12.07.2025 yildagi 430-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, lift va lift qurilmalarining xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni xalqaro andozalar asosida yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lift va lift qurilmalari xavfsizligiga qoʻyilgan asosiy talablar, muvofiqligini baholash tartibini nazarda tutuvchi Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Texnik reglament 2026-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2026-yil 1-iyuldan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrga qadar Texnik reglamentda belgilangan talablar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini hisobga olgan holda, lift va lift xavfsizlik qurilmalari muvofiqligini baholash tartibi hamda liftlarni “Milliy muvofiqlik belgisi” bilan tamgʻalash talablarini nazarda tutuvchi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Lift va lift qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablarini xavf-xatardan kelib chiqib, xalqaro standartlarga asoslangan holda belgilash, shuningdek, amaldagi davlat nazorati tizimidan bozor nazorati tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab 2027-yil 1-avgustga qadar ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, huquqiy eksperiment tariqasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik reglamentda belgilangan talablarga lift va lift xavfsizlik qurilmalaridan foydalanishda rioya qilinishi hamda aholining salomatligi, xavfsizligi va har qanday jamoatchilik manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bozor nazorati tizimi qoʻllanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi liftlar va lift xavfsizlik qurilmalari ustidan bozor nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
liftlar va lift xavfsizlik qurilmalari ustidan bozor nazorati vakolatli organ tomonidan quyidagilarni nazarda tutgan holda tashkil qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotning xavf-xatar keltirib chiqarishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan shikoyat yoki xabarni (maʼlumotni) koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotdan kelib chiqadigan xavf-xatar sababli inson sogʻligʻiga, mol-mulkiga, atrof-muhitga keltirilgan ziyon va baxtsiz hodisalarni monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy qilingan xavf-xatarni bartaraf etish choralarining natijadorligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlik masalalariga yoʻnaltirilgan ilmiy-texnikaviy yechimlarni oʻrganish hamda joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2027-yil 1-noyabrga qadar joriy qilinadigan huquqiy eksperiment natijasi boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan puxta ishlab chiqilgan taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bir oy muddatda Texnik reglament talablari bajarilishini taʼminlovchi standartlar roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar, tadbirkorlik subyektlari va keng jamoatchilikning xabardor qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi A.V. Rafikov hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 12-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
430-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyuldagi 430-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TEXNIK REGLAMENT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Texnik reglament lift va lift xavfsizlik qurilmalarining xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Texnik reglament talablari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va inshootlarda oʻrnatilgan doimiy xizmat koʻrsatuvchi hamda odamlarni, odamlar bilan birgalikda yuklarni koʻtarish, lift kabinasiga qiyinchiliksiz odam kirishi yoki chiqishini taʼminlovchi, kabinaning ichida joylashtirilgan yoki kabina ichidan turib boshqarish imkonini beruvchi boshqaruv tizimi oʻrnatilgan liftlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilgan Texnik reglament talablari tatbiq etiladigan lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Texnik reglament:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tezligi 0,15 m/s dan oshmaydigan yuk koʻtaruvchi qurilmalarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish maydonchasida foydalaniladigan koʻtarish moslamalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dor (kanat) yoʻllari, shu jumladan, funikulyor temir yoʻllariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy maqsadlarda foydalanish uchun maxsus ishlab chiqarilgan va qurilgan liftlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus ishlarni bajarish uchun moʻljallangan yuk koʻtarish moslamalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
togʻ-kon shaxtasida oʻrnatilgan koʻtarish moslamalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
badiiy tomoshalar (tadbirlar) paytida ijrochilarni koʻtarish uchun moʻljallangan koʻtarish moslamalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalariga oʻrnatilgan yuk koʻtarish moslamalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalariga (mashinaga) ulangan va maxsus ish zonalariga, shu jumladan, mashinalarga xizmat koʻrsatish va tekshirish punktlariga kirish uchun moʻljallangan koʻtarish moslamalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stendli va tishli yoʻnaltirgichga ega boʻlgan koʻtarish moslamalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eskalatorlar va mexanik harakatlanuvchi yoʻlaklarga (travalatorlarga) nisbatan qoʻllanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya — muvofiqlikni baholash organlarining muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatliligini akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya organi — muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilishga oid faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorga kiritish — lift xavfsizlik qurilmalarini dastlabki muomalaga chiqarish yoki tijorat faoliyati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish maqsadida liftlarni haq evaziga yoki bepul yetkazib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozor nazorati — ushbu Texnik reglamentda lift va lift xavfsizlik qurilmalariga, ularning xavfsizligiga nisbatan belgilangan talablarga rioya qilinishini hamda ulardan foydalanishda isteʼmolchilar salomatligi, xavfsizligi (zarur boʻlganda mol-mulki xavfsizligi) va har qanday jamoatchilik manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlash maqsadida bozor nazorati organi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar va qoʻllangan choralar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozor nazorati organi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli vakil — lift va lift qurilmalarini oʻrnatuvchi yoki ishlab chiqaruvchidan muayyan vazifalarni bajarishda uning nomidan harakat qilishga rasmiy vakolat olgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega har qanday yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat nazorati organi — xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan belgilangan davlat nazoratini amalga oshirishga qonunchilik bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
distribyutor — taʼminot zanjirida lift xavfsizlik qurilmalarini ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan farqli ravishda muomalaga chiqaruvchi yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy operatorlar — oʻrnatuvchi, ishlab chiqaruvchi, vakolatli vakil, import qiluvchi va distribyutor faoliyatini amalga oshiruvchi subyekt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi — lift xavfsizlik qurilmasini ishlab chiqaruvchi yoki loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan lift xavfsizlik qurilmasiga ega boʻlgan va oʻz nomi yoki tovar belgisi ostida sotuvchi yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qiluvchi — boshqa davlatdan lift xavfsizlik qurilmalarini Oʻzbekiston Respublikasi bozoriga kirituvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kabina — liftning bir qismi boʻlib, odamlar va (yoki) yuklarni koʻtarish yoki tushirish maqsadida ularni sathida ushlab turuvchi moslama;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lift — ogʻish burchagi gorizontal boʻylab 15° (gradus)dan oshadigan yoʻnalishda harakatlanadigan, odamlarni va (yoki) yuklarni kabinada koʻtarish/tushirish uchun moʻljallangan yoki qoʻzgʻalmas yoʻnaltiruvchi mexanizmlar boʻylab bir sathdan boshqa sathga harakatlanmaganda ham belgilangan trayektoriya boʻylab (magnit va boshqa vositalarda) harakatlanuvchi koʻtarish qurilmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muomalaga chiqarish — tijorat faoliyati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish yoki taqsimlash maqsadida lift xavfsizlik qurilmalarini haq evaziga yoki bepul har qanday yetkazib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlikni baholash — lift yoki lift xavfsizlik qurilmalarining ushbu Texnik reglamentda belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlashga oid faoliyat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlikni baholash organi — muvofiqlikni baholashga oid faoliyatni qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“milliy muvofiqlik belgisi” bilan tamgʻalash — oʻrnatuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan lift yoki lift xavfsizlik qurilmalariga “milliy muvofiqlik belgisi” bilan tamgʻalash tartibini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablarga muvofiq ekanligini tasdiqlash maqsadida ularga maxsus belgi tushirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib tashlash — taʼminot zanjirida lift xavfsizlik qurilmasining muomalaga chiqarilishining oldini olishga qaratilgan har qanday chora;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlashtirish boʻyicha milliy organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik tasniflanish — lift yoki lift xavfsizlik qurilmalari muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan texnik talablar aks ettirilgan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan standart — liftlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentning talablari bajarilishini taʼminlovchi standartlar roʻyxatiga kiritilgan normativ hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻxshash modelli lift — belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar boʻyicha oʻxshash modelli lift parametrlariga muvofiq boʻlgan va aynan bir xil lift xavfsizlik qurilmalaridan foydalaniladigan liftlarning turi boʻlib, uning texnik hujjatlarida, mazkur Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan Liftlar va lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan qoʻllanadigan asosiy xavfsizlik talablariga mos keluvchi qurilma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrnatuvchi — liftni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, oʻrnatish va bozorga kiritishdagi javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chaqirib olish — liftni demontaj va xavfsiz utilizatsiya qilish, oʻrnatuvchiga yoki foydalanuvchiga yetkazib berilgan lift xavfsizlik qurilmalarini qaytarib olishga qaratilgan chora.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Erkin harakatlanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlgan liftlarni bozorga kiritishga yoki foydalanishga qabul qilinishiga yoxud lift xavfsizlik qurilmalarining muomalaga chiqarilishiga taqiq, cheklov oʻrnatishga yoki toʻsqinlik qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Texnik reglament talablari savdo yarmarkalarida, koʻrgazmalarda va mahsulot namoyishida koʻrsatiladigan liftlar va liftlarning xavfsizlik qurilmalariga nisbatan qoʻllanmaydi. Bunday hollarda liftlar va liftlarning xavfsizlik qurilmalari ushbu Texnik reglament talablariga muvofiq emas, deb topilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilmaguncha va ularning belgilangan talablarga muvofiqligi taʼminlanmagunga qadar muomalaga chiqarilishiga yoki bozorga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida maʼlumot bilan yorliqlangan (tamgʻalangan) boʻlishi shart. Koʻrgazmalarda (namoyishlarda) odamlarning xavfsizligini taʼminlash uchun zarur choralar koʻrilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu Texnik reglament liftlar foydalanishga topshirilishida yoki ekspluatatsiya qilinishida odamlar xavfsizligini himoyalash maqsadida tegishli qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur qoʻshimcha talablarning belgilanishiga toʻsqinlik qilmaydi. Bunday holatlarda lift yoki lift xavfsizlik qurilmalarida ushbu Texnik reglament talablariga nomuvofiq boʻladigan holatlarga olib keluvchi darajada oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Bozorga kiritish, muomalaga chiqarish va foydalanishga kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Texnik reglament qamrovidagi liftlar, ushbu Texnik reglamentga muvofiq toʻgʻri oʻrnatilgan va xizmat koʻrsatilgan hamda ulardan asosiy maqsadda foydalanilgan taqdirdagina ularning bozorga kiritilishiga va foydalanishga topshirishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Texnik reglament qamrovidagi lift xavfsizlik qurilmalari ushbu Texnik reglamentga muvofiq holda liftga toʻgʻri oʻrnatilgan, xizmat koʻrsatilgan va asosiy maqsadda foydalanilgan taqdirdagina, ularni muomalaga chiqarishga va foydalanishga topshirishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Asosiy xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu Texnik reglament talablari qoʻllanadigan liftlar va lift xavfsizlik qurilmalari 2-ilovada keltirilgan Liftlar va lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan qoʻllanadigan asosiy xavfsizlik talablariga javob berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Liftlar oʻrnatilgan binolar va inshootlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Liftning texnik parametri doirasida talabga muvofiq ishlashi va undan xavfsiz foydalanishni taʼminlash maqsadida bino yoki inshootlarda olib boriladigan ishlar uchun masʼul tashkilot (yuridik shaxs) va oʻrnatuvchi tashkilot (yuridik shaxs) bir-biriga zarur maʼlumotlarni taqdim etishi va tegishli xavfsizlik choralarini koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Liftlar uchun moʻljallangan shaxtalar liftning ishlashi va xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlmagan boshqa quvurlar, kabellar yoki boshqa jihozlardan xoli boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Iqtisodiy operatorlarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Oʻrnatuvchilarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Liftni bozorga kiritishda oʻrnatuvchilar lift ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan Liftlar va lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan qoʻllanadigan asosiy xavfsizlik talablariga muvofiq loyihalashtirilgani, ishlab chiqarilgani, oʻrnatilgani va sinovdan oʻtkazilganini nazorat qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻrnatuvchilar texnik hujjatlarni tayyorlashi va ushbu Texnik reglamentda belgilangan tegishli muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini bajarishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar belgilangan tartib-taomillarni bajarish orqali liftning xavfsizlik talablariga muvofiqligi tasdiqlangan boʻlsa, oʻrnatuvchi muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani tuzishi va uning lift bilan birga muvofiqlikni baholash organiga taqdim qilinishini taʼminlashi hamda liftni muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻrnatuvchi texnik hujjatlar toʻplamini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning va talab etilgan hollarda sifat tizimini maʼqullash toʻgʻrisidagi qarorning lift bozorga kiritilgan sanadan boshlab oʻn yil davomida oʻzida saqlanishini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Liftda yuzaga kelgan xavf-xatarlar oʻrinli deb topilganda, oʻrnatuvchilar isteʼmolchilarning sogʻligʻi va xavfsizligini himoya qilish maqsadida kelib tushgan shikoyatlarni oʻrganishi hamda shikoyatlar va belgilangan talablarga nomuvofiq liftlarning reyestrini yuritishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻrnatuvchi liftlarda ularning turi, toʻpi yoki seriya raqami yoxud uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi boshqa yorliq aks ettirilishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻrnatuvchilar liftda oʻzlarining nomlari, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan tovar belgisi va u bilan bogʻlanish uchun aloqa uchun maʼlumotlarni, shu jumladan, pochta manzilini koʻrsatishi kerak. Aloqa uchun maʼlumotlar foydalanuvchilar va bozor nazorati organi tomonidan oson tushuniladigan tilda koʻrsatilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻrnatuvchilar lift bilan birga ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan talablarga mos va foydalanuvchilar uchun davlat tilida ishlab chiqilgan pasport taqdim etilishini taʼminlashi shart. Liftning pasporti, shuningdek, har qanday yorliq aniq va tushunarli boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻrnatuvchi oʻzi bozorga kiritgan liftni ushbu Texnik reglament talablariga muvofiq emas deb topsa yoki muvofiqligiga shubha qilsa, bunday liftning muvofiqligini taʼminlash uchun barcha zarur boʻlgan tuzatish choralarini koʻrishi shart. Agar lift bilan bogʻliq xavf yuzaga kelgan taqdirda, oʻrnatuvchi darhol bozor nazorat organini bu haqida xabardor qilishi va aniqlangan nomuvofiqliklar hamda uni tuzatish maqsadida amalga oshirilgan choralarning tafsilotlarini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻrnatuvchi bozor nazorati organining soʻroviga koʻra liftning ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumot va hujjatlarni elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrnatuvchi bozor nazorati organi soʻroviga koʻra bozorga joylashtirilgan liftlarda yuzaga kelgan xavf-xatarlarni bartaraf qilish bilan bogʻliq choralar koʻrishda amaliy yordam koʻrsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Ishlab chiqaruvchining majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ishlab chiqaruvchi lift xavfsizlik qurilmalarining bozorga kiritilishida, ularning ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiq loyihalashtirilishi va ishlab chiqarilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ishlab chiqaruvchi talab qilingan texnik hujjatlarni tayyorlashi va ushbu Texnik reglamentning 50-bandida belgilangan tegishli muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tegishli tartib-taomilni bajarish orqali lift xavfsizlik qurilmalarining belgilangan asosiy xavfsizlik talablariga muvofiqligi taʼminlangan boʻlsa, ishlab chiqaruvchi muvofiqlik deklaratsiyasini tuzishi, uni xavfsizlik qurilmasi bilan birga taqdim qilishi va lift xavfsizlik qurilmasini milliy muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ishlab chiqaruvchi texnik hujjatlarni, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya talab etilgan hollarda maʼqullashga oid qarorni lift xavfsizlik qurilmalari bozorga kiritilgan sanadan boshlab oʻn yil davomida saqlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Lift va lift xavfsizlik qurilmalari seriyali ishlab chiqarilishda ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu Texnik reglament talablariga doimiy muvofiqlikni taʼminlashi uchun zarur tartib-taomillar joriy qilingan boʻlishi lozim. Mahsulot konstruksiyasi va xususiyatidagi oʻzgarishlar, lift xavfsizlik qurilmasining muvofiqligi tasdiqlangan standartlarga yoki boshqa texnik tasniflanishlarga (spetsifikatsiyalarga) kiritilgan oʻzgartirishlar ishlab chiqaruvchi tomonidan doimiy ravishda inobatga olinib borilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lift xavfsizlik qurilmasida yuzaga kelgan xavf-xatarlar oʻrinli deb topilganda, ishlab chiqaruvchi isteʼmolchilarning sogʻligʻi va xavfsizligini himoya qilish maqsadida, muomalaga chiqarilgan lift xavfsizlik qurilmasi namunasida sinov oʻtkazishi, kelib tushgan shikoyatlarni oʻrganishi, shikoyatlar va nomuvofiq lift xavfsizlik qurilmalari va chaqirib olingan lift xavfsizlik qurilmalarining reyestrini yuritishi hamda oʻrnatuvchilar va distribyutorlarni bu kabi monitoring choralari haqida xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ishlab chiqaruvchi bozorga kiritilgan lift xavfsizlik qurilmalarining turi, seriya raqami yoki ularni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi yorliqqa ega boʻlishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ishlab chiqaruvchi lift xavfsizlik qurilmasida oʻz nomi, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan tovar belgisini va u bilan bogʻlanish mumkin boʻlgan maʼlumotlarni, shu jumladan, pochta manzilini yorliqda aks ettirilishini taʼminlashi shart. Aloqa uchun maʼlumotlar foydalanuvchilar va bozor nazorati organi tomonidan oson oʻqiladigan va tushuniladigan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ishlab chiqaruvchilar lift xavfsizlik qurilmasi bilan birga ushbu Texnik reglamentga 2-ilovaning 38-bandida nazarda tutilgan talabga mos va foydalanuvchilar uchun davlat tilida ishlab chiqilgan foydalanish yoʻriqnomasini taqdim qilishi shart. Lift xavfsizlik qurilmasining foydalanish yoʻriqnomasi, shuningdek, qoʻllanadigan har qanday yorliq davlat tilida boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ishlab chiqaruvchining oʻzi bozorga kiritgan lift xavfsizlik qurilmasi ushbu Texnik reglament talablariga muvofiq emas deb topsa yoki muvofiqligiga shubha qilsa, zudlik bilan bunday lift xavfsizlik qurilmasining muvofiqligini taʼminlash uchun mos ravishda uni chaqirib olish yoki taʼminot zanjiridan olib tashlashni nazarda tutuvchi (tuzatish) choralarini koʻrishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar lift xavfsizlik qurilmasi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelsa, ishlab chiqaruvchi darhol bozor nazorat organini bu haqida xabardor qilishi va aniqlangan nomuvofiqlik va uni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilgan choralarning tafsilotlarini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ishlab chiqaruvchi bozor nazorat organining soʻroviga koʻra, lift xavfsizlik qurilmasining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumot va hujjatlarni elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqaruvchi bozorga kiritgan lift xavfsizlik qurilmasida yuzaga kelgan xavf-xatarlarni bartaraf qilish bilan bogʻliq choralarni koʻrishda bozor nazorat organi bilan uning soʻroviga koʻra hamkorlik qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Vakolatli vakillar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ishlab chiqaruvchi yoki oʻrnatuvchi oʻzining rasmiy qarori asosida vakolatli vakilini tayinlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Texnik reglamentning 12 va 20-bandlarida nazarda tutilgan majburiyatlar hamda 13 va 22-bandlarda belgilangan texnik hujjatlarni tayyorlashga oid majburiyatlar vakolatli vakilning vakolati doirasiga kiritilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Vakolatli vakil ishlab chiqaruvchi yoki oʻrnatuvchi tomonidan berilgan vakolat doirasida belgilangan vazifalarni bajarishi shart. Vakolatli vakil quyidagilarni bajarishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani va agar mavjud boʻlsa, ishlab chiqaruvchi yoki oʻrnatuvchining sifat tizimini maʼqullashga oid qarorlarini va texnik hujjatlarini lift yoki lift xavfsizlik qurilmasi bozorga kiritilgan sanadan boshlab oʻn yil davomida bozor nazorati organining foydalanish zarurati uchun saqlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bozor nazorati organi soʻroviga muvofiq lift xavfsizlik qurilmasining yoki liftning belgilangan talablarga muvofiqligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumot va hujjatlarni taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) bozor nazorati organi soʻroviga muvofiq vakolatli vakil lift xavfsizlik qurilmasida yoki liftda yuzaga kelgan xavf-xatarlarni bartaraf qilish bilan bogʻliq choralarni koʻrishda bozor nazorati organi bilan hamkorlik qilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Import qiluvchining majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Import qiluvchilar faqat belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan lift xavfsizlik qurilmalarini bozorga kiritishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Lift xavfsizlik qurilmalarini bozorga kiritishdan avval, import qiluvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu Texnik reglamentning 50-bandida nazarda tutilgan tegishli muvofiqlikni baholash tartib-taomili bajarilganiga ishonch hosil qilishi shart. Bunda import qiluvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik hujjatlar tayyorlanishi, lift xavfsizlik qurilmalari milliy muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishi, lift xavfsizlik qurilmasi muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya va zarur hujjatlar bilan birga taqdim qilinishi hamda ushbu Texnik reglamentning 25 va 26-bandlarida belgilangan talablar bajarilishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar import qiluvchi lift xavfsizlik qurilmasini ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiq emas deb topsa yoki muvofiqligiga shubha qilsa, bunday lift xavfsizlik qurilmasi belgilangan talablarga muvofiqligi taʼminlanmagunga qadar bozorga kiritilmasligi lozim. Agar lift xavfsizlik qurilmasi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelgani aniqlansa, import qiluvchi ishlab chiqaruvchini va bozor nazorati organini bu haqida xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Import qiluvchi oʻz nomi, roʻyxatdan oʻtgan tovar belgisini va u bilan bogʻlanish mumkin boʻlgan pochta manzilini lift xavfsizlik qurilmasida koʻrsatishi kerak. Agar buning imkoni boʻlmasa, lift xavfsizlik qurilmasining qadogʻida yoki u bilan birgalikda taqdim qilinadigan hujjatlarda bunday maʼlumotlarning koʻrsatilishi talab etiladi. Aloqa uchun maʼlumotlar davlat tilida boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Import qiluvchi lift xavfsizlik qurilmasi bilan birga ushbu Texnik reglamentga 2-ilovaning 38-bandida nazarda tutilgan, davlat tilida ishlab chiqilgan foydalanish yoʻriqnomasi taqdim qilinishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Import qiluvchi lift xavfsizlik qurilmasi uning javobgarligida boʻlgan davr mobaynida, saqlash yoki tashish sharoitlarini lift xavfsizlik qurilmasining ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada nazarda tutilgan asosiy xavfsizlik talablariga muvofiqligiga xavf tugʻdirmasligini taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Lift xavfsizlik qurilmasida yuzaga kelgan xavf-xatarlar haqiqatda mavjud deb topilganda, import qiluvchi isteʼmolchilarning sogʻligʻi va xavfsizligini himoya qilish maqsadida, muomalaga chiqarilgan lift xavfsizlik qurilmasi namunasida sinov oʻtkazishi, kelib tushgan shikoyatlarni oʻrganishi, shikoyatlar va nomuvofiq lift xavfsizlik qurilmalari, chaqirib olingan lift xavfsizlik qurilmalari reyestrini yuritishi hamda oʻrnatuvchilar va distribyutorlarni monitoring choralari haqida xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Agar import qiluvchi oʻzi bozorga kiritgan lift xavfsizlik qurilmasini ushbu Texnik reglamentning talablariga muvofiq emas deb topsa yoki muvofiqligiga shubha qilsa, zudlik bilan bunday lift xavfsizlik qurilmasining muvofiqligini taʼminlash uchun uni mos ravishda chaqirib olish yoki taʼminot zanjiridan olib tashlashni nazarda tutuvchi tuzatish kabi choralarini koʻrishi shart. Agar lift xavfsizlik qurilmasi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelgan taqdirda, import qiluvchi darhol bozor nazorat organini bu haqida xabardor qilishi hamda aniqlangan nomuvofiqlik va uni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilgan tuzatish choralarining tafsilotlarini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Import qiluvchi muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning nusxasini va talab etilgan hollarda maʼqullashga oid qarorlarni lift xavfsizlik qurilmalari bozorga kiritilgan sanadan boshlab oʻn yil davomida bozor nazorati organi ixtiyorida saqlashi va uning soʻroviga muvofiq texnik hujjatlarni taqdim qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Import qiluvchi bozor nazorati organining asosli soʻroviga binoan lift xavfsizlik qurilmasining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumot va hujjatlarni davlat tilida elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Distribyutorning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Lift xavfsizlik qurilmalarini bozorga kiritishda distribyutorlar ushbu Texnik reglament talablariga rioya qilinishiga alohida eʼtibor qaratishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Lift xavfsizlik qurilmasini bozorga kiritishdan avval distribyutor lift xavfsizlik qurilmalari milliy muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanganini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi mavjudligini, zarur hujjatlar bilan birga ushbu Texnik reglamentga 2-ilovaning 38-bandida nazarda tutilgan foydalanuvchilar uchun davlat tilida ishlab chiqilgan foydalanish yoʻriqnomasi bilan birga taqdim qilinganini hamda mos ravishda ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu Texnik reglamentning 25-26-bandlarida belgilangan majburiyatlar va 34-bandda belgilangan majburiyatlarning import qiluvchi mos ravishda bajarganini tekshirib olishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Agar distribyutor lift xavfsizlik qurilmasini ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada belgilangan talablariga muvofiq emas deb topsa yoki muvofiqligiga shubha qilsa, lift xavfsizlik qurilmasining belgilangan talablarga muvofiqligi taʼminlanmagunga qadar bozorga kiritishi mumkin emas. Agar lift xavfsizlik qurilmasi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelsa, distribyutor ishlab chiqaruvchini yoki import qiluvchini, shuningdek, bozor nazorati organini bu haqida xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Lift xavfsizlik qurilmasi distribyutorning javobgarligida boʻlgan davrda saqlash yoki tashish sharoitlari lift xavfsizlik qurilmasining ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada nazarda tutilgan asosiy xavfsizlik talablariga muvofiqligiga xavf tugʻdirmasligini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Agar distribyutor oʻzi bozorga kiritgan lift xavfsizlik qurilmasini ushbu Texnik reglamentning talablariga muvofiq emas deb topsa yoki muvofiqligiga shubha qilsa, zudlik bilan bunday lift xavfsizlik qurilmasining muvofiqligini taʼminlash uchun mos ravishda bunday qurilmani chaqirib olishi yoki taʼminot zanjiridan olib tashlashni nazarda tutuvchi tuzatish choralarini koʻrishi shart. Agar lift xavfsizlik qurilmasi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelgan taqdirda, distribyutor darhol bozor nazorati organini bu haqida xabardor qilishi va aniqlangan nomuvofiqlik va uni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilgan tuzatish choralarining tafsilotlarini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Distribyutor vakolatli bozor nazorati organining soʻroviga muvofiq lift xavfsizlik qurilmasining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumot va hujjatlarni elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim qilishi shart. Distribyutor, muomalaga chiqarilgan lift xavfsizlik qurilmasida yuzaga kelgan xavf-xatarlarni bartaraf qilish bilan bogʻliq choralarni koʻrishda bozor nazorat organi bilan uning soʻroviga muvofiq hamkorlik qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Ishlab chiqaruvchi majburiyatlarining import qiluvchi yoki distribyutorga nisbatan qoʻllanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Import qiluvchi yoki distribyutor lift xavfsizlik qurilmasini oʻz nomi yoki tovar belgisi ostida bozorga joylashtirgan yoki bozorda allaqachon mavjud lift xavfsizlik qurilmalariga ularning ushbu Texnik reglamentning talablariga muvofiqligiga taʼsir qiladigan tarzda oʻzgartirish kiritgan boʻlsa, bunday hollarda import qiluvchi yoki distribyutor ushbu Texnik reglament doirasida ishlab chiqaruvchi deb hisoblanadi va Texnik reglamentning 2-bobi 2-paragrafiga muvofiq ishlab chiqaruvchining majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Iqtisodiy operatorlarni aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Bozor nazorati organining soʻroviga muvofiq iqtisodiy operatorlar yetkazib berish zanjirida lift xavfsizlik qurilmalarini ularga yetkazib beruvchi hamda, oʻz navbatida, ular yetkazib berayotgan iqtisodiy operator toʻgʻrisida maʼlumotlarni aniqlab berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy operatorlar yuqorida qayd etilgan lift xavfsizlik qurilmalari maʼlumotlarini ularga va oʻz navbatida ular tomonidan yetkazib berilgan sanadan boshlab oʻn yil davomida taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlishlari (taʼminlashlari) kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Liftlar va lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Liftlar va lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligi prezumpsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Lift yoki lift xavfsizlik qurilmasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan standartlar yoki ularning tegishli qismi talablariga muvofiq boʻlsa, tasdiqlangan standartlar yoki ularning tegishli qismlari bilan qamrab olingan ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan Liftlar va lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan qoʻllanadigan asosiy xavfsizlik talablariga muvofiqligi taʼminlangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Ishlab chiqaruvchi tomonidan lift xavfsizlik qurilmalari bozorga kiritilgunga qadar muvofiqlikni baholash tartib-taomillarining quyidagi kombinatsiyalarining biridan oʻtkazilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mahsulotni loyihalashtirish bosqichida lift xavfsizlik qurilmasi turini tasdiqlashdan oʻtkazish hamda lift xavfsizlik qurilmasini nomuayyan vaqt oraligʻida tekshirish asosida tasdiqlangan turiga nisbatan muvofiqligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mahsulotni loyihalashtirish bosqichida lift xavfsizlik qurilmasi turini tasdiqlashdan oʻtkazish hamda ishlab chiqarilgan lift xavfsizlik qurilmasi bunday qurilmalarning tasdiqlangan turiga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan tayyor mahsulot sifatini kafolatlash boʻyicha mavjud tizimini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ishlab chiqarishda lift xavfsizlik qurilmasining muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli sifatni kafolatlash boʻyicha mavjud tizimini baholash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Liftlarning muvofiqligini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Liftlar bozorga hamda foydalanishga kiritilgunga qadar ularga nisbatan muvofiqlikni baholash tartib-taomillarining quyidagi kombinatsiyalaridan biri oʻtkazilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) liftlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayinlangan vakolatli (notifikatsiya qilingan) organda ularning tegishli turi tasdiqlashdan oʻtkazilgan oʻxshash modelli lift parametrlari va xususiyatlari tavsifiga muvofiq holda loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilganini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy inspeksiyadan oʻtkazish yoki liftning tasdiqlashdan oʻtkazilgan oʻxshash modelli liftga nisbatan muvofiq ekanligini kafolatlovchi sifat tizimi mavjudligini baholash yoxud ishlab chiqarishda liftning tasdiqlangan turga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan tayyor mahsulot sifatini kafolatlash tizimini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishda liftning muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli sifatni kafolatlash tizimi bilan birgalikda liftni ishlab chiqarish loyihasi ham baholanganini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootlarda oʻrnatilgan lift yakuniy inspeksiyadan oʻtkazilishi yoki tayyor liftning tasdiqlangan turga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan tayyor mahsulot sifatini kafolatlash tizimini baholash yoxud ishlab chiqarishda liftning tasdiqlangan lift turiga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan tayyor mahsulot sifatini kafolatlash tizimini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) har bitta liftning muvofiqligini tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday kombinatsiyalar tanlanganda lift xavfsizlik qurilmasining muvofiqligi baholangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Agar 51-bandning “a” va “b” kichik bandlarida keltirilgan holatlarda liftni loyihalashtirish va ishlab chiqarish uchun masʼul shaxs liftni oʻrnatish va uning sinovdan oʻtkazilishi uchun masʼul boʻlgan shaxsdan boshqa shaxs boʻlsa, lift lozim darajada oʻrnatilishi va sinovdan oʻtkazilishi uchun avvalgi shaxs keyingi shaxsga barcha zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Oʻxshash modelli lift va oʻxshash modelli lift asosida yaratilgan liftlar oʻrtasidagi ruxsat etilgan (yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan) farqlar texnik hujjatlarda (tegishli parametrlarning maksimum va minimum cheklanishlarini hisobga olgan holda) aniq koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Asosiy xavfsizlik koʻrsatkichlari taʼminlanishi sharti bilan hisob-kitoblar va (yoki) loyihalashtirish rejalari asosida uskunalarning aynan birxilligi taʼminlanishiga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Ushbu Texnik reglamentning 3-bobi 2 va 3-paragraflarida nazarda tutilgan lift xavfsizlik qurilmalari va liftlarning muvofiqligini baholash tartib-taomillari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada belgilangan Liftlar va lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan qoʻllanadigan asosiy xavfsizlik talablari bajarilganligini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Muvofiqlik toʻgʻrisida deklaratsiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan muvofiqlikni baholash tartib-taomillarida nazarda tutilgan shaklda boʻlishi, ularning elementlarini oʻz ichiga olishi va doimiy ravishda yangilanib turishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Agar lift yoki lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan muvofiqlik toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etilishini talab qiluvchi uchun bir nechta texnik reglamentlar yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, u holda barcha hujjatlar aks ettirilgan holda yagona muvofiqlik toʻgʻrisida deklaratsiya rasmiylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani rasmiylashtirish bilan ishlab chiqaruvchi lift xavfsizlik qurilmalarining, oʻrnatuvchi esa liftning ushbu Texnik reglamentda belgilangan barcha talablarga muvofiqligi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Milliy muvofiqlik belgisini qoʻllash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Milliy muvofiqlik belgisini qoʻllash Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan liftlarni milliy muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash tartibini belgilovchi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Liftlarni milliy muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash, faqat ishlab chiqaruvchi yoki oʻrnatuvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ushbu Texnik reglament doirasida muvofiqlikni baholashni amalga oshiruvchi muvofiqlikni baholash organlarini tayinlovchi (notifikatsiya qiluvchi) vakolatli organ (keyingi organlarda — Vakolatli organ) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Vakolatli organ tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Ushbu Texnik reglament doirasida Vakolatli organ, tayinlangan organlar va boshqa manfaatdor taraflar oʻrtasida oʻzaro kooperatsiya va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda muvofiqlashtirish maqsadida Lift xavfsizligi masalalari boʻyicha idoralararo Texnik qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Texnik qoʻmita) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Texnik qoʻmita tarkibi Vakolatli organ, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Standartlashtirish boʻyicha milliy organ, Akkreditatsiya organi, bozor nazorati organi, tayinlangan organlar va iqtisodiy operatorlarning vakillaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Texnik qoʻmita nizomi va tarkibi Vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Muvofiqlikni baholovchi tayinlangan organ Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga qoʻshimcha ravishda quyidagi maxsus talablarga mos boʻlishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Texnik reglamentning 64-bandiga muvofiq tashkil etilgan Texnik qoʻmita faoliyatida ishtirok etishi yoki muvofiqlikni baholash ishlarini bajarish uchun masʼul xodimlarining standartlashtirish hamda Texnik qoʻmita faoliyati natijalaridan doimiy xabardor boʻlishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlari ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada belgilangan asosiy xavfsizlik talablari, tasdiqlangan standartlar va boshqa tegishli qonunchilik talablari toʻgʻrisida bilim va koʻnikmaga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Texnik reglamentning 64-bandida nazarda tutilgan Texnik qoʻmita tomonidan qabul qilingan koʻrsatma va hujjatlarni oʻz faoliyatining umumiy boshqaruv hujjatlari sifatida qabul qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Lift va lift qurilmalari xavfsizligi ustidan bozor nazoratini oʻtkazish va taʼsir choralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Lift va lift qurilmalari xavfsizligi ustidan bozor nazoratini oʻtkazishning umumiy qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Lift va lift xavfsizlik qurilmalari xavfsizligi ustidan bozor nazorati ushbu bobda keltirilgan tartibda tashkil qilinishi va amalga oshirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Bozor nazorati tizimi ushbu Texnik reglament bilan qamrab olingan mahsulotlar toʻgʻri oʻrnatilgan, xizmat koʻrsatilgan va belgilangan maqsadda yoki sharoitlarda ishlatilgan taqdirda, foydalanuvchilarining sogʻligʻi yoki xavfsizligini taʼminlashi, aks holda bu mahsulotlar nomuvofiq hisoblanib yetkazib berish zanjiridan chiqarilishini yoki muomalaga chiqarilishini chegaralashi yoxud taqiqlashi hamda bular haqida keng jamoatchilik xabardor qilinishini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Bozor nazorati tizimi va uni tashkil etuvchi hujjatlar ushbu Texnik reglament talablari qoʻllanadigan har qanday mahsulotga nisbatan samarali taʼsir choralarini qoʻllash imkoniyatlarini oʻzida mujassam etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Bozor nazorati ushbu Texnik reglament talablari qoʻllanadigan tayyor yigʻilgan yoki ishlab chiqaruvchining yoxud oʻrnatuvchining zarur ehtiyoji uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga (lift va lift xavfsizlik qurilmalariga) nisbatan qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Bozor nazorati quyidagilarni nazarda tutgan holda tashkil qilinishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotning xavf-xatar keltirib chiqarishi bilan bogʻliq holatlarda kelib tushgan shikoyat yoki xabarni koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotdan kelib chiqadigan xavf-xatar sababli inson sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon va baxtsiz hodisalarni monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bartaraf etish (tuzatish) choralarining natijadorligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlik masalalariga qaratilgan ilmiy-texnikaviy yechimlarni kuzatib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Bozor nazorati organi oʻzining zimmasiga yuklatilgan vazifani samarali bajarishi uchun tegishli vakolat, resurs, bilim-tajribali xodimlarga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Bozor nazorati organi unga berilgan vakolatdan mutanosiblik tamoyili asosida foydalanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozor nazorati organi oʻz vazifalarini mustaqil, begʻaraz va xolis asosda bajarishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Bozor nazorati organi lift va lift xavfsizlik qurilmalari boʻyicha bozor nazorati dasturini ishlab chiqishi, joriy qilishi va doimiy yangilab borishi, shuningdek, ushbu dasturni va unga kiritilgan oʻzgartirishlarni jamoatchilik uchun ochiqlab borishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Bozor nazorati organi tomonidan olib borilayotgan bozor nazoratining natijadorligi muntazam ravishda tahlil qilib borilishi va asoslar mavjud boʻlganda qayta koʻrib chiqilishi lozim. Bunday tahlillar kamida har ikki yilda amalga oshirilishi, natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritilishi, shuningdek, manfaatdor tomonlar va jamoatchilik uchun tahlil natijalari ochiqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Bozor nazorati organi hujjatlashtirilgan maʼlumotlarni oʻrganishi hamda belgilangan miqdordagi namunalar asosida, koʻzdan kechirish yoki laboratoriyada sinovlar oʻtkazish orqali mahsulot xususiyatlari ustidan tekshiruvlarni oʻtkazishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda bozor nazorati organi aniqlangan xavf-xatarni baholash tamoyillari, kelib tushgan shikoyatlar va boshqa maʼlumotlarni inobatga olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Bozor nazorati organi oʻz faoliyatini olib borish zaruratidan kelib chiqib, iqtisodiy operatorlardan hujjat va maʼlumotlarni talab qilishi hamda iqtisodiy operatorlar joylashgan hududlarga qonunchilikda belgilangan tartibda kirishi va mahsulotlardan namunalar olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Bozor nazorati organi, jiddiy xavf-xatar keltirib chiqaruvchi lift yoki lift qurilmalarini yoʻq qilish boʻyicha iqtisodiy operatorlarga taqdimnoma (koʻrsatma) berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Iqtisodiy operatorlar muvofiqlikni tasdiqlash maqsadida akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organi tomonidan rasmiylashtirilgan sinov bayonnomalari yoki sertifikatlarni taqdim qilgan taqdirda, bozor nazorati organi bunday sinov bayonnomalari yoki muvofiqlik sertifikatlarini inobatga olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Jarohatlanish yoki boshqa shikastlanishlar xavfini kamaytirish maqsadida, bozor nazorati organi eng qisqa muddat ichida foydalanuvchilarni lift yoki lift xavfsizlik qurilmasida aniqlangan xavf haqida ogohlantirish uchun zaruriy choralarni koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Bozor nazorati organi iqtisodiy operatorlar bilan ayni shu iqtisodiy operatorlar tomonidan muomalaga chiqarilgan lift yoki lift xavfsizlik qurilmasidan kelib chiquvchi xavf-xatarning oldini olish yoki uni kamaytirishi mumkin boʻlgan barcha choralarni qoʻllashda hamkorlik qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Bozor nazorati organi, foydalanuvchilar manfaatlaridan kelib chiqib, ushbu Texnik reglamentda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan maʼlumotlarni ochiqlash talabiga zid boʻlmagan holda, zaruratga koʻra tijoriy sirni saqlash yoki shaxsiy maʼlumotlarni himoyalash maqsadida tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar doirasida maxfiylikni taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Taʼsir choralarini qoʻllash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Tezkor chora koʻrish talab qilinadigan jiddiy xavf-xatar keltirib chiqaruvchi lift yoki lift xavfsizlik qurilmalari, oqibati qisqa vaqtda yuzaga kelmaydigan jiddiy xavf-xatar keltirib chiqaruvchi lift yoki lift xavfsizlik qurilmalari chaqirib olinishi, taʼminot zanjiridan olib tashlanishi yoki muomalaga chiqarilishi taqiqlanishi hamda barcha manfaatdor tomonlar zudlik bilan bu haqida xabardor qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Xavfning xususiyati va uning sodir boʻlish ehtimolini inobatga oluvchi xavf-xatar tahlili asosida mahsulot jiddiy xavf-xatar keltirib chiqarishi yoxud keltirib chiqarmasligi yuzasidan bozor nazorati organi tegishli qarorni qabul qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori darajadagi xavfsizlikka erishish imkoniyati yoki pastroq darajadagi xavf keltirib chiqaruvchi boshqa lift yoki lift xavfsizlik qurilmalarining mavjudligi, tahlil ostidagi mahsulotga nisbatan jiddiy xavf-xatar keltirib chiqaruvchi lift yoki lift xavfsizlik qurilmasi sifatida baho berilishiga asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Bozor nazorati organi lift yoki lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan ularni muomalaga chiqarishni taqiqlash yoki cheklash, taʼminot zanjiridan olib tashlash yoki chaqirib olish kabi taʼsir choralarini mutanosib va asoslangan holda qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻllashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda bozor nazorati organi qoʻllagan taʼsir chorasi haqida zudlik bilan tegishli iqtisodiy operatorni xabardor qilishi, shuningdek, unga qonunchilikda nazarda tutilgan himoyalanish choralari va bunday choralarning amal qilish muddatlari toʻgʻrisida maʼlumot (tushuntirish) berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Ushbu Texnik reglamentning 84-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllanishidan avval, tegishli iqtisodiy operatorga kamida oʻn kun ichida holat yuzasidan izoh berishi uchun imkoniyat yaratilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik manfaatlarini himoyalash, xavfsizlik yoxud salomatlik talablari nuqtai nazaridan tezkor taʼsir choralarini qoʻllashni taqozo qilganda, bozor nazorati organi bilan iqtisodiy operator oʻrtasida bunday maslahatlashuv tadbirining oʻtkazilishi istisno qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar iqtisodiy operator tomonidan holat yuzasidan izohlar olinmasdan avval taʼsir chora qoʻllansa, iqtisodiy operatorga imkon qadar tez muddatda izoh berishga imkoniyat berilishi, soʻngra bozor nazorati organi zudlik bilan taʼsir chora boʻyicha qabul qilgan qarorini qayta koʻrib chiqishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86. Agar iqtisodiy operator tomonidan joriy qilingan tuzatish choralarining natijaviyligi tasdiqlansa, bozor nazorati organi qoʻllagan taʼsir chorasini zudlik bilan bekor qilishi yoki uni qayta koʻrib chiqishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Xavf keltirib chiqaruvchi lift yoki lift xavfsizlik qurilmalari bilan ishlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87. Bozor nazorati organi ushbu Texnik reglamentda nazarda tutilgan lift yoki lift xavfsizlik qurilmalari inson sogʻligʻi yoki xavfsizligiga yoxud mulkiga xavf tugʻdirishi mumkin, deb hisoblash uchun yetarli asos mavjud boʻlsa, bozor nazorati organi lift yoki lift xavfsizlik qurilmalarini ushbu Texnik reglamentda belgilangan barcha tegishli talablar asosida mavjud xavfni inobatga olgan holda baholashi lozim. Iqtisodiy operatorlar bozor nazorati organi bilan ushbu maqsadda hamkorlik qilishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu bandda nazar tutilgan baholash jarayoni natijalari asosida bozor nazorati organi lift ushbu Texnik reglamentda nazarda tutilgan talablarga javob bermasligini aniqlasa, zudlik bilan oʻrnatuvchidan mavjud xavfning xususiyatiga mos keladigan muddat ichida liftning belgilangan talablarga muvofiqligini taʼminlash uchun barcha zaruriy tuzatish choralarini koʻrishini talab qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuqoridagi nazar tutilgan baholash jarayoni natijasida bozor nazorati organi lift xavfsizlik qurilmasi ushbu Texnik reglamentda nazarda tutilgan talablarga javob bermaganini aniqlasa, zudlik bilan tegishli iqtisodiy operatordan kelib chiquvchi xavfning xususiyatiga mos keladigan muddat ichida lift xavfsizlik qurilmasining muvofiqligini taʼminlash uchun tuzatish choralarini koʻrishi, lift xavfsizlik qurilmasini bozordan olib tashlashi yoki chaqirib olishni talab qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozor nazorati organi mos ravishda tayinlangan organlarni bu haqida xabardor qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88. Iqtisodiy operator Oʻzbekiston Respublikasi hududida u tomonidan bozorga kiritilgan yoki muomalaga chiqarilgan barcha liftlar va lift xavfsizligi qurilmalariga nisbatan zarur tuzatish choralari koʻrilganini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89. Agar oʻrnatuvchi 87-bandning ikkinchi xatboshisida nazar tutilgan muddat ichida talab darajasidagi tuzatish choralarini koʻrmasa, bozor nazorati organi qonunda belgilangan tartibda tegishli liftga nisbatan cheklov oʻrnatishi, bozorga kiritilishini taqiqlashi, foydalanishni man qilishi yoki chaqirib olinishini nazarda tutuvchi barcha zarur taʼsir choralarini qoʻllashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli iqtisodiy operator 87-bandning ikkinchi xatboshisida nazar tutilgan muddat ichida talab darajasidagi tuzatish choralarini koʻrmasa, bozor nazorati organi lift xavfsizlik qurilmasining muomalaga chiqarilishini taqiqlash yoki cheklash, lift xavfsizlik qurilmasini chaqirib olish yoki uni taʼminot zanjiridan olib tashlash kabi mos taʼsir choralarini qoʻllashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozor nazorati organi qoʻllangan taʼsir choralari haqida zudlik bilan barcha manfaatdor tomonlarga va vakolatli davlat nazorati organlariga maʼlumot berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90. Ushbu Texnik reglamentning 89-bandida nazarda tutilgan maʼlumotda belgilangan talablarga rioya qilinmagan lift yoki lift xavfsizlik qurilmasini identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlar, ularning kelib chiqishi, daʼvo qilingan nomuvofiqlikning xususiyati va unga bogʻliq ravishda kelib chiquvchi xavf-xatarlarning tafsilotlari, qoʻllangan taʼsir chorasi va uning muddati, shuningdek, tegishli iqtisodiy operatorlar tomonidan taqdim qilingan sabablar yoki dalillar koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozor nazorati organi aniqlangan nomuvofiqliklar lift yoki lift xavfsizlik qurilmasining ushbu Texnik reglamentda belgilangan asosiy xavfsizlik talablariga muvofiq kelmagani yoki muvofiqlik prezumpsiyasini beruvchi ushbu Texnik reglamentning 3-bobi 1-paragrafida nazarda tutilgan tasdiqlangan standartlardagi kamchiliklar sababli yuzaga kelganini koʻrsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Talablarga rioya qilinmaganlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91. Bozor nazorati organi ushbu Texnik reglamentning 4-bobi 2 va 3-paragraflarida nazarda tutilgan talablarga zid ravishda harakat qilmagan holda, quyidagilar aniqlanganda, tegishli iqtisodiy operatordan uning javobgarligiga taalluqli nomuvofiqlikni bartaraf qilinishini talab qilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy muvofiqlik belgisini qoʻllash talablariga rioya etilmagan yoki buzilgan holda qoʻllanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanmaganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayinlangan organning identifikatsiya raqami va (yoki) milliy muvofiqlik belgisi belgilangan talablarga zid ravishda tushirilgan yoki umuman tushirilmagani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya tuzilmagani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya notoʻgʻri tuzilgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Texnik reglamentning 13 va 22-bandlarida nazarda tutilgan texnik hujjatlar mavjud emasligi yoki muvofiqlikni baholash tartib-taomillariga muvofiq shakllantirilmagani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Texnik reglamentning 17, 26 yoki 34-bandlarida belgilangan talablarga muvofiq oʻrnatuvchining, ishlab chiqaruvchining yoki import qiluvchining nomi, roʻyxatdan oʻtgan tovar belgisi yoxud manzili koʻrsatilmagani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lift yoki lift xavfsizlik qurilmasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beruvchi maʼlumot ushbu Texnik reglamentning 16 yoki 25-bandida belgilangan talablariga muvofiq tarzda koʻrsatilmagani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lift yoki lift xavfsizlik qurilmasi ushbu Texnik reglamentning 18 yoki 27-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga taqdim qilinmagani yoki hujjatlar tegishli talablarga muvofiq emasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92. Agar liftda ushbu Texnik reglamentning 91-bandida nazarda tutilgan nomuvofiqliklar saqlanib qolgan boʻlsa, bozor nazorati organi qonunda belgilangan tartibda liftdan foydalanishni cheklash, taqiqlash, uni chaqirib olish choralarini koʻrishi hamda lift xavfsizlik qurilmalarining muomalaga chiqarilishni cheklashi va taqiqlashi yoki bozordan chaqirib olishi va taʼminot zanjiridan olib tashlash choralarini koʻrishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Erkin muomalaga chiqarishni nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93. Lift va lift xavfsizlik qurilmalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishidagi jarayonlarni nazorat qilish uchun masʼul Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona organi) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organi lift va lift xavfsizlik qurilmalarining erkin muomalaga chiqarilishidan avval mahsulot xususiyatlari ustidan tekshiruvlar oʻtkazilishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94. Bojxona organi bozor nazorati organi bilan oʻz faoliyatlari doirasida oʻzaro hamkorlikda ish yuritishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organi, boshqa vakolatli organ(lar)ni jalb qilgan holda, lift va lift xavfsizlik qurilmalarini tekshiruvdan oʻtkazish natijasida quyidagilardan birini yoki bir nechtasini aniqlasa, ularning erkin muomalaga chiqarilishini toʻxtatib qoʻyishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lift va lift xavfsizlik qurilmalari bino va inshootlarga oʻrnatilganda, taʼmirlanganda va ishlatilganda odam salomatligiga, xavfsizligiga, atrof-muhitga yoki har qanday boshqa jamoat manfaatlariga jiddiy xavf-xatar keltirib chiqarishga sabab boʻluvchi xususiyatlar (holatlar) lift va lift xavfsizlik qurilmalarida aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lift va lift xavfsizlik qurilmalari yozma yoki elektron shaklda qonunchilikda belgilangan hujjatlar bilan birga taqdim qilinmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lift va lift xavfsizlik qurilmalari milliy muvofiqlik belgisi bilan belgilangan talablarga mos kelmagan tarzda notoʻgʻri, tegishli maʼlumotlarni toʻgʻri olish imkonini bermagan yoki chalgʻitadigan tarzda tamgʻalanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organi har qanday lift va lift xavfsizlik qurilmalari erkin muomalaga chiqarilishini toʻxtatib qoʻyish holatlari yuzasidan bozor nazorati organini xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95. Bojxona organi tomonidan ushbu Texnik reglamentning 94-bandiga muvofiq lift va lift xavfsizlik qurilmalari erkin muomalaga chiqarilishi toʻxtatib qoʻyilgan taqdirda, agar uch kun muddat ichida (xabardor boʻlganidan soʻng) bozor nazorati organi ushbu lift va lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan muayyan taʼsir chorasi qoʻllangani toʻgʻrisida bojxona organini xabardor qilmagan, ayni vaqtda erkin muomalaga chiqarish bilan bogʻliq boshqa barcha talablar qanoatlantirilgan va rasmiylashtirish ishlari bajarilgan boʻlsa, bunday holatlarda lift va lift xavfsizlik qurilmalari erkin muomalaga chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96. Agar bozor nazorati organi mahsulot belgilangan xavfsizlik talablari boʻyicha jiddiy xavf-xatar keltirib chiqarmasligini aniqlasa yoki qonunchilikda belgilangan talablarni buzmaganiga ishonch hosil qilsa, erkin muomalaga chiqarish bilan bogʻliq boshqa barcha talablar qanoatlantirilgan va rasmiylashtirish ishlari bajarilgan boʻlsa, bunday lift va lift xavfsizlik qurilmalarini erkin muomalaga chiqarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97. Agar bozor nazorati organi xavfsizlikka jiddiy xavf keltirib chiqaruvchi lift va lift xavfsizlik qurilmalarini aniqlasa, lift va lift xavfsizlik qurilmalari bozorga joylashtirilishini taqiqlash taʼsir choralarini koʻrishi va bojxona organidan lift va lift xavfsizlik qurilmalari bilan birga taqdim qilinadigan hujjatda yoki agar rasmiylashtirish elektron tizim orqali amalga oshirilganda ayni shu tizimda quyidagi ogohlantirishni qayd etishni talab qilishi shart: “Xavfli lift va lift xavfsizlik qurilmalari — erkin muomalaga chiqarishga ruxsat etilmagan”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98. Agar bozor nazorati organi lift va lift xavfsizlik qurilmalari qonunchilikda oʻrnatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlasa, taʼsir chorasini qoʻllashi, shu jumladan, lift va lift xavfsizlik qurilmalari bozorga joylashtirilishini taqiqlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu bandning birinchi xatboshisiga muvofiq lift va lift xavfsizlik qurilmalari bozorga joylashtirilishi taqiqlangan boʻlsa, bozor nazorati organi bojxona organidan lift va lift xavfsizlik qurilmalarini erkin muomalaga chiqarmaslikni va lift va lift xavfsizlik qurilmalari bilan birga taqdim qilinadigan hujjatda yoki agar rasmiylashtirish elektron tizim orqali amalga oshirilganda, ayni shu tizimda quyidagi ogohlantirishni qayd etishini talab qilishi shart: “Talablarga nomuvofiq lift va lift xavfsizlik qurilmalari — erkin muomalaga chiqarishga ruxsat etilmagan”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99. Agar ayni shu lift va lift xavfsizlik qurilmalari keyinchalik erkin muomalaga chiqarishdan boshqa bojxona rejimiga deklaratsiya qilinsa va bunga bozor nazorati organi qarshi boʻlmasa, tanlangan bojxona rejimi rasmiylashtiruvi doirasida taqdim qilinadigan hujjatlar bilan birga 97 va 98-bandlarda keltirilgan ogohlantirish qayd maʼlumotlari ham boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100. Bozor nazorati organi aniqlagan jiddiy xavf-xatar keltirib chiqaruvchi yoki talablarga nomuvofiq lift va lift xavfsizlik qurilmalari haqida bojxona organiga maʼlumot berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Oʻtish davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Ushbu Texnik reglament kuchga kiritilgunga qadar lift va lift xavfsizlik qurilmalari boʻyicha rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari ularda belgilangan muddat davomida amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Texnik reglament talablarini buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102. Ushbu Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik reglament talablari tatbiq etiladigan lift xavfsizlik qurilmalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Lift xavfsizlik qurilmalari nomi

1.

Shaxta eshiklari qulflari

2.

Tutgichlar

3.

Buferlar

4.

Tezlikni cheklagichlar

5.

Xavfsizlik gidroapparati (saqlovchi klapan)

6.

Elektron qismlardan iborat xavfsizlik zanjiri shaklidagi elektr xavfsizlik qurilmalari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Liftlar va lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan qoʻllanadigan asosiy xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Liftlar va lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan qoʻllanadigan asosiy xavfsizlik talablari (keyingi oʻrinlarda — asosiy xavfsizlik talablari) boʻyicha majburiyatlar lift yoki lift xavfsizlik qurilmasidan oʻrnatuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan maqsadda foydalanilganda xavf-xatarlar yuzaga kelgan hollarda qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu asosiy xavfsizlik talablari bajarilishi majburiy hisoblanadi. Texnologik taraqqiyotning joriy holatidan kelib chiqib, mazkur talablarda nazarda tutilgan maqsadga erishish imkonsiz boʻlishi mumkin. Bunday holda lift va lift xavfsizligi qurilmalari imkon qadar yaqin darajada ushbu maqsadlarga erishishni taʼminlaydigan tarzda loyihalashtirilishi va ishlab chiqarilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ishlab chiqaruvchi va oʻrnatuvchi oʻz mahsulotlariga taalluqli barcha xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida xavf-xatar tahlilini oʻtkazishga masʼuldir, bunda ular ushbu tahlil natijalarini inobatga olgan holda lift va lift xavfsizlik qurilmalarini loyihalashtirishi va ishlab chiqarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Lift va lift xavfsizlik qurilmalari boʻyicha xavfsizlikning asosiy tamoyillari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) belgilangan maqsadga muvofiq ishlashi va koʻzda tutilgan sharoitda notoʻgʻri foydalanish ehtimolini inobatga olib, ularni boshqarish, sozlash va taʼmirlash ishlarini olib borish odamlarga xavf keltirmaydigan tarzda loyihalashtirish va qurish (foydalanishga tushirish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻllangan choraning maqsadlari nafaqat belgilangan xizmat koʻrsatish muddati davomida, balki uni tashish, yigʻish, yechish, ishlatishdan toʻxtatish va utilizatsiya qilish davrlarida ham yuzaga keluvchi xavf-xatarni bartaraf qilishga qaratilgan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ishlab chiqaruvchi yoki uning vakolatli vakili lift va lift xavfsizlik qurilmalari boʻyicha eng maqbul uslubni tanlashda quyidagi tamoyillarni berilgan ketma-ketlikda qoʻllashi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavf-xatarni bartaraf qilish yoki kamaytirish (xavfsiz uskunalarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bartaraf qilib boʻlmaydigan xavf-xatarlarga nisbatan zaruriy himoya choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy qilingan himoya choralaridagi kamchiliklar sababli yuzaga kelgan va bartaraf etilmagan xavf-xatar haqida foydalanuvchilarni xabardor qilish, bunda maxsus oʻquv mashgʻulotlariga zarurat yoki shaxsiy himoya vositalariga ehtiyoj borligini belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) loyihalashtirishda va ishlab chiqarishda hamda texnik hujjatlarni (qoʻllash yoʻriqnomasi, pasport) ishlab chiqishda, ishlab chiqaruvchi yoki uning vakolatli vakili nafaqat maqsadli, balki notoʻgʻri foydalanish ehtimollarini ham koʻzda tutish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noodatiy foydalanish, ayniqsa, bunday noodatiy foydalanish orqali xavf-xatar keltirib chiqarishining oldi olinadigan tarzda loyihalashtirilishi va ishlab chiqarilishi shart. Agar bunga imkon boʻlgan taqdirda, qoʻllash yoʻriqnomasida tajribada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatlar va ulardan foydalanmaslik holatlariga foydalanuvchi eʼtiborini qaratishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) zaruriy va ehtimoliy (qoʻshimcha) shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish natijasida operatorning (liftga texnik jihatdan xizmat koʻrsatuvchi) harakatidagi cheklanishlarni inobatga olgan holda loyihalashtirish va qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) sozlash, xizmat koʻrsatish va foydalanish uchun zarur barcha maxsus asboblar va butlovchi qismlari bilan birga yetkazib berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Lift kabinasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Har bir liftning tashuvchi qismida kabina boʻlishi shart. Mazkur lift kabinasi oʻrnatuvchi tomonidan belgilangan odamlarning maksimum soni va liftning nominal yuk koʻtarish imkoniyatiga mos keluvchi chidamlilik va kabinani ichki yuzasidagi kenglikni taʼminlaydigan darajada loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar lift odamlarni tashishga moʻljallangan boʻlsa va uning oʻlchamlari bunga imkon bersa, imkoniyati cheklangan shaxslarning liftga kirishi va undan foydalanishiga xalaqit bermaydigan yoki toʻsqinlik qilmaydigan hamda ularni liftdan foydalanishlari uchun imkon beruvchi tegishli sozlashlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyadigan tarzda liftning konstruksiyasi loyihalashtirilgan va qurilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Osma va tayanch vositalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yetarli darajadagi umumiy xavfsizlikni taʼminlash va kabinaning tushib ketish xavfini kamaytirish, liftdan foydalanish sharoiti, ishlatilgan xomashyo materiallari va ishlab chiqarish sharoitini inobatga olib, lift kabinasining osma va (yoki) tayanch vositalari, unga biriktirilgan vositalar va boshqa zarur uskunalar tanlab olinishi va loyihalashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar lift kabinasi poʻlat arqon yoki zanjir yordamida osilgan boʻlsa, bunda har biri uchun alohida mustahkamlash tizimiga ega kamida ikkita mustaqil poʻlat arqon yoki zanjirlar boʻlishi shart. Bunday poʻlat arqonlarda va zanjirlarda, sirtmoq yasash yoki uni bogʻlash zaruratidan tashqari hech qanday qoʻshilishlar yoki ulanishlar boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yuklama nazorati (shu jumladan, meʼyordan ortiq tezlikni nazorat qiluvchi uskuna) oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar liftda koʻtariladigan yuklarning vazni liftning nominal yuk koʻtarish meʼyoridan oshsa, liftning ishchi rejimga start berilishining oldi olinadigan tarzda lift loyihalashtirilgan, ishlab chiqarilgan va oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Liftlar tezlikni cheklovchi moslama bilan jihozlangan boʻlishi shart. Agar liftni harakatga keltiruvchi tizimining konstruksiyasida meʼyordan ortiq tezlikning oldini olish nazarda tutilgan boʻlsa, bunday liftlarga yuqorida oʻrnatilgan talab tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tezyurar liftlar tezlikni monitoring qilish va tezlikni cheklash vositasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Friksion shkivlar yordamida harakatga keltiriladigan liftlar, shkivdagi tortish troslarining barqaror va bir tekis harakatini taʼminlaydigan tarzda loyihalashtirilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Koʻtarish uskunalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Odamlarni tashuvchi barcha liftlar oʻzlarining individual koʻtarish uskunalariga ega boʻlishi kerak. Bu talab qarshi ogʻirliklari ikkinchi kabina bilan almashtirilgan liftlarga nisbatan qoʻllanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻrnatuvchi xizmat koʻrsatish va favqulodda vaziyatlardan boshqa hollarda liftning koʻtarish uskunalari va unga tegishli uskunalari yopiq boʻlishini (tashqi taʼsirni cheklagan tarzda) taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Boshqaruv tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Liftning boshqaruv tizimi kuzatuvchisiz harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan foydalanish mumkin boʻladigan tarzda loyihalashtirilishi va oʻrnatilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Boshqaruv tizimidagi funksiyalar aniq belgilanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Chaqiruv tizimi liftlar guruhi uchun alohida yoki oʻzaro bir-biriga bogʻlangan boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Elektr jihozlar quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻrnatilgan va ulangan boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lift bilan bevosita ulangan elektr zanjirlari chalkashligi (notoʻgʻri holatda ulanishlariga) yuzaga kelmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lift yuklangan holatda ham elektr taʼminotini oʻzgartirish (yoqish va oʻchirish) imkoniyati mavjud boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
liftning harakatlanishi alohida elektr xavfsizligi zanjiridagi elektr xavfsizlik qurilmalariga bogʻliq boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr moslamalardagi nosozlik xatarli vaziyatlarni yuzaga keltirmasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Lift kabinasidan tashqaridagi odamlarga xavf-xatarlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Lift kabinasi harakatlanuvchi oraliq (shaxta) xizmat koʻrsatish yoki favqulodda vaziyatlardan boshqa hollarda yopiq holda boʻlishi taʼminlanadigan tarzda loyihalashtirilishi va qurilishi shart. Bu oraliqqa odam kirishida liftdan ishchi rejimda foydalanish imkoni boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Lift kabinasi eng yuqori yoki pastki chegaradagi holatda boʻlganda qattiq urilish xavfi oldi olinadigan tarzda loyihalashtirilgan va qurilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu talabni bajarish uchun eng yuqori yoki pastki chegaradan keyin qoʻshimcha boʻsh oraliq qoldirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mavjud binolarda ushbu yechimni joriy qilish imkonsiz boʻlsa, dastlab vakolatli davlat nazorati organidan tegishli ruxsatni olish asosida ushbu xavf-xatarning oldini olish uchun boshqa mos texnik usullarni qoʻllash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Lift kabinasiga kirish va undan chiqish, maqsadli foydalanish sharoitiga mos keluvchi mexanik chidamlilikka ega shaxta eshiklari bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Lift harakatini cheklovchi qurilma quyidagilarning oldini olishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qasddan yoki boshqa holda ishga tushirilganda, barcha shaxta eshiklari yopilib qulflanmagunga qadar lift kabinasi harakatlanishni boshlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kabina harakatlanayotganda va belgilangan toʻxtash zonasidan tashqarida boʻlganda shaxta eshiklarning ochilishini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ammo sath tengligi tezligini nazorat qilish sharti bilan belgilangan zonalarda eshiklar ochiq holatda barcha toʻxtash harakatlariga ruxsat berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Lift kabinasi ichidagi odamlarga xavf-xatarlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Lift kabinasi toʻliq oʻlchamdagi devorlar, pol va shiftlar bilan, ventilyatsiya tizimi teshiklarini istisno qilgan holda, toʻliq qoplamaga va eshiklarga ega boʻlishi shart. Ushbu eshiklar asosiy xavfsizlik talablarining 21-bandida nazarda tutilgan toʻxtash harakatlaridan mustasno holda, eshiklar yopilmagunga qadar kabina harakatlanmaydigan va eshiklar ochilganda toʻxtaydigan tarzda loyihalashtirilishi va oʻrnatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar lift qavatlar oʻrtasida toʻxtab qolishi sababli lift bilan shaxta oʻrtasida yoki shaxta boʻlmaganda, liftda harakatlanayotgan odamlarning yiqilish xavfi mavjud boʻlsa, liftning eshiklari yopiq va qulflangan holda saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Elektr taʼminoti uzilganda yoki lift qurilmalarida nosozlik yuzaga kelganda, lift tushib ketishi yoki kabina nazoratsiz harakatda boʻlishining oldini oluvchi qurilmalarga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lift kabinasi tushib ketishining oldini oluvchi qurilma lift kabinasini osib turuvchi vositadan mustaqil holatda boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qurilma nominal yuk koʻtarish holatida va oʻrnatuvchi tomonidan nazarda tutilgan maksimal tezlikda lift kabinasini toʻxtatishga qodir boʻlishi shart. Ushbu qurilma tomonidan sodir etilgan har qanday toʻxtatish holati lift kabinasi ichidagilarga ziyon keltirmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Lift shaxtasining pastki qismi bilan kabina poli oʻrtasida buferlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda asosiy xavfsizlik talablarining 19-bandida nazarda tutilgan boʻsh oraliq bufer butunlay siqilgan holatda boʻlganda oʻlchanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar liftni harakatga keltiruvchi tizim asosiy xavfsizlik talablarining 19-bandida nazarda tutilgan boʻsh oraliqqa lift kabinasining kirishi imkonsiz holda loyihalashtirilgan boʻlsa, bunday liftlarga nisbatan yuqoridagi talab qoʻllanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Liftlar asosiy xavfsizlik talablarining 24-bandida nazarda tutilgan qurilma ishchi holatda boʻlmagan taqdirda, liftni harakatga keltirish imkonsiz boʻlishini nazarda tutgan holda loyihalashtirilishi va qurilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Boshqa xavf-xatarlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Shaxta eshiklari va kabina eshiklari yoki ikkala eshiklar birgalikda, agar motorli boʻlsa, ular harakatlanayotganda urilish xavfining oldini oluvchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Binoni yongʻindan himoyalashda shaxta eshiklari, shu jumladan, shisha qismlardan iborat eshiklar ham yaxlitlikni saqlab qolish va ulardagi izolyatsiya (olovni ushlab qolish) va issiqlikni uzatish (termik radiatsiya) xususiyatlarini inobatga olgan holda, yetarli darajada olovga chidamli boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Qarshi ogʻirliklar, lift kabinasi bilan toʻqnashish yoki uning ustiga qulab tushish xavfi oldi olinadigan tarzda oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Liftlar, kabinaga qamalib qolgan odamlarni chiqarib olish va ularni koʻchirish (evakuatsiya qilish) imkonini beruvchi vositalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Lift kabinalari qutqaruv xizmati bilan doimiy aloqani taʼminlovchi ikki tomonlama aloqa vositasi (tizimi) bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Liftlar shunday loyihalashtirilgan va qurilgan boʻlishi kerakki, agar lift (lebedka) mashinasidagi harorat oʻrnatuvchi tomonidan belgilangan eng yuqori harorat darajasidan oshib ketsa, ular joriy harakatni tugallashi, shu bilan birga, keyingi harakatga keltirish boʻyicha yangi topshiriqlarni rad etishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Kabinalar hatto uzoq muddatli toʻxtash sodir boʻlgan taqdirda ham, yoʻlovchilar uchun yetarli ventilyatsiyani taʼminlaydigan tarzda loyihalashtirilishi va qurilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Kabinadan foydalanilganda yoki eshiklar ochilganda kabina yetarli darajada yorugʻlik bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Shuningdek, unda favqulodda yoritish moslamasi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Asosiy xavfsizlik talablarining 30-bandida nazarda tutilgan aloqa vositasi hamda 33-bandda keltirilgan favqulodda yoritish moslamasi odatiy elektr taʼminoti boʻlmagan taqdirda ham ishlashi taʼminlanadigan tarzda loyihalashtirilgan va qurilgan boʻlishi lozim. Ularning ishlash davomiyligi belgilangan tarzda qutqaruv ishlarini bajarish uchun yetarli boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Yongʻin sodir boʻlganda foydalanish mumkin boʻlgan liftning boshqaruv sxemalari, liftlar maʼlum qavatlarda toʻxtashining oldini olishi hamda qutqaruv guruhi tomonidan ustuvor nazoratda boʻlishini taʼminlaydigan tarzda loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Tamgʻalash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Har bir lift kabinasida oson koʻrinadigan joyda nominal yuk tashish meʼyori kilogrammda koʻrsatilgan va tashish mumkin boʻlgan yoʻlovchilarning maksimal soni aks ettirilgan yorliq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, barcha qurilmalar eng kamida quyidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi, aniq koʻrinadigan, oson oʻqiladigan va mustahkam yorliq bilan tamgʻalanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchining nomi va toʻliq manzili, agar mavjud boʻlsa vakolatli vakilining nomi va manzili (telefon raqami va pochta manzili);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uskunaning tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy muvofiqlik belgisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seriya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilgan yili, yaʼni ishlab chiqarish jarayoni tugallangan yil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalashda qurilmalarning haqiqiy ishlab chiqarilgan sanalarini oʻzgartirish (avvalgi yoki keyingi sanalarda foydalanish) taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asbob-uskunalar turiga tegishli va undan xavfsiz foydalanish uchun zarur boʻlgan toʻliq maʼlumotga ega boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻtaruvchi moslamalar yordamida ishlatish nazarda tutilgan uskuna boʻlsa, uning massasi oson oʻqiladigan tarzda, aniq va mustahkam yorliqda koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Agar lift qamalib qolgan odamlar lift kabinasidan tashqi yordamsiz chiqish imkoni bilan loyihalashtirilgan boʻlsa, tegishli koʻrsatmalar lift kabinasida aniq va koʻrinarli boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Qoʻllanmalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Yigʻish, ulash, sozlash va taʼmirlash ishlari samarali va xavfsiz bajarilishi taʼminlanishi uchun har bir liftda xavfsizlik qurilmasi bilan birga qoʻllash yoʻriqnomasi boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Har bir lift bilan birga lift pasporti boʻlishi shart. Lift pasportida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
liftdan foydalanish va liftga xizmat koʻrsatish, inspeksiya qilish, taʼmirlash, davriy texnik koʻrikdan oʻtkazish va qutqaruv ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan chizma va koʻrsatmalardan iborat yoʻriqnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
liftda oʻtkazilgan taʼmirlash ishlari va tegishli hollarda davriy texnik koʻrikdan oʻtkazish yozuvlarini qayd etishi jurnali.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyuldagi 430-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

1. Liftlar va lift xavfsizlik qurilmalari xavfsizligiga doir namunalar olish, sinash hamda oʻlchash usullarini belgilaydigan amaldagi standartlar roʻyxatini tuzadi va xatlovdan oʻtkazadi.

Uch oy muddatda

2. Ushbu Texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan liftlar va lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan namunalar olish, sinash hamda oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar roʻyxatlarini shakllantiradi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Bir oy muddatda

2-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Liftlar va lift xavfsizlik qurilmalarining Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash ishlarini amalga oshiruvchi muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) choralarini koʻradi.

Olti oy muddatda

3-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, tadbirkorlik subyektlarini keng miqyosda xabardor qilishni taʼminlaydi.

Jadvalga muvofiq

4-bosqich

Tadbirkorlik subyektlari

1. Texnik reglamentni oʻrganadi, masʼul xodimlarni oʻqitadi va Texnik reglamentni oʻz faoliyatida joriy qiladi.

Kelishilgan muddatlarda

2. Muvofiqlikni baholash tartibotidan oʻtkazish uchun tegishli mahsulot namunalarini Texnik reglament talablariga muvofiq tayyorlaydi.

Texnik reglament kuchga kirgan kundan boshlab

5-bosqich

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Lift va lift xavfsizlik qurilmalari ustidan bozor nazoratini amalga oshiradi.

Belgilangan tartibda

6-bosqich

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Texnik reglamentni qoʻllash amaliyotini monitoring qiladi va maʼlumotlarni tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Har chorakda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyuldagi 430-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Liftlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 6-oktabrdagi 801-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son qarori)” 2019-yil 6-martdagi 195-son qaroriga ilovaning 41-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 52-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanishda aholi xavfsizligini taʼminlash hamda ushbu mahsulotlar ustidan sifat nazoratini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 15-noyabrdagi 602-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/430/0601-son; 22.06.2026-y., 09/26/316/0615-son)