30.09.2024 yildagi PQ-344-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni barpo qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-151-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Agentlikning hududiy bo‘linmalari ish faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024 — 2027-yillarda anjir, funduk va zaytunzorlarni tashkil etishning maqsadli ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma)ni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi va Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasining qoldiq mablag‘lari hamda avval ajratilgan resurslarning (ssuda, subsidiyalardan qaytgan, qarzlar) qaytishidan tushadigan mablag‘lar, xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitiga joylashtirish hisobidan tushadigan foizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslariga muvofiq yaratiladigan yangi bog‘ va tokzorlardan undiriladigan bir martalik yig‘imlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan transfertlar va ssudalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari (qarz mablag‘lari) va grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“tayyor holda barpo etish” tamoyiliga asosan tashabbuskorlarga lizing asosida ochiq elektron auksion savdolari orqali bog‘ va tokzorlarni sotishdan tushgan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida Jamg‘armaga 150 milliard so‘m budjetdan transfert rejalashtirib borilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Davlat budjeti hisobidan, xususan, avvalgi yillarda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratilgan budjet ssudalarining qaytgan qismi hisobidan har yili qo‘shimcha ravishda 300 milliard so‘m budjet transfertlari Jamg‘armaga yo‘naltiriladi va ushbu mablag‘lar, shuningdek, Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasidan Jamg‘armaga o‘tkazilgan mablag‘lar maqsadli ravishda respublika hududida yangi bog‘ va tokzorlar yaratish loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilmiy va ta’lim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari hamda ekspertlarini maslahatchi sifatida jalb qilishga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda Agentlik va Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizomlarni o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Agentlik huzuridagi ko‘chat yetishtirish va namunaviy bog‘larni barpo etishga ixtisoslashgan korxona tomonidan namunaviy sanoatlashgan plantatsiya yaratish hamda uni “tayyor holda barpo etish” tamoyiliga asosan tashabbuskorlarga lizing asosida ochiq elektron auksion savdolari orqali berish ko‘zda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Agentlik tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishidagi subsidiyalar turlarini bir oy muddatda maqbullashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2025-yil 1-yanvardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatgani uchun subsidiya sifat darajasini belgilovchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda 1 gektar uchun 16 million so‘mdan oshmagan miqdorda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun subsidiya suv quvurlarining o‘lchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlari uchun subsidiya ushbu xarajatlarning 50 foizi, biroq har bir mevali payvandtagli ko‘chatga 25 ming so‘mdan, uzumning danaksiz va yangi nav ko‘chatlariga 7,5 ming so‘mdan, mahalliy uzum ko‘chatlariga 2 ming so‘mdan oshmagan miqdorda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekish sxemalari hududlarning tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Agentlik tavsiyasi bilan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ko‘chat payvandtaglari uchun beriladigan barcha turdagi subsidiyalar 2024-yil 1-oktabrdan bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Agentlik tomonidan beriladigan barcha turdagi subsidiya mablag‘lari talabgorlarning asosiy hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Agentlik bilan hamkorlikda respublikaning turli tuproq va iqlim sharoitlariga mos mevali bog‘ va tok ko‘chatlari navlarini xorijiy davlatlardan olib kelgan holda introduksiya qilsin hamda ilmiy asosda intensiv bog‘ va tokzorlar turlari bo‘yicha ko‘rgazmali maydonlar tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, ko‘chatchilik xo‘jaliklari bilan birgalikda rivojlangan davlatlardan “in-vitro” laboratoriyasi uchun mevali daraxtlarning kasalliklarga immuniteti yuqori bo‘lgan yangi nav va klonlari olib kelinishini hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 2025-yilning 1-iyuniga qadar zamonaviy “in-vitro” laboratoriyasini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda Bektemir tumanidan 50 gektar yer maydonini, shundan, istisno tariqasida, 5 gektar maydonning yer toifasini o‘zgartirgan holda “in-vitro” laboratoriyasi uchun hamda 45 gektarda onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish uchun yer maydoni ajratilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Agentlik uch oy muddatda Italiya, Fransiya, AQSH, Ispaniya, Portugaliya va boshqa davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rgangan holda respublikada meva va tok ko‘chatlarini sertifikatlashtirish tartibini ishlab chiqib, 2025-yil sentabrdan boshlab ko‘chatlarni sertifikatlashtirish tizimini joriy qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ko‘chatlarni sertifikatlashtirish Agentlik tuzilmasidagi “Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agentlik, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-dekabrga qadar sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar, bilim va ko‘nikmalarni doimiy foydalanuvchilarga yetkazib berish uchun elektron platforma ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mazkur platformada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, ularning yer uchastkasi, bog‘larning holati, barpo qilingan vaqti va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan bog‘ va tok plantatsiyalarining yagona elektron xaritasini, shuningdek, hududlar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar kesimida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining navlari, turlari va prognozi, pishish vaqti to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni berib borish tizimi yaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov, J. Xodjayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) 2025-yil 1-iyunga qadar Jahon banki bilan muzokaralar o‘tkazgan holda Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tayyor kichik agrologistika loyihalari uchun ajratilgan 65 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lardan maqsadli foydalanish va agrologistika sohasiga yo‘naltirish bo‘yicha aniq mexanizmlarni joriy qilsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2024-y., 07/24/431/1026-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston milliy axborot agentligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida respublikada sanoatlashgan intensiv bog‘ va tokzorlar, namunali bog‘ va tok plantatsiyalari, issiqxonalar, “in-vitro” laboratoriyalari va dehqonlarning ilg‘or tajribasini keng targ‘ib qilsin, xalqaro yetakchi nashrlar, radiolar, telekanallar va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mamlakat bo‘ylab press-turlarni doimiy tashkil etib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Oqibat” MFY, Markaz-1 Buyuk Ipak yo‘li mavzesi, 42-uy manzilida joylashgan binoning noturar bo‘lgan 1-qavati va yerto‘lasi Agentlikka operativ boshqaruv huquqi asosida berilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlikning asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan Davlat budjetidan uning ma’muriy binosini ta’mirlash hamda moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun zarur uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olishga mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4246-son qarorining 2, 4 va 6-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qo‘chqorov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 30-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-344-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AGROSANOATNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGINING TASHKILIY TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari

“Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi” DUK

Tumanlar (Quvasoy shahri) loyiha ofislari

Ko‘chat yetishtirish va namunaviy bog‘larni barpo etishga ixtisoslashgan korxona

“O‘zagrologistik” MCHJ

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Mas’ullar

1.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash hamda Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Agentlik to‘g‘risidagi nizomni hamda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2024-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Hujjat loyihasini o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil noyabr

2.

Agentlikning respublika va hududiy bo‘linmalari xodimlarining ish samaradorligini oshirish.

1. Xodimlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy qilish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2024-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Agentlik xodimlari faoliyatining natijadorligiga qarab (KPI) rag‘batlantirish ko‘rsatkichlarini belgilash.

Doimiy

3.

Yangidan tashkil etiladigan sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzorlarni namunaviy texnik-iqtisodiy asosda tashkil qilish mexanizmini ishlab chiqish.

1. Yangidan tashkil etiladigan sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzorlarning namunaviy texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2024-yil noyabr

Agentlik

(Abdullayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etishning ichki nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil dekabr

4.

Ko‘chatchilikka ixtisoslashgan xo‘jalik yoki “In-vitro” laboratoriyasiga tegishli bo‘lgan va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan yangi ko‘chatchilik tizimini ishlab chiqish.

1. Respublikada mavjud ko‘chatchilikka ixtisoslashgan ko‘chatchilik xo‘jaligi yoki “In-vitro” laboratoriyalari ro‘yxatini va ularning yagona reyestrini shakllantirish.

Xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari

2024-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Sertifikatlangan ko‘chatlar yetishtiradigan “In-vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik majmualarini barpo etish.

2025-2026-yillar

3. Agentlik tomonidan doimiy ravishda sertifikatlanadigan ko‘chatlar ekilishi va agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini monitoring qilish.

Doimiy

5.

Turkiyaning “Worldagro Sonsultancy Organizasyona.Ş.” kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy “in-vitro” laboratoriyasini tashkil etish.

1. Turkiyalik hamkor bilan kelishuvlarni amalga oshirish va memorandum imzolash.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar

2024-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Toshkent shahri hokimligi tomonidan Bektemir tumanidan 50 gektar yer maydonini, shundan, istisno tariqasida, 5 gektar maydonda yer toifasini o‘zgartirgan holda “in-vitro” laboratoriyasini hamda 45 gektarda onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish uchun yer maydonini ajratish.

2025-yil mart

3. Loyihani amalga oshirishni boshlash.

2025-yil iyun

6.

Namangan viloyatida “Worldagro Sonsultancy Organizasyona.Ş.”kompaniyasi bilan hamkorlikda sanoatlashgan bog‘ plantatsiyasini tashkil etish.

1. Xorijiy kompaniya bilan birgalikda intensiv bog‘ barpo etish loyihasini amalga oshirishni kelishish.

34,0 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya

2024-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Namangan viloyati hokimligi

(Abdurazzoqov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Loyihani amalga oshirish uchun Namangan viloyati tumanlaridan 4 ming gektar yer maydonini (past hosilli paxta va g‘alla hamda boshqa ekinlar) aniqlash.

2025-yil yanvar

3. Yerni qonunchilikda belgilangan tartibda ajratish chorasini ko‘rish hamda loyihani amalga oshirishni boshlash.

2024-2025-yillar

7.

Agentlik tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar reytingi balli baholash tizimini joriy etish.

1. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining nufuzini oshirish hamda qayta ishlovchi va eksportyor korxonalarga ko‘maklashish maqsadida bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaliklarining samaradorligini belgilovchi Tartib loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

“yashil” toifadagi (90 foizdan oshgan) qishloq xo‘jaligi mahsulot yetishtiruvchi xo‘jaliklarni 2 yil davomida xo‘jalik faoliyatiga aloqador barcha turdagi tekshiruvlardan ozod etish;

“qizil” toifadagi qishloq xo‘jaligi mahsulot yetishtiruvchi xo‘jaliklarga 3 yil davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat subsidiyasining barcha turlarini olishga cheklovlar kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yil yanvar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar reytingi to‘g‘risidagi tartibini tasdiqlash uchun Qishloq xo‘jaligi vaziriga kiritish.

2025-yil yanvar

3. Aniqlangan reyting natijasini yil oxirida Agentlik saytida e’lon qilib borish.

Har yili 1-dekabrga qadar

8.

Mavjud bog‘ va tokzorlarni xatlovdan o‘tkazib borish.

1. Respublikada mavjud mevali bog‘ va uzumzorlarni xatlovdan o‘tkazish va ularning ro‘yxatini shakllantirish.

Mablag‘ talab etilmaydi

Har yili yanvar — aprel

Agentlik

(Abdullayev),

O‘zagroinspeksiya

(Vaxabov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Bog‘ va uzumzorlarning elektron ro‘yxatini raqamlashgan (geoportal) axborot tizimiga doimiy joylashtirish.

Doimiy

9.

Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ yoki tokzor maydonlarining manzilli ro‘yxatini mavsumga qarab shakllantirish.

1. Meva va uzum bog‘larining pishiqchilik davriga mos ravishda iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ yoki tokzor maydonlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2024-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Agentlik

(Abdullayev),

O‘zagroinspeksiya

(Vaxabov)

2. Agentlik tomonidan iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan deb topilgan bog‘lar va tokzorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar kesimida Soliq qo‘mitasiga tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali taqdim etib borilishini ta’minlash.

Har yili 1-dekabrga qadar

10.

“Tayyor holda barpo etish” tamoyili asosida bog‘ va uzumzor barpo etish bilan shug‘ullanuvchi korxonani (injiniring kompaniyasini) tashkil etish va loyihalarni amalga oshirish.

1. Yangi korxonani o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va nizomini ishlab chiqish.

Agentlik jamg‘arma mablag‘lari

2024-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev),

Adliya vazirligi

(Toshkulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov)

2. Korxona ustav fondini Agentlikning jamg‘arma mablag‘lari hisobidan shakllantirish va malakali mutaxassislar bilan ta’minlash.

2024-yil noyabr

3. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bog‘larni barpo etish loyihalarini Agentlik tizimidagi korxona orqali moliyalashtirish chorasini ko‘rish.

Belgilangan muddatda

11.

“Tayyor holda barpo etish” tamoyili asosida bog‘ barpo etish va aholiga lizing shartlari asosida berish bo‘yicha (2021-2023-yillar) loyihalarni yangi mexanizm asosida qayta tashkil qilish.

2021 — 2023-yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Toshkent, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida “Tayyor holda barpo etish” tamoyili asosida bog‘ barpo etish va aholiga lizing shartlari asosida berish bo‘yicha berilgan topshiriqlar o‘rniga yangi mexanizm asosida 2025 — 2027-yillarda sanoatlashgan yangi bog‘larni tashkil etish choralarini ko‘rish.

Hisob-kitoblarga asosan

2024-2025-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev),

Adliya vazirligi

(Toshkulov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

12.

Milliy brendlarni targ‘ib qilish, eksport geografiyasi va mahsulot turlarini kengaytirishda marketing tadqiqotlarni o‘tkazish.

1. Mahalliy qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalarining brend mahsulotlari ro‘yxatini shakllantirish hamda yangi brend mahsulotlari yaratishga ko‘maklashish.

Agentlik jamg‘arma mablag‘lari

2024-2025-yillar davomida

Agentlik

(Abdullayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xorijiy marketologlar bilan muzokaralar o‘tkazish, mavjud va yangi tashqi bozorlarning mahsulotlarga bo‘lgan talabini o‘rganish, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish.

Doimiy

3. Marketing tadqiqotlar natijasiga ko‘ra sifatli va eksportbop qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2024-2025-yillar

13.

Mahalliy korxonalarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishga ko‘maklashish.

Xorijiy davlatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun mahalliy eksportyorlarga ko‘maklashish maqsadida “Agroko‘makchi” mobil ilovasida meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishi mumkin bo‘lgan davlatlar va ularning talablari bo‘yicha ma’lumotlar kiritib borilishini ta’minlash.

Mablag‘ talab etilmaydi

Doimiy

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

(Ergashev)

14.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlashning innovatsion yechimlarini joriy etishda amaliy yordam berish.

1. Xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlash bo‘yicha zararli bakteriya va mikroorganizmlarni radiatsion (nurlantirish) sterilizatsiya (fumigatsiya) qilish usullarini o‘rganish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2024-yil dekabr

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

(Ergashev),

Agentlik

(Abdullayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

(Turdikulova),

Yadro fizikasi instituti

2. Rossiya, AQSH, Eron, Pokiston va Xitoy davlatlariga soha mutaxassislarini jalb etib, tajribalarini o‘rganish.

2024-yil dekabr

3. Radiatsiya orqali sterilizatsiya qilishni tashkil etish to‘g‘risida o‘rganilgan tajribalarni maqbullashtirish va jalb qilinadigan grantlar to‘g‘risidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil mart

15.

Sohaga xorijdan malakali mutaxassislarni jalb etish, mahalliy mutaxassislarni o‘qitish va ilm-fan yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy etish.

1. Mahalliy va xorijiy qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga quyish.

Innovatsion rivojlanish agentligi va boshqa moliyaviy manbalar hisobidan

2024-2025-yillar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi,

(Otajonov),

Agentlik

(Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hududlarning tuproq va tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga olib, ilmiy yutuqlar, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyadan foydalanish bo‘yicha xorijlik malakali mutaxassislarni jalb etish, joylarda chet el tajribasi asosida seminar va treninglar o‘tkazish.

2025-yil davomida

16.

Issiqxona xo‘jaliklarida yetishtiriladigan mahsulotlar sifatini yaxshilash va hajmini oshirishni ta’minlash.

1. Issiqxona xo‘jaliklariga malakali agronomlarni jalb etib, sifati va hajmini oshirish uchun malaka treninglarini o‘tkazish.

Agentlik jamg‘arma mablag‘lari

Doimiy

Agentlik

(Abdullayev),

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Markaziy bank

(Nurmuratov),

tijorat banklari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Issiqxonada mahsulotlarni yetishtirish hosildorligini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda realizatsiyasiga ko‘maklashish.

2024-2025-yillar

3. Ko‘mir yoqilg‘isida faoliyat yuritayotgan issiqxonalar samaradorligini oshirish, ekologiya xavfsizligi uchun chang-gaz filtrini o‘rnatishda amaliy yordam berish.

2024-2025-yillar

17.

Agentlik tizimidagi korxonalar faoliyatini takomillashtirish.

1. Agentlik tasarrufidagi “Agroservis operator” DUK korxonasini Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga o‘tkazish.

7,6 milliard so‘m grant mablag‘lari

2024-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi,

Agentlik

(Abdullayev)

2. “Agroservis operator” DUKning mavjud qarzdorligini Yevropa Ittifoqining grant mablag‘lari hisobidan kelgusidagi daromadidan qaytarib berish sharti bilan qoplash chorasini ko‘rish.

2024-yil noyabr

18.

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida mahalliy va xorijiy muassasalarda ilmiy tadqiqotchi hamda laboratoriya mutaxassislarini tayyorlash.

1. Respublika miqyosida oziq-ovqat sohasidagi yosh, qobiliyatli xodimlar va laboratoriya mutaxassislari ro‘yxatini shakllantirish.

Agentlik jamg‘armasi mablag‘lari va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2024-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida rivojlangan xorij davlatlaridagi ilmiy tadqiqot bo‘yicha ixtisoslashgan yetuk ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalari va ishlab chiqarish korxonalarini aniqlash.

2025-yil yanvar

3. Ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalari yoki ishlab chiqarish korxonalarini tajribasiga va salohiyatiga ko‘ra tanlab olish hamda ular bilan shartnomalar tuzgan holda hamkorlikni amalga oshirish.

Doimiy

19.

Eksportbop mahsulotlar yetishtirish, iqtisodiy samara beradigan mevali bog‘ va uzumzorlarni barpo qilish, sog‘lom sifatli ko‘chatlarni ko‘paytirish maqsadida ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Hududlarda bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaliklaridagi muammolarga ilmiy-amaliy yechim topish maqsadida ko‘chatchilik, agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish hamda mahsulotlarni qayta ishlashni ichiga olgan 2024 — 2026-yillarga mo‘ljallangan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarni shakllantirish hamda ularning grant tanlovlari asosida amalga oshirilishini ta’minlash.

Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

2024-yil oktabr

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Agentlik

(Abdullayev),

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(Otajonov)

20.

Bog‘dorchilik va uzumchilik sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Mevali bog‘ va uzumning hosildorligi yuqori, sovuqqa va kasallikka chidamli hamda danaksiz yangi navlarini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlar, jumladan, AQSH, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya va boshqa mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari va Jamg‘arma mablag‘lari

2024-2025-yillar

Agentlik

(Abdullayev),

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

(Ergashev)

21.

Respublikada sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarning ko‘rgazmali maydonlari, issiqxonalar, “in-vitro” laboratoriyalari va dehqonlarning ilg‘or tajribasini keng targ‘ib qilish, xalqaro yetakchi nashrlar, telekanallar va boshqa ommaviy-axborot vositalari xodimlari uchun mamlakat bo‘ylab press turlarni tashkil etish.

1. Xalqaro yetakchi nashrlar, telekanallar, mashhur agroblogerlarni aniqlab, ular bilan intensiv bog‘ va uzumzorlar, namunali bog‘lar, issiqxonalar, “in-vitro” laboratoriyalari va dehqonlarning ilg‘or tajribasini keng targ‘ib qilish maqsadida muzokaralar olib borish va ularni jalb qilish.

Agentlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan

2024-yil dekabr

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Xalqaro yetakchi nashrlar, telekanallar vakillari, mashhur agroblogerlar ishtirokida intensiv bog‘ va uzumzorlar, namunali bog‘lar, issiqxonalar, “in-vitro” laboratoriyalari va dehqonlarning ilg‘or tajribasini ko‘rsatish uchun press turlar tashkil etish.

2024-2025-yillar oktabr

3. Press turlar natijasida qilingan ishlarni ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida doimiy ravishda namoyish etishni tashkillashtirish.

Doimiy

22.

Mevali bog‘ va uzumzorlarni ijara huquqi bilan rasmiylashtirib berishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish.

1. Mevali bog‘ va uzumzorlarni ijara huquqi bilan rasmiylashtirib berish tartibini soddalashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2024-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Kadastr agentligi

(Po‘latov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Ishlab chiqilgan takliflarga asosan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil dekabr

23.

Respublikada anjir, funduk va zaytunzorlarni barpo etish choralarini ko‘rish.

1. Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, Ispaniya va Italiya davlatlariga anjir, funduk va zaytun yetishtirish texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha mutaxassislarni xizmat safariga yuborish, ular bilan tajribalar almashish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari

2024-2025-yillar davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Xolmurodov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov)

2. Andijon viloyatida 100 gektar maydonda plantatsiya usulida “Andijon anjirzorlari” bog‘ini tashkil etish.

Hisob-kitoblarga asosan

2025-yil aprel

3. Jalaquduq, Xo‘jaobod, Romitan, Vobkent, Xatirchi, Nurota, Konimex, Karmana, Qiziltepa, Nurota, Namangan, Uchqo‘rg‘on, Boyovut, Sayxunobod, Guliston, Jarqo‘rg‘on, Uzun, Bo‘stonliq, Parkent, Buvayda, Beshariq, Uchko‘prik, Urganch tumanlari va Samarqand shahrida anjir yetishtirishga ixtisoslashgan mahallalarni tanlab olib, anjirzorlar maydonini kengaytirish, ushbu tumanlarda anjirni qayta ishlash, saqlash, saralash va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil sentabr

24.

Respublikaning 24 ta tumanidagi anjirchilik bilan to‘liq va qisman shug‘ullanayotgan 102 ta mahalladagi 20 ming aholi tomorqalarida Romitan va Urganch tajribasi asosida anjir yetishtirishni rivojlantirish.

1. Mahallalarda anjir ekadigan xonadonlar ro‘yxatini shakllantirish va ko‘chat yetkazib beruvchi subyektlarni aniqlash.

Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

2025-yil yanvar

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Anjir ko‘chatini ekadigan xonadonlar talabidan kelib chiqib, moliyaviy (kredit) resurslar ajratish choralarini ko‘rish.

2025-yil may

3. Tumanlarda anjir ko‘chatlarini parvarishlash bo‘yicha Romitan va Urganch tumanining usta dehqonlari ishtirokida amaliy seminarlar o‘tkazish.

Reja-grafik asosida

25.

Aholi xonadonlariga 2025 — 2028-yillar davomida 1 mln tup anjir, zaytun va funduk ko‘chatlarini ekish.

1. Aholiga anjir, zaytun va funduk ko‘chatlarini “Tomorqa xizmati” MCHJ tomonidan yetkazib berish.

Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

2025 — 2028-yillar davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

(Ergashev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Aholiga anjir, zaytun va funduk yetishtirish, parvarishlash va kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli mutaxassislar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatib borish.

Reja-grafik asosida

26.

Agentlikning faoliyatini tubdan yaxshilash hamda xodimlariga shart-sharoitlar yaratish uchun bino va zaruriy jihozlar bilan ta’minlash.

1. Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oqibat” MFY, Markaz-1 Buyuk ipak yo‘li mavzesi, 42-uy manzili bo‘yicha joylashgan binoning noturar bo‘lgan 1-qavati va yerto‘lasi Agentlikka operativ boshqaruv huquqi asosida berilishini ta’minlash.

Hisob-kitoblarga asosan

2024-yil oktabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi

(M. Atadjanov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Binoni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan o‘rnatilgan tartibda qoplash.

2024-yil oktabr

27.

Agentlikning hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy bo‘linmalar xodimlari uchun tumanlar hokimliklarining ma’muriy binosi yoki boshqa idora, tashkilotlardan alohida xona ajratib, zaruriy ish sharoiti, uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

Hisob-kitoblarga asosan

2024-yil oktabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Agentlik xodimlarining samarali faoliyat olib borishlari uchun mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash uchun xarajatlarni davlat budjeti, grant va boshqa taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtirish.

2024-yil dekabr

(2-ilovaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 07/25/136/0321-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024 — 2027-yillarda anjir, funduk va zaytunzorlarni tashkil etishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hudud (viloyat)lar nomi

Jami tashkil etiladigan maydon, jami (gektar)

shundan

Shu jumladan, 2024 — 2027-yillarda tashkil etiladigan maydon, gektar

fermer, qishloq xo‘jaligi korxonasi

aholi tomorqasi

Anjir

shundan

Funduk

shundan

Zaytun

shundan

fermer, qishloq xo‘jaligi korxonasi

Aholi tomorqasi

fermer, qishloq xo‘jaligi korxonasi

aholi tomorqasi

fermer, qishloq xo‘jaligi korxonasi

aholi tomorqasi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

105

35

70

93

35

58

12

12

2.

Andijon

1 035

534

501

788

420

368

184

74

110

63

40

23

3.

Buxoro

723

320

403

640

295

345

83

25

58

4.

Jizzax

757

372

385

603

288

315

154

84

70

5.

Qashqadaryo

1 284

593

691

964

440

524

208

98

110

112

55

57

6.

Navoiy

432

222

210

332

172

160

100

50

50

7.

Namangan

1 059

513

546

792

372

420

185

91

94

82

50

32

8.

Samarqand

1 349

714

635

861

490

371

488

224

264

9.

Surxondaryo

1 420

728

692

1 031

557

474

234

109

125

155

62

93

10.

Sirdaryo

478

218

260

405

185

220

73

33

40

11.

Toshkent

773

373

400

630

310

320

143

63

80

12.

Farg‘ona

966

524

442

736

393

343

165

81

84

65

50

15

13.

Xorazm

353

130

223

330

130

200

23

23

JAMI:

10 734

5 276

5 458

8 205

4 087

4 118

2 052

932

1 120

477

257

220

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 07/24/344/0765-son; 14.12.2024-y., 07/24/431/1026-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 10.04.2025-y., 07/25/136/0321-son)