27.02.2025 yildagi 127-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish ishlarining yagona tartibini belgilash va uning shaffofligini taʼminlash hamda xizmatlar koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar institutiga transport vositalarini ishlab chiqaruvchilarning xalqaro identifikatsiya kodini berish vazifasi yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmati koʻrsatilishini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalarining identifikatsiya raqamining tuzilishi va mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmati koʻrsatishni Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat hamda monitoring oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.D. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 27-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
127-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 127-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Reglament transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) transport vositalarining identifikatsiya raqamini (keyingi oʻrinlarda — VIN kodi) shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Reglament Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament bilan tartibga solinadigan gʻildirakli transport vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish sxemasi asosida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. VIN kodining tuzilishi va mazmuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. VIN kodi uchta boʻlimdan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikatsiya kodi (WMI kodi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavsiflovchi qismi (VDS);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatuvchi qismi (VIS).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIN kodi transport vositalarini identifikatsiya maqsadida beriladigan belgilarning tarkibiy kombinatsiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro ishlab chiqaruvchi identifikatsiya kodi — World Manufacturer Identifier kodi (keyingi oʻrinlarda — WMI kodi) VIN kodining birinchi qismi boʻlib, transport vositalari ishlab chiqaruvchisini bildiradi. WMI kodi transport vositalari ishlab chiqaruvchisiga mazkur ishlab chiqaruvchini aniqlash maqsadida beriladi. VIN kodining qolgan qismlari bilan birgalikda WMI kodi 30 yil davomida barcha davlatlarda ishlab chiqarilgan transport vositalari uchun ushbu kodning takrorlanmasligini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIN kodining tavsiflovchi qismi — Vehicle Descriptor Section (VDS) transport vositalarini tavsiflovchi qismi VIN kodining ikkinchi qismi boʻlib, transport vositalarining asosiy xususiyatlarini ifodalovchi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu VIN kodining qismida transport vositasi turi, variantlari va versiyalari koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIN kodining koʻrsatuvchi qismi — Vehicle Indicator Section (VIS) VIN kodining uchinchi qismi boʻlib, bir transport vositasini boshqasidan ajratish uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan belgilar kombinatsiyasidan iborat. Ushbu VIN kodining qismi VDS bilan birgalikda har bir ishlab chiqaruvchi tomonidan 30 yil davomida ishlab chiqarilgan barcha transport vositalarini aniq identifikatsiyalashni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. VIN kodining WMI tavsiflovchi qismi birinchi uch pozitsiyada joylashgan belgilardan (harflar yoki raqamlar) iborat boʻladi. Belgilarni tanlash va ularning ketma-ketligi Institut tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. VIN kodining VDS tavsiflovchi qismi olti pozitsiyada joylashgan belgilardan (harflar yoki raqamlar) iborat boʻladi. Belgilarni tanlash va ularning ketma-ketligi ishlab chiqaruvchi tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. VIN kodining VIS koʻrsatuvchi qismi sakkiz pozitsiyada joylashgan belgilardan (harflar yoki raqamlar) iborat boʻladi. Qoʻllanilmagan barcha pozitsiyalarga nollar qoʻyiladi. Ushbu qismda ishlab chiqarilgan yil (model yili) va (yoki) yigʻuv zavodini koʻrsatishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ishlab chiqarilgan yil (model yili) kodini birinchi pozitsiyaga, yigʻuvchi zavod kodini esa ikkinchi pozitsiyaga joylashtirish tavsiya etiladi. Agar VIS kodida model yili koʻrsatilgan boʻlsa, VIN kodini tavsiflovchi hujjatlarda bu haqda maʼlumot berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Talabgorlar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Talabgordan boshqa maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron imzo) bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. VIN kodini shakllantirishda WMI kodini tayyorlash va taqdim etish uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha yigʻim summasi bir marta undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlovlardan tushadigan mablagʻlarning 0,5 foizi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochiladigan maxsus hisobraqamiga yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar Institutning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar Institutning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, mazkur Reglamentning 12-bandida koʻrsatilgan yigʻimlar toʻlanadigan summadan 90 foiz miqdorda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish uchun toʻlov amalga oshirilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarda yolgʻon yoki qalbaki maʼlumotlar koʻrsatilganligi aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik vaji bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Talabgorlar davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Talabgorlar Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlanganidan soʻng real vaqt rejimida Institutga elektron shaklda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda Institutga elektron shaklda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Institutga soʻrovnoma kelib tushganidan soʻng besh ish kuni mobaynida Institut transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Transport vositalarining shakllantirilgan identifikatsiya raqami uchun bir ish kuni ichida 3-ilovaga muvofiq Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomada transport vositasining identifikatsiya raqami blankasining reyestr raqami qoʻyiladi va transport vositasining identifikatsiya raqami birinchi uchta pozitsiyasining WMI kodi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tashkilot yiliga 500 tadan kam transport vositasi ishlab chiqarganda, transport vositasi identifikatsiya raqamining koʻrsatuvchi qismi VIS kodi Institut tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Transport vositasining identifikatsiya raqami har bir transport vositasiga toʻliq foydalanish davrida ishlatish uchun beriladi. WMI kodi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish shakli asosida 30 yillik muddatga muayyan ishlab chiqaruvchiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Dalolatnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish blankasi toʻldirilib, Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP real vaqt rejimida talabgorga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish blankasi yuborilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Davlat xizmatlari markazlari va Institut oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Talabgorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA

Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar (talabgor)

1. Transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

Xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlaydi.

Murojaat qilinganda

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish uchun soʻrovnomani Oʻzbekiston standartlar institutiga yuboradi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Oʻzbekiston standartlar instituti

1. Kelib tushgan soʻrovnoma asosida transport vositasining identifikatsiya raqami birinchi qismini tayyorlaydi.

Besh ish kunida

2. Transport vositasining identifikatsiya raqami birinchi qismini shakllantirib, Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXPga yuboradi.

Bir ish kunida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Talabgorga Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan tayyorlangan hujjatlarni yuboradi.

Real vaqt rejimida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SOʻROVNOMA

Talabgor toʻgʻrisida maʼlumot:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Korxona nomi

Korxona joylashgan joy (pochta manzili), STIR, telefon, elektron pochta

Ishlab chiqarish zavod manzili

Ishlab chiqarish quvvati

(mosini tanlang)

□ Kichik

□ Oʻrta

□ Katta

Bir yil davomida ishlab chiqarilishi moʻljallangan transport vositasi soni

□ 10 — 500 gacha

□ 500 — 5000 gacha

□ 5000 +

Ishlab chiqariladigan transport vositasi(lari) turi, ularning toifasi

Masʼul shaxs

(F.I.O., telefon raqami)

Sana

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

__________________

________________

(sana)

(raqam)

Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish

DALOLATNOMASI

Oʻzbekiston standartlar instituti _____________________________________________________

ijrochi

__________________________________ tomonidan _______________________________ uchun transport

_________________________________________________ talabgor

vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha yuborilgan murojaat yuzasidan quyidagilar aniqlandi.

1. Transport vositasi identifikatsiya raqami blankasining reyestr raqami — _____

2. Korxonaga beriladigan transport vositasi identifikatsiya raqamining birinchi uchta pozitsiyasi (WMI) — _____

3. Korxonaga beriladigan transport vositasi identifikatsiya raqamining 12, 13 va 14 (VIS kodining 3, 4 va 5 raqamlari) raqamlari — _____

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish shakli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Sana ___________ yil

Reyestr t/r _______

Transport vositasining identifikatsiya raqami

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda xalqaro identifikatsiya kodini tartibga soluvchi xalqaro standartlarga muvofiq transport vositalarini ishlab chiqaruvchining indentifikatsiya kodi (World Manufacture Identifier) quyidagi manzilda roʻyxatga olingan korxonaga 30 yillik muddatga berildi.

Tashkilot nomi:

Tashkilot manzili:

Telefon:

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2025-y., 09/25/127/0192-son)