1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun elektron-onlayn auksion savdolari gʻolibi boʻlgan yuridik shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini olish uchun qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini amaliyotga tatbiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsni qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazishda soliq va kadastr maʼlumotlar bazalaridan qatʼiy foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasiga sanoat sohasidagi nufuzli xalqaro brend mutaxassislarini jalb qilishda yigʻim undirilishidan ozod etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy brendlarni yaratish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish tartibini soddalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 22-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 30-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 27-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan taqdirda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-iyuldagi 463-son qarorining 3-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Soliq toʻlovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi “(maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi boʻlish uchun berilgan arizalari qanoatlantirilgan yuridik shaxslar bundan mustasno)” soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 20-ilovada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 5-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “j” va “z” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“j) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yoʻnalishlari boʻyicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy mutaxassislar sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — ular xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan yuqori va oʻrta barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari va milliy brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari tomonidan jalb qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun — nufuzli xalqaro brend tashkilotida faoliyat yuritayotganligini tasdiqlovchi hujjat”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 6-pozitsiyaning uchinchi ustuni “1 baravari” soʻzlaridan keyin “(xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 7-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun yigʻim undirilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 11-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “a2” kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a2) xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan yuqori va oʻrta barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari va milliy brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yoʻnalishlari boʻyicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy mutaxassislar sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — tasdiqnomalar mehnat shartnomasi amal qiladigan muddatga, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi 452-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“221. Elektron-onlayn auksion savdolari gʻolibi boʻlgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona hududidan qayta davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investorni qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ariza kompozit tarzda Davlat xizmatlari markaziga yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda investor Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuborilgan elektron-onlayn auksion savdolarida gʻolib boʻlganligi haqidagi xabarnoma asosida avtomatik tarzda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga Direksiya tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Investor (yuridik shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari)
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan roʻyxatdan oʻtadi hamda bevosita maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) murojaat qiladi.
Real vaqt rejimida
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazlari
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻplamini Direksiyaga elektron shaklda yuboradi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Direksiya
1. Taqdim qilingan investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda natijasi boʻyicha:
a) maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, hujjatlar toʻplamini qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda asoslantirilgan xulosa xatini taqdim etadi;
b) hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadi.
Hujjatlar kelib tushgandan boshlab 10 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Direksiya
Maʼqullangan investitsiya buyurtmanomasida talab etilgan hajmdagi yer maydoni yoki boʻsh bino va inshootni elektron onlayn-auksion savdolariga chiqaradi.
Qaror qabul qilingandan boshlab 3 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Investor
Elektron-onlayn auksion savdolari gʻolibi boʻlgan yuridik shaxsni maxsus iqtisodiy zona hududida qayta (yoki oʻzi tashkil etayotgan tadbirkorlik subyektini) davlat roʻyxatidan oʻtkazadi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).
Onlayn-auksion savdolari yakunlangandan soʻng 5 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Direksiya
Direksiya elektron onlayn-auksion savdolari gʻolibi bilan maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha investitsiya bitimini va ijara shartnomasini tuzadi yoki zarur boʻlganda, bitim qoidalarini kelishish maqsadida muzokaralar oʻtkazadi.
Onlayn-auksion savdolari yakunlangandan boshlab 3 ish kuni mobaynida
7-bosqich
Investor
1. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.
2. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari reyestriga kiritish uchun bir martalik toʻlovni amalga oshiradi.
Investitsiya bitimi imzolangandan boshlab 2 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Direksiya
Investorni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazadi va unga guvohnoma beradi.
Hujjatlarni olgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/30/0065-son)