kelib tushganda nazorat xaridini amalga oshirish toʻgʻrisida Qoʻmita yoki uning hududiy organlari tomonidan buyruq chiqariladi.

Tadbir oʻtkazilishidan 1 ish kuni avval

6-bosqich

Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti hamda vakolatli organlar

Masʼul xodim buyruqda koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektdan (joyiga chiqqan holda) belgilangan tovarni ekspertizadan oʻtkazish natijalariga asosan kassa va/yoki tovar cheki bilan sotib oladi (zarur hollarda foto- va videotasvirga olish vositalaridan foydalanadi).

Buyruqda koʻrsatilgan sanada

7-bosqich

Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti hamda vakolatli organlar

Savdo obyekti hududidan tashqarida tovar namunalarini tanlab olish dalolatnomasi va nazorat xaridini oʻtkazish toʻgʻrisida maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.

Nazorat xaridi oʻtkazilgan kunda

8-bosqich

Vakolatli organlar

Nazorat xaridi davomida olingan tovar namunalari savdo nomlari olib tashlangan va toʻliq berkitilgan, biroq isteʼmol qadogʻi saqlangan holda tegishli sinov laboratoriyalariga yetkaziladi.

Nazorat xaridi oʻtkazilgan kunda

9-bosqich

Akkreditatsiya qilingan davlat va nodavlat laboratoriyalar

Tovar namunalarini testdan oʻtkazadi va sinov bayonnomalarini Qoʻmita yoki uning hududiy organlariga yoxud nodavlat notijorat tashkilotiga yuboradi.

Texnik hujjatlar va shartnomada belgilangan muddatda

10-bosqich

Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti

Test natijalari boʻyicha tovar sifati va xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlmagan holatlar aniqlanganda, qonunchilik hujjatlariga koʻra tegishli harakatlarni amalga oshirish uchun vakolatli organlarga yuboriladi.

Test natijalari olingan kundan 3 ish kunida

11-bosqich

Vakolatli organlar

Tovar sifati va xavfsizlik talablari buzilishi holati boʻyicha ishlab chiqaruvchi yoki import tovarlar boʻyicha uning vakolatli shaxsiga tegishli chora koʻradi.

Belgilangan muddatlarda

12-bosqich

Qoʻmita

Isteʼmolchi va tadbirkorlarni sifat va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar va uning ishlab chiqaruvchilari toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida nazorat xaridi natijalari boʻyicha ommaviy axborot vositalarida axborot joylashtiradi.

Nazorat xaridi natijalari boʻyicha

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilovadagi “Agentlik yoki uning hududiy tuzilmasi” soʻzlari “Qoʻmita yoki uning hududiy organi yoxud nodavlat notijorat tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)