07.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3643
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 07.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3643
Дата вступления в силу
09.10.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilariga hamda lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarga jarima qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025 yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3643]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilariga hamda lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarga jarima qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktor D. LI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 25-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 25-iyundagi 14-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilariga hamda lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarga jarima qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar (bundan buyon matnda Internet tarmogʻidagi oʻyinlar deb yuritiladi), lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilariga hamda lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarga jarimalar qoʻllash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Agentlik quyidagi jarimalarni (bundan buyon matnda jarimalar deb yuritiladi) qoʻllashga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi tomonidan lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar toʻgʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisining ustav fondi (ustav kapitali) eng kam miqdorining 1 foizidan oshmagan miqdorda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq undiriladigan jarima;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarga ushbu Nizomning 2-ilovasida belgilangan miqdorlarda qoʻllaniladigan jarima.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jarimalar Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisoblab chiqiladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarima summasining 50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarima summasining 50 foizi — Agentlikning tijorat bankidagi shaxsiy hisobvaraqlariga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari hamda lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga xizmatlarni noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslar (bundan buyon matnda xorijiy yuridik shaxslar deb yuritiladi) tomonidan jarima summasini toʻlash mazkur sohadagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jarimalarni qoʻllash asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agentlik jarimalarni qoʻllashda quyidagi manbalardan foydalanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq oʻz vakolatlari doirasida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari va tekshiruvlar natijasida olingan maʼlumotlar hamda rasmiylashtirilgan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Agentlikka taqdim etilishi lozim boʻlgan hisobotlar va maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari va tekshiruvlar natijalari boʻyicha xulosalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinchilar yoki ularning qonuniy vakillarining murojaatlarini oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registri operatori tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agentlik jarimalarni qoʻllashda quyidagilarni inobatga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoidabuzarliklarning tizimliligi (ikki yoki undan ortiq marta sodir etilishi) va davomiyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarning oʻyinchilarning moliyaviy ahvoliga taʼsiri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarimalarni qoʻllash natijasida vaziyatni oʻzgartirish imkoniyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan qoidabuzarliklar va (yoki) kamchiliklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan sabablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari qoʻllanilgan jarimalarning samaradorligi (natijadorligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari hamda xorijiy yuridik shaxslar tomonidan aniqlangan kamchiliklar yoki qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil choralarning koʻrilganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jarimalarni qoʻllash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari hamda xorijiy yuridik shaxslarga nisbatan jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror Agentlik direktori yoki uning vazifasini bajaruvchi oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari hamda xorijiy yuridik shaxslarga nisbatan jarimalarni qoʻllash boʻyicha Ishchi komissiyaning (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) xulosasi jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Komissiya tarkibi Agentlik direktorining qarori bilan toq sonda Agentlik xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Komissiya faoliyatini tashkil etish, yigʻilishlarni oʻtkazish va ularga rahbarlik qilish komissiya raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya yigʻilishi uchun tashkiliy tayyorgarlikni taʼminlash komissiya kotibi zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya yigʻilishlari zaruratga koʻra oʻtkaziladi. Yigʻilishlarda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan kollegial tarzda qarorlar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya yigʻilishi komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya qarorlari yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolarning koʻpchiligi tomonidan maʼqullangan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlganda komissiya raisi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agentlik tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarimalarni qoʻllash muddati mazkur qoidabuzarliklar aniqlangan kundan eʼtiboran olti oydan va ular sodir etilgan kundan boshlab uch yildan oshmasligi lozim. Qoidabuzarliklar aniqlangan kun komissiya tomonidan xulosa rasmiylashtirilgan kun hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Komissiya kotibi komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan kun haqida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilarini — yigʻilishdan bir ish kuni avval;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy yuridik shaxsni — yigʻilishdan besh ish kuni avval xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari hamda xorijiy yuridik shaxslar yoki ularning vakillari komissiya yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agentlik jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarordan koʻchirmani jarima miqdori, toʻlov muddati va tegishli hisobvaraq rekvizitlarini koʻrsatgan holda Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari va xorijiy yuridik shaxslarga uch ish kuni ichida yozma ravishda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari yoki xorijiy yuridik shaxslar jarima summasini yozma ravishda berilgan xabar olingan kundan boshlab oʻn besh kun ichida toʻlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari va xorijiy yuridik shaxslar yozma ravishda berilgan xabarda koʻrsatilgan muddatda jarimani toʻlamagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish uchun sudga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agentlik Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari va xorijiy yuridik shaxslar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar hamda ularga nisbatan qoʻllanilgan jarimalar toʻgʻrisidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Agentlik qarori ustidan shikoyat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Agentlikning jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari va xorijiy yuridik shaxslar qarordan koʻchirmani olgan sanadan boshlab oʻn besh kun ichida Agentlikning apellyatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) yozma ravishda shikoyat berish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari va xorijiy yuridik shaxslar tomonidan shikoyat Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyani berish muddati buzilgan holda taqdim etilganda, Apellyatsiya kengashi tomonidan shikoyat koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilingan taqdirda, jarimani toʻlash muddati toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Apellyatsiya kengashi apellyatsiya berilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari va xorijiy yuridik shaxslarning shikoyatini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya kengashi shikoyatni koʻrib chiqish sanasi toʻgʻrisida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilarini — koʻrib chiqishdan bir ish kuni avval;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy yuridik shaxsni — koʻrib chiqishdan besh ish kuni avval xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari hamda xorijiy yuridik shaxslar yoki ularning vakillari shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Apellyatsiya kengashi shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatda keltirilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmaganda, shikoyatni qanoatlantirishni rad etish va Agentlik qarorini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatdagi vajlar oʻz tasdigʻini topganda, shikoyatni qanoatlantirish va Agentlik qarorini bekor qilish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari hamda xorijiy yuridik shaxslar qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch kun ichida xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilariga hamda lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish sohasida
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarga jarima qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi tomonidan lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar toʻgʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisining ustav fondi (ustav kapitali) eng kam miqdorining 1 foizidan oshmagan undiriladigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
JARIMALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Qoidabuzarlik turi

Qoʻllaniladigan jarima miqdori

(faoliyat turiga muvofiq oʻyinlarni tashkil etuvchi tashkilotchilar uchun belgilangan ustav fondi (ustav kapitali)ning eng kam miqdoridan)

1-boʻlim. Litsenziya talablarini buzish

1.

Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi tomonidan ularning litsenziyasi toʻxtatilgan muddatda faoliyatni amalga oshirish

1 foiz

2.

Litsenziyani boshqa yuridik shaxsga oʻtkazish, shu jumladan faoliyatni amalga oshirish huquqini berish, litsenziyaga boʻlgan huquqlarni shartnoma orqali berish va (yoki) ulardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish

0,8 foiz

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) soʻrovida belgilangan muddatlarda litsenziat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq maʼlumotlarni bepul taqdim etmaslik

0,1 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 0,3 foiz

4.

Agentlikning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi qarorini bajarmaslik

0,3 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 0,8 foiz

5.

Ustav kapitalini litsenziya talablari va shartlarida belgilangan miqdordan kamaytirish

0,8 foiz

6.

Ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablagʻlardan va majburiyatlar yuklatilgan boshqa mablagʻlardan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan mablagʻlardan foydalanish

0,8 foiz

7.

Litsenziyada koʻrsatilmagan domen nomi orqali faoliyat yuritish

0,8 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 1 foiz

8.

Faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda joylashtirilmagan elektron platforma orqali amalga oshirish

1 foiz

9.

Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisining ustav kapitalidagi ulushini jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan norezidentlarga realizatsiya qilish masalalarini Agentlik bilan kelishmaslik

0,8 foiz

10.

Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisining rahbariyati (direktori va uning oʻrinbosarlari), bosh hisobchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinma rahbarini oʻzgartirish masalalarini Agentlik bilan kelishmaslik

0,8 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 1 foiz

11.

Internet tarmogʻidagi oʻyinlarni, lotereyalar hamda bukmekerlik faoliyati tashkilotchilarining nomlanishi yoki ramzlarida “davlat”, “davlat tomonidan taʼminlangan”, “davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan”, “Oʻzbekiston”, “milliy” hamda respublika shaharlarining nomlarini toʻliq yoki qisqartirilgan shaklda, ularning birliklaridan foydalangan holda, istalgan tilda va har qanday shaklda ishlatish

0,1 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 0,3 foiz

12.

Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari tomonidan oʻyinchilarni (mijozlarni) raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish talablarini buzish

0,4 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 0,8 foiz

2-boʻlim. Oʻyinlarni oʻtkazish va depozitlar hamda stavkalarni qabul qilish talablarini buzish

13.

Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik garovlari, lotereya chiptalarini xarid qilish va yutuqlarni toʻlash uchun pul mablagʻlarini Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registriga (bundan buyon matnda Registr deb yuritiladi) ulanmagan holda va (yoki) undan tashqarida qabul qilish

0,4 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 0,8 foiz

14.

Oʻyinchilarga kredit yoki qarz mablagʻlari taqdim etish, shuningdek kredit yoki kechiktirilgan toʻlov asosida stavkalarni qabul qilish, jumladan, kredit va moliyaviy tashkilotlar bilan qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda ishtirok etish maqsadida oʻyinchilarga kredit va qarz berish uchun shartnoma tuzish

0,4 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda — 0,8 foiz

15.

Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik garovlariga mablagʻlarni kiritish uchun belgilangan limitlarga rioya etmaslik

0,4 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 0,8 foiz

16.

Yutuqlarni toʻlash muddatlariga rioya etmaslik

0,4 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 0,8 foiz

3-boʻlim. Texnik talablarni buzish

17.

Oʻyin uskunalarini sertifikatlash talablariga rioya etmaslik

0,7 foiz

18.

Nosoz yoki sertifikatlanmagan dasturiy taʼminotdan foydalanish

0,7 foiz

19.

Maʼlumotlarni himoya qilish va ruxsatsiz kirishni oldini olish talablarini buzish

0,8 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda — 1 foiz

20.

Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash va ulardan foydalanish talablariga rioya etmaslik

0,8 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 1 foiz

21.

Tuzilgan bitimlar va ularning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunchilik va (yoki) Registrning ichki hujjatlarini buzgan holda uzatish

0,7 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 1 foiz

22.

Bitim tuzish, uni bekor qilish va yutuq toʻlash bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarni Registrga operatoriga taqdim etmaslik

0,7 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 1 foiz

4-boʻlim. Faoliyat turlariga qoʻyilgan taqiqlarni buzish

23.

Voyaga yetmagan shaxslarga xizmat koʻrsatish

0,8 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 1 foiz

24.

Voyaga yetmagan shaxslarga tegishli hisobraqamlardan, shu jumladan bank kartasi hisobraqamlaridan, tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik garovlarida ishtirok etishi, yutishi yoki yutqazishi bilan bogʻliq toʻlovlar amalga oshirilishi

0,8 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 1 foiz

25.

Cheklov roʻyxati va qaram shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarga xizmat koʻrsatish

0,8 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 1 foiz

26.

Lotereya biletlarni sotish punktlaridan tashqari oʻyinchilar bevosita ishtiroki va boʻlishi bilan bogʻliq tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan statsionar yoki koʻchma oʻyin zallari, kazino, oʻyin avtomatlar zallari yoki boshqa oʻyin muassasalarini tashkil etish

1 foiz

27.

Oʻzbekiston Respublikasining hududida va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida hodisalarga (sport oʻyinlari va musobaqalari, siyosiy jarayonlar, tanlovlar va boshqalar) bukmekerlik garovlarini tashkil etish va oʻtkazish, bundan xalqaro federatsiyalar qoidalar asosida tegishli darajada tayyorgarlik, nazorat va hakamlikni taʼminlangan holda, tomoshabinlar ishtirokida oʻtkaziladigan sport oʻyinlari va xalqaro darajadagi hodisalar mustasno;

0,7 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 1 foiz

28.

Bolalar va oʻsmirlar sport musobaqalariga bukmekerlik garovlarini tashkil etish va oʻtkazish

0,7 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 1 foiz

29.

Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik faoliyati turlaridan birini litsenziya asosida hamda mazkur faoliyatdan boshqa birini esa litsenziyasiz amalga oshirish

1 foiz

30.

Lotereya chiptalarini sotish shoxobchalarini joylashtirish joylariga oid talablarni buzish

0,8 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 1 foiz

31.

Oʻyinlarni faqat Agentlik tomonidan belgilanadigan tegishli muvofiqlikni baholash boʻyicha organlarning va sinov laboratoriyalarning sertifikatiga ega yutuqli chiptalarni tasodifiy tanlab olish jarayoniga inson omilining biron-bir taʼsirini toʻliq istisno qiluvchi texnologiyalar va jihozlarni, shu jumladan, tasodifiy raqamlar generatorini qoʻllamagan holda oʻtkazish

0,7 foiz

5-boʻlim. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablarini buzish

32.

Internet tarmogʻida oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish faoliyati hamda bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari mulkdori va oxirgi benefitsiar mulkdorining qonunchilik bilan belgilangan talablarga nomuvofiqligi

1 foiz

33.

Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari tomonidan oʻz elektron platformalariga Terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarga kirish imkoniyatini berish

har bir holat uchun 0,1 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda har bir holat uchun 0,3 foiz

34.

Ichki nazorat qoidalari talablarini buzish

har bir holat uchun 0,1 foiz,

lekin aniqlangan barcha holatlar uchun jami 1 foizdan oshmasligi lozim

6-boʻlim. Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzish

35.

Internet tarmogʻida oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish faoliyati hamda bukmekerlik faoliyati sohasidagi reklama talablarini buzish

0,8 foiz,

bir yil mobaynida takroran sodir etilganda 1 foiz

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilariga hamda lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarga jarima qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarga qoʻllaniladigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
JARIMALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Qoidabuzarlik turi

Qoʻllaniladigan jarima miqdori

(bazaviy hisoblash miqdorlarida qoʻllaniladigan jarimalar)

1.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida tegishli litsenziya olmasdan Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik sohasidagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish

25 000

2.

Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik garovlari, lotereya chiptalarini xarid qilish va yutuqlarni toʻlash uchun pul mablagʻlarini qabul qilish

10 000

3.

Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash va ulardan foydalanish talablariga rioya etmaslik

15 000

4.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun lotereya biletlarni sotish punktlaridan tashqari oʻyinchilar bevosita ishtiroki va boʻlishi bilan bogʻliq tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan statsionar yoki koʻchma oʻyin zallari, kazino, oʻyin avtomatlar zallari yoki boshqa oʻyin muassasalarini tashkil etish

25 000

5.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablarini buzish

15 000

6.

Internet tarmogʻida oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish faoliyati hamda bukmekerlik faoliyati sohasidagi reklama talablarini buzish

10 000

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/3643/0582-son)