22.11.2024 yildagi PQ-400-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat va sanʼat, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy madaniyatimizni yanada rivojlantirish, aholiga madaniy va axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatish, noyob madaniy boyliklarimizni asrab-avaylash va ommalashtirish bilan shugʻullanib kelayotgan teatr, sirk, konsert-tomosha tashkilotlari, madaniyat markazlari, kutubxona va muzeylarda faoliyat olib borayotgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu qarorga ilovadagi roʻyxatga muvofiq davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab — 20 foizga, 2025-yil 1-iyuldan boshlab — yana 15 foizga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tegishli vazirlik va idoralar bir oy muddatda ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimini joriy qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab mazkur qarorning 1-bandiga asosan ish haqi miqdorlari oshirilishi munosabati bilan zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 22-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-400-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-400-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilayotgan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari nomi

1. Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar

1.

“Ayqulash” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli

2.

Davlat teatrlari, “Diydor” va “Tomosha” teatr-studiyalari

3.

Fargʻona viloyati teatr va konsert saroyi

4.

“Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi” davlat muassasasi

5.

Madaniyat markazlari va ularning huzuridagi badiiy havaskorlik jamoalari

6.

“Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasi

7.

Respublika baxshichilik sanʼati markazi

8.

Respublika markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar koʻzi ojizlar kutubxonalari hamda ularning filiallari

9.

“Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi

10.

“Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi

11.

“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi

12.

“Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi” davlat muassasasi

13.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi “Musiqiy teatr-studiyasi”

14.

Oʻzbekiston davlat planetariysi

15.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi “Oʻquv teatri” va studiyalar

16.

“Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi” davlat muassasasi hamda uning hududiy boʻlimlari

17.

Oʻzbekiston kino sanʼati tarixi muzeyi

18.

“Guliston” va “Teatr” jurnallari birlashgan tahririyati” davlat muassasasi

19.

“Oʻzbeksirk” davlat muassasasi

2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi tashkilotlar

20.

Bolalar kutubxonalari

21.

Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi

3. Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlar

22.

Sogʻliqni saqlash muzeyi

23.

Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi va hududiy tibbiyot kutubxonalari

4. Sport vazirligi tizimidagi tashkilot

24.

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi

5. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi tashkilot

25.

Davlat geologiya muzeyi

6. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tizimidagi tashkilotlar

26.

“Ipak yoʻli” muzeyi

27.

Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi

7. Madaniy meros agentligi tizimidagi tashkilotlar

28.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning boʻlim va filiallari

29.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi

30.

“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning boʻlim va filiallari

31.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning filiallari

32.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi

33.

“Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning boʻlim va filiallari

34.

Memorial muzeylar va uy-muzeylar

35.

“Moziydan sado” jurnali tahririyati

36.

Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning filiallari

37.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning filiallari

38.

Oqqoʻrgʻon tumani oʻlkashunoslik muzeyi

39.

Olmaliq shahar oʻlkashunoslik muzeyi

40.

“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning boʻlim va filiallari

41.

Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning filiallari

42.

Termiz arxeologiya muzeyi

43.

“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi

44.

Toshkent viloyati Angren shahar tarixi muzeyi

45.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi

46.

Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning filiallari

47.

“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi va uning filiali

48.

Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

49.

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va uning filiali

50.

Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyi va uning filiallari

51.

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

52.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning filiallari

53.

“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning filiallari

531.

Samarqand shahri “Ipak yoʻli” davlat muzeyi

8. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi tashkilotlar

54.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi

55.

Respublika yigʻma elektron katalogi markazi

56.

Tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari

57.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari

9. Badiiy akademiya tizimidagi tashkilotlar

58.

Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi

59.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura sanʼati muzeyi

60.

Toshkent fotosuratlar uyi

61.

Xalqaro madaniyat karvonsaroyi

62.

“Sanʼat” jurnali tahririyati

10. Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlar

63.

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi

64.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi

65.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi

651.

Fanlar akademiyasi Asosiy kutubxonasi

11. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tizimidagi tashkilotlar

66.

Respublika bolalar kutubxonasi

12. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tashkilotlar

67.

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

68.

“Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2026-y., 07/26/153/0401-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 07/24/400/0967-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son; 22.04.2026-y., 07/26/153/0401-son)