30.04.2025 yildagi PQ-160-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI

Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda muhandislik, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt sohalarida ilg‘or texnik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish ko‘nikmalariga ega, iqtisodiyot va jamiyatning raqamli transformatsiyasiga ko‘maklasha oladigan, innovatsion mahsulot va xizmatlar yarata oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, bu borada maktab, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limning uzviyligi va o‘zaro integratsiyasini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimida muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida Al-Xorazmiy universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) matematika, aerokosmik texnologiyalar, muhandislik, IT va sun’iy intellekt sohalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) o‘quv-tarbiya jarayonini ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda jahonning yetakchi universitetlarida joriy etilgan ta’lim texnologiyalari va usullari asosida tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, bilimini amaliy tajribalar orqali mustahkamlash, o‘quv materiallarini samarali va puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladigan har tomonlama qulay ta’lim muhitini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, chet ellardagi nufuzli, tan olingan ilmiy markazlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlari integratsiyasi asosida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash hamda ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladigan innovatsion ekotizimni shakllantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Universitetda ta’lim jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab tashkil etiladi hamda talabalarni o‘qitish davlat va ingliz tillarida kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Universitetda ta’lim jarayoni Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Urganch filiali faoliyati Universitet binosida tashkil etiladi hamda har bir ilmiy xodimga talaba biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Universitet faoliyatini strategik rivojlantirish maktabgacha va maktab ta’limi vaziri raisligidagi Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Kuzatuv kengashi tarkibi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(e) Agentlik Universitetga malakali professor-o‘qituvchilarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga yaqindan ko‘maklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) talabalarni qabul qilish parametrlari Agentlik bilan kelishgan holda Universitet tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) Universitet talabalariga davlat grantini ajratishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi PQ-5158-son qarorining 4-bandi tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Universitetga quyidagilarni amalga oshirish vakolati beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Universitetning tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash, shuningdek, bakalavriat va magistraturada o‘qish tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida ta’lim yo‘nalishlarini belgilash, o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash hamda pedagog xodimlarning mehnatini me’yorlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Universitetga malakali xodimlarni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlardagi yetuk mutaxassislarni jalb etish, mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda Universitet xodimlarining ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) bakalavriat, magistratura va doktoranturaga qabul qilish shartlarini, shuningdek, talabalikka qabul qilishda test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasini va to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) ilmiy va innovatsion faoliyat olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish uchun tijorat va notijorat tashkilotlar (startap, jamg‘arma, markazlar va boshqalar) tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(e) xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish hamda o‘z faoliyatiga oid moliyaviy-iqtisodiy va ma’muriy boshqaruv yuzasidan qarorlar qabul qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, Universitetda Ta’lim — ilm-fan — sanoat integratsiyasi dasturi (keyingi o‘rinlarda — Integratsiya dasturi) yo‘lga qo‘yiladi va uning doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) quyidagilar Integratsiya dasturining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) iqtisodiyot, moliya va sog‘liqni saqlash sohalarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) mudofaa va qishloq xo‘jaligi sohalarida uchuvchisiz texnologiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) biznes jarayonlarini va xo‘jalik faoliyatini yurituvchi subyektlar faoliyatini raqamlashtirish, iqtisodiy tarmoqlarda simulyatsion modellashtirish metodlarini qo‘llash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Integratsiya dasturini amalga oshirish uchun Universitetga sanoat hamkori sifatida Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Savdo-sanoat palatasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat hamkorlari) biriktiriladi hamda ular ishtirokida Universitet huzurida sanoat kengashi tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Sanoat hamkorlari Integratsiya dasturi doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Universitetning iqtidorli talabalari uchun Sanoat hamkorlari stipendiyasini ta’sis etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) tegishli sohadagi ilmiy yondashuv talab etadigan masalalar ro‘yxatini shakllantirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) ilmiy yondashuv talab etadigan masalalar asosida grant dasturlarini moliyalashtirish hamda zarur hollarda tadqiqot guruhlari faoliyatiga o‘z mutaxassislarini jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Universitetga Xorazm viloyati Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududidan kampus qurish uchun zarur yer maydonini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) bir oy muddatda Universitetni loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurish va jihozlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning yetishmagan qismi bo‘yicha moliyalashtirish manbasini aniqlasin hamda o‘z vaqtida mablag‘ ajratilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) xorijiy loyiha va pudrat kompaniyalarini jalb etgan holda Universitet uchun zamonaviy o‘quv kampusi loyihasi ishlab chiqilishi va xalqaro standartlar asosida qurilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Universitet binosini qurish va jihozlash ishlarini amalga oshirishda Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2025-yil 1-iyulga qadar Universitetni qurish va jihozlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar asosida 2025-yilgi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan va o‘zlashtirilmagan mablag‘lar, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan zarur mablag‘larni ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filialini qurish va jihozlash ishlarini 2025-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga, Al-Xorazmiy universitetini qurish va jihozlash ishlarini bosqichma-bosqich 2026 — 2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish hamda zarur mablag‘larni ajratib borish choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Universitet faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan boshlab davlat granti asosida qabul qilingan talabalarning o‘qish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Urganch davlat universitetida axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialini Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuborish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Urganch davlat universitetining mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida davom ettiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Urganch davlat universiteti Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) hududning, jumladan, iqtisodiyot tarmoqlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlariga muvofiq 2025/2026 o‘quv yilidan Urganch davlat universitetida axborot texnologiyalari, muhandislik, ishlab chiqarish sohalarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qabul parametrlari oshirib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Urganch davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Urganch davlat universitetini faoliyatini moliyalashtirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Davlat budjeti mablag‘lari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli o‘zgartirish kiritgan holda amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktab) Al-Xorazmiy majmuasi hududida tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quv jarayoni 7 yillik dastur asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) dastlabki 5 yilda ustuvorlik o‘quvchilarda fizika, matematika, informatika va ingliz tili bo‘yicha fundamental bilimlarni shakllantirishga, keyingi 2 yilda esa muhandislikka boshlang‘ich tayyorgarlikni ta’minlashga qaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) o‘quvchilar tanlovi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining matematika va informatika fanlari bo‘yicha qobiliyati bor 4-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ixtisoslashtirilgan maktabga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab rahbari, xodimlari va o‘quvchilari uchun belgilangan tashkiliy, akademik va moliyaviy shart-sharoitlar tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) ixtisoslashtirilgan maktabni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) ixtisoslashtirilgan maktabni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktorining tavsiyasiga ko‘ra Agentlik tomonidan tayinlanadigan direktor boshqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ixtisoslashtirilgan maktabning muhandislik ta’lim dasturlari Universitet bakalavriat ta’lim dasturlari bilan o‘zaro integratsiya qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning filiallarining muhandislik ta’lim dasturlarini lozim darajada o‘zlashtirgan bitiruvchilarga o‘z o‘qishini Universitetning tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishida 2-bosqichdan davom ettirish imkoni yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi ixtisoslashtirilgan maktabni yangi bino qurilguniga qadar Xorazm viloyati, Urganch shahri, A. Bahodirxon ko‘chasi, 195-uy manzilidagi bo‘sh binoga vaqtinchalik joylashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. 2028-yil 1-iyunga qadar Universitet tomonidan olib kelinadigan muqobili O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilma, dasturiy va texnik vositalar, butlovchi qismlar respublikaga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tashqi ishlar vazirligi jalb etiladigan xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislar, ularning oila a’zolari uchun ko‘p martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ichki ishlar vazirligi jalb etiladigan xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislar, ularning oila a’zolari uchun belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joylari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu qaror ijrosi bilan bog‘liq budjet mablag‘lari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov hamda Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 30-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-160-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-160-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urganch davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI

T/r

Obyektning nomi

Manzili

Egallagan maydoni,

(m2)

Kadastr raqami

Balansda saqlovchi

1.

O‘quv binosi

Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 110-uy

6 308,96

22:11:41:02:03:00441

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

2.

Talabalar turar joyi

Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 110-uy

4 160,32

22:11:41:02:03:00440

3.

Yordamchi bino

Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 110-uy

76,43

22:11:41:02:03:00439

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 07/25/160/0397-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)