OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
BOShLANGʻICh SINFLAR OʻQITUVChILARI ISh HAQINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 7-avgustdagi PF-3112-sonli “2002-yilning 1-sentabridan boshlab oʻqituvchilar va oʻquv yurtlari muallimlarining, ilmiy xodimlarning ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” Farmoni bilan 1990-yil 2-iyundagi PF-12-son Farmon kuchini yoʻqotganligi belgilangan. Mazmunan 1990-yil 2-iyundagi PF-12-son “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilish uchun borishi toʻgʻrisida”gi Farmon emas, mazkur Farmon nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
1990-yil 1-sentabridan boshlab boshlangʻich (I—IV) sinflar oʻqituvchilari ish haqi ular oʻquv soatini haftasiga 20 soatdan 14 soatga kamaytirish hisobiga oyiga oʻrtacha 35 foiz oshirilsin. Bu boshlangʻich sinflar oʻquv taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga, mustaqil oʻqish uchun eng qulay sharoitlar taʼminlanishiga, jumhuriyat yosh fuqarolari taʼlim-tarbiyasi uchun muallimlar kasb tayyorgarligi va masʼuliyatini oshirishni ragʻbatlantirishga yordam beradi.
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashiga shu maqsadlar uchun bu yil 20,8 mln. soʻm kelgusi yillarda har yili 62,5 million soʻm mablagʻ izlab topish topshirilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 2-iyun,
PF-11-son
(Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 22—24-son, 311-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 8-son, 138-modda)