03.02.2025 yildagi PQ-41-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi sabablarni bartaraf etish va oila aʼzolariga mehnat qilishiga sharoit yaratish, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalarning oila qaramogʻida qolishini taʼminlash va ijtimoiy yetimlikning oldini olish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2025-yil 1-martdan boshlab tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida, 2025-yil 1-oktabrga qadar respublikaning qolgan hududlarida 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati (keyingi oʻrinlarda — kunduzgi parvarish xizmati) yoʻlga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda nogironligi boʻlgan bolalar kunduzgi parvarish xizmatiga ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari oʻrtasida tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilangan tartibda berilgan xulosaga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2025-yil 1-martdan boshlab kunduzgi parvarish xizmatiga oid faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanilgan bir kun uchun 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan har bir bolaga bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida va 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan har bir bolaga — 27 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Bunda viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari uchun subsidiya miqdori 1,1 koʻpaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllash orqali aniqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning nogironligi boʻlgan har bir bolasi uchun mazkur kichik bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan subsidiya umumiy miqdorining 30 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻ toʻlab beriladi;
(2-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kunduzgi parvarish xizmati tashkil etilgan joydan 3 kilometr radiusdan ortiq masofada yashaydigan bolalarning kelib-ketishlari uchun xususiy sherik tomonidan transport xizmati yoʻlga qoʻyilganda, unga tarbiyalanuvchining haqiqatda qatnagan kunlari sonidan kelib chiqqan holda bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 75 foizigacha miqdorda kompensatsiya toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2027-yil 1-iyulga qadar kunduzgi parvarish xizmatini yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik loyihasini tashkil qilish uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida mebel va jihozlar xarid qilish maqsadida imtiyozli kredit ajratiladi.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-255-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2025-yil 1-martga qadar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida, jumladan, quyidagi imkoniyatlarga ega “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli hamda uning mobil ilovasi yaratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil ilova yordamida tarbiyalanuvchilarning davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladigan subsidiyalar miqdorini tarbiyalanuvchilarning davomati asosida avtomatik ravishda hisoblab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2025-yil 1-sentabrga qadar bolalarning rivojlanishida kuzatiladigan nuqsonlarni erta aniqlash va oʻz vaqtida kompleks ijtimoiy-tibbiy yordam bilan qamrab olish, ularda nogironlikning oldini olish hamda nogironligi boʻlgan bolalarda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvni taʼminlashga koʻmaklashuvchi, jumladan, quyidagi imkoniyatlarga ega “Bolalar salomatligi” axborot tizimi joriy etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompleks ijtimoiy-tibbiy yordam bilan qamrab olish uchun har bir bola kesimida qoʻyilgan tashxislarni tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatga olingan bolalar uchun tibbiy, reabilitatsiya, taʼlim, ijtimoiy xizmatlar va toʻlovlarni oʻz ichiga olgan yaxlit maʼlumotlar asosida keng qamrovli xizmatlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mazkur bandda nazarda tutilgan axborot tizimlarini ishga tushirish va ularni keyinchalik saqlab turish xarajatlari Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan axborot tizimlarining oʻz vaqtida ishga tushirilishini hamda ishga tushgandan soʻng bir oy muddatda ularning “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) toʻlashdan ozod qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-ona (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning kunduzgi parvarish xizmatlaridan foydalangani uchun oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlarini soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2025-yil 1-oktabrga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish boʻyicha takliflarni kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazirning oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 3-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-41-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/41/0106-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)