ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun masʼullar |
I. Taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish | |||||
1. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, xususan, taʼlim boshqa tillarda olib boriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish tizimini takomillashtirish. | 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanma ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | Ijrochilarning mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi |
2. Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobini yaratish va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish. | 2026-yil sentabr | ||||
3. Bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha animatsion video va audio mahsulotlar yaratish. | 2026-yil noyabr | ||||
2. | Taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatishga oid oʻquv-metodik va pedagogik qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratish boʻyicha amaliy va innovatsion loyihalar amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish. | 1. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qilish. | 2025-yil noyabr-dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
2. Loyiha doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida oʻquv-metodik va pedagogik qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratish. | 2026-yil sentabr | ||||
3. | Taʼlim oʻzbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida, akademik litseylar hamda texnikumlarda (boshlangʻich taʼlim dasturlari oʻqitiladigan) oʻzbek tilini oʻrgatishga, bilimini mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi oʻquv-metodik qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar yaratish hamda oʻzbek tilini oʻqitish tizimini takomillashtirish. | 1. Oʻquv-metodik qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar yaratish boʻyicha 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil aprel | Davlat budjetidan mazkur maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisobidan | Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar |
2. Oʻzbek tili fanidan yangi oʻquv adabiyotlari, koʻrgazmali materiallarni davriyligidan kelib chiqib yaratish. 3. Oʻzbek tili fanidan qoʻshimcha audio va video qoʻllanmalar yaratish hamda ularni ommalashtirish. 4. Oʻquvchining nutqiy va lingvistik koʻnikmalarini rivojlantiruvchi, oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini oʻzlashtirish imkonini beruvchi oʻquv dasturi yaratish. | 2026-yildan chora-tadbirlar rejasi asosida | ||||
4. | Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining litsenziya talab va shartlarini davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish. | 1. Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tili faniga ajratiladigan oʻquv soatlari hajmini davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun tasdiqlangan tayanch oʻquv rejaga muvofiq belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil fevral | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2026-yil mart | ||||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel | ||||
5. | “Ona tili. Qomus” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish. | 1. Ilmiy-ijodiy mualliflar guruhini shakllantirish. | 2026-yil yanvar | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. “Ona tili. Qomus” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish. | 2026-yil davomida | ||||
6. | “Oʻzbek shevalarining izohli lugʻati”ni tayyorlash boʻyicha maqsadli ilmiy loyihani amalga oshirish. | 1. Ilmiy-ijodiy mualliflar guruhlarini shakllantirish. | 2026-yil aprel | - | Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Shevaga oid soʻzlarni toʻplash boʻyicha tadqiqotlar olib borish. | 2026-2027-yillar davomida | ||||
3. “Oʻzbek shevalarining izohli lugʻati”ni nashrga tayyorlash va chop etish. | 2028-yil davomida | ||||
7. | Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlik sohasiga oid atamalarning izohli lugʻatini tayyorlash va nashr etish. | 1. Ilmiy-ijodiy mualliflar guruhlarini shakllantirish. | 2026-yil aprel | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
2. Sohaga oid soʻz va atamalarni toʻplash boʻyicha tadqiqotlar olib borish. 3. Izohli lugʻatni nashrga tayyorlash va chop etish. | 2026-yil davomida | ||||
| II. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanish, uning sofligini saqlash, boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish | |||||
8. | Respublika darajasidagi davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarida davlat tilida ish yuritish samaradorligini yanada oshirish. | 1. Ishchi guruh tuzish va quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash: rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisining vazifa va vakolatlari, faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlari; rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisini ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish. | 2025-yil noyabr | - | Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil dekabr | ||||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil yanvar | ||||
9. | Davlat va nodavlat tele va radio kanallar boshlovchilarining oʻzbek adabiy tili boʻyicha nutq madaniyatini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Boshlovchilar roʻyxatini shakllantirish hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markaziga taqdim etish. 2. Markazda boshlovchilarning malakasini oshirish. | Doimiy ravishda | Buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
10. | Koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi” tayyorlanishini tashkil qilish. | 1. Koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi”ni tayyorlash boʻyicha ishchi guruh shakllantirish. | 2026-yil yanvar | Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
2. Koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi”ni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlash boʻyicha aniq mexanizmlarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil fevral-mart | ||||
3. Hujjat loyihasini mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan kelishish. | 2026-yil aprel | ||||
4. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil may | ||||
III. Davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash | |||||
11. | Sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilidagi matnlarni ovozli nutqqa, nutqlarni matnga aylantiradigan, oʻzbek tilidan xorijiy tillarga, xorijiy tillardan oʻzbek tiliga tarjima qiladigan, video va fotosuratlardagi matnlarni oʻqib-oʻgirishga xizmat qiladigan sunʼiy intellekt platformasini yaratish. | 1. Malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzish. | 2026-yil yanvar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar |
2. Sunʼiy intellekt platformasini ishlab chiqishning aniq mexanizmlarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash. | 2026-yil yanvar-fevral | ||||
3. Hujjat loyihasini mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan kelishish. | 2026-yil mart | ||||
4. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel | ||||
5. Sunʼiy intellekt platformasini yaratish va ishga tushirish. | belgilangan muddatda | ||||
12. | Yangi qabul qilinayotgan atamalar bilan bogʻliq barcha maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi elektron platforma boʻyicha ilmiy loyihaga tanlov eʼlon qilish. | 1. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy loyiha eʼlon qilish. | 2025-yil noyabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Platformani ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. | Belgilangan muddatda | ||||
IV. Davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish | |||||
13. | Qoʻshni respublikalardagi taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilidagi oʻquv qoʻllanmalar, darslik va boshqa adabiyotlarni (jumladan, elektron shaklda) belgilangan tartibda yetkazib berish. | 1. Mazkur taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilidagi qoʻllanma, darslik va boshqa adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish. | 2025-yil dekabr | Ijrochilarning mablagʻlari | Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Tashqi ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, “Vatandoshlar” jamoat fondi |
2. Ushbu muassasalar uchun oʻzbek tilidagi oʻquv qoʻllanmalar, darslik va boshqa adabiyotlarning elektron shaklini tayyorlash. | 2026-yil iyun | ||||
3. Mazkur elektron oʻquv qoʻllanmalar, darslik va boshqa adabiyotlarni qoʻshni davlatlardagi tegishli taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkazib berish. | 2026-yil avgust | ||||
14. | Xorijiy davlatlardagi oʻzbek diaspora tashkilotlari huzurida vatandoshlarning farzandlariga oʻzbek tilini oʻrgatishga ixtisoslashgan oʻquv markazlari tashkil etishga koʻmaklashish, ularni zarur oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar va adabiyotlar bilan taʼminlash. | 1. Xorijiy davlatlardagi oʻzbek diaspora tashkilotlari bilan muloqot olib borish natijalariga koʻra xorijdagi vatandoshlarning farzandlariga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv markazlari tashkil etish loyihalarini shakllantirish. | 2026-yil fevral | “Vatandoshlar” jamoat fondi mablagʻlari hisobidan | Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi |
2. Oʻquv markazlarini oʻzbek diasporasi vakillari zich yashaydigan hududlarda ustuvorlik asosida bosqichma-bosqich tashkil etib borish. 3. Oʻquv markazlari uchun zarur oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar, adabiyotlar va boshqa anjomlar yetkazib berilishini taʼminlash. | Doimiy | ||||
15. | “Oʻzbek tilining jahon miqyosida oʻrni va nufuzini oshirish istiqbollari” mavzusida anʼanaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Tashkiliy qoʻmita tuzish, konferensiya asosnomasini shakllantirish va uni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. | 2026-yil mart | Ijrochilarning mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi |
2. Konferensiyani yuqori saviyada oʻtkazib borish. | 2026-yil oktabrdan boshlab doimiy | ||||
16. | Oʻzbek tili boʻyicha olimpiadalarni tashkil etib borish. | 1. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazib borish. | 2026-yildan boshlab har yili | Ijrochilarning mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Bunda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi gʻoliblarini respublika oliy taʼlim muassasalarining filologiya va tillar oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishlariga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil yanvar | ||||
2. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻzbek tili oʻqituvchilari oʻrtasida Erkin Vohidov nomidagi “E, Voh” respublika oʻzbek tili olimpiadasini anʼanaviy tarzda tashkil etish. | 2026-yildan boshlab | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “UzReport” axborot agentligi, Xalqaro Nordik universiteti | |||
17. | Oʻzbek tilini boshqa millat va elatlar vakillari, xorijdagi vatandoshlarning farzandlariga, oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolariga oʻrgatish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasi bilan hamkorlikda alohida sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilini oʻrgatish modulini ishga tushirish. | 1. “Ibrat farzandlari” loyihasining sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilini oʻrgatish modulini ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi |
2. “Ibrat farzandlari” loyihasining sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilini oʻrgatish modulini ishga tushirish. | 2026-yil yanvar | ||||
V. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarga davlat tilini oʻrganishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish | |||||
18. | Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlar vakillariga davlat tilini oʻrgatishga moʻljallangan oʻquv-metodik qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar yaratish. | 1. 2025-2026-yillarga moʻljallangan qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish. | 2025-yil dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar | Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita |
2. Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish. | Reja-jadvalga muvofiq | ||||
19. | Mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan milliy madaniy markazlar vakillari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻyish. | 1. Respublikadagi milliy madaniy markazlar kesimida oʻzbek tilini oʻrganishga boʻlgan ehtiyojni aniqlash. | 2025-yil noyabr | Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi |
2. Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda kurslarni tashkil etish. | 2026-yil yanvardan | ||||
20. | Ommaviy axborot vositalari va davriy nashrlarda davlat tilini oʻrganishga bagʻishlangan turkum dasturlar tashkil qilish. | Ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda davlat tilini oʻrganishga bagʻishlangan koʻrsatuvlar, eshittirishlar tashkil etib, maqolalar eʼlon qilib borish. | Doimiy | Ijrochilarning mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
21. | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda uning hududiy boʻlinmalarida mamlakatimizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalarni oʻzbek tiliga bepul oʻqitish kurslarini tashkil etish. | 1. Talabalar roʻyxatini shakllantirish va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markaziga taqdim etish. | 2025-yil dekabr | Oliy taʼlim tashkilotlari mablagʻlari hisobidan | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy taʼlim tashkilotlari |
2. Talabalar sonidan kelib chiqib, hududlar kesimida grafikka muvofiq oʻquv kurslarini tashkil etish. | 2026-yil yanvar oyidan boshlab | ||||