31.07.2025 yildagi 484-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanishda moddiy yordam toʻlash toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-son Farmoni 3-bandining “v” kichik bandiga muvofiq Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida bir nafar farzandi uchun bola(lar) uch yoshga toʻlguniga qadar maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravarigacha miqdorida moddiy yordam berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ona (ota)larning ijtimoiy shartnoma asosida bir nafar farzandi uchun bola(lar) uch yoshga toʻlguniga qadar maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish toʻgʻrisida arizalarini qabul qilish va koʻrib chiqish, moddiy yordam oluvchilar reyestrini shakllantirish hamda ularga subsidiya shaklida moddiy yordamni inson omilisiz avtomatik hisoblash va toʻlashni yoʻlga qoʻyish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy yordam mablagʻlarini ularni oluvchilarning “ijtimoiy karta”siga, u mavjud boʻlmaganda AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga oʻtkazish. Bunda birinchi marta bank kartalarini ochish uchun moddiy yordam mablagʻlarini oluvchilardan haq undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yolgʻiz ona (ota)larga farzandi uchun maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanishda moddiy yordam olish boʻyicha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Bunda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yolgʻiz ona (ota)lar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoxud ijtimoiy xodim orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, moddiy yordamni toʻlash bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqish va toʻlash jarayonida SMS-xabarnoma yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasida ochilgan alohida gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanishda moddiy yordam toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlik 2025-yil 1-sentabrdan qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida moddiy yordam olish uchun elektron arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish, moddiy yordam oluvchilar reyestrini shakllantirish hamda ularga moddiy yordam miqdorini avtomatik hisoblash va toʻlash imkoniyatini yaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda moddiy yordam olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalar qabul qilish hamda xizmatlar koʻrsatishning har bir bosqichida arizalar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yolgʻiz ona (ota)larning AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun AT “Xalq banki”ning tegishli axborot tizimlarini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 31-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
484-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 484-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ona (ota)larga (keyingi oʻrinlarda — qonuniy vakil) farzandi uchun maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan subsidiya shaklida moddiy yordam toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Moddiy yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan uch yoshgacha boʻlgan farzand(lar)iga bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravarigacha miqdorida ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq toʻlab beriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda moddiy yordam qonuniy vakilning uch yoshgacha boʻlgan faqat bir nafar farzandi (bolalar egizak boʻlsa, egizaklarning har biriga) uchun beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Moddiy yordam olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Moddiy yordam olish uchun qonuniy vakil “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazlari), Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunadagi ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonuniy vakilning fuqarolik biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch yoshgacha boʻlgan farzand(lar)ining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi(lari) maʼlumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil telefoni raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AT “Xalq banki” bankida ochilgan bank kartasi maʼlumotlari (“ijtimoiy karta” mavjud boʻlmagan hollarda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qonuniy vakil arizani YIDXP orqali kiritishda, dastlab ommaviy oferta shaklidagi ijtimoiy shartnoma bilan tanishib chiqadi va tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonuniy vakil ijtimoiy shartnomani tasdiqlamagan taqdirda, ariza kiritish imkoniyati cheklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qonuniy vakilning oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, “Inson” markazi yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi dastlab qonuniy vakilni ommaviy oferta shaklidagi ijtimoiy shartnoma bilan tanishtiradi. Ijtimoiy shartnoma qonuniy vakil tomonidan imzolangandan soʻng uning nomidan arizani elektron shaklda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza toʻldirilgandan soʻng qonuniy vakil maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (mobil-ID tizimi, elektron raqamli imzo, barmoq izi va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar “YAMIH” ATda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali bir ish kunida ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan talablarga toʻgʻri kelishi boʻyicha avtomatik tarzda tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv yakuni boʻyicha arizaning qanoatlantirilgani yoki qanoatlantirish rad etilgani toʻgʻrisida arizada koʻrsatilgan telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabarnomada arizaning qanoatlantirishni rad etish asoslari aniq koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, qonuniy vakil “YAMIH” ATda yuritiladigan Maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam oluvchilar roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — moddiy yordam oluvchilar roʻyxati) kiritiladi va bu haqida qonuniy vakil mobil telefoni raqamiga SMS-xabarnoma yuborish yoki YIDXP dagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagi holatlarda ariza rad etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonuniy vakil Ijtimoiy reyestrga kiritilmaganda;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonuniy vakil rasmiy band boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farzand uch yoshdan katta boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farzand maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi boʻlmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonuniy vakil tomonidan boshqa bir farzandi uchun ariza berilganda (shu jumladan, ilgari boshqa farzandi uchun moddiy yordam ajratilganda), egizak farzandlar uchun berilgan ariza bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisidagi ariza qonuniy vakil tomonidan faqat bir marta beriladi va keyingi har oyda uning maʼlumotlari “YAMIH” AT orqali qayta tekshiriladi hamda ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan talablarga mos kelsa, moddiy yordam avtomatik tarzda hisoblab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagi hollarda moddiy yordamning hisoblanishi va toʻlanishi toʻxtatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola uch yoshga toʻlganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganda;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonuniy vakil rasmiy band boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola vafot etganda, sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari roʻyxatidan chiqarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola toʻliq davlat taʼminotiga oʻtkazilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar qonuniy vakil tomonidan bajarilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Moddiy yordamni hisoblash va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Moddiy yordam hisobot oyida shakllantirilgan moddiy yordam oluvchilar roʻyxatiga kiritilgan qonuniy vakillarga farzandi uchun maktabgacha taʼlim tashkilotiga ota-onalar toʻlovni haqiqatda toʻlagan miqdorlarda, biroq mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan miqdorlardan oshmagan holda, hisobot oyidan keyingi oyning 8-sanasiga qadar “YAMIH” ATda avtomatik tarzda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qonuniy vakillarning farzand(lar)i uchun maktabgacha taʼlim tashkilotiga ota-onalar haqiqatda toʻlagan toʻlov toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli axborot tizimlari orqali olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Hisoblangan moddiy yordam miqdorlari boʻyicha tuman (shahar)lar kesimida qonuniy vakillarning F.I.O., fuqarolik biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi, raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), toʻlov summasi va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan moddiy yordam oluvchilar elektron qaydnomalari (vedomostlar) va toʻlov summasi koʻrsatilgan elektron toʻlov topshiriqnomalari “YAMIH” ATda avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qonuniy vakillarga beriladigan mablagʻlarni Jamgʻarmaning alohida gʻazna hisobvaragʻidan moliyalashtirish uchun shakllantirilgan elektron qaydnomalar va toʻlov topshiriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimiga avtomatik tarzda joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Moddiy yordam uchun Jamgʻarma mablagʻlari AT “Xalq banki”ning tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgandan soʻng “YAMIH” ATdan AT “Xalq banki”ning axborot tizimiga elektron qaydnomalar joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Moddiy yordam mablagʻlari hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar qonuniy vakillarning “ijtimoiy karta”lariga, ular mavjud boʻlmaganda, AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Moddiy yordam mablagʻlarining ajratilishi yuzasidan nazorat Agentlik hamda tegishli nazorat organlari tomonidan qonunchilikda hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Ariza beruvi

(yolgʻiz ona yoki ota)

 

1. Moddiy yordam olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT), shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ariza bilan murojaat qiladi.

2. Ariza YIDXP orqali kiritilganda, ommaviy oferta shaklidagi ijtimoiy shartnoma bilan tanishib chiqadi va tasdiqlaydi.

 

Xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, ijtimoiy xodim,

davlat xizmatlari markazi

 

1. Ariza beruvchini ommaviy oferta shaklidagi ijtimoiy shartnoma bilan tanishtiradi.

2. Ijtimoiy shartnoma qonuniy vakil tomonidan imzolangandan soʻng, uning nomidan arizani elektron shaklda toʻldiradi.

3. Ariza beruvchiga arizadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirtirib, arizani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (mobil-ID tizimi, elektron raqamli imzo, barmoq izi va boshqalar) bilan tasdiqlatadi.

 

Ariza beruvchi murojaat qilgandan soʻng bir soatda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

YIDXP

 

1. Arizada keltirilgan maʼlumotlarni talablarga toʻgʻri kelishi boʻyicha tekshiradi.

2. Tekshiruv yakuni boʻyicha arizaning qanoatlantirilgani yoki qanoatlantirilmagani toʻgʻrisida ariza beruvchining arizada koʻrsatilgan mobil telefoni raqamiga yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga SMS-xabarnoma yuboradi.

3. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, qonuniy vakilni “YAMIH” ATda yuritiladigan Maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam oluvchilar roʻyxatiga kiritadi va bu haqida qonuniy vakilni uning mobil telefoni raqamiga SMS-xabarnoma yuborish va YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.

 

Bir ish kunida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

 

1. Har oyda ariza beruvchining maʼlumotlarini qayta tekshiradi, talablarga toʻgʻri kelishi aniqlanganda, moddiy yordamni avtomatik tarzda hisoblaydi.

 

Hisobot oyidan keyingi oyning 8-sanasigacha

 

 

2. Moddiy yordam mablagʻlarini yolgʻiz ona (ota)larning “ijtimoiy karta”lariga yoki AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga oʻtkazib beradi.

 

Hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanishda moddiy yordam toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

 

____________________ “Inson
ijtimoiy xizmatlar markazi

 

 

 

Quyidagi manzilda yashovchi fuqaro ___________________

 

Mahalla _____________________

 

Koʻcha (mavze) ________________

 

Xonadon __________________

 

pasporti (identifikatsiyalovchi ID-karta)
maʼlumotlari
_________________________

 

tomonidan ___________________________

 


(ariza beruvchining F.I.O.)

 

ARIZA

 

Sizdan 20___ yil “____” __________da tugʻilgan farzandim

_______________________________________________________________________________________________________________


(farzandning F.I.O. va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi(lari) maʼlumotlari)

uchun maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish xarajatlarini qoplashda ijtimoiy shartnoma asosida moddiy yordam tayinlanishi va uning toʻlab berilishida amaliy yordam berishingizni soʻrayman.

Moddiy yordam pulini _______________________________________________________________________________________ga
_
(“Ijtimoiy karta” yoki AT “Xalq banki” kartasi maʼlumotlari)

oʻtkazib berishingizni soʻrayman.

Arizani koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi xabar quyida keltirilgan telefon raqamiga: +998________________ yuborilishini soʻrayman.

 

Murojaat qiluvchining imzosi: _______________

 

Sana: 20 ___ yil “___” _______________

 

Arizani roʻyxatdan oʻtkazdim:

________________________________________

____________

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki

(Imzo)

davlat xizmatlari markazi masʼul xodimi)

 

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2025-y., 09/25/484/0688-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)