1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbai | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar | |
I. Yoshlar tarbiyasi bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish | ||||||
1. | Talabalarning taʼlim tashkiloti faoliyati boʻyicha bildirgan xolis munosabatlari asosida oliy taʼlim tashkilotidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish. | 1. Oliy taʼlim tashkilotlarining ijtimoiy-maʼnaviy muhitini oʻrganish va barqarorligini taʼminlab borish maqsadida ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | 2025-yil noyabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | |
2. Oliy taʼlim tashkilotlarida har bir kurs vakillaridan iborat “Kurs qoʻmitalari” faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning muammolari va qiziqishlarini doimiy oʻrganish. | Doimiy | |||||
3. Soʻrovnomalar natijalari hamda talabalarning bildirgan fikrlari asosida Muammolarni bartaraf etish dasturini ishlab chiqish. | Reja-grafik asosida | |||||
4. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Muammolarni bartaraf etish dasturi asosida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi boʻyicha ochiq hisobot berish. | Reja-grafik asosida | |||||
2. | Axborot makonida ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish. | 1. Har bir oliy taʼlim tashkilotida talabalar uchun maxsus ijtimoiy platformalar va mobil ilovalarni yaratish. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | 2025-yil dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | |
2. Har bir oliy taʼlim tashkilotida professor-oʻqituvchi va talabalar salohiyatidan samarali foydalanadigan medialaboratoriya faoliyatini tashkil etish. | 2025-yil dekabr | |||||
3. Ijtimoiy tarmoqlarni doim kuzatib boradigan, axborotlarni tahlil qiladigan, zarur hollarda, tegishli axborotga tezkor munosabat bildirish koʻnikmasiga ega malakali mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, brifing, press-klub, ochiq muloqot shaklidagi tadbirlarni muntazam tashkil qilish. | Doimiy | |||||
4. Ijtimoiy tarmoqlardagi mavjud kontentlarni saralash, talabalarga maʼnaviy-axloqiy, mafkuraviy, diniy, siyosiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladigan guruh va kanallarni tavsiya qilish, oʻz navbatida yoshlar ongiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi guruh va kanallar boʻyicha talabalarni ogohlantirib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Doimiy | |||||
3. | Oliy taʼlim tashkilotlarida tarbiya klasteri asosida “Ustoz-shogird” anʼanalarini rivojlantirish, maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash tizimi samaradorligini oshirish. | 1. Oliy taʼlim tashkilotlarida “Yetakchi va faol talabalar maktabi”ni tashkil etish orqali ijtimoiy faol yoshlarni tayyorlash va ularga taʼlim tashkilotidagi ijtimoiy-maʼnaviy jarayonlarni boshqarishga imkoniyat berish. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | 2025-yil dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | |
2. Oliy taʼlim tashkilotining ilmiy darajali, yoshi ulugʻ, boy hayotiy tajribaga ega va hurmatga sazovor professor-oʻqituvchilarini talabalarga biriktirish orqali “Bir ziyoli — 10 talabaga maʼnaviy ustoz” tizimini joriy etish. | 2025-yil dekabr | |||||
4. | Talabalar oʻrtasida estetik tarbiyani mustahkamlash va rivojlantirish. | 1. Oliy taʼlim tashkilotlarida adabiyot, sanʼat va madaniyat burchaklari tashkil etish, sanʼat asarlari, milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi elementlarni joylashtirish orqali estetik muhitni yaratish. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | 2025-yil noyabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | |
2. Turli estetik rivojlanish loyihalari, “Ijodkor talabalar haftaligi”, sanʼat asarlari koʻrgazmalari, ijodiy klublar va toʻgaraklar tashkil qilish. | 2025-yil dekabr | |||||
3. Talabalarning muzey, teatr kabi sanʼat va madaniyat muassasalariga tashriflarini tizimli yoʻlga qoʻyish. | Reja asosida | |||||
4. Oliy taʼlim tashkilotlarida musiqa va raqs ansambllari faoliyatini tashkil etish. | 2025-yil dekabr | |||||
II. Talaba yoshlarni Vatanga sadoqat va uning taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalash | ||||||
5. | Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurt tarixiga va ajdodlar merosiga hurmat hissini shakllantirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish. | 1. “Maʼrifat darslari” doirasida mutaxassislar ishtirokida “Oʻzbekiston Qahramonlari” mavzusida oʻzbek qahramonlari haqida darslar tashkil etish. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | 2025/2026 oʻquv yili davomida | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | |
2. Talaba-yoshlarning harbiy muzeylar va tarixiy yodgorliklarga sayohatlarini tashkil etish. | Reja asosida | |||||
3. Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Mard oʻgʻlon”, “Posboningmiz — Oʻzbekiston”, “Manguberdi izdoshlari” va boshqa shu kabi tadbirlarni oʻtkazish. | 2026-yil davomida | |||||
4. Milliy qadriyatlar va anʼanalarga sadoqatli qilib tarbiyalash maqsadida “Milliy liboslar”, “Yurtim qadriyatlari”, “Milliy oʻyinlar” va boshqa tadbirlarda talabalar qamrovini oshirish. | 2026-yil mart — iyun | |||||
6. | 1. “Amir Temur vorislari” harbiy-sport koʻrik-tanlovining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2026 yanvar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | ||
2. Oliy taʼlim tashkilotlarida harbiy-sport guruhini tashkil etish va moddiy-texnik bazani shakllantirish. | 2026-yil mart | |||||
3. Har bir hududdagi bitta oliy taʼlim tashkilotida musobaqalarni oʻtkazishga ixtisoslashgan “Harbiy-sport maydonchalari”ni tashkil etish. | 2026-yil aprel | |||||
4. Tanlovning hududiy bosqichlarini oʻtkazish. | 2026-yil may-iyun | |||||
5. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish. | 2026-yil iyun-iyul | |||||
6. Tadbirlarni ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish. | 2026-yil may — iyul | |||||
7. | Oliy taʼlim tashkilotlarida vatanparvarlik muhitini shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish. | 1. Oliy taʼlim tashkiloti hududi, tashqi va ichki binolari, talabalar turar joylarida vatanparvarlik, milliy gʻururni targʻib qiluvchi bannerlar, tarixiy qahramonlar suratlari va fikrlari ifodalangan targʻibot vositalarini joylashtirish. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | 2025/2026 oʻquv yili davomida | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | |
2. Oliy taʼlim tashkiloti axborot maydonida (sayt, ijtimoiy tarmoqlar) milliy gʻururni shakllantirish, vatanparvarlikka oid ruhlantiruvchi materiallarni doimiy joylashtirib borish. | Doimiy | |||||
3. Vatanparvarlik oyligini tashkil etish, harbiy qismlarga talabalar tashriflarini uyushtirish, harbiy sohadagi faxriylar bilan uchrashuvlarni tashkil etish. | 2026-yil yanvar | |||||
III. Tyutorlik faoliyatini takomillashtirish | ||||||
8. | Tyutorlik faoliyati samaradorligini baholash (KPI) tizimini joriy etish. | 1. Tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va reyting tizimini yoʻlga qoʻyish. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | 2026-yil avgust | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | |
2. Eng yuqori reytingga ega boʻlgan tyutorlarni ragʻbatlantirish va eng past reyting koʻrsatkichiga ega tyutorlarga nisbatan jazo choralarini qoʻllash mexanizmlarini joriy etish. | 2026-yil sentabr | |||||
3. Tyutorlar faoliyati boʻyicha tahliliy hisobotlar tayyorlash va oliy taʼlim tashkiloti Ilmiy kengashida muhokama qilish. | Har oʻquv yili yakunida | |||||
9. | Tyutorlik faoliyatini ragʻbatlantirib borishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish. | 1. Har yili turli nominatsiyalarda “Eng yaxshi tyutor” tanlovini eʼlon qilish va gʻoliblarni munosib taqdirlash. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Har yili sentabr-dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | |
2. Oliy taʼlim tashkilotlarida eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlarga oylik ustamalar joriy etish. | Reja asosida | |||||
3. Eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlarni xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tajriba almashish uchun yuborish. | Belgilangan muddatlarda | |||||
10. | Tyutorlik institutining boshqaruv va monitoring tizimini takomillashtirish. | 1. Tyutorlarni metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, tarbiyaning zamonaviy usullari boʻyicha tajriba almashish, tyutorlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi raqamli platformani joriy etish. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | 2026-yil mart | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | |
2. Tyutorlik (murabbiylik) instituti faoliyatini ilmiy yondashuv asosida takomillashtirish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Tyutor” ilmiy-amaliy elektron jurnalini joriy qilish. | 2026-yil may | |||||
3. Har chorak yakunlari boʻyicha tyutorlar faoliyati yuzasidan onlayn hisobot taqdim qilish tizimini joriy etish. | Har chorakda | |||||
11. | Tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonining shaffof tizimini joriy etish. | 1. Tyutorlik lavozimiga boʻsh ish oʻrinlarini rasmiy veb-sayt va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilish. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | 2025/2026 oʻquv yili | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | |
2. Tyutorlik lavozimiga qabul qilingan nomzodlarning natijalari va ular qaysi mezonlar asosida tanlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oliy taʼlim tashkiloti rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilish. | Doimiy | |||||
12. | Tyutorlarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyasini oshirish tizimini takomillashtirish. | 1. Tyutorlar uchun kompetensiyaviy yondashuv asosida maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va seminar-treninglar oʻtkazish. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Reja asosida | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | |
2. Tajribali tyutorlarning mahorat darslarini tashkil etish va ilgʻor tajribalarni ommalashtirish. | Doimiy | |||||
3. Tyutorlik faoliyatiga oid innovatsion pedagogik, raqamli texnologiyalar va psixologik yondashuvlar boʻyicha maxsus malaka oshirish kurslarini yoʻlga qoʻyish. | Reja asosida | |||||
13. | Talabalar va tyutorlar oʻrtasida samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish. | 1. Talabalar va tyutorlar oʻrtasida muntazam uchrashuvlar, davra suhbatlari va ochiq muloqot sessiyalarini tashkil qilish. | Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Har chorakda | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari | |
2. Har bir tyutor faoliyat yuritadigan talabalar guruhida anonim fikr-mulohaza bildirish amaliyotini joriy etish. | 2025-yil noyabr | |||||
3. Har bir oliy taʼlim tashkilotida talabalar murojaatlarini tezkor va samarali hal qilish uchun “Tyutorga murojaat” axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish. | 2025-yil dekabr | |||||