20.11.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3577
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Markaziy banki boshqaruvining qarori, 20.11.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3577
Дата вступления в силу
23.11.2024
Hujjat 23.11.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 20-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3577]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi 595-son “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2005-yil 29-avgustdagi 76, 2005-47, 267-V-son “Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qoʻshish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1515, 2005-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 40-son, 313-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 17-yanvardagi 6, 2019-02, 267-V-1-son “Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qoʻshish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1515-1, 2019-yil 21-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/1515-1/2513-son).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 17-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
184-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 10-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-21-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 8-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
364-V-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruv raisi S. ATABAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 2-oktabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 17-oktabrdagi 184-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 10-oktabrdagi 2024-21-son, Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 8-oktabrdagi 364-B-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga (bundan buyon matnda SHJBPH deb yuritiladi) majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mehnat faoliyatini mehnat shartnomalari boʻyicha amalga oshirayotgan fuqarolar (ular jumlasiga ishlovchi pensionerlar, oʻrindoshlar ham kiradi), shuningdek fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha ishlarni bajaradigan fuqarolar, agar ushbu xodimlarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlaridan qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ushlansa, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchilar sifatida jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining majburiy ishtirokchilari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan toʻliq ozod etilgan boshqa fuqarolar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxsni tashkil etmagan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriy asosda ishtirok etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminotiga boʻlgan huquqdan foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Fuqarolarning SHJBPHga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallari xodimning soliq solinadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda hisoblanadi, ushbu summa jismoniy shaxslarning daromadiga qonunchilikka muvofiq hisoblangan soliq summasidan tegishincha chegiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ish beruvchi yuridik shaxslar oʻz xodimlarining SHJBPHiga, mazkur yuridik shaxs xodim uchun asosiy ish joyi hisoblanishi yoki u oʻrindoshlik asosida ishlashi yoxud fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha ishlarni bajarishidan qatʼi nazar, majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kiritishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida shaxsiy hisobda turgan (SHJBPH va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasiga ega boʻlgan) fuqarolar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzish chogʻida (bunga oʻrindoshlik yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi shartlarida tuzishlar ham kiradi) ish beruvchiga oʻz SHJBPHlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Daromadlari qonunchilikka muvofiq har bir oy uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydigan fuqarolar jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida umumiy asoslarda ishtirok etadilar, yaʼni ish beruvchi, xodimning ish haqi boʻyicha soliq solinadigan qismidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordagi jamgʻarib boriladigan pensiya badalini SHJBPHga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ushlangan majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ish beruvchilar fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini budjetga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash bilan birgalikda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash uchun belgilangan muddatlarda ajratadilar. Bunda majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini oʻtkazish toʻlov topshiriqnomasi vositasida amalga oshiriladi va unda omonatchining rekvizitlari, oʻtkazish maqsadi, oʻtkazilayotgan jamgʻarib boriladigan pensiya badallarining summasi, ish beruvchi soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilgan joydagi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” (bundan buyon matnda Xalq banki deb yuritiladi) filialiga yuboriladigan reyestrning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan tartibda natural koʻrinishda toʻlaydigan yoki mahsulot sotilishi, ishlar bajarilishi yoki xizmatlar koʻrsatilishidan olingan tushumdan toʻlovni amalga oshiradigan ish beruvchi toʻlov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun mobaynida jamgʻarib boriladigan pensiya badallari summasini oʻtkazishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ish beruvchi, majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini fuqarolarning SHJBPHiga kiritishni Xalq banki filialidagi maxsus tranzit hisobvaraqqa oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga kiritilgan majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallari boʻyicha hisob-kitob va hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ish beruvchi jamgʻarib boriladigan pensiya badallarining omonatchisi joylashgan joydagi Xalq banki filiali bilan, agar xodimlari 25 nafardan ortiq boʻlgan alohida boʻlinmalari va (yoki) filiallari mavjud boʻlsa, ushbu boʻlinmalar va (yoki) filiallar joylashgan joydagi Xalq banki filiallari bilan SHJBPHga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallari boʻyicha hisob-kitoblar hisobini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ish beruvchi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar jamgʻarib boriladigan pensiya badallari oʻtkazilgan har bir toʻlov hujjati summasiga alohida, belgilangan tartibda SHJBPH raqamlari, har bir xodimning familiyasi, hisoblangan ish haqi va jamgʻarib boriladigan pensiya badallari summasi koʻrsatilgan holda xodimlar reyestrlarini (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi (bundan buyon matnda JBPT deb yuritiladi) yagona maʼlumotlar elektron bazasi formatida elektron hujjat sifatida shakllantirib, ish beruvchi soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilgan joydagi Xalq banki filialiga elektron manbalarda taqdim etishi yoki uni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (bundan buyon matnda YIDXP deb yuritiladi) shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti” yoxud internet jahon axborot tarmogʻi orqali bevosita JBPT yagona maʼlumotlar elektron bazasiga yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrni JBPT yagona maʼlumotlar elektron bazasiga kiritish jarayonida xatolar va tafovutlar aniqlangan taqdirda ushbu reyestr qabul qilinmaydi va avtomatik tarzda xatolarni tuzatish yoki tafovutlarni bartaraf etish uchun ish beruvchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish beruvchi qaytarilgan reyestrdagi xatolarni yoki tafovutlarni bartaraf etadi hamda uch kun muddatda ish beruvchi soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilgan joydagi Xalq banki filialiga elektron manbalarda takroran taqdim etadi yoki YIDXPdagi shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti” yoxud internet jahon axborot tarmogʻi orqali yuboradi. Agar hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunigacha ish beruvchi reyestrga tuzatish kiritish choralarini koʻrmasa, Xalq banki filiali bu haqda davlat soliq xizmatining tegishli hududiy organini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar va budjet tashkilotlari SHJBPH boʻyicha buxgalteriya yozuvlarini buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aks ettiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Xalq banki filiali tomonidan davlat soliq xizmati organlariga axborot taqdim etilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Xalq banki har kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga elektron maʼlumot almashish kanallari orqali har bir filial kesimida tranzit hisobvaraqqa kelib tushgan summalar toʻgʻrisidagi koʻchirmani elektron shaklda taqdim etib, unda yuridik shaxsning STIRi, nomi va SHJBPHga kiritilgan badallar summasini koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xalq banki har oyda markazlashgan holda hisobot oyidan keyingi oyning 26-kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda fuqarolarning SHJBPHiga badallar kiritgan yuridik shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarni filiallar kesimida taqdim etadi. Bunda, maʼlumotlar elektron shakllarda oʻzaro elektron maʼlumot almashish kanallari orqali taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ish beruvchi tomonidan SHJBPHga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarining toʻgʻri va toʻliq hisoblanishi hamda oʻz vaqtida kiritilishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ish beruvchi amaldagi qonunchilikka muvofiq Xalq banki filialiga taqdim etiladigan, SHJBPHga hisobga qoʻyish uchun zarur maʼlumotlarning, shuningdek fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari bilan bogʻliq barcha oʻzgarishlar (mehnat shartnomasini tuzish yoki bekor qilish, pasport maʼlumotlarini va shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini yuritish uchun zarur boshqa maʼlumotlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va SHJBPHga badallarni oʻz vaqtida kiritilishi hamda ularning talablariga koʻra fuqarolarga hisoblangan va kiritilgan jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning taqdim etilishi uchun javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xalq banki amaldagi qonunchilikka muvofiq fuqarolarning SHJBPHlarini ochish va yuritish, fuqarolarni ushbu hisobvaraqlarning holati toʻgʻrisida xabardor qilish, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini tayinlash va berish tartibini buzganlik, shuningdek mazkur Nizomning 12 va 13-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri taqdim etish uchun javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Soliq inspeksiyasiga

_________________________________

Bank nomi _________________________

Bank rekvizitlari ___________________

Manzil ___________________________

STIR № __________________________

20 __ yil “____” _________ dagi holat boʻyicha shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga

badallar kiritgan yuridik shaxslar toʻgʻrisida __-son

MAʼLUMOTLAR
 

T/r

Yuridik shaxslar

Yuridik shaxs STIRi

Ularga jamgʻarib boriladigan badallar oʻtkaziladigan xodimlar soni

Jismoniy shaxslarning daromad soligʻiga tortiladigan jami daromad summasi

SHJBPHga qayd etilgan majburiy badallar summasi

SHJBPHga qayd etilgan ixtiyoriy badallar summasi

Kiritilgan badallar umumiy summasi (6-ust. + 7-ust.)

1

2

3

4

5

6

7

8

REYESTR BOʻYICHA JAMI:

Xalq banki filiali rahbari

______________

______________________________

(imzo)

(imzo)

Bosh buxgalter

______________

______________________________

(imzo)

(imzo)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 10/24/3577/0956-son; 18.11.2025-y., 10/25/3577-1/1058)