27.12.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3592
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrug‘i
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-son BHMS) “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot”ni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3592]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-sonli BHMS) “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 16-oktabrda 51-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-sonli BHMS) “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot” (ro‘yxat raqami 519, 1998-yil 4-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 6-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq 2025-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir D. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 5-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
199-son

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 5-dekabrdagi 199-son buyrug‘iga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-sonli BHMS) “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo‘lib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur BHMS xo‘jalik yurituvchi subyektlar (bundan budjet tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari mustasno) (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur BHMSda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘lari — tashkilotning naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek, bankdagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlaridagi mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘lari ekvivalentlari — ma’lum miqdordagi pul mablag‘iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o‘zgarishlar tufayli ahamiyatli bo‘lmagan tavakkalchiligi bo‘lgan qisqa muddatli (3 oy yoki undan kam), yuqori likvidli investitsiyalardir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul oqimlari — pul mablag‘lari va ular ekvivalentlarining kirimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqib ketishi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsion faoliyat — tashkilotning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek uning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga tegishli bo‘lmagan boshqa xo‘jalik faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya faoliyati — pul mablag‘lari ekvivalentlariga va uzoq muddatli aktivlarga kirmaydigan boshqa investitsiya obyektlarini xarid qilish va hisobdan chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy faoliyat — tashkilotning xususiy kapitali va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlarga olib keladigan faoliyat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashkilot mazkur BHMS talablariga muvofiq pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlaydi va uni har bir hisobot davri uchun tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda foydalanish chog‘ida pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tashkilotning pul mablag‘lari va uning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholash imkonini beradigan ma’lumot bilan ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlari uchta asosiy toifaga ajratiladi: operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tashkilot tomonidan olingan bank kreditlari moliyaviy faoliyatga kiradi. Agar talab qilingan paytda to‘lanadigan bank overdraftlari tashkilotlar pul mablag‘larini boshqarishning ajralmas qismi bo‘lsa, ular pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlari moddalari o‘rtasidagi harakatni o‘z ichiga olmaydi. Ushbu moddalari o‘rtasidagi harakat pul mablag‘larini boshqarishning bir qismi sanalib, pul mablag‘larini boshqarish ortiqcha pul mablag‘larini pul mablag‘lari ekvivalentlariga kiritishni o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot tashkilotning hisobot davri davomida operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyatlari natijasida olgan pul oqimlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tashkilotning operatsion faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashkilotning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimlari hajmi tashkilotning qarzlarini to‘lash, ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to‘lash va o‘z mablag‘lari hisobidan yangi investitsiyalar qilish uchun qanchalik yetarli ekanini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘tgan davrlarda operatsion faoliyatdan olingan pul oqimlarining ayrim qismlari to‘g‘risidagi ma’lumotdan boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda operatsion faoliyat bo‘yicha kelgusi pul oqimlarini prognoz qilishda foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Operatsion faoliyatning pul oqimlari tashkilotning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Operatsion faoliyatning pul oqimlariga quyidagilar kirishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot (ishlar va xizmatlar) sotishdan pul mablag‘larining kelib tushishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
royalti, badallar, vositachilik haqqi va boshqalar bo‘yicha pul mablag‘lari tushumi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarga to‘langan mablag‘lar va xodimlar nomidan pul mablag‘lari to‘lovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsion faoliyatga tegishli bo‘lgan soliqlar bo‘yicha pul mablag‘lari to‘lovlari yoki ularning qaytarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha pul mablag‘lari tushumlari va to‘lovlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy vositalar obyektini sotish bo‘yicha pul oqimlari investitsiya faoliyatining pul oqimlariga kiritiladi. Lekin, ijaraga berish va keyinchalik sotish maqsadida aktivlarni ishlab chiqarish yoki xarid qilish uchun amalga oshirilgan pul mablag‘lari to‘lovlari operatsion faoliyatning pul oqimlari sifatida qaraladi. Bunday aktivlarni ijaraga berish va keyinchalik sotishdan pul mablag‘lari kelib tushishi ham operatsion faoliyatning pul oqimlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qimmatli qog‘ozlarni qayta sotish maqsadida xarid qilinishi natijasida kelib chiqadigan pul oqimlari operatsion faoliyat tarzida tasniflanadi. Xuddi shunday, moliyaviy tashkilotlar tomonidan beriladigan qarzlar, odatda, moliyaviy tashkilotning asosiy daromad keltiruvchi faoliyatiga tegishli bo‘lganligi sababli shunday tashkilotlarda operatsion faoliyat tarzida tasniflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tashkilotning investitsiya faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tashkilot investitsiya faoliyatining pul oqimlari haqidagi ma’lumotni pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda alohida yoritib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya faoliyatining pul oqimlari haqidagi ma’lumot kelgusi daromad va pul oqimlarini hosil qilish uchun mo‘ljallangan resurslarga qancha sarflar amalga oshirilganini ko‘rsatadi. Investitsiya faoliyatidan olingan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kirishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlarni xarid qilish uchun pul mablag‘lari to‘lovlari. Ushbu to‘lovlar kapitallashtiriladigan tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha va tashkilotning o‘zida yaratilgan asosiy vositalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z ichiga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul mablag‘lari tushumi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘lari ekvivalentlari hisoblangan dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun mo‘ljallangan to‘lov instrumentlarini xarid qilish uchun to‘lovlardan tashqari, boshqa tashkilotlarning ulushli instrumentlari yoki qarz instrumentlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini xarid qilishga doir pul mablag‘lari to‘lovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘lari ekvivalentlari hisoblangan dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun mo‘ljallangan to‘lov instrumentlari bo‘yicha pul mablag‘lari kelib tushishidan tashqari boshqa tashkilotlarning ulushli instrumentlari yoki qarz instrumentlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan olgan pul mablag‘lari kelib tushishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa tashkilotlarga berilgan pul mablag‘laridagi bo‘naklar va qarzlar (moliyaviy tashkilotlar tomonidan berilgan bo‘naklar va qarzlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop-bitimlar bo‘yicha pul mablag‘lari to‘lovlari, bundan moliyaviy faoliyat sifatida tasniflanadigan dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun mo‘ljallangan bitimlar yoki to‘lovlar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar bo‘yicha pul mablag‘lari tushumlari, bundan moliyaviy faoliyat sifatida tasniflanadigan dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun mo‘ljallangan bitimlar yoki tushumlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma muayyan pozitsiyani xejlash sifatida hisobga olinsa, bunday bitim bo‘yicha pul oqimlari xejlangan faoliyat turi pozitsiyasidagi pul oqimlari sifatida qaraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, xejlash deganda bu tashkilot o‘zini valyuta kurslaridagi farqdan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlardan himoya qilish maqsadida aktivlar yoki majburiyatlarni forvard, fyuchers va boshqa bitimlar bo‘yicha xorijiy valyutada xarid qilish tarzida ifodalangan himoya qilish sifatidagi bitim tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tashkilotning moliyaviy faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tashkilot moliyaviy faoliyatidan pul oqimlari haqidagi ma’lumotni pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda alohida yoritib beradi. Ushbu ma’lumot moliyaviy faoliyatning kelgusi pul oqimlarini prognoz qilish uchun zarur hisoblanadi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kirishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyalarni yoki boshqa ulushli instrumentlarni chiqarishdan pul mablag‘lari tushumlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlar aksiyalarini xarid qilish yoki muomaladan chiqarish uchun mulkdorlarga pul mablag‘lari to‘lovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obligatsiyalar emissiyasi, qarz majburiyatlari, garov va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli qarz majburiyatlarini chiqarishdan pul mablag‘lari tushumlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzlarni qaytarish bo‘yicha pul mablag‘lari to‘lovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy ijara bo‘yicha pul mablag‘lari to‘lovlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini taqdim etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tashkilot operatsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakatini hisobotda quyidagi usullardan birini qo‘llagan holda taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bevosita usul, bunda pul mablag‘larining yalpi tushumlari va yalpi to‘lovlarining asosiy turlari yoritib beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bilvosita usul, bunda operatsion faoliyatdan sof pul oqimlari sof foyda (zarar)ni pulsiz operatsiyalarning ta’sirini va har qanday kechiktirilgan yoki hisoblangan o‘tgan yoki kelgusi davrga tegishli operatsion pul mablag‘lari tushumlari yoki to‘lovlarini, hamda investitsiya yoki moliyaviy pul oqimlari bilan bog‘liq daromad yoki xarajat moddalarini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritish orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Bevosita usul qo‘llanganda, pul mablag‘larining yalpi tushumlari va yalpi to‘lovlarining asosiy sinflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi yo‘llar bilan olish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotning buxgalteriya hisobi yozuvlaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan sotishdan tushum, sotish tannarxi (moliyaviy tashkilotlar uchun foizlar va shunga o‘xshash daromadlar hamda foiz xarajatlari va shunga o‘xshash xarajatlar) va boshqa moddalarni quyidagilar bo‘yicha tuzatish orqali:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davr mobaynida tovar-moddiy zaxiralardagi va joriy debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi o‘zgarishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa pulsiz moddalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya yoki moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini keltirib chiqaradigan boshqa moddalar.

17. Bilvosita usul qo‘llanganda, operatsion faoliyat bo‘yicha sof pul oqimlari foyda yoki zararni quyidagilarning ta’sirini hisobga olgan holda tuzatish orqali aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davr mobaynida tovar-moddiy zaxiralardagi, joriy debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi o‘zgarishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eskirish, baholangan majburiyat, kechiktirilgan soliqlar realizatsiya qilinmagan ijobiy va salbiy kurs farqlari, shuningdek ta’sir ostidagi tashkilotlarning taqsimlanmagan foydasi kabi pulsiz moddalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya yoki moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini keltirib chiqaradigan boshqa moddalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqobil ravishda operatsion faoliyat bo‘yicha sof pul oqimlarini moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda yoritilgan tushumlar va xarajatlarni aks ettirish hamda davr mobaynida tovar-moddiy zaxiralardagi va joriy debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi o‘zgarishlarni aks ettirish orqali bilvosita usulda taqdim etish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Pul oqimlari bo‘yicha ma’lumotlarni netto asosda taqdim etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tashkilot investitsiya va moliyaviy faoliyatlarning pul mablag‘larining yalpi tushumlari va yalpi to‘lovlarini hisobotda alohida aks ettirilishi lozim, bundan 19-bandda belgilangan, netto asosda taqdim etiladigan pul oqimlari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, hisobot davrida pul mablag‘larining sof kirimi yoki kamayishi netto-asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Quyidagi operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan pul oqimlari netto asosda taqdim etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul oqimlari tashkilotning emas, balki xaridorning faoliyatini aks ettirgan holda, xaridorlar nomidan pul mablag‘larining kelib tushishi va to‘lovi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aylanma davri qisqa, yirik summadagi va so‘ndirish muddati qisqa bo‘lgan moddalar bo‘yicha pul mablag‘lari kelib tushishi va to‘lovi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, moliyaviy tashkilotlarning quyidagi faoliyatlardan kelib chiqadigan pul oqimlari hisobotda netto asosda taqdim etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
depozitlarni joylashtirish va ularni qaytarib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridorlarga taqdim etilgan avans pul mablag‘lari va qarzlar hamda ushbu avanslar va qarzlarning qaytarilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Chet el valyutasidagi pul oqimlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Chet el valyutasidagi operatsiyalardan pul oqimlari operatsiya amalga oshirilgan sanadagi chet el valyutasining so‘mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursini qo‘llab aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Chet eldagi shu’ba jamiyatining pul oqimlari ular sodir bo‘lgan sanadagi chet el valyutasining so‘mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Chet el valyutasi kurslaridagi o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘ladigan realizatsiya qilinmagan foyda va zararlar pul oqimlari hisoblanmaydi. Biroq almashtirish kursi stavkalari o‘zgarishining xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘iga yoki ular ekvivalentlariga ta’siri, hisobot davri boshi va oxiridagi pul mablag‘lari va ular ekvivalentlari oqimining bir-biriga muvofiqlashtirish uchun pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu summa operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyatlar natijasida vujudga keladigan pul oqimlaridan alohida ko‘rsatiladi va bu pul oqimlari hisobot davri oxiridagi almashtirish kursi bo‘yicha taqdim etilganda yuzaga keladigan kurs farqlarini o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Foizlar va dividendlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Foizlar va dividendlarni olish va to‘lash bilan bog‘liq pul oqimlarini alohida yoritib berish zarur. Ularni davrdan davrga izchillik bilan operatsion yoki investitsiya yoxud moliyaviy faoliyatning pul oqimlari sifatida tasnif etish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. To‘langan va olingan foizlar hamda olingan dividendlar mos ravishda moliyaviy va investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimlari sifatida tasniflanishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni yoki investitsiya daromadlarini jalb qilish sarflarini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. To‘langan dividendlar moliyaviy faoliyat pul oqimlari sifatida tasniflanishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni jalb etish uchun sarf hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Foyda solig‘i
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Foyda soliqlari natijasida kelib chiqadigan pul oqimlari alohida yoritib berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga hamda boshqa tashkilotlarga investitsiyalar va ulardagi egalik ulushlarining o‘zgarishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga hamda qo‘shma korxonaga investitsiyalarning hisobi ulushli qatnashish usulida yoki boshlang‘ich qiymat bo‘yicha hisobga olinganda, investor pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda faqat o‘zi va investitsiya obyekti o‘rtasidagi pul oqimlari (masalan, dividendlar va avanslar ) to‘g‘risidagi ma’lumotni aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Shu’ba xo‘jalik jamiyatlari yoki boshqa tashkilotlarni xarid qilish yoki sotishdan yalpi pul oqimlari alohida yoritiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasniflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Shu’ba xo‘jalik jamiyatlari yoki boshqa tashkilotlarni xarid qilish va ularni sotish bo‘yicha quyida ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarga izohlarda yoritib beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid qilish yoki sotishning umumiy qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlari orqali xarid qilish yoki sotishning to‘langan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid qilingan yoki sotilgan shu’ba xo‘jalik jamiyatiga yoki boshqa tashkilotga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlari summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid qilingan yoki sotilgan shu’ba xo‘jalik jamiyatiga yoki boshqa tashkilotga tegishli pul mablag‘lari va pul ekvivalentlaridan tashqari aktivlar va majburiyatlar yoki ularning turlari bo‘yicha summasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Pulsiz operatsiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Pul mablag‘lari yoki pul mablag‘lari ekvivalentlaridan foydalanishni talab qilmaydigan investitsiya va moliyaviy operatsiyalar pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotga kiritilmaydi. Bunday operatsiyalar boshqa moliyaviy hisobot shaklida faoliyatning ushbu investitsiya va moliyaviy turlari to‘g‘risidagi barcha muhim ma’lumotni taqdim etadigan tarzda yoritib berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pulsiz operatsiyalarga quyidagilar misol bo‘ladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aktivlarni bevosita tegishli majburiyatlarni olish orqali yoki moliyaviy ijara asosida xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotni ulushli instrumentlarni chiqarish evaziga xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz majburiyatlarining xususiy kapitalga aylantirilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bob. Boshqa ma’lumotlarni yoritib berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tashkilot pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarining alohida moddalarini ko‘rsatishi va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotdagi summalarni buxgalteriya balansining tegishli moddalari bilan solishtirmalarini yoritib berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Tashkilot o‘zida mavjud bo‘lgan, lekin guruh foydalana olmaydigan ahamiyatli miqdordagi pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari qoldig‘i miqdorini rahbariyatning tushuntirishi bilan birga yoritib berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Pul oqimlarini segmentlar bo‘yicha foydalanuvchilarga butun tashkilotga tegishli bo‘lgan pul oqimlari va uning tarkibiy qismlariga tegishli bo‘lgan pul oqimlarining o‘zaro aloqasini hamda segmentlar bo‘yicha pul oqimlarining mavjudligi va o‘zgaruvchanligi haqida yoritib berish zarur.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3592/1083-son)