1-ILOVA
1. | A.A. Xudayarov | — | sogʻliqni saqlash vaziri, Kuzatuv kengashi raisi |
2. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari |
3. | E.E. Adilov | — | “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi direktori |
5. | O.R. Fazilkarimov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari |
6. | S.S. Abdullayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining oʻrinbosari |
7. | B.K. Yusupaliyev | — | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi |
8. | Duglas Vitman | — | Vebster universiteti sogʻliqni saqlash boshqaruvi magistratura dasturi rahbari (kelishuv asosida) |
9. | Lavozimi boʻyicha | — | Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, Kuzatuv kengashi kotibi |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun masʼullar |
I. Universitet faoliyatini tashkil etish | |||||
1. | Toshkent davlat tibbiyot universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 2. Universitet tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2025-yil 1-avgust | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. | Tugatilayotgan oliy taʼlim muassasalarining (Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti) asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazish hamda Universitet balansiga olish. | 1. Asosiy aktivlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish. | 2025-yil 10-iyul | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov) |
2. Ishchi guruh tomonidan tugatilayotgan oliy taʼlim muassasalarining asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazish hamda Universitet balansiga olish. | 2025-yil 15-iyul | ||||
3. | Universitetda kafedralar tizimini tashkil etish. | 1. Universitetda kafedralar faoliyatini qayta koʻrib chiqish maqsadida taʼlim yoʻnalishlari mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzish. | 2025-yil 1-may | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Ishchi guruhlar tomonidan Universitetda tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish hamda asoslash. | 2025-yil 10-iyul | ||||
3. Kafedralarning faoliyatini boshlash muddatlarini belgilash. | 2025/2026 oʻquv yili | ||||
4. Kafedralarni oʻquv-uslubiy va boshqa hujjatlar bilan taʼminlash. | 2025-yil 10-iyul | ||||
5. Kafedralar professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirish va kafedralar faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil 20-avgust | ||||
4. | Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. | Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (professor-oʻqituvchilarni) ochiq, shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish. | 2025-yil 1-avgust | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
5. | Universitet boshqaruv tizimini xalqaro standartlar talablari asosida tashkil etish. | 1. Universitet tashkiliy boshqaruv tizimini ISO:21001 (Educational organizations — Management systems for educational organizations) standarti talablariga moslashtirish. | 2025-yil 1-noyabr | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
2. ISO:21001 standarti talablariga mos ravishda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va sertifikat olish uchun ariza berish. | 2026-yil 1-yanvar | ||||
II. Universitetda taʼlim jarayonini samarali tashkil etish | |||||
6. | Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura, klinik ordinatura (rezidentura), internatura mutaxassisliklari malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish. | 1. Universitet taʼlim yoʻnalishlari va magistratura, klinik ordinatura (rezidentura), internatura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish va jalb etilgan ekspertlar orasidan ishchi guruhlar tuzish. | 2025-yil 1-iyul | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2025/2026 oʻquv yili | ||||
3. Yangi ishlab chiqilgan taʼlim dasturlarini oʻquv jarayoniga joriy etish. | 2025/2026 oʻquv yili | ||||
7. | Universitetda ilgʻor xorijiy tajribalar asosida taʼlim jarayonini tashkil etish. | 1. Universitetda tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqitishni tashkil etish maqsadida xorijlik yetakchi ilmiy xodimlar, mutaxassislar va professor-oʻqituvchilarni jalb qilish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Oʻquv jarayoniga xalqaro tajribaga asoslangan oʻqitishning ilgʻor texnologiyalari va metodikalarini tatbiq etish. | 2025-2026-yillar | ||||
3. Nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma dasturlar asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida hamkorlik memorandumlarini tuzish va imzolash. | 2025/2026 oʻquv yili | ||||
8. | Taʼlim sifati va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida Universitetni zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash. | 1. Universitetning mavjud oʻquv-laboratoriya jihozlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish. | 2025-yil 20-iyun | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
2. Universitet uchun zarur boʻlgan zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil 20-iyul | ||||
3. Roʻyxati shakllantirilgan oʻquv laboratoriya jihozlarini xarid qilish choralarini koʻrish. | 2025/2026 oʻquv yili | ||||
9. | Universitetni Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME), QS va THE standartlari va yoʻriqnomalariga asosan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun tayyorlash. | 1. Universitetni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik kelishuvlariga erishish. | 2025-yil 15-noyabr | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Universitetni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xorijiy tajribaga ega boʻlgan malakali mutaxassislardan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish. | 2025-yil 1-dekabr | ||||
3. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtish uchun talab etiladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2026/2027 oʻquv yili | ||||
4. Universitetning tanlab olingan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash. | 2026/2027 oʻquv yili | ||||
10. | Xorijiy tajribaga asoslangan holda Universitetda taʼlim va amaliyot oʻrtasidagi integratsiyani taʼminlash maqsadida tibbiyot sohasidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda koʻrgazmali oʻquv auditoriyalarini tashkil etish. | 1. Tibbiyot sohasidagi yetakchi davolash-profilaktika muassasalari laboratoriyalari, klasterlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash. | 2025-yil 23-may | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Koʻrgazmali materiallar bilan jihozlash uchun oʻquv auditoriyalarini tanlab olish. | 2025-yil 15-sentabr | ||||
3. Mutaxassislik yoʻnalishiga muvofiq ravishda oʻquv auditoriyalarini koʻrgazmali materiallar bilan jihozlash va doimiy yangilab borish. | 2025-yil 10-sentabr | ||||
11. | Universitetda xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar reytingining TOP-1000 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari ulushini oshirish. | 1. Universitetga jalb qilingan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini belgilash. | 2025-yil 1-iyun | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) |
2. Har semestrda oʻquv va ilmiy jarayonga xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar reytingida TOP-1000 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim muassasalaridan professor-oʻqituvchilarni jalb qilish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
3. Universitetning viza talabnomalariga binoan taklif etilayotgan xorijlik mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirish choralarini koʻrish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
12. | Universitet tizimidagi tashkilotlar faoliyatini qayta tashkil etish, faoliyati takrorlanuvchi va samarasiz tashkilotlarni tugatish boʻyicha taklif tayyorlash. | 1. Universitet tizimidagi barcha tashkilotlar faoliyatini, jumladan, taʼlim va ilmiy tadqiqot faoliyati, funksiya va vazifalarini tahlil qilish. | 2025-yil 24-avgust | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Fazilkarimov) |
2. Samarasiz faoliyat yuritayotgan va faoliyati takrorlanuvchi tashkilotlarni tugatish boʻyicha taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 10-sentabr | ||||
III. Talabalar malaka amaliyotlarini tashkil etish | |||||
13. | Talabalarda amaliy va ishlab chiqarish koʻnikmalarini shakllantirishda ish beruvchi tashkilotlarning ishtirokini oshirish va masʼuliyatini belgilash. | 1. Universitet talabalarining klinik amaliyotini tashkil etish boʻyicha amaliyot oʻtash obyektlari — klinik bazalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish. | 2025-yil 1-iyun | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Ish beruvchi tashkilotlarning talabalarda amaliy va ishlab chiqarish koʻnikmalarini shakllantirish majburiyatlarini eʼtiborga olgan holda zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan yetakchi tashkilotlar bilan talabalarning amaliyot oʻtashi boʻyicha oʻzaro hamkorlik shartnomalarini tuzish. | 2025-yil 10-iyun | ||||
3. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari oʻtkazilishini taʼminlash. | Har yili may-iyun oylari | ||||
4. Talabalar amaliyotini tashkilotlar bazasida oʻtkazish va ular uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash. | 2025/2026 oʻquv yili | ||||
14. | Talabalarning sohadagi muayyan korxona va tashkilotlarda amaliy mashgʻulotlar hamda malaka amaliyotlari oʻtishini tashkil qilish. | 1. Tarmoqning nazariy va amaliy muammolaridan kelib chiqib, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba va ilmiy tadqiqotlar natijalarini inobatga olgan holda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun oʻquv-dala amaliyoti va malaka amaliyoti dasturlarini yaratish. | 2025-yil 15-may | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Talabalar kontingentini tegishli davolash-profilaktika muassasalariga biriktirish, shuningdek, taʼlim yoʻnalishi xususiyatidan kelib chiqqan holda ular bilan tegishli shartnomalar tuzish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
3. Shartnomalar va jadval asosida talabalarning amaliy mashgʻulotlari va malaka amaliyotini tashkil etish, mazkur jarayonni nazorat qilish uchun Universitetning masʼul vakillarini tayinlash. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
15. | Universitet professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarda stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkil etish. | 1. Xorijiy mamlakatlarning sohadagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash. | 2025-yil 1-iyul | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Tegishli xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish. | 2025-yil 1-sentabr | ||||
3. Stajirovka va malaka oshirishni tashkil qilish jadvalini tuzish, kelishish va tasdiqlash. | 2025-yil 1-noyabr | ||||
4. Stajirovka va malaka oshirish kurslarining samarali va oʻz vaqtida tashkil qilinishini taʼminlash. | Belgilangan muddatlarda | ||||
16. | Xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish. | 1. Xorijiy davlatlar tibbiyot oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, qoʻshma konferensiya, simpozium va seminarlar tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishish. | Har yili 20-sentabrga qadar | Xalqaro moliya institutlari grantlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Xalqaro hamkorlikda ilmiy ishlarni olib borish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, dasturlarni tasdiqlash va ularni amalga oshirish. | 2026-yildan boshlab | ||||
3. Sohaga ilgʻor ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish maqsadida respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda ushbu ishlarga nufuzli xalqaro universitetlarni jalb qilish. | 2026-yildan boshlab | ||||
4. Ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalarning bajarilishini tizimli monitoring qilish. | Har chorakda | ||||
17. | “Taʼlim — fan — ishlab chiqarish” integratsiyasi tamoyili asosida ilmiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish. | 1. Magistratura, stajyor-tadqiqotchilik va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish. | 2025/2026 oʻquv yili | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Kafedralarning ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish choralarini koʻrish. | 2025-2026-yillar | ||||
3. Ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash, tegishli uskunalar bilan taʼminlash. | 2025-2026-yillar | ||||
4. Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga magistraturaning iqtidorli talabalarini jalb qilish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
5. Tibbiyot sohasidagi tarmoq tashkilotlarida mavjud muammolar tematik bazasini shakllantirish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
6. Davlat grantlari va xoʻjalik shartnomalari, bitiruv malaka ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari tematik bazasidan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishini tashkil etish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
18. | Universitetda yirik tibbiyot tashkilotlarining dolzarb muammolari yechimiga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun doktorantlarni maqsadli tayyorlash. | 1. Dolzarb muammolardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot institutlari va kafedralar yoʻnalishlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. | 2025-yil 15-may | Xalqaro moliya institutlari grantlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Sohaga tegishli tashkilotlar mutaxassislarining ilmiy-texnik kengashlarda ishtirokini taʼminlash orqali doktorantura ilmiy yoʻnalishlarida hamkorlikni amalga oshirish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
3. Doktorantura tadqiqotchilariga ilmiy rahbar sifatida mahalliy va xorijiy salohiyatli ilmiy kadrlarni jalb etish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
4. Har yili tanlov asosida iqtidorli yoshlarni doktoranturaga qabul qilish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
19. | Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish. | 1. Yosh oʻqituvchi va ilmiy xodimlarni xorijiy va respublika taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlariga doktoranturaga yuborish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
2. Universitet axborot-resurs markazini xorijiy ilmiy jurnallar, yetakchi davriy nashrlar bilan taʼminlash. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
3. Universitet professor-oʻqituvchilarining xorijda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda ishtirok etishini tashkil etish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
20. | Universitetda telemeditsina texnologiyalarini keng joriy qilish. | 1. Universitetning ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilgan oʻquv klinik bazalarida telemeditsina texnologiyalarini keng joriy qilish. | 2025-yil 1-avgust | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
2. Telemeditsina texnologiyalari xonalarini tashkil qilish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
3. Universitet talabalarining telemeditsina texnologiyalari xonalarida amaliyotlarini oʻtkazib borish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
IV. Universitetda xalqaro hamkorlik hamda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish | |||||
21. | Ilmiy-innovatsion faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish. | 1. Tibbiyot va farmatsevtikaning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan fundamental va amaliy izlanishlar koʻlamini kengaytirish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Xalqaro moliya institutlari grantlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalar transferini joriy etish uchun sharoitlar yaratish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
3. Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari “Scopus” va “Web of science” bazalaridagi jurnallarda chop etilishini taʼminlab borish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
22. | Universitetda yoshlar oʻrtasida ilmiy-madaniy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Xorijiy va mahalliy oliy taʼlim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda talabalar oʻrtasida “Summer school”, “Winter school” maktablarini tashkil qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil 15-sentabr | Xalqaro moliya institutlari grantlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. “Summer school”, “Winter school” maktablarining tashkil etilishiga qaratilgan xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish. | 2025 — 2027-yillar | ||||
3. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan amaliy, innovatsion va fundamental loyihalarda talabalar ishtirokini kengaytirish. | 2026-yildan boshlab | ||||
23. | Universitetda 2026-yil yakuniga qadar ilmiy darajali professor-oʻqituvchilar ulushini 70 foizga yetkazishga erishish. | 1. Xalqaro aloqalar oʻrnatilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tor ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. | 2025-2026-yillar | Xalqaro moliya institutlari grantlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Magistratura mutaxassisliklarining iqtidorli talabalari oʻrtasida xorijiy oliy taʼlim muassasalarida doktoranturaga qabul qilish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish. | 2025-2026-yillar | ||||
24. | Tibbiyot sohasini raqamlashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish. | Yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar epidemiologiyasi va oldini olishda tibbiy ilmiy-pedagogik xodimlar salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy qilish usullarini, tibbiyot sohasini raqamlashtirishning dolzarb masalalarini tadqiq qilish. | 2025-2026-yillar | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
25. | Tibbiyot yoʻnalishida yagona elektron axborot-resurs bazasini yaratish. | 1. Tibbiyot yoʻnalishida yaratilgan adabiyotlar, davriy matbuot nashrlar hamda ilmiy manbalar, shuningdek, yetakchi xorijiy davlatlarda chop etilgan adabiyot va materiallarning elektron roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil 20-avgust | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
2. Soha uchun dolzarb, zamonaviy va yangi elektron manbalarni xarid qilish, xorij adabiyotlarini tarjima qilish va axborot resurslariga joylashtirishni tashkil qilish. | 2025-yil 1-dekabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | |||
V. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish | |||||
26. | Talabalar oʻrtasida yot gʻoyalarning oldini olish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini belgilash. | 1. Tadbirlarda hamkor tashkilotlardan mutaxassislar jalb qilish. | 2025-yil 10-avgust | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Mavzular boʻyicha tezislar va taqdimotlar tayyorlash. | 2025-yil 15-sentabr | ||||
3. Universitet talabalari oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. | 2025-yildan boshlab | ||||
27. | Universitet hududida amaliy ishlab chiqarish maydonlarini (mediamarkaz, buk-kafe, “Wi-Fi” zonalar, munozara klublari va boshqalar) tashkil qilish. | 1. Universitetda amaliy ishlab chiqarish maydonlari loyihasini (dizaynini) yaratish. | 2025-yil 10-sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
2. Amaliy ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish maqsadida grantlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilish. | 2025-yildan boshlab | ||||
3. Obyektlarning toʻlaqonli ishlashini taʼminlash. | 2025-yildan boshlab | ||||
28. | “Tibbiyot sohasini rivojlantirish boʻyicha eng yaxshi tashabbuslar” respublika tanlovini tashkil qilish. | 1. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2025-yil 1-noyabr | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
2. Tanlovni ommaviy axborot vositalarida keng yoritgan holda tashkil qilish va oʻtkazish. | Grafik asosida | ||||
29. | Universitetning rasmiy veb-saytini yaratish. | 1. Veb-saytni ishlab chiqish boʻyicha ijrochilarni aniqlash va ular bilan shartnoma tuzish. | 2025-yil 1-avgust | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
2. Veb-saytning internet tarmogʻida toʻlaqonli ishlashini taʼminlash. 3. Veb-saytni dolzarb va zarur axborot bilan doimiy ravishda yangilab borish. | 2025-yil yakuniga qadar | ||||
VI. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash | |||||
30. | Bosmaxona tashkil etish va uni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash. | 1. Bosmaxonani tashkil etish va jihozlash boʻyicha zamonaviy uskunalar roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil 1-dekabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻi | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
2. Uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish. | 2026-yil 1-avgust | ||||
31. | Universitet klinikasining kommunal infratuzilma obyektlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | 2025-yil 1-noyabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻi | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
2. Tender savdolarini oʻtkazish. | 2025-yil 1-dekabr | ||||
3. Rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlarini boshlash. | 2026-yil 1-aprel | ||||
4. Zamonaviy laborator-diagnostika va davolash jihozlarini xarid qilish va oʻrnatish. | 2027-yil 1-sentabr | ||||
32. | Aholining toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash, jismoniy faolligini oshirish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish. | 1. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning 2024-yil yakuniga koʻra qoldigʻi boʻyicha maʼlumotni shakllantirish. | 2025-yil 20-may | Tibbiyot oliygohlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Fazilkarimov) |
Aholining toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash, jismoniy faolligini oshirish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida qoldiq mablagʻlarning oʻndan bir qismini Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasida ochilgan maxsus hisob varaqasiga yoʻnaltirish. | 2025-yil 1-iyun | ||||
2. Mablagʻlardan samarali foydalanish boʻyicha manzilli va maqsadli choralarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2025-yil 10-iyun | ||||
3-ILOVA
T/r | Obyektning nomi | Manzili | Egallagan maydoni (m2) | Kadastr raqami | Balansda saqlovchi |
I. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti | |||||
1. | 1-son oʻquv-maʼmuriy bino, axborot-resurs markazi, sport majmuasi, simulyatsiya-oʻquv markazi, talabalar oshxonasi | Toshkent shahri Yunusobod tumani Bogʻishamol koʻchasi 223-uy | 40 358 | 10:07:04:03:01:0019 | Toshkent pediatriya tibbiyot instituti |
2. | 2-son oʻquv binosi | Toshkent shahri Yunusobod tumani Bogʻishamol koʻchasi 223-uy | 2 236 | 10:07:04:03:02:0048 | Toshkent pediatriya tibbiyot instituti |
3. | 1-, 2-, 3-son talabalar turarjoylari binolari, Talabalar bilimini baholash markazi | Toshkent shahri Yunusobod tumani Bogʻishamol koʻchasi 223-uy | 37 528 | 10:07:04:03:02:0050 | Toshkent pediatriya tibbiyot instituti |
II. Toshkent tibbiyot akademiyasi | |||||
4. | 10-son oʻquv binosi va 9-son talabalar turarjoyi binosi | Toshkent shahri Olmazor tumani Farobiy koʻchasi 2-uy | 29 439 | 10:08:05:01:01:0064 | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
5. | 6-son talabalar turarjoyi binosi | Toshkent shahri Olmazor tumani Farobiy koʻchasi 2-uy | 7 624 | 10:08:05:01:01:0013 | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
6. | Bosh oʻquv binosi | Toshkent shahri Olmazor tumani Farobiy koʻchasi 2-uy | 37 223 | 10:08:05:01:01:0075 | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
7. | Sport-sogʻlomlashtirish majmuasi | Toshkent shahri Olmazor tumani Farobiy koʻchasi 2-uy | 53 436 | 10:08:05:01:01:0076 | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
8. | Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi hududidagi 14- va 11-son binoning Toshkent tibbiyot akademiyasiga qarashli qismi | Toshkent shahri Olmazor tumani Farobiy koʻchasi 2-uy | 265 395 | 10:08:05:01:02:0060 | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
9. | Yotoqxona va oʻquv binolar (jami 9 ta bino) | Toshkent shahri Olmazor tumani Farobiy koʻchasi 2-uy | 68 156 | 10:08:05:01:01:0073 | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
III. Toshkent davlat stomatologiya instituti | |||||
10. | Rektorat, 2-, 3- va 4-son oʻquv binolar, “Medik” sport majmuasi binolari | Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasi 103-uy | 16 569 | 10:04:03:02:02:0009 | Toshkent davlat stomatologiya instituti |
11. | 1-son talabalar turarjoyi binosi | Toshkent shahri Yashnobod tumani S. Mashhadiy koʻchasi 217-uy | 695 | 10:04:04:01:03:0180 | Toshkent davlat stomatologiya instituti |
12. | 2-son talabalar turarjoyi binosi | Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Mingbuloq koʻchasi 1b-uy | 2 078 | 10:09:06:02:02:0050 | Toshkent davlat stomatologiya instituti |