1-ILOVA
T/r | F.I.Sh. | Lavozimi | |
1. | D.A. Vaxabov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi |
2. | A.A. Buriyev | — | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil |
3. | A.A. Abbosxoʻjayev | — | “Grand Pharm Trade” MCHJ taʼsischisi |
4. | Sh.Sh. Ergashev | — | “Orient-Confection” MCHJ taʼsischisi |
5. | Z.K. Xashimov | — | “Anglesey Food” MCHJ XK kuzatuv kengashi raisi |
6. | K.T. Abdulloyev | — | “Sam Antep Gilam” MCHJ taʼsischisi |
7. | J.A. Artikxodjayev | — | “Akfa group” korxonasi taʼsischisi |
8. | F.F. Mamatdjonov | — | “Uztex Group” MCHJ QK taʼsischisi |
9. | M.T. Nazarov | — | “Murad Buildings” MCHJ taʼsischisi |
10. | N.K. Komilov | — | “Stdhealthmed” MCHJ taʼsischisi |
11. | T.M. Sharipov | — | “Procab” MCHJ taʼsischisi |
12. | I.T. Abduraxmanov | — | “Paxtakor teks” MCHJ rahbari |
13. | P.R. Mirzayev | — | “Manar Group” MCHJ taʼsischisi |
14. | J.A. Shakirov | — | “Uzbekistan Hydrogen Peroxide” MCHJ taʼsischisi |
15. | J.X. Ismatullayev | — | “Chust Textile” MCHJ taʼsischisi |
16. | Sh.Sh. Ilhomov | — | “Navroʻz-PTK” MCHJ taʼsischisi |
17. | Sh.A. Jalolov | — | “Agromir Buildings” MCHJ taʼsischisi |
18. | F.F. Ilyasov | — | “Mezon Business” MCHJ taʼsischisi |
19. | S.Z. Abasxanov | — | “Global Export Company” MCHJ taʼsischisi |
20. | U.Sh. Rustamov | — | “Click” AJ direktori |
21. | R.A. Abdullayev | — | “Almerro Group” MCHJ taʼsischi |
22. | Sh.Sh. Djumayev | — | “Navbahor Tekstil” MCHJ taʼsischisi |
23. | X.X. Nasrullayev | — | “Realsoft” MCHJ taʼsischisi |
24. | A.D. Hasanov | — | “Veritas Inter Lex” advokatlik firmasi rahbari |
25. | D.J. Axmatov | — | “Prae Legal” advokatlik firmasi rahbari |
26. | A.J. Qurbonov | — | “International Business audit and consulting” MCHJ taʼsischisi |
27. | U.T. Raximov | — | “Kids Plate Distrubition” MCHJ taʼsischisi |
28. | S.S. Nasretdinov | — | “Uniagri Group” MCHJ taʼsischisi |
29. | U.A. Safarov | — | “United Tax Advisors” MCHJ taʼsischisi |
30. | Z.B. Mustafayev | — | “Uzbek Leasing International” AJ bosh direktori |
31. | O.O. Bakirov | — | Iqtisodchi, jamoatchilik faoli |
32. | A.A. Shamsiyev | — | “Ako Shams Consulting” MCHJ taʼsischisi |
33. | L.Yo. Xamidov | — | “Tasnif Group” MCHJ taʼsischisi |
34. | M.I. Akramov | — | “Technologies of Real Time” MCHJ taʼsischisi |
35. | L.Sh. Mirzayeva | — | “Khiva Plaza” MCHJ direktori |
36. | D.U. Islamova | — | “Dodo Pizza Tashkent” MCHJ taʼsischisi |
37. | M.M. Niyazmuxamedov | — | Oʻzbekiston quruvchilar assotsiatsiyasi raisi |
38. | Sh.M. Boqiyev | — | “Turon-Himoyasi” advokatlik firmasi taʼsischisi |
39. | S.S. Jumaniyazov | — | “American Hospital” MCHJ QK rahbari |
40. | S.A. Niyazov | — | Savdo-sanoat palatasi rais maslahatchisi, Jamoatchilik kengashi kotibi |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar va tashabbuslar | Mazmuni | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Kichik va oʻrta biznes uchun moliyaviy resurslarni koʻpaytirish | |||||
1. | Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash | 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda soligʻi stavkasini 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash: 1 000 tagacha ish oʻrniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 15 foizi, 1 000 tadan ortiq ish oʻrniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 10 foizi, biroq kamida 150 nafari Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolaridan iborat boʻlganda. Bunda xodim tegishli reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilganidan keyin imtiyozning qoʻllanishi 6 oy davomida amal qiladi; har oyda oʻrtacha ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda; hisobot davrida toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda. Ushbu bandda belgilangan imtiyozlardan foydalanish uchun barcha shartlarning bir vaqtda bajarilganligi soliq organlari tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda hisobot choragi yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar aniqlanadi. Bunda mazkur shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilganda, soliq imtiyozi ushbu chorak uchun qoʻllaniladi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu bandda belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanilgandan soʻng soliq hisobotlarini qayta taqdim etish orqali belgilangan shartlarga rioya etmaganlik holati aniqlanganda, soliq imtiyozi bekor qilinib, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va budjetga undiriladi. | Qonun loyihasi | 2025-yil fevral | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Abdullayev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
2. | Savdoni moliyalashtirishni kengaytirish | 1. “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) uning talabnomasiga asosan 5 yil muddatga 2028-yil 1-yanvardan boshlab qaytarish sharti bilan 2 foiz stavkada 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Vafayev) |
2. Qishloq xoʻjaligi, sanoat va savdo korxonalarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun ajratiladigan kreditlarni moliyalashtirishga qoʻshimcha 100 million AQSH dollari ajratish yuzasidan taklif kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil avgust | Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) | ||
3. Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kreditlari uchun kafillik taqdim etish tartibini, shuningdek, sanoat, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash shartlarini tasdiqlash uchun kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil yanvar | |||
3. | Tadbirkorlik faoliyatini Jahon savdo tashkiloti talablariga mos qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish | 1. Kompaniya resurslari hisobidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maxsus idishlarda qadoqlash loyihalariga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun milliy valyutada revolver kreditlarni tijorat banklari orqali ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
2. Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash. Bunda Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining bir qismini 2 foiz stavkada Kompaniyaga aylanma mablagʻni toʻldirishga kreditlar uchun resurslar berish maqsadlariga har beshinchi yilda qaytarish sharti bilan budjet ssudasi ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yildan boshlab har yili | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) | |||
4. | Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni aylanma mablagʻlar bilan taʼminlashni takomillashtirish | Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning aylanma mablagʻlarini toʻldirish va ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini taʼminlash maqsadida ichki bozordan xomashyo sotib olish uchun 3 oygacha boʻlgan muddatga bank kafolatini taqdim etish tizimini joriy qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil yanvar | AT “Xalq banki” (Atabayev), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (Sultanov) |
II. Biznesni infratuzilma, yer va energiya resurslari bilan taʼminlash | |||||
5. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni sanoatlashtirish | 1. Paxta-gʻalladan qisqaradigan yerlarni 50 gektargacha yirik lotlarda sanoatlashgan plantatsiya tashkil qilish uchun auksion savdolariga chiqarish. 2. Yer uchastkasining bir qismida muzlatkichli omborxonalar, saralash, qayta ishlash, qadoqlash, suv tejovchi texnologiyalar va suv saqlash hovuz obyektlarini qurishga ruxsat etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi | 2025-yil fevral | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Abduraxmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
6. | Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish | 1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni auksion savdolari orqali ijaraga berishda auksion gʻoliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatda boʻlib toʻlashga ruxsat berish. 2. Takroriy savdolarga qoʻyilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni auksionga chiqarishda boshlangʻich narxni yer maydoniga qarab 2 baravardan 5 baravargacha kamaytirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi | 2025-yil fevral | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Abduraxmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
7. | Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga moʻljallangan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish | 1. Hududlarda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarida loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishlarini jadallashtirish. 2. Tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadlarida onlayn elektron savdolarida realizatsiya qilingan yer uchastkalarida qurilish ishlarini boshlab, foydalanishga topshirish bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlarning barcha bosqichlarini kuzatish tizimini joriy qilish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2025-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. Toshkent viloyatidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boʻsh yer uchastkalaridan Fargʻona viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari yer uchastkalarini ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov) | ||
8. | Tabiiy gaz korporativ isteʼmolchilar toʻlovlarini obyektlarning joylashuvidan qatʼi nazar yagona shaxsiy varaqda yuritish | Respublika boʻyicha korporativ isteʼmolchilar toʻlovlarini yagona shaxsiy varaqda yuritish boʻyicha tizim joriy qilish yuzasidan “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan ichki buyruq qabul qilish va hududiy filiallarda amaliyotga joriy qilishni taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil yanvar | “Hududgaztaʼminot” AJ (Xodjayev) |
9. | Tabiiy gaz koʻrsatkichlarining maʼlumotlari asosida elektron hisobvaraq-fakturalarni isteʼmolchilarga avtomatik yuborish amaliyotiga oʻtish | 1. Tabiiy gaz isteʼmolini onlayn nazorat qilish yuzasidan “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan “Hududgaz korporativ” dasturini va Soliq qoʻmitasining “My.soliq.uz” dasturi bilan integratsiya qilish ishlarini yakunlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil fevral | “Hududgaztaʼminot” AJ (Xodjayev), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
2. EHFlar hisobot oyi davomida xatoliklarsiz ulgurji isteʼmolchilarga toʻliq yuborilishini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil mart | |||
10. | Tabiiy gazdan uzish toʻgʻrisida ogohlantirish amaliyotini joriy etish | Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga tegishli oʻzgartirish kiritish yuzasidan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish. Bunda: isteʼmolchi tomonidan tabiiy gazni yetkazib berish uchun belgilangan muddatda toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda, isteʼmolchini tabiiy gaz uchun toʻlovni amalga oshirish zarurligi haqida avtomatik tarzda (ovozli qoʻngʻiroq yoki SMS xabar yordamida) xabardor qilish; bir ish kuni davomida toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda gaz taʼminotini toʻxtatishni nazarda tutish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2025-yil mart | Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Hududgaztaʼminot” AJ (Xodjayev) |
11. | Tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gazga toʻlov qilishda qulayliklar yaratish | Yuridik shaxslarga korporativ kartadan mobil ilovalar orqali elektr energiyasiga toʻlovlarni amalga oshirish tizimini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil fevral | Markaziy bank (Ishmetov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), “Hududiy elektr tarmoqlari”, (Askarov), “Hududgaztaʼminot” AJ (Xodjayev) |
12. | Elektr energiyasidan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda javobgarlik choralarini qayta koʻrib chiqish | Elektr energiyasini behuda sarflash, jumladan, undan binolarni yoritish uchun xoʻjasizlarcha foydalanish tushunchasi va tadbirkorlik subyektlari faoliyat turlarining xususiyatini inobatga olib, belgilangan moliyaviy va maʼmuriy jarima miqdorlarini qayta koʻrib chiqish, jarimadan qarzdorligi hisobiga tarmoqdan uzish oʻrniga boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini nazarda tutish. | Qonun loyihasi | 2025-yil mart | Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (Nimatullayev), Biznes-ombudsman (Kasimov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
III. Ichki bozorda teng raqobat muhitini yaratish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish | |||||
13. | Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish | Savdo-sanoat palatasi qoshida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazini tashkil qilish. Bunda: Markazning asosiy faoliyati tadbirkorlik subyektlariga xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlaridan davlat kafolatisiz mablagʻlar jalb qilish boʻyicha konsalting xizmatlar koʻrsatish hisoblanadi; Markazda har yili kamida 100 nafar tadbirkorga xizmat koʻrsatiladi; Markazni joylashtirish, saqlash, xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilish va Markaz faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalar Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil yanvar — mart | Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov) |
14. | Bojxona qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish | Bojxona kodeksi loyihasini Jahon savdo tashkiloti talablariga mosligi yuzasidan koʻrib chiqish uchun Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamoatchilik kengashi) hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birgalikda muhokama qilish, taqdim etilgan takliflar asosida loyihani takomillashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil mart | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) |
15. | Eksportda cheklovlarni bekor qilish | Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq, eksport bojlarini joriy qilish orqali ayrim turdagi tovarlarni eksport qilishga cheklovlarni bekor qilish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi | 2025-yil fevral | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev, Qoʻchqorov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
16. | Yuqori texnologik ishlab chiqarishni kengaytirish | Har bir xomashyo kesimida chuqur qayta ishlash va yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2025-yil fevral | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Abduraxmonov) |
17. | Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish | 1. Daromadidan qatʼi nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi va tibbiy xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etish. 2. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishda qoʻllanadigan import polietilen xomashyosi uchun belgilangan aksiz soligʻini bekor qilish. | Qonun loyihasi | 2025-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Azizov) Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
18. | Investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish | Investitsion platformalar orqali investitsiya (jumladan, xorijiy) kiritish va jalb etishga qaratilgan tizimning huquqiy asoslarini yaratish. Bunda investorlarning investitsiya kiritish va investitsiya jalb etuvchi shaxslarning mablagʻlarni jalb etish shartlarini belgilash. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi, zaruratga koʻra qonun loyihasi | 2025-yil fevral | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Pak), Markaziy bank (Ishmetov), Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) |
19. | Transport-logistika infratuzilmasini yaxshilash | Toshkent viloyatida oziq-ovqat va toʻqimachilik logistika markazlarini tashkil qilish boʻyicha takliflar kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil mart | Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), “Oʻzmilliybank” AJ (Mirsoatov) |
20. | Tadbirkorlarga faoliyatini qonuniy yuritishga koʻmaklashish | Jamoatchilik kengashi va yetakchi tadbirkorlar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari orasida qonunchilikka rioya qilgan holda faoliyat yuritishning afzalliklari, xufiyona iqtisodiyotning oldini olish masalalari boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Biznes-ombudsman (Kasimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
21. | Qurilish standartlarini takomillashtirish | Qurilishda energiya samarador va energiya tejamkor qurilish materiallari (gazobeton, penobeton, polistirolbeton, bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar, polistirol bilan toʻldirilgan sendvich panellar va boshqalar) boʻyicha mavjud standartlarni koʻrib chiqib, zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangilash. | Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat | 2025-yil dekabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (Yusupaliyev) |
22. | Mahsulotlarni sertifikatlashda qulayliklar yaratish | Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalanilayotgan texnik qurilmalarni sertifikatlashda “Sanoat xavfsizligi” DM tomonidan joylarda sertifikat berishni yoʻlga qoʻyish. Bunda quyidagi hududiy filiallarni tashkil qilish: | Amaliy chora-tadbirlar | Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (Rafikov) | |
“Sanoat xavfsizligi” DM Fargʻona viloyati filiali; | 2025-yil fevral, | ||||
“Sanoat xavfsizligi” DM Samarqand viloyati filiali; | iyun, | ||||
“Sanoat xavfsizligi” DM Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali. | sentabr | ||||
23. | Yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish | “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mis katodini birja savdolariga qoʻyishda uning boshlangʻich narxiga beriladigan chegirmani misdan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qoʻllash boʻyicha taklif kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2025-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (Yunusov) |
24. | Tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish | Quva tumanidagi “Bahor” MFY hududi va Qirgʻiziston Respublikasi Batken viloyati oʻrtasida nazorat-oʻtkazish punktini qayta tiklash masalasini oʻrganish, zarurat boʻlganda taklif kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil avgust | Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov), Chegara qoʻshinlari, Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) |
25. | Parrandachilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash | Naslchilik korxonalaridan xoʻjaliklarga joʻjalarni yetkazib berishda yuklarni tashish uchun moʻljallangan motorli transport vositalari uchun import bojxona bojini pasaytirish yuzasidan taklif kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2025-yil fevral | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (Norqobolilov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
26. | Chorvachilik sohasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash | Sut yetishtiruvchi chorva korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2025-yil fevral | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (Norqobilov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
27. | Charm sanoati sohasida ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish | Xorijiy tajribani amaliyotga joriy etish maqsadida soha korxonalari vakillari ishtirokida Turkiya, Vyetnam, Hindiston, Italiya, Portugaliya, Ispaniya kabi xorijiy davlatlarga tashriflarni tashkil etish. Ushbu davlatlarning yirik kompaniyalari va biznes vakillari bilan investitsiya va eksport kelishuvlarini tuzish uchun muzokaralar oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), AT “Xalq banki” (Atabayev), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (Sultanov) |
IV. Xizmatlar sohasiga yangi turtki berish | |||||
28. | Transport-ekspeditorlik xizmatlarini rivojlantirish | Yuklarni xalqaro tashishni amalga oshirish bilan bogʻliq quyidagi xizmatlarga qoʻshilgan qiymat soligʻining nol stavkasini qoʻllash boʻyicha taklif kiritish: transport-ekspeditorlik shartnomasi asosida koʻrsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmatlariga, shu jumladan, yuklarni qabul qilish va berish, ortish-tushirish va saqlash, yuklarni sugʻurtalashni tashkil etish, tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xizmatlar, shuningdek, yetkazib berish muddatlari tugagandan soʻng yuklarni qidirish, yuklarni ekspeditorning omborxonalarida va ochiq joylarida saqlash xizmatlari; temir yoʻl vagonlarini (konteyner) foydalanishga taqdim etish xizmatlari. | Qonun loyihasi | 2025-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Transport vazirligi (Maxkamov) |
29. | “Elektron hukumat” tizimida Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini yaratish” loyihasini amalga oshirish | 1. Zamonaviy taqsimlash texnologiyalaridan foydalangan holda server qurilmalariga yuklamani maqbullashtirish orqali “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasining uzluksiz ishlashini yoʻlga qoʻyish. 2. Maʼlumotlarni himoya qilish vositalarini joriy qilgan holda axborot xavfsizligi hamda tizim samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirish. | Amaliy-chora-tadbirlar | 2025 yakuniga qadar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
30. | Elektron veb-servislarning uzluksiz ravishda taqdim etilishi boʻyicha koʻrilayotgan choralarni kuchaytirish | Davlat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida saqlanadigan hamda bank va boshqa xizmatlar koʻrsatishda foydalaniladigan maʼlumotlarning sifati va dolzarbligini oshirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritish: xizmat koʻrsatish darajasi toʻgʻrisidagi bitimni (SLA) tuzish va veb-servislarning mavjudligi va sifatini baholash mexanizmlarini joriy etish; eng ommabop veb-servislarning tegishli maʼlumotlar bazalaridagi maʼlumotlarning nusxasini yaratish (replikatsiya) orqali bosqichma-bosqich “Elektron hukumat” tizimining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga oʻtkazish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil iyul | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Kiberxavfsizlik markazi (Mirzayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Adliya vazirligi (Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
31. | Mehnat qonunchiligini takomillashtirish | Xodimlarni ishga qabul qilishni soddalashtirish, raqamlashtirish hisobiga ishga qabul qilish chogʻida ishga kirayotgan shaxs taqdim etishi lozim boʻlgan hujjatlar sonini maqbullashtirish. | Qonun loyihasi | 2025-yil fevral | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov) |
32. | Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini qoʻllab-quvvatlash | Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida sohada xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha takliflarni Jamoatchilik kengashida muhokama qilish va natijalari boʻyicha taklif kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2025-yil yanvar | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
33. | Turizm sohasidagi kichik tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash | Xostel va kichik mehmonxonalarga turistik (mehmonxona) yigʻimini qoʻllash tartibini aniq hisob-kitoblar asosida qayta koʻrib chiqib, taklif kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil fevral | Turizm qoʻmitasi (Shadiyev), Biznes-ombudsman (Kasimov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
34. | Yuqori qavatli qurilish loyihalariga talablarni belgilash | Balandligi 16 qavatdan yuqori boʻlgan binolar, savdo majmualari va avtoturargohlar (parkinglar)ni loyihalash va qurish qoidalarini ishlab chiqish, shuningdek, shaharlarda avtoturargohlarni rejalashtirish normalarini qayta koʻrib chiqish (zonalarga boʻlgan holda). | Shaharsozlik normalari va qoidalari | 2025-yil dekabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov) |
35. | “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini takomillashtirish | “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida tadbirkorlarning lizingga olingan texnikasini ham inobatga olishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2025-yil avgust | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
V. Biznes uchun toʻsiq va gʻovlarni yanada qisqartirish | |||||
36. | Tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlash tartibini takomillashtirish | “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasini doimiy ravishda ishlash rejimiga oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil yanvar | Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Biznes-ombudsman (Kasimov) |
37. | Moliyalashtirish sohasida raqamlashtirishni kengaytirish | Shaxsga doir hamda maxfiy maʼlumotlarni va bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlagan holda bulutli (Cloud) texnologiya asosida ishlovchi maʼlumotlarni qayta ishlash markazini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil mart | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Markaziy bank (Ishmetov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Kiberxavfsizlik markazi (Mirzayev) |
38. | Tadbirkorlarga bojxona toʻlovlarini toʻlashda qulayliklar yaratish | “AAA” reytingdagi tadbirkorlarga import qilishda bojxona toʻlovlarini kechiktirish yoki boʻlib toʻlash imkoniyatini berishda taʼminlash chorasi sifatida bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga pul toʻlash talabini chiqarib tashlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
39. | Suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash jarayonlarini qayta koʻrib chiqish | 1. Soliq qoʻmitasi, Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi, ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari va “CRPT TURON” MCHJ vakillaridan iborat ishchi guruhni tuzish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil yanvar | Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Biznes-ombudsman (Kasimov) |
2. Soha vakillarining takliflari inobatga olingan holda ularning bevosita ishtirokida agregatsiyalash tizimiga oʻtishning aniq muddatlari belgilangan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish hamda sohada mavjud muammolar yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil fevral | |||
40. | Kichik sanoat zonalarida loyihalar amalga oshirilishini jadallashtirish | Quyidagi tartiblarni ishlab chiqish: kichik sanoat zonalarida yakuniga yetkazilmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash; kichik sanoat zonalarida qurilishi yakunlanmagan bino-inshootlarni investitsiya kiritish va qurilish ishlarini amalga oshirgan tadbirkor tomonidan sarflangan mablagʻlarni qoplab berish sharti bilan yangi ishtirokchilarga berish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2025-yil may | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Biznes-ombudsman (Kasimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
3-ILOVA