24.03.2025 yildagi PQ-118-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.03.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

“Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Shanghai SUS Environment” kompaniyasi (Xitoy Xalq Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda — Investor) tomonidan “Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyihalar) doirasida xorijiy korxonalar (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyalari) taʼsis etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Investor va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida 2025-yil 17-martda investitsiya shartnomalari imzolangani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) “Oʻzenergosotish” AJ va Investor oʻrtasida 2025-yil 14-martda Loyihalar doirasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlari imzolangani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va Investor oʻrtasida 2025-yil 14-martda qattiq maishiy chiqindilarni Loyiha kompaniyalariga yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitimlar imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Majburiyat va imtiyozlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, elektr energiyasini sotib olish va qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 30 yil davomida “Oʻzenergosotish” AJga kafolatlangan tarzda sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Loyiha kompaniyalari Loyihalar doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun havo elektr uzatish tarmoqlarini quradi hamda ishga tushirilgandan soʻng ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) “Oʻzenergosotish” AJ 30 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qiladi va milliy valyutada toʻlov qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Agentlik Loyiha kompaniyalariga 30 yil davomida qattiq maishiy chiqindilarni kafolatlangan hajmda yetkazib beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Loyiha kompaniyalari qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 16 million AQSH dollari miqdorida birinchi darajali bank kafolatini taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(e) Investor oʻz huquq va majburiyatlaridan Loyihalar doirasida oʻzi tomonidan tashkil etiladigan Loyiha kompaniyalari foydasiga voz kechadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) havo elektr uzatish tarmoqlari uchun ajratilgan yer uchastkalarini Loyiha kompaniyalariga va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) yer uchastkalarini Loyihalar doirasida foydalanish uchun Loyihalar muddatiga teng boʻlgan muddatga Loyiha kompaniyalariga ijaraga beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Loyiha kompaniyalari va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Loyihalar chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari hududlarida amalga oshirilishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Moliyaviy resurslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Investor va Loyiha kompaniyalari 2025 — 2027-yillarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Qashqadaryo viloyatida 150 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etgan holda kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik qayta ishlab, 240 million kVt elektr energiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Samarqand viloyatida 150 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etgan holda kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik qayta ishlab, 240 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalar ishga tushirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agentlik va “Oʻzenergosotish” AJga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Loyiha kompaniyalari bilan birgalikda bitimlarda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyalari va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Loyihalar doirasida uch oy mobaynida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotib olish hamda chiqindilarni yetkazib berish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyalari foydasiga respublika banklarida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivlar ochishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Loyihalar doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) infratuzilma obyektlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Agentlik, “Oʻzenergosotish” AJ va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Investor tomonidan Loyihalarni amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyalari va Investor huquqini Loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazish haqida bitimlar tuzish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Investorning buyurtmanomasiga binoan Loyihalarni amalga oshirish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza berilishi va uning muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga, zarur hollarda, Loyihalarning maqsadli koʻrsatkichlariga va texnik-iqtisodiy parametrlariga Investor bilan kelishgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda Loyihalar amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlar oʻrtasidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlar bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini va Loyihalarni amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 24-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-118-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2025-y., 07/25/118/0271-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)