08.04.2025 yildagi 206-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega boʻlgan ustama toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida mehnat qilayotgan budjet tashkilotlari xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega boʻlgan ustama toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun budjet tashkilotlari xodimlariga oylik ustama miqdorlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oylik ustamalarni olish huquqini beruvchi ish stajini hisoblash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oylik ustamalarni hisoblash va toʻlash tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 8-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
206-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 206-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega boʻlgan ustama toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Oldingi tahrirga qarang.

1. Mazkur Nizom Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumani Zafarobod shaharchasidagi (keyingi oʻrinlarda — shaharlar) budjet hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, shu jumladan mahallalar uyushmasi va mahallalar (keyingi oʻrinlarda — budjet tashkilotlari) xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega boʻlgan ustama toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shaharlardagi budjet tashkilotlari xodimlariga noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun oylik ustama toʻlovlari (keyingi oʻrinlarda — oylik ustama) budjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,25 koeffitsiyenti;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,5 koeffitsiyenti;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,75 koeffitsiyenti.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilangan miqdordagi oylik ustamalarni olish huquqi xodimlar budjet tashkilotlarida ishlashni boshlagan vaqtdan yuzaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oylik ustamani olish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlardagi budjet tashkilotlarida xodimning ishlagan davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodim haqiqatda ishlamagan boʻlsa ham, lekin qonunchilikka asosan shaharlardagi budjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” davlat korxonasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi tizimidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi tizimiga oʻtkazilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ushbu korxonalarda ishlagan davri.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xodimning mehnat daftarchasi hamda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida avtomatik tarzda shakllantiriladigan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oylik ustamalar budjet mablagʻlari hisobidan ish haqi oluvchi xodimning oylik tarif stavkasidan yoki lavozim maoshidan kelib chiqib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oylik ustamalar shu oy davomida ishlagan vaqti, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan xodimning toʻliq yoki qisman oylik ish haqi saqlangan davrlari uchun ham toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar xodimda kalendar oy davomida oylik ustama olish huquqi paydo boʻlsa, ushbu ustamani xodimga birinchi marta mazkur ustamani olish huquqi paydo boʻlgandan keyin ishlagan vaqt uchun hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oylik ustamalar noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun mehnatga haq toʻlash koeffitsiyenti qoʻllanadigan mehnat haqiga qoʻshib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oylik ustamalar ish beruvchilar tomonidan qonunchilik hujjatlarida hamda budjet tashkiloti jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 09/25/206/0314-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)