23.07.2025 yildagi 463-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon savdo tashkilotining Importni litsenziyalash qoʻmitasiga xabarnoma yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirish hamda milliy qonunchilikni mazkur xalqaro tashkilotning bitim, qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jahon savdo tashkilotining Importni litsenziyalash qoʻmitasiga xabarnoma yuborish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon savdo tashkilotining Importni litsenziyalash qoʻmitasiga xabarnoma yuborish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon savdo tashkilotining Importni litsenziyalash qoʻmitasiga xabarnoma yuborish lozim boʻlgan holatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga rasman aʼzo boʻlgan sanasidan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror rasman kuchga kirgandan keyin ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya raisi J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 23-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
463-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 463-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon savdo tashkilotining Importni litsenziyalash qoʻmitasiga xabarnoma yuborish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Jahon savdo tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — JST) Importni litsenziyalash qoʻmitasiga xabarnoma yuborish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
importni litsenziyalash — importni litsenziyalash tartibini amalga oshirish uchun qoʻllanadigan, tegishli maʼmuriy organga ariza yoki boshqa hujjatlarni (bojxona maqsadlari uchun talab qilinadigan hujjatlardan tashqari) taqdim etish orqali import qilish uchun dastlabki shart sifatida talab etiladigan maʼmuriy tartib-taomil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
importni avtomatik litsenziyalash — barcha hollarda arizaning maʼqullanishi kafolatlangan importni litsenziyalash (import boʻyicha statistika maʼlumotlari va boshqa muhim maʼlumotlarni toʻplash maqsadida amalga oshiriladigan litsenziyalash);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
importni avtomatik boʻlmagan tarzda litsenziyalash — avtomatik tarzda importni litsenziyalash taʼrifiga kirmaydigan litsenziyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Importni litsenziyalash qoʻmitasi — JSTga aʼzo davlatlarning vakillaridan tashkil topgan, JSTning Importni litsenziyalash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi bitim qoidalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qiluvchi organ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
JSTning Xabarnomalar markaziy reyestri — JSTga aʼzo davlatlar tomonidan yuboriladigan xabarnomalar toʻplanadigan ichki maʼlumotlar bazasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. JSTning Importni litsenziyalash qoʻmitasiga xabarnoma yuborish lozim boʻlgan holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Importni litsenziyalash bilan bogʻliq arizani topshirish tartibiga oid qoidalar va barcha maʼlumotlar, shuningdek, shaxslar, korxonalar va tashkilotlarning bunday arizalarni topshirish talablari murojaat qilinadigan davlat organi(lari) va litsenziyalash talabiga ega boʻlgan tovarlar roʻyxatini oʻz ichiga olgan holda, tegishli rasmiy manbalarda xorijiy davlat va tijoratchilarga tanishish imkonini beradigan tarzda vakolatli organ tomonidan eʼlon qilinib, Importni litsenziyalash qoʻmitasiga taqdim etilib borilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aʼzolar ushbu xabarnomalar boʻyicha oʻz mulohazalarini bildirishi va zarur boʻlganda boshqa aʼzolardan tegishli masalalar boʻyicha tushuntirishlar soʻrashi mumkin. Bunday mulohaza va tushuntirish soʻrovnomalari tegishli delegatsiyalarga va maʼlumot uchun JST Kotibiyatga yozma ravishda ushbu masalalar koʻtariladigan yigʻilish oʻtkazilishidan yigirma bir kun, kamida oʻn ish kuni oldin yuborilishi kerak. Savollarga javoblar yozma ravishda savollarni bergan delegatsiyalar va maʼlumot uchun JST Kotibiyatga yuborilishi kerak. Savollar va javoblar JST Kotibiyat tomonidan tarqatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Importni litsenziyalash tartib-taomillariga yoki import qilinadigan va litsenziyalanishi zarur boʻlgan tovarlar roʻyxatiga kiritilgan har qanday istisnolar, cheklovlar yoki oʻzgartirishlar vakolatli organ tomonidan Importni litsenziyalash qoʻmitasiga taqdim etilishi orqali eʼlon qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Importni litsenziyalash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi xabarnomalar quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalash talabiga ega boʻlgan tovarlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlik boʻyicha maʼlumot olish uchun aloqa organ(lar)i;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizalarni topshirish uchun maʼmuriy organ(lar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import tartib-taomillari eʼlon qilingan nashr sanasi va nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import tartib-taomillari toʻgʻrisidagi bitimning 2 va 3-moddasida keltirilgan taʼriflarga muvofiq avtomatik yoki avtomatik boʻlmagan litsenziyalash turi ekanligini koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
importni avtomatik litsenziyalash tartib-taomillari va ularning maʼmuriy maqsadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
importni litsenziyalashning avtomatik boʻlmagan tartib-taomili nazarda tutilgan boʻlsa, importni litsenziyalash tartibi orqali amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar koʻrsatilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalash tartib-taomilining kutilayotgan davomiyligi, agar buni baʼzi bir ehtimollik bilan taxmin qilish imkoni boʻlsa yoki boʻlmasa, bu maʼlumotni taqdim eta olmaslik sabablari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. JSTning Importni litsenziyalash qoʻmitasiga xabarnoma yuborish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Importni litsenziyalash qoʻmitasiga taqdim etilishi rejalashtirilgan xabarnoma loyihasi (keyingi oʻrinlarda — xabarnoma loyihasi)ni ishlab chiqish tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan manfaatdor davlat organlari, shuningdek, vakolatli organ bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xabarnoma loyihasi tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shaklda ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xabarnoma loyihasi tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan ishlab chiqilgandan keyin manfaatdor davlat organlari va vakolatli organ bilan oʻn ish kunida kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xabarnoma loyihasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasini xabardor qilgandan soʻng tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan vakolatli organga besh ish kunida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Xabarnoma vakolatli organ tomonidan ingliz tilida JSTning Xabarnomalar markaziy reyestriga hamda Importni litsenziyalash qoʻmitasiga elektron shaklda besh ish kunida yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vakolatli organ tomonidan xabarnomaning yakuniy matni mazmuniga taʼsir koʻrsatmaydigan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ushbu Nizomni koʻllash jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon savdo tashkilotining Importni litsenziyalash qoʻmitasiga xabarnoma yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon savdo tashkilotining Importni litsenziyalash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi bitimining 5.1 — 5.4-moddalari boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XABARNOMA SHAKLI*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi [kun, oy, yil] sanasidagi xabarnoma [XABARNOMA YUBORAYOTGAN AʼZO] delegatsiyasining iltimosiga binoan tarqatilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Koʻrsatkichlar

Xabarnoma maʼlumotlari

1.

Xabarnoma yuborayotgan aʼzo

2.

Yangi normativ-huquqiy hujjat nomi

3.

Eʼlon qilingan sana

[kun/oy/yil]

4.

Kuchga kirgan sana

[kun/oy/yil|

5.

Veb-sahifa havolasi

6.

JST Kotibiyatga normativ-huquqiy hujjat nusxasi (PDF) ilova qilindimi?

[__] Ha

[__] Yoʻq

7.

Xabarnoma turi

[__] (a) Litsenziyalash boʻyicha yangi normativ-huquqiy hujjat **;

(ushbu holatda 8 — 14 koʻrsatkichlar toʻldiriladi)

[__] (b) Avval xabarnoma yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar

(ushbu holatda 15-16 koʻrsatkichlar toʻldiriladi)

8.

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxati

(mahsulotning TIF TN kodlari va batafsil tavsiflari taqdim etiladi. Agar roʻyxat uzun boʻlsa, maʼlumotlar MS WORD formatda ilova qilinadi)

9.

Litsenziyalashning xususiyati

Avtomatik [__]

Avtomatik boʻlmagan [__]

10.

Maʼmuriy chora-tadbir maqsadi

□ ijtimoiy axloq normalariga rioya etish

□ inson hayoti va sogʻligʻini, shuningdek, hayvonot yoki oʻsimlik dunyosini himoya qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish

□ savdo statistikasini yigʻish yoki bozor nazoratini amalga oshirish

□ patentlar, tovar belgilari va mualliflik huquqlarini himoya qilish, firibgarlikka oid ishlarning oldini olish

□ BMT nizomi va boshqa xalqaro shartnomalar

(masalan, SITIES, Bazel konvensiyasi, Rotterdam konvensiyasi, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari va boshqa) boʻyicha majburiyatlarni bajarish

□ kvota (jumladan, tarif kvotalari) boshqaruvi

□ qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar yoki portlovchi moddalar importini tartibga soladi va milliy xavfsizlikni taʼminlaydi

□ boshqalar ____________

(tegishli bandlar belgilanadi)

11.

Arizalarni qabul qiluvchi maʼmuriy organ(lar)

vazirlik/idora [__]

manzil [__]

veb-sahifa [__]

telefon [__]

elektron pochta manzili [__]

12.

Litsenziya olish mezonlari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi organ

vazirlik/idora [__]

manzil [__]

veb-sahifa [__]

telefon [__]

elektron pochta manzili [__]

13.

Litsenziyalash jarayonining kutilayotgan muddati

14.

Xabarnomaning ingliz tilidagi qisqacha mazmuni

15.

7-pozitsiya xabarnoma maʼlumotlari ustunining (b) xatboshisida yangi oʻzgartirish(lar) turi

(a) tugatish

(b) toʻxtatib turish

(c) mavjud tartiblarda aniq tafsilotlarni oʻzgartirish:

□ qamrab olinadigan mahsulotlar;

□ maʼmuriy chora-tadbir maqsadi;

□ avtomatik yoki avtomatik boʻlmagan;

□ litsenziyalash muddati;

□ miqdor/qiymat cheklash xususiyati;

□ ariza beruvchilarning muvofiqligi;

□ muvofiqlik boʻyicha aloqa organ(lar)i;

□ ariza topshirish uchun maʼmuriy organ(lar);

□ hujjatlar talablari (jumladan, ariza shakli);

□ ariza topshirish muddati;

□ litsenziya berish uchun maʼmuriy organ(lar);

□ litsenziya uchun berilgan arizani koʻrib chiqish muddati;

□ litsenziya toʻlovi/maʼmuriy toʻlov;

□ depozit/avans toʻlovi va tegishli shartlar;

□ apellyatsiya qoidalari/tartiblari;

□ litsenziya amal qilishining tugash sanasi;

□ litsenziyaning boshqa shartlari (uzaytirish, oʻtkazish imkoniyati, foydalanmaslik uchun jarima va boshqalar);

□ valyuta talablari;

□ boshqalar: ____________

(tegishli bandlar belgilanadi)

16.

Oʻzgarishlarni batafsil bayoni

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Xabardor qiluvchi Aʼzo, shuningdek, ushbu shaklni har tomonlama va toʻliq toʻldirish orqali xabardor qilingan tegishli qonun/nizom/tartibga oid 1.4(a) va 8.2(b)-moddalari boʻyicha oʻzining xabardor qilish majburiyatlarini bajarganligi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Litsenziyalashning yangi Nizomi/tartibi deganda har qanday yangi kiritilgan qonun, nizom yoki tartib-qoidalar hamda amalda boʻlgan, lekin Qoʻmitaga birinchi marta xabar qilingan qonunlar tushuniladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2025-y., 09/25/463/0717-son)