04.10.2024 yildagi 629-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.10.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat fuqarolik xizmatini salohiyatli va istiqbolli rahbar kadrlar bilan taʼminlashda nomzodlarning bilim va koʻnikmalarini zamonaviy texnologiyalar asosida baholash hamda natijalarini tahlil qilish, shuningdek, rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan manzilli choralar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taklifiga asosan Agentlik muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, oʻzlashtirish va joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rahbarlik lavozimiga nomzodlarning umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash boʻyicha test sinovlarini hamda psixologik soʻrovnomalar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qoʻyish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni va zamonaviy usullarni keng joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari va texnik koʻmaklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni belgilangan tartibda tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning ustavi, tashkiliy tuzilmasi, shu jumladan, shtat birliklari soni va xodimlarning mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari Agentlik tomonidan belgilanadi. Markazning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktori oʻrinbosari va xodimlari Agentlik bilan kelishilgan holda, Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Markazga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatini samarali amalga oshirishi uchun tegishli soha boʻyicha malakali mutaxassislar va ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik va boshqa buyurtmachilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida faoliyatining asosiy yoʻnalishlari doirasida daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanish, davlat fuqarolik xizmatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha axborot dasturlarini ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Markaz Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUKga tegishli Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 55-uy manzilidagi binoning 1-qavatida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Markazga bitta yengil avtomashina va bitta mikroavtobus saqlash uchun limit ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agentlik bir oy muddatda Markazning ustavi, tashkiliy tuzilmasi, shu jumladan, shtat birliklari soni va xodimlarning mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilash hamda Markazni davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 4-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
629-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/629/0780-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)