02.12.2024 yildagi PQ-413-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasini isloh qilish, xususan, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga hududlar agrosanoat tarmogʻidagi davlat boshqaruvi organlari vazifa va funksiyalarining takrorlanishi, hududlarda yagona boshqaruv tizimining mavjud emasligi samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga, sohada yagona davlat siyosatini olib borish va strategik vazifa va islohotlarni yetarlicha amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda. Mazkur holat hududlarda qishloq xoʻjaligi sohasida yagona integratsiyalashgan davlat boshqaruvi tizimini yoʻlga qoʻyish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi Oʻzbekiston sharoitida agrar sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham, integratsiyalashgan davlat boshqaruvi tizimini yoʻlga qoʻyish, olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini yanada oshirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuzilmalariga — Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri taqdimnomasiga binoan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tuzilmalariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi taqdimnomasiga binoan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi lavozimi kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshliqlari hamda tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshliqlari quyidagilarga alohida eʼtibor qaratsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror oʻsishini qoʻllab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini koʻpaytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika aholisining suvga boʻlgan muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, suv resurslarini tejash va undan samarali foydalanishni taʼminlash choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati boʻyicha infratuzilmani rivojlantirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, eksportni koʻpaytirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhiti va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga koʻmaklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi sohasida raqamli (smart) texnologiyalarni keng joriy etish, yangi ish oʻrinlari va xizmatlarni tashkil qilish chorasini koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tuzilmalaridagi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tuzilmasidagi — hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) tuzilmasidagi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshligʻi hamda tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari boshligʻi lavozimlari tugatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda vazirlikning mazkur bandga muvofiq tugatilayotgan shtat birliklari hisobiga uning hududiy boʻlinmalarida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga masʼul xodim lavozimi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlikning oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi vakolatlariga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi taqdimnomalarni bajarmaganlik uchun javobgarlikni belgilash yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov mazkur qarorning 2-bandi bilan belgilangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 2-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-413-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qaroriga 1-ilovadagi “Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari” bloki “Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi” bloki bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi “Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3142-son qaroriga 2-ilovadagi “Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari” bloki “Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi” bloki bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qaroriga ilovada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi mazmundagi 102-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“* 102. Mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) izoh qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“* Ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanish istagini bildirgan shaxslarni 2026-yil 1-yanvarga qadar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4995-son qaroriga 6-ilovadagi “Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari” bloki “Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi” bloki bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-31-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 5-ilovadagi “Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari**” bloki “Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — shahar qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi**” bloki bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 6-ilovadagi “Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari***” bloki “Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi***” bloki bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-216-son qaroriga 1-ilovaning 32-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi”, “Bajarish muddati”, “Moliyalashtirish manbalari” va “Ijro uchun masʼullar” ustunlarining 1-bandi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyati organlari maʼmuriy binolaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-26-son farmoyishida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1-ilovaning “4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi” boʻlimida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 — 3-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet koʻchasi, 2-uy

2.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Oqibat” MFY, Markaz-1 Buyuk ipak yoʻli mavzesi, 42-uy manzilida joylashgan binoning noturar boʻlgan 1-qavati va yertoʻlasi

3.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ismoil ota koʻchasi, 1-a uy

”;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 28-boʻlim bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

28. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

1.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Obinazir koʻchasi, 109-uy

”;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2-ilovaning 6 va 7-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 3-ilovaning 4 va 5-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34 va 35-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“34. Vazirlik markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 351-bandi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“351. Viloyat hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining taqdimnomasiga binoan viloyat hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36 va 37-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“36. Viloyatlar (Toshkent shahar) qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari ochiq mustaqil tanlov asosida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi taqdimnomasiga binoan tuman hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidagi — hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-ilovaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, Ishchi guruh rahbari”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)