14.02.2025 yildagi PQ-64-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Ko‘chirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda ehtiyojmand aholini o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi ishsiz fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xaridi uchun davlat tomonidan subsidiya va boshqa moliyaviy yordamlarni ajratish tizimi joriy etilgan bo‘lib, ushbu maqsadlarga har yili 140 mingdan ortiq aholiga mablag‘lar ajratilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga aholiga moliyaviy yordamlarni ajratish tizimini soddalashtirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda manzilliligini ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) aholiga subsidiya, ssuda va grantlarni (keyingi o‘rinlarda — moliyaviy yordamlar) ajratish uchun Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hajmini kamaytirmagan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini tadbirkorlikka jalb qilish, aylanma mablag‘lari bilan ta’minlash hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar (keyingi o‘rinlarda — kambag‘al oilalar) a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar o‘rniga foizsiz ssuda ajratish tizimini joriy etish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi tomonidan qiziqish bildirilmagan, uzoq davr mobaynida foydalanilmayotgan va samaradorligi past bo‘lgan subsidiyalarni bekor qilish hamda bir-birini takrorlovchi subsidiyalarni birlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, kambag‘al oilalarga tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun grant va foizsiz ssudalar ajratish tizimini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalar samarali amalga oshirilishini tashkil etish hamda kambag‘al oilalarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi subsidiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarni yoki kambag‘al oilalar a’zolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlik subyektlariga ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tadbirkorlik subyekti kamida 10 nafar kasanachini ishga qabul qilishi hamda ajratiladigan ssudaning jami miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi talab etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) kambag‘al oila a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar. Bunda “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduli orqali “qizil” toifaga kiritilgan kambag‘al oila a’zolari tomonidan ssudani qaytarishda ssuda olingan davrning 1/3 qismiga teng bo‘lgan imtiyozli davr taqdim etiladi.
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) kambag‘al oilalarga dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil qilish uchun dehqon xo‘jaliklariga suv quduqlarini burg‘ilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdordagi 5 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, o‘z tajribasini 10 tagacha kambag‘al oilalarga o‘rgatgan va ularga doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashgan tadbirkorlik subyektlariga har bir kambag‘al oila uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdordagi grantlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tadbirkorlik subyektlariga grantning 40 foizi avans shaklida, qolgan qismi biriktirilgan kambag‘al oilalar daromad manbaiga ega bo‘lib, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganidan keyin ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasining vasiylik kengashi tomonidan belgilangan tartib asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan mevali bog‘ va issiqxonalar barpo qilgan holda, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga muayyan muddatga tekin foydalanishga topshirish.
(2-band “j” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilaga passiv daromad manbaini ta’minlash maqsadida ushbu oilalarning doimiy yashab kelayotgan xonadoniga quvvati 7 — 10 kVt gacha bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya jamg‘arma, ochiq tenderda g‘olib bo‘lgan ta’minotchi korxona va “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilaning muomalaga layoqatli a’zosi yoki qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma shartlari bajarilganida ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki kadastr organlari tomonidan hisobga olingan hamda oila a’zosi soliq organlari axborot tizimiga tegishli turar joy bo‘yicha soliq to‘lovchi sifatida kiritilgan xonadonlar uchun subsidiya ajratiladi va quyosh paneli o‘rnatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rnatilgan quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan elektrni xarid qilganlik uchun to‘lanadigan subsidiya “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilaning muomalaga layoqatli a’zosining bank kartasiga o‘tkazib beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan “z” kichik bandi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tuman (shahar) hokimliklari zaxirasida bo‘lgan yer uchastkalarini “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan o‘rnatilgan tartibda sotib olish xarajatlari Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoniga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2025-yil 1-apreldan boshlab ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalari uchun mahalliy budjetdan beriladigan “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Ijtimoiy himoya yagona reyestri orqali “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi” berilishi bo‘yicha modulni takomillashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari parametrlarida ushbu bandda nazarda tutilgan maqsadlar uchun 2025-yilda ko‘zda tutilgan mablag‘lar Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi va Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi tomonidan foydalanilmayotgan, samaradorligi past va bir-birini takrorlashi hisobiga maqbullashtiriladigan subsidiyalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, moliyaviy yordamlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularni ajratish to‘g‘risidagi arizalarning qayd etilishi ketma-ketligi asosida ko‘rib chiqiladi va “mahalla yettiligi”ning xulosalariga muvofiq taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan, nogironlik nafaqasini olayotgan shaxslar uchun ishsiz deb e’tirof etish talab qilinmagan holda ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasining vasiylik kengashiga iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlar uchun mazkur jamg‘arma mablag‘lari hisobidan beriladigan ssuda va subsidiya miqdorlarini 30 foizgacha oshirish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar moliyaviy yordamlarni olgandan so‘ng bir oy muddatda soliq idoralaridan tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi zarur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlariga ssudalar ularning soliqlar va yig‘imlardan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan taqdirda ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordamlarni ajratish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda 2026-yil 1-yanvardan boshlab aholiga naqd pul shaklida beriladigan moliyaviy yordamlar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali ajratilishi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradi va ularning hisobi belgilangan tartibda Davlat budjetining g‘azna ijrosi orqali yuritiladi hamda ular quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetidan har yili ajratiladigan transfertlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soliq tushumlarining bir qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
negizida tashkil etilayotgan jamg‘armalarning qoldiq mablag‘lari va boshqa aktivlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldin ajratilgan foizsiz ssudalarning qaytariladigan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan foiz shaklida olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari grantlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar, jismoniy va yuridik shaxslar hamda boshqa donorlarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tugatilayotgan jamg‘armalarning vazifalarini amalga oshirish doirasida qabul qilingan, biroq mazkur qaror e’lon qilingan sanada ijrosi amalga oshirilmagan buyruqlar bekor qilinadi va arizalar ko‘rmasdan qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda arizalar belgilangan tartibda Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga takroran berilishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) moliyaviy yordamlarni ajratish uchun beriladigan arizalarning identifikatori bo‘lib jismoniy shaxslar uchun ularning shaxsiy identifikatsiya raqamlari hamda yuridik shaxslar uchun soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda jismoniy shaxslarning arizalari elektron raqamli imzo yoki “One ID” hamda yuridik shaxslarning murojaatlari elektron raqamli imzo yoki “token” orqali tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliyaviy yordamlarni ajratish to‘g‘risidagi arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan subsidiya sifatida tarqatish maqsadida 2024-yil yakuniga qadar xarid qilingan va qoldiqda mavjud bo‘lgan asbob-uskuna va jihozlar Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasining vasiylik kengashi tomonidan belgilangan aholi toifalariga subsidiya shaklida tarqatib yuborilishiga ruxsat beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda “Onlayn mahalla” elektron platformasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish, ajratilayotgan moliyaviy yordamlardan samarali va maqsadli foydalanilishini hamda ssudalar o‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilishni ta’minlash mexanizmlarini joriy qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi va tadbirkorlik subyektlariga berilgan moliyaviy yordamlardan maqsadli foydalanilishini hamda ularning natijadorligini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari va hokim yordamchilarining ko‘magida monitoring qilib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2025-yil 20-martga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligining mavjud shtat birliklari doirasida uning markaziy apparati tuzilmasida 10 ta shtat birligidan iborat Subsidiya, ssuda va grantlarning samaradorligini baholash va muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 14-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-64-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Subsidiyalarning maqsadi

Yordam turi

Miqdori

I. Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar

1.

Qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush kiritish uchun

Subsidiya

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha

2.

Aholiga — yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun

Subsidiya

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha

3.

Sug‘orish vositalarini xarid qilish uchun

Subsidiya

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha

4.

Urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun

Subsidiya

Bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha

5.

Tadbirkorlik subyektlariga — har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida to‘lov to‘lash uchun

Subsidiya

Bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida

6.

“Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga — shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun

Subsidiya

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 5 baravarigacha

7.

Ustalarga — o‘zlarining internet saytlarini yaratish, mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama qilish xarajatlarini qoplash uchun

Subsidiya

Bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 30 baravarigacha

8.

Ishsizlarga — olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun

Subsidiya

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha

II. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar

9.

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslarni ish o‘rinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilish uchun

Subsidiya

Har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida

10.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilish uchun

Subsidiya

Har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida bir martalik

11.

Ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun

Subsidiya

Har bir moslashtirilgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha

12.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun

Subsidiya

Har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi tomonidan foydalanilmayotgan, samaradorligi past va bir-birini takrorlashi hisobiga maqbullashtiriladigan subsidiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Maqbullashtirilgan moliyaviy yordamlar

Jamoat ishlari jamg‘armasidan ajratilgan subsidiyalar

1.

Jamoat ishlariga jalb etilgan ishsizlar va band bo‘lmagan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash uchun subsidiya

2.

Jamoat ishlarida ijara asosida berish yo‘li bilan foydalanish uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlarni xarid qilish uchun subsidiya

3.

Jamoat ishlarini bajarish uchun xavfsizlik texnikasi vositalari va maxsus kiyim xarid qilish uchun subsidiya

4.

Mahallani obodonlashtirish ishlari uchun mahalladagi boshqaruv-servis kompaniyalariga subsidiya

Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratilgan subsidiyalar

5.

Kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish uchun subsidiya

6.

Kasanachilik yoki hunarmandchilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun amalga oshirilgan xarajatlarini qoplash uchun subsidiya

7.

Kasanachilarni kasb-hunarga o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni uch oygacha bo‘lgan muddatda qoplash uchun subsidiya

8.

Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasanachilik yo‘nalishida o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchiga kasbga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 70 foizini qoplash uchun subsidiya

9.

Davlat buyurtmasi asosida davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasbga o‘qitilgan kasanachilarning malaka imtihonlarini tashkil etish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya

10.

“Usta-shogird” an’analari asosida hunar o‘rgangan shogirdlarga mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun subsidiya

11.

Hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun subsidiya

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasidan ajratilgan subsidiyalar

12.

Qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish dastgohini (kamida 3 ta) xarid qilish uchun subsidiya

13.

Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi a’zolariga uskunalar xarid qilish uchun subsidiya

14.

Baliq yetishtirish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya

15.

“Usta-shogird” an’analari asosida hunar o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarga yoki hunar o‘rgatayotgan ustalarga shogirdlar tayyorlash va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun subsidiya

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratilgan subsidiyalar

16.

Mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga — tadbirkorlikka o‘qitish va kredit olishda sug‘urta polisi to‘lovi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya

17.

O‘rmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi to‘lash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya

18.

Xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarga, oilaviy psixologiyaga o‘qitish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya

19.

Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan yoki himoya orderi olgan ishsiz xotin-qizlarga psixologik yordam ko‘rsatish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya

20.

Tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish va mikrofirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovlari uchun subsidiya

21.

Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilganlik uchun subsidiya

22.

Umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda kamida uch nafar xodimni yollagan yakka tartibdagi tadbirkorga mehnat qurollari va asbob-uskunalarni sotib olish uchun subsidiya

23.

Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun subsidiya

Sug‘orish vositalarini xarid qilish uchun subsidiya

Urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiya

24.

Qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush kiritish uchun subsidiya

25.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovi uchun subsidiya

26.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya

27.

Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi a’zolariga kamida bitta ish o‘rni yaratish sharti bilan qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya

28.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya

29.

“Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun subsidiya

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3268-son qarorining 4 — 7-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qarorining 15-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi PQ-4227-son qarorining 3-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4716-son qaroriga ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4759-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4829-son qarorining 17-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4850-son qarorining 2-bandi “b” kichik bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-apreldagi “Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-214-son qarorining 4 va 9-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-366-son qarori 2-bandining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarorining 5 va 6-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)