14.11.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3574
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3574]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi PQ-75-son “Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais A. AZIZOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 15-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114-son

Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 19-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 24-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2024-yil 15-oktabrdagi 114-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslari, shuningdek muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalarni (bundan buyon matnda kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari deb yuritiladi) majburiy sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sertifikatlashtirish — kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar (bundan buyon matnda normativ hujjatlar deb yuritiladi) talablariga muvofiqligini tasdiqlash tartib-taomili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatlashtirish organi — “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sinov laboratoriyasi — sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazuvchi akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalari yoki sinov markazi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachi — kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi yoki foydalanuvchi jismoniy yoxud yuridik shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari majburiy tartibda sertifikatlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat sirlarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlarning kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan vositalar axborotni texnik himoyalash vositalar sifatida oʻrnatilgan tartibda sertifikatlanadi hamda mazkur Nizom talablari tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Arizachi kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sertifikatlashtirish uchun namunalarni tanlash, identifikatsiya qilish va sinovdan oʻtkazishda ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sertifikatlashtirish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemalar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Arizalarni berish va koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sertifikatlashtirish uchun arizachi sertifikatlashtirish organiga arizani qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sertifikatlashtirish uchun arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini oʻrnatish, sozlash uchun foydalanuvchi va administrator yoʻriqnomasi hamda dasturning oʻrnatish fayllari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot xavfsizligi talablariga muvofiq boshqa sertifikatlashtirish organidan olingan muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisida maʼlumot (mavjud boʻlgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari dasturiy taʼminotining funksional imkoniyatlar tavsifi toʻgʻrisida maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiberxavfsizlikni taʼminlovchi apparat va apparat-dasturiy vositalarning yorligʻi (markirovkasi) namunasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini seriyali ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish uchun ariza topshirilganda, kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini ishlab chiqarish jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli obyekt roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi (mavjud boʻlgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qilinayotgan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining kuzatuv yoki boshlangʻich hisob hujjatlari (mavjud boʻlgan taqdirda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konfidensial maʼlumotlarni qayta ishlashda ishtirok etuvchi kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sertifikatlashtirish uchun arizaga dasturiy taʼminotning kompilatsiya qilinuvchi manba kodi, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi dasturning tavsifi hamda apparat va apparat-dasturiy vositalar uchun konstruktorlik hujjatlari ilova qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sertifikatlashtirish organi ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sertifikatlashtirishdan oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda bu xaqida arizachini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Arizachi tomonidan mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar taqdim etilmaganda, sertifikatlashtirish organi qonunchilikda belgilangan asoslarni koʻrsatgan holda sertifikatlashni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va ushbu qaror nusxasini arizachiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sertifikatlashtirish organi arizachi tomonidan barcha hujjatlar taqdim etilganda, sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qarorda kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartlari, shu jumladan sertifikatlashtirish sxemasi va sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun normativ hujjat hamda sinovlar oʻtkaziladigan akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Namunalarni tanlab olish va identifikatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sertifikatlashtirish uchun namunalarni tanlab olish va identifikatsiya qilish sertifikatlashtirish organi tomonidan sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Sertifikatlashtirish uchun tanlab olinadigan namunalar soni normativ hujjatlarda koʻrsatilgan sinov usullaridan kelib chiqib, bir marotaba toʻliq sinovlarni oʻtkazishga yetarli miqdorda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini identifikatsiya qilish ularning identifikatsiya belgilarini mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan vizual solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining identifikatsiya belgilariga kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining turi (modeli), soni, ishlab chiqarilgan sanasi, dasturiy mahsulotlar uchun manba kodida yaratilgan fayllar sanasi, ishlab chiqaruvchining nomi, ishlab chiqaruvchi joylashgan mamlakat va normativ hujjatlar talablarida keltirilgan maʼlumotlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Namunalarni tanlab olish va identifikatsiya qilish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va uning bir nusxasi arizachiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Identifikatsiya qilish natijalariga koʻra arizachi tomonidan taqdim etilgan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining namunalari ularga nisbatan qoʻllaniladigan normativ hujjatlar talablariga yoki mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarga toʻgʻri kelmasligi aniqlansa, sertifikatlashtirish organi tomonidan namuna tanlash amalga oshirilmaydi va sertifikatlashtirish ishlarini oʻtkazish rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, sertifikatlashtirish organi tomonidan bir kun ichida arizachiga sertifikatlashtirishni oʻtkazish rad etilganligi haqida aniqlangan kamchiliklarni koʻrsatgan holda xulosa beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizachi identifikatsiya qilish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib, sertifikatlashtirish organiga takroran ariza berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Sinov ishlarini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sertifikatlashtirish uchun sinov ishlari sinov dasturi asosida amalga oshiriladi. Sinov dasturida kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sinovdan oʻtkazishda qoʻllaniladigan normativ hujjatlar talablari, sinov metodlari, tekshiriladigan parametrlar va xarakteristikalar tarkibi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sinov dasturi sertifikatlashtirish organi tomonidan sinov laboratoriyasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va arizachi bilan kelishiladi. Sinov dasturi sertifikatlashtirish organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tanlab olingan namunalar sinov dasturi bilan birgalikda namunalar tanlab olingan kundan boshlab uch kun ichida sinov laboratoriyasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sinov laboratoriyalari kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini normativ hujjatlar va sinov dasturiga muvofiq sinovlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sinov ishlari sinov laboratoriyasida, ishlab chiqaruvchining obyektlarida va ekspluatatsiya qilish joyida oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizachi sertifikatlashtirish organini sertifikatlash sinov ishlarini oʻtkazish uchun zaruriy dasturiy va/yoki texnik vositalar hamda ularga tegishli hujjatlar bilan taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sinov jarayonida kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining dasturiy taʼminotida va/yoki unga tegishli hujjatlarda nomuvofiqliklar aniqlansa, sinov laboratoriyasi bu haqda sertifikatlashtirish organini va arizachini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikatlashtirish organi bir kun ichida arizachini kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining dasturiy taʼminotida aniqlangan nomuvofiqliklarni bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Arizachi kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining dasturiy taʼminotidagi barcha nomuvofiqliklarni belgilangan muddatda bartaraf etgandan soʻng sertifikatlashtirish organiga sinov ishlarini davom ettirish uchun dasturiy taʼminotni taqdim etadi. Arizachi tomonidan taqdim etilgan dasturiy taʼminot bir kun ichida sertifikatlashtirish organi tomonidan sinov laboratoriyasiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniqlangan nomuvofiqliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa yoki dasturiy taʼminotdagi va/yoki unga tegishli hujjatlarda nomuvofiqliklar qayta aniqlansa, sertifikatlashtirish organi rad etish asoslarini koʻrsatgan holda muvofiqlik sertifikati berishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida qaror nusxasini arizachiga elektron yoki yozma shaklda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sinov laboratoriyasi sinovlar natijalari boʻyicha sinov bayonnomalarini rasmiylashtiradi. Sinov bayonnomalarida kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini normativ hujjatlar talablariga muvofiq yoki nomuvofiqligi yuzasidan xulosa koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sinov ishlarining muddati normativ hujjat boʻyicha oʻtkaziladigan sinov usullariga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Namunalarning sinovi sifati va natijalarning haqqoniyligiga, shuningdek sinov bayonnomalarining saqlanishiga sinovlarni amalga oshirgan sinov laboratoriyasi masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sinov bayonnomalari sinovlarni amalga oshirgan masʼul mutaxassislar tomonidan imzolanadi va sinov laboratoriyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan sinov bayonnomalari sertifikatlashtirish organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini ishlab chiqarish sharoitlarini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ishlab chiqarish sharoitlarini baholash sertifikatlashtirish sinovlaridan soʻng sertifikatlashtirish organi tomonidan amalga oshiriladi. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining sinovi natijalari salbiy boʻlsa, ishlab chiqarish sharoitini baholash amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarish sharoitini baholash uchun sertifikatlashtirish organi oʻz xodimlari va (yoki) boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda komissiya tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Sertifikatlashtirish organi ishlab chiqarish sharoitlarini baholashdan oldin sertifikatlashtirish uchun arizachi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi va ishlab chiqarish sharoitini baholash dasturini ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarish sharoitini baholash dasturi arizachi bilan kelishiladi va sertifikatlashtirish organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ishlab chiqarish sharoitini baholash muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ishlab chiqarish sharoitini baholash sertifikatlashtirish organi tomonidan tuzilgan komissiya va arizachi yoki uning vakili ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ishlab chiqarish sharoitini baholash natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi hamda komissiya aʼzolari va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi arizachiga, ikkinchi nusxasi esa sertifikatlashtirish organiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Komissiya aʼzolari ishlab chiqarish sharoitini baholash jarayonida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan ishlab chiqaruvchining tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va ushbu maʼlumotlardan noqonuniy ravishda foydalanmasliklari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish va qayta sertifikatlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Sertifikatlashtirish organi sinov bayonnomasi va ishlab chiqarish sharoitini baholash dalolatnomasini koʻrib chiqib, muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi hamda uni roʻyxatdan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikatlashtirish natijalari (sinov bayonnomasi, ishlab chiqarish sharoitini baholash dalolatnomasi) salbiy boʻlgan taqdirda, muvofiqlik sertifikatini berish rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Muvofiqlik sertifikati barcha sertifikatlashtirish jarayonlari natijalari olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalariga muvofiqlik sertifikati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq versiya va nazorat summasi koʻrsatilgan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari uchun amal qilish muddati koʻrsatilmasdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seriyali ishlab chiqariladigan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari uchun uch yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini seriyali ishlab chiqarish uchun berilgan muvofiqlik sertifikatini qoʻllash va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida sertifikatlashtirish organi hamda arizachi oʻrtasida kelishuv tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuvda muvofiqlik belgisidan foydalanish shartlari, shartlarni buzganlik uchun arizachining javobgarligi, sertifikatlashtirilgan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari ustidan sertifikatlashtirish organi tomonidan davriy baholashdan oʻtkazish shartlari koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Sertifikatning amal qilish muddati tugaganda, muvofiqlik sertifikati mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta sertifikatlashtirish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Seriyali ishlab chiqariladigan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari dasturiy taʼminotining manba kodiga oʻzgartirishlar kiritilsa va bu manba kodining nazorat summasi oʻzgarishiga olib kelsa, arizachi ushbu dasturiy taʼminot versiyasiga oʻzgartirish kiritadi hamda ushbu kiritilgan oʻzgartirishlarni tavsiflovchi maʼlumotlarni 3 ish kuni ichida sertifikatlashtirish organiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikatlangan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining normativ hujjatlar talablari va sinov uslublari oʻzgarganda yoki yangilanganda, sertifikatlashtirish organi bu haqda arizachini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Sertifikatlashtirish organi arizachi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni 10 ish kuni ichida tahlil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikatlashtirish organi tahlil natijalariga koʻra, arizachini qayta sertifikatlashni amalga oshirish zarurligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi yoki kiberxavfsizlikni taʼminlash vositasiga avval rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini amal qilishini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Sertifikatlangan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining manba kodiga kiritilgan oʻzgartirishlarni aniqlashni imkoni boʻlgan taqdirda, qayta sertifikatlashtirish dasturiy taʼminotning oʻzgartirilgan qismiga nisbatan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab uch yil davomida sertifikatlashtirishni amalga oshirish natijasida yuzaga kelgan barcha hujjatlarning saqlanishi
va konfidensialligini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini tan olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Davriy baholashni oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Seriyali ishlab chiqariladigan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalariga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirgan sertifikatlashtirish organi har yili kamida bir marta sertifikatlangan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida davriy baholashni oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Davriy baholash rejali (davriy) va rejadan tashqari tekshirishlar shaklida amalga oshiriladi. Rejali davriy baholashdan oʻtkazish davriyligi, hajmi va shartlari sertifikatlashtirish organi va arizachi bilan tuzilgan kelishuvda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rejadan tashqari davriy baholash sertifikatlashtirish organi tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati davomida dasturiy taʼminot yoki ishlab chiqarish jarayonidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanuvchilar tomonidan sertifikatlangan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarida xavfsizlikni taʼminlashga taʼsir qiladigan nomuvofiqliklar aniqlanganligi boʻyicha shikoyatlar kelib tushganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachi tomonidan kelishuv shartlari buzilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Davriy baholashni amalga oshirish uchun sertifikatlashtirish organi tomonidan komissiya tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davriy baholash sertifikatlashtirish organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan dastur asosida amalga oshiriladi. Davriy baholash dasturida davriy baholashni oʻtkazish boʻyicha ishlarning mazmuni va hajmi, maqsadi hamda obyektlari boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Davriy baholashni amalga oshiruvchi komissiya mazkur Nizomning 3 — 5-boblarida belgilangan tartibda kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining namunalarini tanlab oladi va identifikatsiya qiladi, sinov ishlarini oʻtkazadi hamda ishlab chiqarish sharoitlarini baholaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Sertifikatlashtirish organi davriy baholash natijalariga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlsa, muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarida ishlab chiqaruvchining ichki hujjatlari talablarining buzilishi aniqlansa, muvofiqlik sertifikatini tasdiqlaydi va nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Bunda, kamchiliklarni bartaraf etish muddati oʻttiz ish kunidan oshmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatlangan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmasa, muvofiqlik sertifikati tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi uni tugatish haqida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Davriy baholash natijalariga koʻra komissiya tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi hamda barcha komissiya aʼzolari va arizachi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi arizachiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa sertifikatlashtirish organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarishni baholash natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda oʻz fikrini dalolatnomada bayon qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Quyidagilar muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini toʻxtatib turishga asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachining yozma murojaati;

davriy baholashni oʻtkazishga ishlab chiqaruvchi tomonidan shart-sharoit yaratilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati davomida dasturiy taʼminot yoki ishlab chiqarish jarayonidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olinmaganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Quyidagilar muvofiqlik sertifikatini tugatishga asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachining yozma murojaati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqligi tasdiqlangan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining normativ hujjati (hujjatlari) oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davriy baholashda aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf qilinmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Sertifikatlashtirish organi mazkur Nizomning 47 — 50-bandlarida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan uch kun ichida muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tasdiqlash, toʻxtatish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qarorning bir nusxasi arizachiga qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati toʻxtatilganligi yoki tugatilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Shikoyatlarni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Manfaatdor tomonlar sertifikatlashtirish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, sertifikatlashtirish organining Appelyatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Appelyatsiya kengashi deb yuritiladi) yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Appelyatsiya kengashi sertifikatlashtirish organi va sinov laboratoriyasining qarorlariga nisbatan shikoyatlarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Appelyatsiya kengashi tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqishda arizachi ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya kengashi berilgan shikoyatni 15 kun ichida koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida arizachiga yozma ravishda maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Manfaatdor tomonlar Apelyatsiya kengashi qarori boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining sertifikatlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMALARI

Sertifikatlashtirish tartibi

1-sxema

2-sxema

3- sxema

4- sxema

Sertifikatlashtirish uchun ariza berish

√

√

√

√

Ariza boʻyicha qaror qabul qilish

√

√

√

√

Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining namunalarini tanlab olish

√

√

√

√

Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari namunalarini identifikatsiya qilish

√

√

√

√

Sinov dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash

√

√

√

√

Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sinovdan oʻtkazish

√

√

√

√

Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish sharoitlarini baholash

-

-

√

-

Hujjatlar toʻplamini (arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, sertifikatlashtirish jarayonida toʻplangan hujjatlar va normativ hujjatlar) tahlil qilish

√

√

√

√

Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish

√

√

√

√

Davriy baholashni oʻtkazish

-

-

√

-

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:

1-sxema — aniq koʻrsatilgan versiya va nazorat summadagi kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sertifikatlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-sxema — kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining toʻplamini sertifikatlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-sxema — seriyali ishlab chiqarilgan kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sertifikatlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-sxema — har bir obyekt uchun maxsus ishlab chiqilgan aniq versiyadagi kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini sertifikatlashtirish uchun qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ariza beruvchi tashkilotning nomi

_________________________________________________________________

Dastur tavsifi

I. Dasturiy taʼminot tafsilotlari

1. Dasturiy taʼminot nomi:

___________________________________________________________________________________________________

2. Dasturiy taʼminotning maqsadi:

___________________________________________________________________________________________________

3. Konfidensial maʼlumotlarni uzatish:

4. Dasturlash tili:

___________________________________________________________________________________________________

5. Dasturlash muhiti:

6. Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi:

___________________________________________________________________________________________________

7. Dasturiy taʼminot ishga tushishi uchun zaruriy tizim talablari (operatsion tizim va apparat vositalarga talablar):

___________________________________________________________________________________________________

8. Dasturiy taʼminot arxitekturasi haqida maʼlumot:

9. Dasturiy taʼminotni oʻrnatish va ishga tushirishda amalga oshiriladigan tashqi murojaatlar roʻyxati:

___________________________________________________________________________________________________

10. Kompilyatsiya qilinmagan manba kodi va xar bir kompilyatsiya qilingan dasturiy taʼminotning nazorat (xesh) qiymatlari:

___________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________

II. Manba kodining tavsifi

1. Manba kodining tuzulishi:

___________________________________________________________________________________________________

2. Komponentlar tasnifi:

___________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________

3. Har bir komponent uchun fayl tasnifi

Komponent nomi

Fayl nomi

Kodlar qatori soni

Tavsif

4. Tarmoq bilan ishlovchi funksiyalar tasnifi

Funksiya nomi

Joyi

Protokol

Qabul qilingan maʼlumotlarning tuzilishi

Uzatilgan  maʼlumotlarning tuzilishi

Tavsif

Tavsifni tayyorladi:

_______________________

______________

lavozim

F.I.O.

Aloqa maʼlumotlari (telefon, elektron pochta)

________________________________________________________

Tavsifni tasdiqlagan:

_______________________

______________

lavozim

F.I.O.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2024-y., 10/24/3574/0935-son)