Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2002 18.07.1994 yildagi 366-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2002
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OBYEKTLARNING XO‘JALIK JAMIYATLARI VA ShIRKATLARI TARKIBIDAN ChIQIShI TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining ko‘p ukladli iqtisodiyotini shakllantirish jarayonini samarali tashkil etishni ta’minlash, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari asosida tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektlarning xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari tarkibidan chiqishi tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 18-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
366-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 18-iyuldagi 366-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektlarning xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari tarkibidan chiqishi tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom bir yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmalar (obyektlar)ning xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari tarkibidan chiqishi tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Obyektlarning mavjud xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari tarkibidan chiqishi uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat yoki shirkatdan chiqish to‘g‘risida xohish bildirgan obyekt mehnat jamoasi a’zolari umumiy yig‘ilishining qarori. Agar qaror uchun obyekt mehnat jamoasi a’zolarining kamida 2/3 qismi ovoz bergan bo‘lsa u qabul qilingan hisoblanadi. Qarorga imzo chekilgan varaqa ilova qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik jamiyati yoki shirkati aksionerlari yoki paychilari umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)ning qarori. Umumiy yig‘ilish (konferensiya)da kamida 60 foiz ovozga ega bo‘lgan aksionerlar yoki paychilar qatnashgan bo‘lsa u qonuniy hisoblanadi. Obyektning chiqishi to‘g‘risidagi, obyektni to‘g‘ridan to‘g‘rioldi-sotdi yo‘li bilan yoki kimoshdi savdosi orqali sotish shakli haqidagi qaror, agar yig‘ilish (konferensiya)da qatnashayotganlarning 3/4 qismi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik jamiyati yoki shirkati boshqaruviga jamiyat yoki shirkat tarkibidan chiqish xohishini bildirgan obyekt mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining bayoni bilan birga ariza beriladi. Mana shu paytdan boshlab jamiyat yoki shirkat boshqaruviga, uning boshqaruvining boshqa organlariga qayta tashkil etish, tugatish, tuzilmani, shtat jadvalini o‘zgartirish, mol-mulkni balansdan balansga yoki mana shu obyektning tarkibiga berish, shuningdek, uning xodimlarini bo‘shatish (o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shashdan tashqari) taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Obyektning xo‘jalik jamiyati yoki shirkati tarkibidan chiqishi “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 38-moddasining 2 va 5-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ajralib chiqadigan obyektga ayirish dalolatnomasi (balansi) bilan berilgan mol-mul bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan jamiyat yoki shirkatning tegishli qismlardagi mulkiy huquq va majburiyatlari ham o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Obyektning chiqishi to‘g‘risidagi zarur hujjatlar turkumini tayyorlash va to‘plashga oid ishlar bevosita ushbu xo‘jalik jamiyatida yoki shirkatida tashkil etiladi. Ushbu maqsadlarda xo‘jalik jamiyati yoki shirkati boshqaruvi umumiy yig‘ilish (konferensiya) qaroriga muvofiq komissiya tashkil etishi shart. Komissiya barcha zarur ishlarni amalga oshirib, mulkning tarkibini va narxini, mazkur obyektning xo‘jalik jamiyati va shirkati mulkidagi haqiqiy ulushini belgilaydi, obyektning chiqishi bilan bog‘liq tadbirlar rejasini, ayirish balansini, o‘zaro hisob-kitoblar tartibini ishlab chiqadi va ularni tasdiqlash uchun boshqaruvga kiritadi. Komissiya tarkibiga jamiyat yoki shirkat tarkibidan chiqish xohishini bildirgan obyekt mehnat jamoasidan kamida ikkita vakil kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Obyektning yoki xo‘jalik jamiyati (shirkati)ning arizasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmasi maslahat ishlarini tashkil etadi, zaruriyat bo‘lsa, komissiya ishida qatnashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mulkni baholash inventarizatsiya qilish, asosiy fondlarning jamiyat tashkil etilgan va obyekt chiqayotgan paytdagi qiymatini aniqlash, asosiy fondlar qismidagi ular tomonidan qo‘shilgan mablag‘lar ulushini chegaralash, aylanma mablag‘larni berish shartlarini belgilash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tomonidan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq yangidan tashkil etilayotgan obyektning xo‘jalik jamiyati yoki shirkati tarkibidan chiqish paytidagi ustav fondi aniqlanadi, ustav fondi xo‘jalik jamiyati yoki shirkatining ustav fondini kamaytirish hisobiga shakllanadi, ayirish balansi va jamoa tomonidan qo‘yilgan mablag‘lar hisobga olingan holda uning sotib olish bahosi tuziladi, xo‘jalik jamiyati yoki shirkati bilan yangi mulk egasi o‘rtasida oldi-sotdi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, obyektni qayta tashkil etish bo‘yicha reja-tadbir, uning tarmoq ixtisoslashuvini saqlab qolish to‘g‘risida bitim tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda komissiya tomonidan Davlat mulki qo‘mitasi va yangi mulkdorlar tarkibidan chiqayotgan xo‘jalik jamiyatlari schyotiga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarmoq ixtisoslashuvi bo‘yicha bitim xo‘jalik jamiyati yoki shirkati, yangi xo‘jalik yurituvchi subyekt, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan taqdirda esa, shuningdek, Davlat mulki qo‘mitasining tegishli bo‘linmalari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik jamiyati va shirkati tarkibidan chiqayotgan obyektlarga tegishlicha foyda va zararlar, ishlarni moliyaviy ta’minlash manbalari, ushbu obyektlarga aloqador bo‘lgan yoki umumiy faoliyatdan bevosita kelib chiquvchi fondlar yoki ularning bir qismi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Obyekt (tarkibiy bo‘linma) aksionerlik jamiyati tarkibidan chiqishida ajralib chiqayotgan tuzilmaning aksionerlari aksionerlik jamiyati boshqaruviga kirim orderi (dalolatnomasi) bo‘yicha har bir aksionerlari ularning nominal qiymatini to‘lagan holda o‘z aksiyalarini topshirishga majburdirlar. Aksiyalar ajralib chiqqan obyekt mol-mulkining butun summasiga topshirilishi kerak. Qayd etib o‘tilgan aksiyalar majburiy tartibda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarkibiy bo‘linma ajralib chiqqan aksionerlik jamiyatining ustav fondi chiqib ketgan tarkibiy bo‘linmaga tegishli bo‘lgan bekor qilingan aksiyalar qiymatiga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi subyekt aksionerlik jamiyati maqomiga ega bo‘lar ekan yangidan tashkil etilgan jamiyatning aksiyalari muomalaga chiqarilishini ta’minlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Obyektlarni topshirishni rasmiylashtirish tegishli dalolatnoma tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi, Dalolatnomaga quyidagilar ilova qilingan bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) topshirish balansi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) buxgalteriya hisoboti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tegishli ulushni sotib olganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Binolar va inshootlarni berishda ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar mukammal qurilish va mablag‘ bilan ta’minlash rejalari, materiallar va asbob-uskunalar hamda loyiha-smeta hujjatlari bilan birga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zaro hisob-kitoblar xo‘jalik jamiyati va shirkati hamda chiqayotgan obyektning budjet bilan o‘zaro munosabatlariga (soliqlar, poshlinalar bo‘yicha) aniqliklar kiritilgandan so‘ng tugallangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Obyektning chiqishiga oid barcha ishlar xo‘jalik jamiyati yoki shirkati boshqaruviga mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining bayoni bilan birgalikda ariza berilgan vaqtdan boshlab bir oy davomida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Chiqqan obyekt o‘zi joylashgan joydagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tadi va yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Obyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Obyektlarning xo‘jalik jamiyati yoki shirkati .tarkibidan chiqishi ularning yuridik maqomining o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Obyektlarning xo‘jalik jamiyati yoki shirkati tarkibidan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar sud organlarida hal etiladi.