28.01.1992 yildagi 35-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT FELDYEGERLIK XIZMATI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi feldyegerlik xizmati boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi Davlat feldyegerlik xizmatiga aylantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi Davlat feldyegerlik xizmati toʻgʻrisida Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa ishlari vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Avtomobil transporti vazirligi, Iqtisodiyot qoʻmitasi, Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida Davlat feldyegerlik xizmati faoliyatini taʼminlashning tashkiliy masalalarini koʻrib chiqsinlar va hal qilsinlar hamda zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining koʻrib chiqishiga kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Aloqa vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik aloqa joʻnatmalarini feldyegerlik xizmati orqali qabul qilishni va boshqa davlatlarga olib borishni tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizomni hamda tegishli xizmatlarga ketadigan xarajatlar smetasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yildan boshlab har yili respublika budjetida, foydalanuvchilardan tushadigan daromadlarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi Davlat feldyegerlik xizmatini saqlash uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 28-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 28-yanvardagi 35-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi Davlat feldyegerlik xizmati toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi Davlat feldyegerlik xizmati davlat hokimiyati va boshqaruvning oliy organlariga, hukumat muassasalariga, oliy harbiy qoʻmondonlikka, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Milliy xavfsizlik, mudofaa ishlari organlariga va diplomatik xizmatlarga oʻta muhim maxfiy va boshqa aloqa joʻnatmalarini yetkazib berishni, shuningdek, ayrim hollarda esa shartnoma boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi aholisining, tashkilotlari va muassasalarining tez joʻnatiladigan xatlarini tashishni taʼminlovchi harbiy-choparlik hukumat xizmati hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat feldyegerlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligiga boʻysunadi va unga xizmat boshligʻi rahbarlik qiladi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vaziri lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat feldyegerlik xizmati boʻlinmalari Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtida, viloyat markazlarida hamda zarurat boʻlganda oʻta muhim davlat ahamiyatiga ega boʻlgan inshootlarda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat feldyegerlik xizmati oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga,Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi va Ichki ishlar vazirligining buyruqlariga, qoidalariga va yoʻriqnomalariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Hukumat aloqa joʻnatmalarini tezkorlik bilan yetkazib berishni taʼminlash uchun respublikada va uning tashqarisida yerdagi va havo orqali feldyegerlik yoʻnalishlari shoxobchalari tuziladi. Temir yoʻl yoʻnalishlari yoʻlovchi tashish poyezdlarining yoʻlovchi tashish vagonlaridagi alohida kupe yoki pochta vagonlarida bajariladi. Havo orqali yoʻnalishlar reysda qatnovchi yoʻlovchi tashish samolyotlarining yoʻlovchilar tashish boʻlmalarida bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻnalishlar boʻyicha hukumat aloqa joʻnatmalarini tashish yuzasidan Davlat feldyegerlik xizmati ishini tashkil etish ushbu aloqa joʻnatmalarining ishonchli saqlanishiga va uning tezroq yetkazib berilishiga kafolat beruvchi barcha zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat feldyegerlik xizmati yoʻnalish boʻyicha olib boriladigan aloqa joʻnatmalarining eng koʻp normasini, sonini belgilash va zarurat boʻlganda uni olib borishni qoʻriqlashni kuchaytirish huquqidan shuningdek, yuk bogʻlamlari va joʻnatmalarning boshqa turlarini tashish tartibini boshqarib borish va tashishni cheklash huquqidan, agar ushbu hol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatlarining aloqa joʻnatmalarini tashish bilan bogʻliq boʻlganda—oʻsha organlar bilan kelishuvga koʻra foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi va uning hududiy organlari Davlat feldyegerlik xizmati boʻlinmalarining talabnomalariga koʻra feldyegerlik sostavining borishi uchun belgilangan tariflar boʻyicha yoʻl haqi toʻlanadigan alohida yoʻlovchi tashiladigan kupelar beradilar hamda temir yoʻl pattalarini navbatdan tashqari sotishni taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Havo orqali yoʻnalishlarda Davlat feldyegerlik xizmati ishini taʼminlash uchun Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi va uning hududiy organlari feldyegerlik sostaviga xizmatni bajarish uchun samoletlarning yoʻlovchilarni tashish boʻlmalaridagi qulayroq joylarni beradilar. Davlat feldyegerlik xizmati boʻlinmalarining talabnomalariga koʻra amaldagi tariflar boʻyicha navbatdan tashqari aviapattalar sotishni taʼminlaydilar hamda ushbu boʻlinmalarga ijara shartlarida aeroportlarda telefon aloqasi va xizmat radiotelevizion translyatsiyasi boʻlgan xonalar ajratadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi feldyegerlik xizmati boʻlinmalarini shartnoma asosida boshqaruv organlari va budjetdan pul oluvchi tashkilotlar uchun amaldagi tariflar boʻyicha ishonchli avtotransport bilan taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa ishlari vazirligining,Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasining, Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligining organlari va mansabdor shaxslari Davlat feldyegerlik xizmati xodimlariga hukumat aloqa joʻnatmalarini qoʻriqlash va olib borish yuzasidan ularning oʻz vazifalarini amalga oshirishga har tomonlama yordam beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat feldyegerlik xizmati xodimlariga aloqa joʻnatmalarini olib borish boʻyicha xizmat burchlarini bajarish chogʻida alohida hollarda mazkur Nizomning 6-bandida sanalgan davlat organlariga tegishli aloqa vositalaridan tekinga foydalanish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari tomonidan aloqa vositalaridan foydalanish zarurligini aloqani beruvchi organlarning mansabdor shaxslari belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Feldyegerlik aloqasi xizmatiga qurolli kuchlardan zaxiraga boʻshatilgan, oʻz ishchanlik xislatlari, tayyorgarligi va sihat-salomatligining ahvoli bilan oʻzlariga ishonilgan aloqa joʻnatmalarining saqlanishini taʼminlay oladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Xizmatning vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat feldyegerlik xizmatiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisidan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziridan chiquvchi aloqa joʻnatmalarini olib borish, shuningdek, ularning nomiga boʻlgan aloqa joʻnatmalarini ham ularning doimiy ishlash joyiga, ham respublikadagi va chet ellarga safarlari chogʻida ularga olib borish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqaruvchisining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Kotibiyatining aloqa joʻnatmalarini olib borish yuzasidan topshiriqlarini bajarish, shuningdek, maxsus topshiriqlarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) barcha aloqa joʻnatmalarini olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Hukumati oʻtkazadigan kengashlar kotibiyatlari va tahririy-noshirlik apparatlarining topshiriqlarini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatlariga feldyegerlik xizmatlari koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa ishlari vazirligi, Xalq nazorati qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi va Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Ichki ishlar vazirligi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Nukus shahridagi va viloyat markazlaridagi boʻlinmalari, xalq deputatlari viloyat Kengashlari ijroiya qoʻmitalari ichki ishlar boshqarmalari, viloyat xalq nazorati qoʻmitalari, Turkiston harbiy okrugi shtabi va uning viloyat markazlarida joylashgan boʻlinmalarining feldyegerlik xizmati koʻrsatadigan muassasalarga va tashkilotlarga yuboriladigan maxfiy aloqa joʻnatmalarini olib borishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) oʻta muhim mudofaa va harbiy obyektlarga, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralariga feldyegerlik aloqa xizmatlarini koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining qarori bilan barcha davlatlarga maxfiy va maxfiy boʻlmagan aloqa joʻnatmalarini, texnika buyumlari namunalarini yetkazib berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy organlarida feldyegerlik aloqasining yanada tezroq xizmat koʻrsatishi maqsadida ularga boʻlinmalar, guruhlar yoki alohida feldyegerlar birkitilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirliklar va idoralarning alohida muhim inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan xizmat koʻrsatish uchun qabul qilinadi. Ushbu masala boʻyicha tegishli takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan kelishilgan holda manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirliklar va idoralarning alohida muhim inshootlariga xizmat koʻrsatish maxsus feldyegerlik yoʻnalishlari yoki bevosita mana shu inshootlarda feldyegerlik xizmati boʻlinmalarini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida muhim inshootlarga feldyegerlik xizmati tomonidan xizmat koʻrsatish tartibi va shartlari mazkur Nizom va tegishli bitim (shartnoma)lar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Maxfiy.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Tuzilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat feldyegerlik xizmat boʻlinmalarining va shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi Davlat feldyegerlik xizmatining tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida — Davlat feldyegerlik xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nukus shahrida — feldyegerlik xizmati boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlarning maʼmuriy markazlari va boshqa shaharlarda — feldyegerlik xizmati boʻlimlari va boʻlinmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mudofaa, sanoat va harbiy inshootlarda — feldyegerlik xizmati boʻlimlari (guruhlari) tarkibiga kiruvchi feldyegerlik xizmati boʻlimlari (guruhlar) yoki alohida birkitilgan feldyegerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Xizmatning shaxsiy tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat feldyegerlik xizmatining xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida doimiy xizmat qiluvchi kichik, oʻrta, katta va yuqori boshliqlar tarkibiga, shuningdek, erkin yollanadigan tarkibga boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat feldyegerlik xizmati boʻlinmalarining rahbarlari xodimlarni tanlash, oʻqitish va tarbiyalash uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat feldyegerlik xizmatining boshliqlar tarkibi xizmatni ichki ishlar organlarining oddiy va boshliqlar tarkibining xizmatni oʻtashlari haqidagi amaldagi Nizomga muvofiq oʻtaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat feldyegerlik xizmatining ichki ishlar organlarida doimiy xizmatda boʻlgan har bir xodimi ichki ishlar organlari boshliqlar tarkibi uchun belgilangan qasamyodni qabul qilishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin yollanadigan tarkibga Oʻzbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat feldyegerlik xizmati boshliqlar tarkibi lavozimlarini egallab turgan shaxslarning xizmat boʻyicha ishga tayinlanishi, ishdan boʻshashi va boshqa ishga oʻtishi belgilangan tartibda tasdiqlangan lavozimlar roʻyxatiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi Davlat feldyegerlik xizmati boshligʻi, feldyegerlik xizmati boʻlimlari va boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan xizmatga olish, boshliqlar tarkibiga maxsus unvonlar berish va feldyegerlik xizmati boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatish ularda amal qiluvchi nizomlarga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Aloqa vazirligi birgalikda qabul qiladigan buyruqlar bilan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat feldyegerlik xizmatining mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun belgilangan tartibda intizomiy, maʼmuriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Davlat feldyegerlik xizmati boʻlinmalaridagi ichki tartib, boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning boʻysunishi va intizomi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining buyruqlari va yoʻriqnomalari xamda ichki ishlar organlarining intizomiy ustavi bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat feldyegerlik xizmati boʻlinmalarining xodimlari oʻz xizmatlariga xos boʻlmagan ishlarga jalb etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Davlat feldyegerlik xizmatining boshliqlar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining boshliqlar tarkibi uchun belgilangan kiyim-bosh kiyadilar. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari Davlat feldyegerlik xizmatining boshliqlar tarkibiga ichki ishlar organlari boshliqlar tarkibining tegishli shaxsiy guvohnomalarini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Mablagʻ bilan taʼminlash va moddiy taʼminot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat feldyegerlik xizmatining maʼmuriy-boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarini saqlash foydalanuvchilardan tushuvchi daromadlar hisobga olingan holda respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi Davlat feldyegerlik xizmati mustaqil balansga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan, oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat feldyegerlik xizmati boʻlinmalarining shtatlari va xarajatlari smetasi mahalliy moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy organlari, Oʻzbekiston Respublikasining birkitilgan feldyegerlar tomonidan xizmat koʻrsatiladigan vazirliklari va idoralari feldyegerlik xizmatining birkitilgan xodimlarini saqlash xarajatlarini toʻlaydilar hamda zarur inventar va kommunal xizmatlar (elektr bilan yoritish, isitish, suv taʼminoti, telefon aloqasi, radiotranslyatsiya va boshqalar) bilan birga tekin jihozlangan xizmat va yordamchi xonalar ajratadi, ishda zarur boʻladigan materiallar, aloqa joʻnatmalarini tashish uchun tara va boshqalar bilan taʼminlaydilar, shuningdek, aloqa joʻnatmalarini yetkazib berish va har xil topshiriqlarni bajarish uchun avtotransport beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mana shu organlar, vazirliklar va idoralar Davlat feldyegerlik xizmatining ularga xizmat qilish uchun birkitilgan xodimlarini uy-joy maydoni, sanatoriya-kurortda davolanish uchun yoʻllanmalar bilan taʼminlaydilar, zarurat boʻlganda esa ularga yotoqxonalardan kommunal va maishiy xizmatlar uchun xarajatlar toʻlanmaydigan vaqtinchalik turar joy maydoni beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Agar alohida muhim inshootlarga feldyegerlik aloqasi bilan xizmat koʻrsatish uchun maxsus feldyegerlik marshrutlari tashkil etish talab etilsa, bunday yoʻnalishlarni (aviatsiya, temir yoʻl, avtomobil yoʻnalishlari) saqlash va bu inshootlarga feldyegerlik xizmati shaxsiy tarkibining xizmat safarlari xarajatlari ana shu alohida muhim inshootlar tegishli boʻlgan vazirliklar va idoralarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat feldyegerlik xizmati boʻlinmalari bevosita alohida muhim inshootlarning yopiq zonalarida joylashtirilganda bu inshootlar qarashli boʻlgan vazirliklar va idoralar Davlat feldyegerlik xizmati boʻlinmalarining ishlashi uchun ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan tartibda zarur sharoitlarni taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Muassasalar va tashkilotlarning aloqa joʻnatmalarini Davlat feldyegerlik xizmati orqali tashiganlik uchun ular bilan hisob-kitoblar feldyegerlik aloqasi xizmati uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Davlat feldyegerlik xizmatining boshliqlar tarkibi ichki ishlar organlarining boshliqlar tarkibi uchun belgilangan barcha huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat feldyegerlik xizmati xodimlarining pul taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari operativ xizmat xodimlari darajasida belgilanadi. Koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlar va afzalliklar bu xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi Davlat feldyegerlik xizmati hisobidan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Davlat feldyegerlik xizmatining boʻlinmalari bevosita alohida muhim inshootlarning yopiq zonalarida joylashgan bu boʻlinmalarning boshliqlar tarkibi mana shu inshootlarda ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan huquqlar va imtiyozlardan foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Davlat feldyegerlik xizmatining boshliqlar tarkibini kiyim-bosh bilan (belgilangan norma boʻyicha), sanatoriya-kurortda davolanish uchun yoʻllanmalar bilan taʼminlash, shuningdek, bu tarkibning bolalarini pioner lagerlariga va boshqa bolalar muassasalari (yaslilar, bolalar bogʻchalariga yoʻllanmalar bilan taʼminlash ichki ishlar organlari tomonidan mana shu xizmatning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Davlat feldyegerlik xizmatining ichki ishlar organlarida doimiy xizmatda boʻlgan xodimlarining hamda ularning oilalarining ambulatoriyada va statsionarda davolanishi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining poliklinikalari va statsionarlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining Ishlar Boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi Davlat feldyegerlik xizmati boʻlinmalarining avtomobil transporti, moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlanishida, bu xizmat xodimlarining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilashda yordam koʻrsatadilar.