18.09.2025 yildagi 592-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiya bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirish hamda raqobat bozorini shakllantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 3-iyundagi PF-85-son Farmoniga asosan telekommunikatsiya operatorlarining investitsion faolligini ragʻbatlantirish, xalqaro Internet tarmoqlariga ulanish tartibini axborot va milliy xavfsizlikni toʻliq taʼminlagan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 3-iyundagi PF-85-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab mobil va (yoki) simli telekommunikatsiya tarmoqlariga ega Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan telekommunikatsiya operatorlariga tezkor-qidiruv faoliyati, axborot va kiberxavfsizlik tizimlari talablariga toʻliq rioya qilgan holda sinov tariqasida xalqaro Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish huquqi berilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mobil va (yoki) simli telekommunikatsiya tarmoqlariga ega Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan va xalqaro Internet tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish huquqiga ega boʻlmagan telekommunikatsiya operatorlariga (keyingi oʻrinlarda — telekommunikatsiya operatorlari) 2030-yil 1-yanvargacha sinov tariqasida (keyingi oʻrinlarda — sinov) foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish maqsadida xalqaro Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda 2028-yil 1-iyulga qadar Jahon savdo tashkiloti talablarini hamda zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishini inobatga olgan holda telekommunikatsiya operatorlarining xalqaro Internet tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishini takomillashtirish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi xalqaro Internet tarmoqlariga ulanishni muvofiqlashtirish boʻyicha masʼul davlat tashkiloti, “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK uning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, sinovda ishtirok etishni istagan telekommunikatsiya operatori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorga ilovada keltirilgan Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish boʻyicha sinovda ishtirok etish uchun vaqtincha talab va shartlarni (keyingi oʻrinlarda — talab va shartlar) bajarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi organ bilan xalqaro Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish boʻyicha sinovda ishtirok etish talab va shartlarining bajarilishi hamda monitoring qilinishi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, shartnoma shartlarini buzganlik uchun koʻriladigan choralar bilan bogʻliq masalalarni aks ettiruvchi yozma kelishuvga erishgan (shartnoma imzolagan) boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ishchi organga xalqaro Internet tarmoqlariga ulanishni muvofiqlashtirish boʻyicha sinovni oʻtkazish davrida quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro Internet tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini va mazkur yoʻnalishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro Internet tarmoqlari operatorlari faoliyat koʻrsatishi uchun teng sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan birgalikda xalqaro Internet tarmoqlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligi taʼminlanishida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sinovda ishtirok etish uchun shartnoma tuzish boʻyicha telekommunikatsiya operatorlarining murojaatlarini Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan birgalikda bir oy muddatda oʻrganib chiqish, shuningdek, shartnomani imzolash yoki imzolashni asoslantirgan holda rad etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 18-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
592-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18 sentabrdagi 592-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish boʻyicha sinovda ishtirok etish uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAQTINCHA TALAB VA SHARTLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy talab va shartlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Telekommunikatsiya operatorlari tomonidan xalqaro Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishni vaqtincha talab va shartlar asosida xalqaro Internet tarmoqlariga ulanish markazlari (keyingi oʻrinlarda — XIM) orqali tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xalqaro Internet tarmoqlariga sinov tariqasida oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanuvchi telekommunikatsiya operatorlari respublika hududi boʻylab, shu jumladan, olis va chekka hududlarda magistral optik tolali aloqa tarmoqlari 50 foizdan kam boʻlmagan qamrovga ega boʻlishi, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish orqali raqamli tafovutni kamaytirish va aholining keng polosali telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishi uchun oʻz telekommunikatsiyalar tarmoqlariga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xalqaro Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishda Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi telekommunikatsiya operatorlari tomonidan telekommunikatsiya operatorining telekommunikatsiya tarmogʻi va xalqaro ulanishlar sxemasi, tarmoqning umumiy tavsifi, XIMni qurish loyihasi, texnik sxemasi va uning tavsifi, telekommunikatsiya operatorining xalqaro Internet tarmogʻiga ulanishidan kelib chiqib, oʻz tarmogʻini istiqbolda rivojlantirish rejasini oʻz ichiga oluvchi loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda ularni “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK Xalqaro Internet tarmoqlariga ulanishni muvofiqlashtirish boʻyicha Ishchi organga topshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi organ tomonidan hujjat loyihalarini ushbu vaqtincha talab va shartlarga ilovada belgilangan tartibda hamda muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) bilan kelishish va ekspert xulosalarini olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Xalqaro Internet tarmogʻiga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishda telekommunikatsiya operatori tomonidan Ishchi organga taqdim etiladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Telekommunikatsiya operatorining xalqaro Internet tarmogʻiga ulanish, XIMni tashkil etish, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari sxemasi va ularning tavsifi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi foydalanuvchisi tomonidan xalqaro Internet tarmogʻiga ulanish uchun telekommunikatsiya operatoriga qoʻyilgan tashkiliy va texnik talablarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vakolatli organlar tomonidan operatorning oʻz tarmogʻi orqali xalqaro Internet tarmogʻiga ulanishi uchun axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha talablarning bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar, jumladan, Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qarori talablarining bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashkil etilishi rejalashtirilgan XIMning rahbar va muhandis-texnik lavozimlariga nomzodlar (shu jumladan, XIM rahbari oʻrinbosari, bosh administrator, administratorlar, navbatchi muhandislar, energetika mutaxassislari va XIMni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar) toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Telekommunikatsiya operatorlarining XIM xodimlariga taalluqli alohida talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Telekommunikatsiya operatorlari tomonidan tashkil etiladigan XIM rahbari va asosiy muhandis-texnik xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir XIM boʻyicha telekommunikatsiya operatori tomonidan Ishchi organ bilan kelishgan holda, muhim lavozimlar (shu jumladan, XIM rahbari, muhandis-texnik xodimlar hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar) nomenklaturasi tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. XIMlarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning soni telekommunikatsiya operatori tomonidan oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Shuningdek, XIMlarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tarkibida faoliyati telekommunikatsiya operatori tomonidan moliyalashtiriladigan, vakolatli organlarning toʻrttadan kam boʻlmagan vakillari (telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislar hamda rahbar) boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Vakolatli organlar bilan hamkorlikka qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Telekommunikatsiya operatorlari tomonidan har bir XIM boʻyicha kundalik tartibda, favqulodda holat va vaziyatlarda vakolatli organlar bilan oʻzaro axborot almashish va hamkorlikda tezkor ishlash yuzasidan belgilangan tartibda yoʻriqnomalar ishlab chiqish va ularni bajarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kechiktirib boʻlmaydigan favqulodda holat va vaziyatlarda yoki zarurat yuzaga kelganda, XIMlar faoliyati vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuzaga keladigan favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini va xizmatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda cheklash yoki toʻxtatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Xalqaro Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish uchun texnik talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xalqaro Internet tarmoqlariga ulanish uchun respublikada kamida ikkita XIMni tashkil etish va ularni tabiiy va texnogen ofatlar (suv toshqinlari, koʻchki, texnogen avariyalar va boshqalar) xavfi minimal boʻlgan, geografik jihatdan bir-biridan uzoq hududlarda (turli viloyatlarda) joylashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xavfsizlik boʻyicha toifalangan obyektlar sifatida qoʻriqlanishi va himoyaga olinishi, shuningdek, xavfsizlik boʻyicha toifalangan obyektlarga belgilanadigan tashkiliy va texnik talablarning (perimetral devorlar, signalizatsiya, videokuzatuv, qoʻriqlash va rejim) bajarilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablariga toʻliq javob berishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xalqaro ulanish nuqtalari va asosiy bogʻlamalar uskuna darajasida va mantiqiy jihatdan oʻzaro zaxiralangan boʻlishi, jumladan, xalqaro ulanishlar va ichki magistral tarmoqlar barcha darajada asosiy va zaxira magistral tarmoqlari orqali tashkil etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xalqaro ulanish nuqtalari va asosiy bogʻlamalarida oʻrnatiladigan texnik uskunalar kamida ikkita turli davlatning hamda xalqaro standartlar talablariga javob beradigan ishlab chiqaruvchilarining mahsuloti boʻlishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻrnatiladigan uskunalar zamonaviy texnologiyalarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashi, mustaqil tizimiga (AS) hamda hududiy Internet registratorlari (Regional Internet Registry) tomonidan ajratilgan IP-manzillar bloklariga ega boʻlishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Internet xizmatining sifat koʻrsatkichlarini taʼminlash va xalqaro Internet kanallarida texnik koʻrsatkichlar yomonlashuvining oldini olish maqsadida ushbu kanallar tashkil etilgan qurilmalardagi portlarning kirish-chiqish yuklanishlari darajasining 70 foizlik tavsiyaviy miqdordan oshmasligini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻz ehtiyojlarini toʻliq taʼminlay oladigan quvvatdagi asosiy va zaxira generatorlar yoki boshqa muqobil energiya manbalari oʻrnatilishi, shu jumladan, ikkitadan alohida podstansiyadan keluvchi yuqori kuchlanishli liniyalar orqali elektr energiyasi bilan taʼminlanishi, bunda elektr manbalarini tashkil etishda “yashil texnologiya”larga asoslangan yechimlarning ustuvorligini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Davlat sirlari yoki maxfiy axborotni oʻz ichiga olgan axborotni ishlovdan oʻtkazish uchun moʻljallangan, shuningdek, kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun qoʻllanadigan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy taʼminotlarning respublika axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablari”ga muvofiq sertifikatlanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xalqaro Internet tarmoqlari orqali boʻladigan turli kiberhujumlar, jumladan, DDoS hujumlardan hamda paketlarni sirkulyar aylanishlardan himoyalovchi vositalarning mavjud boʻlishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. XIMlarda elektron va boshqa xabarlar sir saqlanishini hamda abonentlar va ularning telekommunikatsiya tarmoqlaridagi harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarning belgilangan tartibda himoyalanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Shartnomaning amal qilish va uni bekor qilish tartibi shartnomada belgilanadi. Shartnoma loyihasi Ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi va vakolatli organlar bilan kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish boʻyicha sinovda ishtirok etish uchun vaqtinchalik talab va shartlarga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiya operatorlarini sinov tariqasida xalqaro Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Xalqaro Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish boʻyicha sinovda ishtirok etish maqsadida vaqtincha talab va shartlarning bajarilishi boʻyicha hujjatlarni xalqaro Internet tarmoqlariga ulanishni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi organga taqdim etadi.

1 ish kunida

2-bosqich

Ishchi organ

Telekommunikatsiya operatori tomonidan mazkur sxemaning 1-bosqichida taqdim etilgan hujjatlarni vakolatli organlarga kelishish uchun yuboradi.

3 ish kunida

3-bosqich

Vakolatli organlar

Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va telekommunikatsiya operatori tomonidan vaqtincha talab va shartlarning bajarilishi boʻyicha xulosani Xalqaro Internet tarmoqlariga ulanishni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi organga taqdim etadi.

15 ish kunida

4-bosqich

Ishchi organ

Vakolatli organlar tomonidan ijobiy xulosa taqdim etilganda, telekommunikatsiya operatoriga xalqaro Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishni sinov tariqasida amalga oshirish uchun shartnomani taqdim etadi.

Vakolatli organlar tomonidan salbiy xulosa taqdim etilganda esa telekommunikatsiya operatori bilan shartnoma imzolashni asoslantirgan holda rad etadi.

3 ish kunida

5-bosqich

Telekommunikatsiya operatori,

Ishchi organ

Shartnomani imzolaydi

5 ish kunida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 09/25/592/0845-son)