08.09.2025 yildagi PQ-274-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda muhandislik sohasida ilgʻor texnik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish koʻnikmalariga ega, iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasiga koʻmaklasha oladigan, innovatsion mahsulot va xizmatlar yarata oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, bu borada oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning uzviyligi va oʻzaro integratsiyasini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsad
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu qarorni qabul qilishning asosiy maqsadi etib muhandis kadrlar tayyorlash boʻyicha xalqaro taʼlim standartlariga javob beradigan namunaviy oliy taʼlim muassasasini tashkil etish orqali rivojlanib borayotgan sanoat tarmoqlarini yuqori malakali muhandis kadrlar bilan taʼminlash belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Muhandislik sohasi uchun xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan “Boston consulting group” konsalting kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — “BCG” kompaniyasi) oʻrtasida 2025-yil 8-iyul kuni yangi texnika universitetini tashkil etish boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universiteti tashkil etilsin hamda uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “ToshTech” texnika universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyati “BCG” kompaniyasi bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Universitetga bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish shartlarini, mustaqil belgilash vakolati beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Universitetda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan bir yillik tayyorlov kursi (foundation) joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim jarayoni yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlari joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) 2029/2030 oʻquv yiliga qadar oʻqishga qabul qilingan talabalar toʻliq davlat granti asosida oʻqitiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) talabalarni davlat granti asosida oʻqitish xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish “Yangi Oʻzbekiston” universiteti uchun oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “ToshTech” texnika universitetining vasiylik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “ToshTech” texnika universiteti vasiylik kengashining asosiy vazifalari 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) “ToshTech” texnika universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Universitet faoliyatini moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, Universitet faoliyatini yoʻlga qoʻyish, xususan, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, axborot tizimlarini yaratish hamda “BCG” kompaniyasi tomonidan Universitetni tashkil etish va rivojlantirish strategiyasi doirasida koʻrsatiladigan qoʻshimcha (shu jumladan, yordamchi pudrat tashkilotlari) xizmatlar boʻyicha xarajatlarni qoplash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida hamda joriy yilda maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2026-yildan boshlab belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 2029-yil 1-iyunga qadar Universitet tomonidan chetdan olib kelinadigan muqobili Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilma, dasturiy va texnik vositalar hamda butlovchi qismlar bojxona bojidan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 8-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-274-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-274-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ToshTech” texnika universitetining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Universitetning asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) muhandislik, energetika, uskunasozlik (hardware engineering), sunʼiy intellekt, mexanika muhandisligi, elektronika va avtomatika muhandisligi, neft va gaz, geologiya qidiruv va kon-metallurgiya sohalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega boʻlgan, xalqaro mehnat bozori talablariga javob beradigan oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “taʼlim muhiti — uchinchi oʻqituvchi” tamoyili asosida talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, bilimini amaliy tajribalar orqali mustahkamlash, oʻquv materiallarini samarali va puxta oʻzlashtirishga xizmat qiladigan har tomonlama qulay taʼlim muhitini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) taʼlim jarayonini xorijiy ilgʻor tajriba va zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda jahonning yetakchi universitetlarida joriy etilgan taʼlim dasturlari hamda taʼlim texnologiyalari va usullari asosida tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) muhandis kadrlarni tayyorlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro hamkor oliy taʼlim tashkilotlari bilan zamonaviy taʼlim dasturlarini joriy etish, sanoat tarmoqlarida mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni tashkil etish, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) taʼlim va ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlar yetakchi taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) muhandislik yoʻnalishidagi xorijiy bestseller oʻquv adabiyotlarini davlat tilida chop etish va taʼlimning barcha bosqichlarida qoʻllashni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyoji asosida zamonaviy laboratoriya majmuasini tashkil etish hamda bir vaqtning oʻzida tarmoqlar, talabalar va oʻqituvchilarni jalb etgan holda keng koʻlamda xoʻjalik faoliyatini olib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-274-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ToshTech” texnika universitetining vasiylik kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Vasiylik kengashi raisi

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

B.B. Raxmatov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktori

O.R. Fazilkarimov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

Kelishuvga koʻra

chet ellik malakali mutaxassislar (kelishuv asosida)

Lavozimi boʻyicha

Universitet rektori, Vasiylik kengashi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi raisi kengash tarkibiga yangi aʼzolarni, shu jumladan, sanoat va ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislarini qoʻshimcha ravishda kiritish va uning tarkibidan chiqarish, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-274-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ToshTech” texnika universiteti vasiylik kengashining asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Universitetning strategik rivojlanish rejasini belgilash, zarur hollarda konsalting xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Universitet faoliyati toʻlaqonli tashkil etilishini taʼminlash, uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq masalalarni hal etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) zarur loyiha hujjatlarini tayyorlash, qurilish-montaj va taʼmirlash-tiklash ishlarini, Universitetni jihozlash, infratuzilmasini yaratish va moddiy-texnik taʼminlashga doir vazifalarni muvofiqlashtirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, mehnat bozori talabini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Universitetda oʻqish uchun toʻlov-kontrakt qiymatini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) talabalarni qabul qilish parametrlarini mehnat bozori konyunkturasini oʻrganish va hamkor ish beruvchilar buyurtmalari asosida belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) Universitet faoliyatini rivojlantirish uchun homiylik xayriyalari, grantlar va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Universitet kampusini tashkil etish va uning infratuzilmasini rivojlantirish, Universitetning moddiy-texnika, oʻquv-uslubiy bazasini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(k) iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar taʼsis etish, talabalarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-274-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ToshTech” texnika universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Universitet faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari

1.

“ToshTech” texnika universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uning tuzilmasini tasdiqlash.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Universitetni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

3. Universitet tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Universitet

2.

Universitetni yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar bilan toʻldirish.

1. Universitet ehtiyojidan kelib chiqib, boshqaruv jarayoniga mahalliy va xorijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda malakali mutaxassislarni jalb qilish.

2. Universitetga jalb etiladigan xorijiy va mahalliy mutaxassislarni ochiq tanlov asosida saralab olish.

2025-yil oktabr — dekabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Energetika vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

3. Universitet oʻquv va ilmiy jarayonlariga ilmiy darajali xorijiy va mahalliy professor-oʻqituvchilarni jalb qilish.

2025-2026-yillar

3.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Universitetga bir yillik tayyorlov kursiga talabalar qabulini tashkil etish.

1. “Boston consulting group” konsalting kompaniyasi (AQSH) (keyingi oʻrinlarda — “BCG” kompaniyasi) bilan hamkorlikda tayyorlov (foundation) dasturini ishlab chiqish.

2. Tayyorlov kursiga qabul qilish shartlari va muddatlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.

3. Nomzodlarni saralab olish va tinglovchilar qabulini tashkil etish.

2025-yil oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

4.

“BCG” kompaniyasi bilan hamkorlikda Universitetni rivojlantirish strategiyasini qabul qilish.

1. Universitetni rivojlantirish strategiyasi doirasida quyidagilarni belgilash:

ish beruvchilar va boshqa xalqaro hamkor tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish asosida Universitetning kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarini;

Universitetning moliyaviy modelini;

raqamlashtirish va boshqaruv modelini;

ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish yoʻnalishlarini;

mahalliy va xalqaro hamkorlik istiqbollarini.

2025-yil oktabr

-

Universitet vasiylik kengashi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Universitetni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash.

2025-yil noyabr

5.

Universitetda akademik faoliyatni boshqarish jarayonini xalqaro andozalarga mos darajada yoʻlga qoʻyish.

1. Universitetga akademik faoliyatni tashkil etish boʻyicha xalqaro nufuzga ega boʻlgan tajribali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha nomzodlarni saralash.

2025-yil noyabr

-

Vasiylik kengashi,

Universitet

2. Shaffof tanlov asosida saralab olingan nomzodni Universitetning tegishli lavozimiga tayinlash.

2026-yil yanvar

6.

“BCG” kompaniyasi bilan hamkorlikda Universitet faoliyatini tashkil etish boʻyicha nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik oʻrnatish.

1. Universitet faoliyatini dastlabki bosqichda tashkil etish boʻyicha nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini aniqlash.

2. Aniqlangan oliy taʼlim tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish va ular bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish.

2026-2027-yillar

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Universitet

7.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Universitetning buyurtmalariga asosan Universitetga jalb qilinadigan chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun ruxsatnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

1. Chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

Doimiy

-

Tashqi ishlar vazirligi

2. Universitetga jalb etiladigan chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislar, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatga olinishini taʼminlash.

Ichki ishlar vazirligi

3. Chet ellik mutaxassislarni jalb qilishda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berishni (uzaytirishni) taʼminlash.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

II. Universitetning oʻquv jarayonini tashkil etish

8.

Oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini belgilash, oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash.

2. Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini belgilash.

2026-yil mart

-

Universitet Vasiylik kengashi

9.

Universitetda 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul parametrlarini belgilash.

1. Muhandislik sohasi uchun iqtisodiyot tarmoqlarining oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan istiqboldagi ehtiyojlarini tahlil qilish.

2026-yil mart — iyun

-

Universitet vasiylik kengashi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Ish beruvchilar takliflari asosida muhandislik sohasi uchun ehtiyoj yuqori boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qabul parametrlarini shakllantirish.

2026-yil iyul

10.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Universitetda tashkil etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini xalqaro hamkorlar bilan birgalikda akkreditatsiyadan oʻtkazish rejasini ishlab chiqish.

2026-yil iyun

-

Universitet,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

2. Xalqaro tan olingan akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha shartnoma tuzish va yoʻnalishlarni akkreditatsiya qilish reja-grafigini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

3. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2027 — 2030-yillar

11.

Universitetda zamonaviy boshqaruv tizimi va taʼlim jarayonini joriy etish.

1. Universitetda zamonaviy boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“BCG” kompaniyasi

2. Universitetda taʼlim jarayonini tashkil etish, xususan:

(a) muhandislik sohasida kadrlar tayyorlashda xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini joriy etish;

(b) Universitet kutubxona fondini zamonaviy xorijiy oʻquv adabiyotlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan boyitish;

(v) Universitet boshqaruvi va taʼlim jarayonlarini raqamlashtirish hamda taʼlimni boshqarish platformasini (LMS) yaratish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

III. Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni tashkil etish

12.

Universitet huzurida “R&D” markazini tashkil etish.

1. Universitet huzurida “R&D” markazini tashkil etish.

2. “R&D” markazining asosiy tadqiqot yoʻnalishlarini belgilash.

3. Markazga yetakchi xorijiy va mahalliy olimlarni jalb etish.

2025-yil noyabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet vasiylik kengashi,

Innovatsion rivojlanish agentligi

13.

Ilmiy izlanishlar oʻtkazish jarayonlarini raqamlashtirish.

1. Universitetning barcha xodim va talabalari tomonidan oʻtkaziladigan ilmiy izlanishlarni roʻyxatga olish, tasdiqlash, hisobot topshirish va natijalari bilan boʻlishishni qamrab oluvchi yagona elektron platforma yaratish.

2026-yil oktabr

-

Universitet,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Platformani ishga tushirish va ishtirokchilar foydalanishini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil dekabr

IV. Universitetning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish

14.

Universitetga oʻz faoliyatini boshlashi uchun binolarni tekin foydalanish huquqi asosida ajratish.

1. Universitetni birinchi bosqichda Toshkent davlat texnika universiteti akademik litseyi binosining 1 — 3-qavatlariga joylashtirish.

2. Akademik litsey binosini “BCG” kompaniyasi tavsiyalari asosida taʼmirlash.

3. Akademik litseyni 2026/2027 oʻquv yilidan Toshkent davlat texnika universitetining boshqa binolariga joylashtirish choralarini koʻrish.

4. Universitetni akademik litsey binosiga tekin foydalanish huquqi (kommunal va saqlash xarajatlarini qoplagan holda) asosida joylashtirish.

5. Universitetni 2026/2027 oʻquv yili boshlangunga qadar Toshkent davlat texnika universitetining Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan Mashinasozlik fakulteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

2025-yil oktabr

2025-yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan oʻzlashtirilmagan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

15.

Universitet kampusini tashkil etish.

1 Universitet uchun Toshkent davlat texnika universitetidan oʻtkaziladigan bino va inshootlar ketma-ketligini belgilash.

2. Universitetga oʻtkaziladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash ishlarini bosqichma-bosqich 2026 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

3. 2030-yilga qadar Toshkent davlat texnika universitetining tegishli kafedra va fakultetlarini bosqichma-bosqich Universitet tarkibiga kiritib borish orqali Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini tugatish.

4. Universitetni Toshkent davlat texnika universiteti binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

2026 — 2029-yillar

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

16.

Iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqib, Universitetda oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish.

1. “BCG” kompaniyasi bilan hamkorlikda Universitet va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojidan kelib chiqib, zarur laboratoriyalar roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil aprel

-

Universitet Vasiylik kengashi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Energetika vazirligi

2. Universitetning bakalavriat yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga mos laboratoriya majmualarini tashkil etish.

2026-yil dekabr

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: ushbu “yoʻl xaritasi”ga “BCG” kompaniyasi tavsiyalariga koʻra Universitetning vasiylik kengashi qarori bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 07/25/274/0823-son)