26.02.2025 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Elektron toʻlov tizimlari xizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan asosiy yoʻnalishlar boʻyicha islohotlarni amalga oshirishning 2024-yildagi ustuvor chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun toʻlov tizimlari xizmatlaridan foydalanishda qulay sharoitlar yaratish orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-iyuldan boshlab aholiga xizmat koʻrsatuvchi budjet tashkilotlari, gaz va neft mahsulotini sotuvchi va mulkni ijaraga beruvchi yuridik shaxslar majburiy tartibda elektron toʻlov tizimlariga ulanadi hamda toʻlovlarni ular orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yuridik shaxslar tomonidan toʻlovlarni elektron toʻlov tizimlari orqali qabul qilishni rad etish hisob-kitob terminallari orqali toʻlovlarni qabul qilishni rad etishga tenglashtiriladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrilishi uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Strategik islohotlar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar 2025 — 2030-yillarda elektron toʻlovlar ulushini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 26-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
117-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 09/25/117/0216-son)