26.06.2025 yildagi PQ-207-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish va respublikaning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylantirish, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni (keyingi oʻrinlarda — zargarlik buyumlari) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Asosiy maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmini 7 tonnaga, zargarlik buyumlarini eksport qilish koʻrsatkichlarini 300 million AQSH dollariga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining norasmiy aylanmasini kamida 50 foizga qisqartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyatini sanoat darajasiga olib chiqish, xalqaro bozorlarda raqobatbardosh va zamonaviy dizaynga ega zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga muvofiq Davlat budjetidan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan 100 milliard soʻm mablagʻlar hisobidan 1-ilovada koʻrsatilgan xarajatlarni ham qoplashga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2025-yil 15-iyuldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmonida nazarda tutilgan maqsadli resurslarni banklarga depozitga joylashtirish bilan bir qatorda Markaziy bankning asosiy stavkasidan 3 foiz bandga past foiz stavkasida 5 yilgacha muddatga lizing tashkilotlariga kredit liniyasi sifatida ajratishga ham ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Bunda lizing tashkilotlari ajratilgan kredit liniyasi hisobidan zargarlik sanoatida ishlatiladigan asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha boʻlgan muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasida, foizlarni qarzdorlik qoldiq qismiga hisoblash tartibida lizingga beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sanoatida foydalaniladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlari, butlovchi buyumlar va sarflov vositalari 2028-yil 1-iyulga qadar bojxona bojidan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ tomonidan qimmatbaho metallarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida va kechiktirib toʻlash sharti bilan sotish tartibi 2030-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Bunda qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash sharti bilan sotib olib, muddati oʻtgan qarzdorlikka yoʻl qoʻygan tadbirkorlik subyektlariga qarzdorlik toʻliq yopilmaguniga qadar ushbu tartib asosida qimmatbaho metallar realizatsiya qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan hamda belgilangan talablarga javob beradigan majmualarga zargarlik markazi maqomini berish vakolati Zargarlik sanoatini rivojlantirish boʻyicha respublika kengashiga (J. Qoʻchqorov) berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash sharti bilan sotishda 90 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga foiz hisoblanmaydi, 91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) zargarlik markazlarida “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi va Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining filiallari faoliyati (sayyor xizmat koʻrsatish) yoʻlga qoʻyiladi hamda zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni tezkor diagnostika qilish laboratoriyasi tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlganda aʼzolik badalini 50 foizlik chegirma bilan toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Zargarlik sohasida xufiyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) quyidagilar bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilishga oid imtiyoz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari daromadidan qatʼi nazar, qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) 2028-yil 1-yanvarga qadar zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasini zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxi hamda ular tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxidan faqat “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va birja savdolari orqali boshqa subyektlardan sotib olingan qimmatbaho metallar narxini hamda import qilingan qimmatbaho toshlar narxini chegirib tashlashga ruxsat etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlar tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxi Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladigan narxlardan kelib chiqib hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari hamda affinaj korxonalariga qimmatbaho metallarni birja savdolari orqali realizatsiya qilishga ruxsat etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) 2028-yil 1-yanvarga qadar zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining 80 foizi har oyning 25-sanasigacha avtomatik ravishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Bunda ushbu tartib yuqoridagi subyektlar tomonidan soliq davrida jami olgan daromadining kamida 80 foizi zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ular bilan chakana savdo qilishdan olingan taqdirda tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2025-yil 1-sentabrga qadar Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarining asillik darajasini tekshirish va ularni tamgʻalashda bojxona toʻlovlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmaydi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) mazkur bandning “a” kichik bandiga muvofiq tamgʻalangan zargarlik buyumlarini bojxona toʻlovlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz realizatsiya qilishga ruxsat etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga xorijda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarining, basharti ular boʻyicha bojxona toʻlovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa, asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash man etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida zargarlik buyumlarining asillik darajasini tekshirish va ularni tamgʻalash boʻyicha sayyor xizmat koʻrsatish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida “Soliq” mobil ilovasi orqali xabar bergan shaxslarga undirilgan jarima miqdorining 50 foizi miqdorida mukofot toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtmasdan yoki xabardor qilish tartib-taomillariga rioya qilmasdan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanayotgan shaxslar faoliyatini belgilangan tartibda rasmiylashtirishga koʻmaklashish va ularni olti oy muddatga uyushmaga aʼzolik badalini toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Zargarlik buyumlari importini tartibga solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilansinki, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab 2028-yil 1-sentabrga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) zargarlik buyumlarini (TIF TN 7113- va 7114-tovar pozitsiyasidagi mahsulotlarni) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona boji 2 foiz stavkada qoʻllanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) zargarlik buyumlarini “erkin muomalaga chiqarish” va “eksport” bojxona rejimlariga joylashtirishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim ularning bojxona qiymatidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida undiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) import qilingan zargarlik buyumlarini Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida tamgʻalash uchun undiriladigan yigʻim miqdori mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun belgilangan miqdorga tenglashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) bojxona chegarasi orqali olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan zargarlik buyumlarini bojxona toʻlovlarini amalga oshirish va bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish orqali deklaratsiya qilishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Samarali nazorat tizimini joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Eksperiment tariqasida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishning quyidagi tartibi joriy etilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi va soliq organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda ular birinchi marta ogohlantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ogohlantirishdan soʻng bir oy muddatda huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi va soliq organlari tomonidan sayyor tekshiruv oʻtkazishga asos boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) sayyor tekshiruv faqat qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka oid huquqbuzarliklar boʻyicha oʻtkaziladi hamda tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) sayyor tekshiruv natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma va qaror tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralarini koʻrishga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Zargarlik sanoatini rivojlantirish va sohada xufiyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat organlari tegishli qonunosti hujjatlari va idoraviy koʻrsatmalar qabul qilinishini kutmasdan mazkur qaror normalari kuchga kirgan paytdan eʼtiboran soʻzsiz va toʻgʻridan-toʻgʻri amalda qoʻllanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 26-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-207-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PQ-207-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga muvofiq Davlat budjetidan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan 100 milliard soʻm mablagʻlar hisobidan qoplashga ruxsat etiladigan xarajatlar yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Xarajat yoʻnalishlari

Shartlari va miqdori

1.

Taniqli xorijiy brendlarning zargarlik buyumlari dizaynidan foydalanish huquqini sotib olish yoki ular bilan franshiza asosida hamkorlik qilish xarajatlarini qoplash.

Bitta tadbirkorlik subyekti uchun 30 000 AQSH dollarigacha

2.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish jarayonlarini xalqaro tizimlarda sertifikatsiyadan oʻtkazish xarajatlarini qoplash.

Bitta xalqaro sertifikat boʻyicha 30 000 AQSH dollarigacha

3.

Xorijdan jalb qilingan dizayner, texnolog, marketolog va gemmologlarga ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash.

Bir oyda bitta mutaxassis uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 25 baravarigacha, biroq 1 yildan koʻp boʻlmagan muddatga*

4.

Mahalliy mutaxassislarni xorijiy taʼlim va ishlab chiqarish tashkilotlarida oʻqitish, malaka oshirish va stajirovkaga yuborish xarajatlarini qoplash.

Bitta mutaxassis uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 60 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda*

5.

Zargarlik buyumlarini “Oʻzbekiston oltini” shiori ostida ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali, shu jumladan, xorijda targʻib etish xarajatlarini qoplash.

Xarajatlarning 50 foizi miqdorida, lekin bitta tadbirkorlik subyektiga 5 000 AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda

6.

Zargarlik sanoatini rivojlantirishning 5 yilga moʻljallangan strategiyasini ishlab chiqish xarajatlarini qoplash.

Toʻliq miqdorda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Bitta tadbirkorlik subyektiga 3 nafardan ortiq boʻlmagan mutaxassis uchun toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PQ-207-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zargarlik sanoatini rivojlantirish va sohada xufiyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yoʻl xaritasi”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Zargarlik buyumlarining raqobatdoshligini oshirish

1.

Zargarlik sanoatini rivojlantirishning 5 yillik strategiyasini ishlab chiqish.

1. Strategiyani ishlab chiqish uchun xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilish.

2025-yil 1-sentabr

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Strategiyani ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-mart

2.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (keyingi oʻrinlarda — zargarlik buyumlari) ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy asbob-uskuna va ehtiyot qismlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmonida nazarda tutilgan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining maqsadli resurslarini tijorat banklariga depozitga joylashtirish bilan bir qatorda Markaziy bankning asosiy stavkasidan 3 foiz bandga past foiz stavkasida 5 yilgacha muddatga lizing tashkilotlariga ham kredit liniya sifatida ajratish.

2. Lizing tashkilotlari tomonidan kredit liniya sifatida ajratilgan resurslar hisobidan zargarlik sanoatida ishlatiladigan asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha boʻlgan muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasida, foizlarni qarzdorlik qoldiq qismiga hisoblash tartibida lizingga berish amaliyotini joriy etish.

Talabga muvofiq

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank

3.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan majmualarga zargarlik markazi maqomini berish tartibini ishlab chiqish.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan tashkil etilgan majmualarga zargarlik markazi maqomini berish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

4.

Zargarlik markazlarida faoliyat yurituvchi zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga oʻz brendini yaratishga koʻmaklashish.

1. Termiz shahrida tadbirkorlik subyekti tomonidan tashkil etilgan majmuaga zargarlik markazi maqomini berish masalasini koʻrib chiqish.

2026-yil 1-yanvar

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

2. Zargarlik markazlarida kamida bittadan zargarlik brendlarini yaratish. Bunda zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga quyidagilar boʻyicha koʻmaklashish:

(a) kredit va lizing asosida zargarlik sanoatida ishlatiladigan asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni sotib olish;

(b) xomashyoga boʻlgan talabni toʻliq taʼminlash;

(v) xorijdan dizayner, marketolog va gemmologlarni olib kelish va ularga ish haqini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni belgilangan tartibda qoplash;

(g) zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish jarayonlarini xalqaro tizimlarda sertifikatsiyadan oʻtkazish va bu bilan bogʻliq xarajatlarni belgilangan tartibda qoplash;

(d) ishlab chiqarilgan zargarlik brendlari bilan xalqaro koʻrgazmalarda qatnashish hamda xorijda ularning reklamasini tashkil qilish.

2026-yil 1-sentabr

Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari,

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3. Zargarlik markazlariga turistlarni jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda:

(a) turoperator va turagentlar bilan hamkorlikda zargarlik markazlarini turistik yoʻnalishlar (marshrutlar)ga kiritish;

(b) zargarlik markazlarining imkoniyatlari toʻgʻrisida targʻibot materiallari tayyorlash;

(v) har yilgi “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm koʻrgazmasi, xorijiy hamda mahalliy turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida zargarlik markazlari faoliyatini namoyish qilib borish.

2026-yil dekabrdan boshlab doimiy

Turizm qoʻmitasi,

Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi

5.

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning xomashyoga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash.

1. “Oʻzmilliybank” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari omborxonalarida talabdan kelib chiqqan holda qimmatbaho metallar zaxiralarini shakllantirish.

Talabga muvofiq

“Navoiy KMK” AJ,

“Oʻzmilliybank” AJ

2. Qimmatbaho metallar bevosita “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJning omborxonalaridan olib ketilganda, ularning 1 kun muddatda toʻliq hajmda yuklab berilishini taʼminlash.

Talabga muvofiq

“Navoiy KMK” AJ,

“Olmaliq KMK” AJ,

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

6.

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va sarflov vositalarini bojxona bojidan ozod etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va sarflov vositalari roʻyxatini shakllantirish hamda “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga kiritish.

2025-yil 1-avgust

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Bojxona qoʻmitasi

2. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlari, butlovchi buyumlar va sarflov vositalarini ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil 1-sentabr

“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK

3. Ekspertiza natijalaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va sarflov vositalari roʻyxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-noyabr

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

7.

Zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish tartibini takomillashtirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) import qilingan zargarlik buyumlarini Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida tamgʻalash uchun undiriladigan yigʻim miqdorini mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun belgilangan miqdorga tenglashtirish;

(b) Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga xorijda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarining, basharti ular boʻyicha bojxona toʻlovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa, asillik darajasini tekshirish va tamgʻalashni man etish.

2025-yil 1-sentabr

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

2. Tajriba tariqasida Toshkent shahridagi “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi hududida Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining zargarlik buyumlarining asillik darajasini tekshirish va ularni tamgʻalash boʻyicha filialini tashkil qilish.

2026-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi,

Transport vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi

8.

Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar malakasini oshirish.

1. Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish uchun “HRD Antwerp” (Belgiya) va “IIGJ” (Hindiston) kabi xorijiy taʼlim tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2025-yil noyabr

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

2. Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan kamida 100 nafar mutaxassisni, shu jumladan, dizayner, texnolog va qimmatbaho toshlar bilan ishlaydigan gemmologlarni xorijga qisqa muddatli malaka oshirishga yuborish.

2025-2026-yillarda tanlov asosida

9.

Kasbiy koʻnikmalar va zargarlik markazlarida zargarlik sanoati yoʻnalishidagi qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilish.

1. Kasbiy koʻnikmalar va zargarlik markazlarida zargarlik sanoati yoʻnalishidagi qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilish.

2. Qisqa muddatli oʻquv kurslarida zamonaviy taʼlim dasturlarini joriy qilish hamda malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilish.

2025-yil sentabr

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

10.

Zargarlik sohasida respublika koʻrik-tanlovlarini tashkil etish.

Zargarlik sohasida respublika koʻrik-tanlovlarini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda qaror loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

(a) zargarlik sohasida “Eng yaxshi zargar”, “Eng yaxshi dizayner”, “Yil brendi” kabi nominatsiyalar boʻyicha respublika koʻrik-tanlovlarini tashkil etish;

(b) “Uzbek jewelery fair” koʻrgazmasi doirasida koʻrik-tanlov gʻoliblarini Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mukofotlash.

2025-yil 1sentabr

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoat” uyushmasi

II. Zargarlik sohasida xufiyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish

11.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etish.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini sotish bilan shugʻullanishga ruxsat berishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-avgust

Savdo-sanoat palatasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

12.

Zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasini qisqartirish.

1. Zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasini qisqartirish boʻyicha nazorat tadbirlarini oʻtkazish, shu jumladan:

(a) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni noqonuniy qazib olish va sotish, shuningdek, zargarlik buyumlarini noqonuniy realizatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar koʻrish;

(b) zargarlik buyumlarini bojxona chegarasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirish holatlarining oldini olish;

(v) qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining noqonuniy bozorlarini aniqlash va ularning faoliyatiga chek qoʻyish;

(g) zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJdan sotib olingan qimmatbaho metallarning samarali va maqsadli ishlatilishini oʻrganish;

(d) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar aylanmasi va muomalasi sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha keng qamrovli tushuntirish va profilaktik ishlarni amalga oshirish.

2025-yil iyul — dekabr oylari

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi,

Soliq qoʻmitasi,

Bojxona qoʻmitasi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

2. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni noqonuniy qazib olish va sotish, shuningdek, zargarlik buyumlarini noqonuniy realizatsiya qilish bilan shugʻullanayotgan shaxslarning rasmiy faoliyat yuritishiga koʻmaklashish.

2025-yil 1-dekabr

13.

Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida zargarlik buyumlarining asillik darajasini tekshirish va ularni tamgʻalash boʻyicha sayyor xizmat koʻrsatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1. Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining zargarlik buyumlarining asillik darajasini tekshirish va ularni tamgʻalash boʻyicha sayyor xizmat koʻrsatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil 1-sentabr

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Zargarlik buyumlarining asillik darajasini tekshirish va ularni tamgʻalash boʻyicha sayyor xizmat koʻrsatish natijalaridan kelib chiqib, hududlarda Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining filiallarini ochish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.

2026-yil 1-yanvar

14.

Aholidan zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ularning parchalari va chiqindilarini sotib olishni tartibga solish.

1. Aholidan zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning parchalari va chiqindilarini sotib olishni tartibga solish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-noyabr

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Soliq qoʻmitasi

2. Aholidan sotib olingan zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning parchalari va chiqindilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron shaklda soliq organlari maʼlumotlar bazasida aks ettirilishini soliq solish maqsadlarida kirim hujjatlariga tenglashtirish.

2025-yil 1-noyabr

15.

Savdo markazlari, doʻkonlar va bozorlarda zargarlik buyumlari bilan savdo qilishni tartibga solish.

1. Savdo markazlari, doʻkonlar va bozorlarda quyidagi nazorat tadbirlarini oʻtkazish:

(a) zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilish va ularni tamgʻalash qoidalariga rioya qilinishini oʻrganish;

(b) chet elda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligini oʻrganish.

2. Nazorat tadbirlarini oʻtkazish jarayonlariga “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi mutaxassislarini jalb etish.

2025-yil 1-sentabrdan boshlab muntazam ravishda

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi,

Soliq qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

3. Bozorlarda zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasi yoʻlga qoʻyilgan joylarni obodonlashtirish va barcha qulayliklarga ega zamonaviy savdo rastalarini tashkil qilish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritish.

2025-yil 1-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi

4. Zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatishiga koʻmaklashish.

5. Qonunchilik hujjatlarida zargarlik sohasi ishtirokchilari uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar, rasmiy faoliyatning afzalliklari va raqamli marketing asoslari boʻyicha bevosita joylarda oʻquv seminarlar oʻtkazish.

2025-yil iyul — sentabr oylari

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

16.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashni tartibga solish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilishga oid imtiyozni bekor qilish;

(b) zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini, ularning daromadidan qatʼi nazar, qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etish;

(v) 2028-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasini zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxi hamda ular tarkibidagi import qilingan qimmatbaho toshlar, shuningdek, sanoat usulida qazib oluvchilardan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va birja savdolari orqali hamda boshqa subyektlardan birja savdolari orqali sotib olingan qimmatbaho metallar narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlash. Bunda:

(i) zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar zimmasiga realizatsiya qilinayotgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlar boʻyicha elektron hisobvaraq fakturalarni rasmiylashtirishda Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga ushbu buyum va mahsulotlarning asillik darajasi, ular tarkibidagi qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar miqdori va qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish vazifasi yuklanadi;

(ii) zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlar tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qiymati Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladigan narxlardan kelib chiqib hisoblanadi;

(g) 2028-yil 1-yanvarga qadar zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining 80 foizini har oyning 25-sanasigacha avtomatik ravishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qaytarish;

(d) oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻimni bekor qilish.

2025-yil 1-dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

2. Qimmatbaho metallar narxlarini hisobot oyidan oldingi oydagi oʻrtacha birja narxlardan kelib chiqib belgilash va Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish.

2026-yil 1-yanvardan boshlab har oyning 25 sanasigacha

Soliq qoʻmitasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3. Qimmatbaho toshlar narxlarini jahon bozorida shakllangan narxlardan kelib chiqib aniqlash va Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish.

2026-yil 1-yanvardan boshlab har oyning 25 sanasigacha

4. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hududiy soliq organlariga va shaxsiy kabinet orqali soliq toʻlovchilarga yetkazib borish.

2026-yil 1-yanvardan boshlab har oyning 27 sanasigacha

5. Zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilishga oid imtiyozni bekor qilish va toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining 80 foizini har oyning 25 sanasigacha avtomatik ravishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qaytarish tartibining natijadorligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritish.

2026-yil 1-noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

17.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari (keyingi oʻrinlarda — oltin izlovchilar) hamda affinaj korxonalariga qimmatbaho metallarni birja savdolari orqali realizatsiya qilish uchun zarur sharoit yaratish.

Oltin izlovchilar hamda affinaj korxonalari tomonidan qimmatbaho metallarni birja savdolari orqali realizatsiya qilish tartibini ishlab chiqish.

2025-yil 1-noyabr

“Oʻzbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ,

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Soliq qoʻmitasi

18.

Hududlarda qazib olingan maʼdan tarkibidagi oltin miqdorini tez hamda ishonchli aniqlash funksiyalariga ega mustaqil shoxobchalarni tashkil etish.

1. Xorijiy tajribani oʻrganish va shoxobchalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil 1-sentabr

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi

2. Tashkil etilgan shoxobchalarni zargarlik sanoatining yagona elektron platformasiga ulash.

2026-yil 1-noyabr

19.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatida xufiyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatida xufiyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-avgust

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

20.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari va affinaj korxonalari roʻyxati bilan tanishish imkoniyatini yaratish.

1. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari va affinaj korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va zargarlik sanoatining yagona elektron platformasida eʼlon qilib borish.

Har oyda

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Bojxona qoʻmitasi,

“Oʻzbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ

2. Zargarlik sanoatining yagona elektron platformasini Savdo-sanoat palatasi, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ va boshqa manfaatdor tashkilotlar axborot tizimlari bilan bepul integratsiya qilish.

2026-yil 1-yanvar

21.

Jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib chiqib ketish tartibini takomillashtirish.

Jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib chiqib ketish tartibini takomillashtirishga oid Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda qaror loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

(a) “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida zargarlik buyumlarini chet el valyutasiga sotishga ruxsat berish;

(b) norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish chogʻida belgilangan tartibda deklaratsiya qilingan zargarlik buyumlarni sotishdan olingan naqd chet el valyutasini ularning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida chetga olib chiqib ketishga ruxsat etish.

2025-yil 1-noyabr

Markaziy bank,

Bojxona qoʻmitasi,

Soliq qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi

22.

Zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasini qisqartirishga qaratilgan keng qamrovli mediarejani amalga oshirish.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar hamda zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasi uchun belgilangan javobgarlik, rasmiy faoliyatning afzalliklari, davlat tomonidan zargarlik sohasi ishtirokchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va qoʻllab-quvvatlash choralari boʻyicha ommaviy axborot vositalari va internet resurslarda targʻibot ishlarini tashkil etish, shu jumladan:

(a) aholi orasida asillik tamgʻasi yoki zarur sertifikatlari boʻlmagan (qimmatbaho toshlar uchun) kontrafakt zargarlik buyumlarini xarid qilmaslik haqida keng koʻlamli tushuntirish ishlarini olib borish;

(b) zargarlik buyumlarini noqonuniy ishlab chiqarish hamda sotish holatlari, shuningdek, asillik belgisiga mos kelmaydigan zargarlik buyumlarini sotish keng tarqalgan hududlar toʻgʻrisidagi materiallarni eʼlon qilib borish.

2025-yil iyul — sentabr oylari

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi,

Oʻzbekiston milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 07/25/207/0548-son)