29.09.2025 yildagi 608-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida tabiiy fanlar yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy fanlar sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, soha bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash hamda ularning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi ta’lim tashkilotlari, shuningdek, vazirliklar va idoralar tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim va kasbiy ta’lim tashkilotlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallarini (keyingi o‘rinlarda — filiallar) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda tashkil etiladigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-2027-yillarda yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar bir oy muddatda ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan ta’lim tashkilotlari faoliyati tugatilishi, ularning mol-mulki, bino va inshootlari operativ boshqarish huquqi asosida Agentlik tizimiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari 2025-yil 1-noyabrga qadar ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq tegishlicha Agentlik tizimida tashkil etilayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining bino va inshootlarini ta’mirlash, belgilangan talablar asosida jihozlash, o‘quvchilarga yashash va ovqatlanish uchun zarur sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tayanch maktab (keyingi o‘rinlarda — tayanch maktab) hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayanch maktabning direktori hamda uning filiali ijrochi direktori Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar ikki bosqichli (saralash va suhbat), pedagog kadrlar uch bosqichli (saralash, test sinovi va suhbat) tanlov asosida ishga qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
filiallar xodimlari mehnatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun belgilangan shartlarda haq to‘lanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayanch maktab va filiallarga qabul 7-sinfdan boshlanadi, bunda bir sinfda o‘quvchilarning eng ko‘p soni 24 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda, qabul parametrlari Agentlik tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
filiallarga o‘quvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
filiallarda o‘quvchilar uchun turar joy hamda autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
filiallarning qurilish ishlari tayanch maktabning sharoitidan kam bo‘lmagan, yagona yondashuv asosida 2026-2027-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
filiallar zamonaviy talablarga muvofiq plastik qoplamali (HPL panel) sinf stoli, plastik qoplamali, egri yelimlangan fanerali sinf stullari bilan jihozlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
filiallar bitiruvchilariga tayanch maktab bitiruvchilari uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari bilan berilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
filiallarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2025-yil 15-oktabrga qadar tayanch maktab, filiallar hamda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun lavozimlar va shtat birliklarining namunaviy shtat jadvalini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) belgilangan muddatlarda filiallar faoliyatini tashkil etsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish, zamonaviy kasblarga o‘rgatish uchun ularning qiziqish va qobiliyatlarini inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimyo, biologiya, agrotexnologiya, biotexnologiya fanlari umumiy dars soatlari fondi doirasida qo‘shimcha o‘quv dasturlari asosida o‘qitilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Jizzax, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning aniq fanlar yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchilarini Agentlik tizimidagi boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarga joylashtirish choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona hamda Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan maktablarning qurilish va jihozlash ishlarini bosqichma-bosqich 2026-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish yuzasidan tegishli takliflarni tayyorlasin hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qo‘yilsinki, filiallar ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchisi sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E.G. Karimova zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 29-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
608-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi 608-son qaroriga
1-ILOVA

2025-yilda tashkil etiladigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI

T/r

Tuman (shahar) nomi

Negizida ixtisoslashtirilgan maktab filiali tashkil etilayotgan ta’lim tashkiloti nomi

Agentlik tizimida tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab filiali nomi

Quvvati

1.

Xo‘jayli tumani

Xo‘jayli tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Xo‘jayli filiali

480

2.

Buxoro shahri

Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Buxoro filiali

360

3.

Jizzax shahri

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Jizzax filiali

240

4.

Termiz shahri

Termiz shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Termiz filiali

240

5.

Farg‘ona shahri

Farg‘ona shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg‘ona filiali

610

6.

Chinoz tumani

Chinoz tumanidagi Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Chinoz filiali

240

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi 608-son qaroriga
2-ILOVA

2026-2027-yillarda yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining manzilli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tuman (shahar) nomi

2026-yil

2027-yil

Jami

1.

Guliston shahri

1

1

2.

Qarshi shahri

1

1

3.

Namangan shahri

1

1

4.

Andijon shahri

1

1

5.

Navoiy shahri

1

1

6.

Samarqand shahri

1

1

7.

Farg‘ona shahri*

1

1

8.

Urganch shahri

1

1

Hammasi:

3

5

8

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg‘ona filialida mavjud bino yotoqxonaga moslashtiriladi va jihozlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.

Yangidan quriladigan filiallar uchun yer maydoni shahar markazlari va o‘quvchilar qatnashi uchun qulay bo‘lgan hududlardan ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangidan quriladigan filiallarning loyihalarida belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan 360 o‘rinli o‘quv binosi hamda 200 o‘rinli yotoqxona, oshxona, kutubxona, sport va faollar zallari nazarda tutilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filiallarni qurish va jihozlash loyihalari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi 608-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ushbu Nizom Al-Xorazmiy universitetiga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi “sog‘liqni saqlash,” so‘zlaridan keyin “Al-Xorazmiy universiteti,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisi “oliy harbiy ta’lim muassasalariga,” so‘zlaridan keyin “Al-Xorazmiy universitetiga,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 09/25/608/0879-son)