04.10.2024 yildagi 629-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat fuqarolik xizmatini salohiyatli va istiqbolli rahbar kadrlar bilan ta’minlashda nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy texnologiyalar asosida baholash hamda natijalarini tahlil qilish, shuningdek, rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan manzilli choralar ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) taklifiga asosan Agentlik muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o‘zlashtirish va joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rahbarlik lavozimiga nomzodlarning umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo‘yicha test sinovlarini hamda psixologik so‘rovnomalar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo‘yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni va zamonaviy usullarni keng joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari va texnik ko‘maklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni belgilangan tartibda tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning ustavi, tashkiliy tuzilmasi, shu jumladan, shtat birliklari soni va xodimlarning mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari Agentlik tomonidan belgilanadi. Markazning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktori o‘rinbosari va xodimlari Agentlik bilan kelishilgan holda, Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari kompetensiyalarini baholash shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga homiylik va grant mablag‘lari hisobidan berilgan asosiy vositalarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari (ushbu pul mablag‘lari hisobidan sotib olingan asosiy vositalarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari) to‘liq miqdorda Markaz ixtiyorida qoladi hamda maqsadli ravishda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, shu jumladan transport vositalarini xarid qilish uchun yo‘naltiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoniga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilari bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Markazga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z faoliyatini samarali amalga oshirishi uchun tegishli soha bo‘yicha malakali mutaxassislar va ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik va boshqa buyurtmachilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida faoliyatining asosiy yo‘nalishlari doirasida daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanish, davlat fuqarolik xizmatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha axborot dasturlarini ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Markaz Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUKga tegishli Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy manzilidagi binoning 1-qavatida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Markazga bitta yengil avtomashina va bitta mikroavtobus saqlash uchun limit ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agentlik bir oy muddatda Markazning ustavi, tashkiliy tuzilmasi, shu jumladan, shtat birliklari soni va xodimlarning mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlarini belgilash hamda Markazni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 4-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
629-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/629/0780-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)