1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Birja savdo hajmlari va ishtirokchilarini yanada oshirish |
||||
|
1. |
Birja savdolari orqali sotilayotgan mahsulotlar sifatini aniqlash bo‘yicha syurveyerlik xizmatini joriy etish. |
Syurveyerlik xizmatini ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish; syurveyerlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, birja ishtirokchilariga ularning xizmatini keng taklif qilish hamda talabga ko‘ra pulli xizmat ko‘rsatish asosida tovar sifatini aniqlash va unga xulosa berish. |
2024-yil oktabr |
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ |
|
2. |
Yangi savdo mexanizmlarini joriy qilish orqali birjaning tashqi savdo operatsiyalari hajmini oshirish. |
Birjada tuzilgan forvard bitimlari bo‘yicha mahsulotni yuklashda, mahsulot uchun narxni xalqaro axborot agentliklari hamda xorijiy birjalar kotirovkalaridan kelib chiqib shakllantirish tartibini joriy etish; tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida birja bitimining ijrosi to‘g‘risidagi axborotni birja hamda tegishli tijorat banklari tomonidan kiritish va qayta tahrirlash imkoniyatini yaratish. |
2024-yil oktabr |
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi |
|
3. |
Birja orqali sotilishi majburiy bo‘lgan mahsulotlarga bir-biridan farq qiluvchi narxlarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik. |
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari to‘liq (qisman) birja orqali sotilishi majburiy bo‘lgan korxonalar ro‘yxatini shakllantirish; mazkur korxonalar tomonidan o‘z mahsulotlarini birjada hamda birjadan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishda belgilangan boshlang‘ich narxlarni o‘rganish hamda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlariga ko‘ra tayyorlangan tahliliy ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga kiritish; aynan bir xil mahsulotga bir-biridan farq qiluvchi boshlang‘ich narx qo‘llanilgan holatlar aniqlangan taqdirda, ushbu korxonalarga nisbatan qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rish va bu kabi holatlarni bartaraf etish. |
doimiy |
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ |
|
4. |
Aholi tomorqalarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish jarayonlariga elektron tijorat faoliyatini izchil tatbiq qilish. |
Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari ularga ajratilgan yer maydonlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishga mo‘ljallangan “Uzex agro” elektron savdo portalini yaratish va ishga tushirish. “Uzex agro” elektron savdo portalida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish tartibini belgilash. “Uzex agro” elektron savdo tizimini “Online Mahalla” elektron platformasi bilan integratsiya qilish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarini portalga jalb qilishda hamda ushbu mahsulotlarni xaridorlarga, shu jumladan, davlat buyurtmachilariga sotishni yo‘lga qo‘yishda hokim yordamchilarining vazifalarini belgilash. |
2024-yil oktabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
|
II. Hisob-kitob operatsiyalarini yanada takomillashtirish |
||||
|
5. |
Birja hisob-kitob-kliring palatasi huzurida yuridik maqomga ega bo‘lmagan Birja bitimlari ijrosini kafolatlash fondini tashkil etish. |
Birja bitimlari ijrosini kafolatlash fondini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini ishlab chiqish. Bunda: fond mablag‘larini birja a’zolariga, ularga yuklatilgan moliyaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash uchun tijorat asosida ajratish; fondning huquq va majburiyatlarini belgilash; fond mablag‘larining samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatish. |
2024-yil oktabr |
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
6. |
Birja bitimlari bo‘yicha to‘lov va yetkazib berish muddatini pullik xizmat asosida differensial uzaytirish tartibini joriy etish. |
Differensial tartibda birja bitimlari bo‘yicha to‘lov va yetkazib berish muddatini uzaytirish mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini shakllantirish. Elektron tizimda texnik ishlarni amalga oshirish. |
2024-yil oktabr |
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ |
|
III. Tovar derivativlarini joriy qilish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish |
||||
|
7. |
Yangi savdo vositalar savdosini tashkil qilish. |
Rivojlangan birjalar (Dubay — DMCC, AQSh — Chicago Mercantile Exchange Group, New York Intercontinental Exchange, Germaniya — Deutsche Boerse Group AG, Xitoy — Dalian Commodity Exchange) bilan tajriba almashinuvini tashkil qilish. Xalqaro ekspert hamda konsultantlarni jalb qilish; xorijiy hamkorlarni jalb qilgan holda moliyaviy vositalar savdosi bo‘yicha elektron tizimni ishlab chiqish va ishga tushirish; savdo qoidalarini ishlab chiqish hamda savdo ishtirokchilari uchun o‘quv seminarlar tashkil qilish. |
2024-yil |
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
8. |
Birja savdolarida qarama-qarshi auksion savdolarini tashkil qilish hamda forvard bitimlar asosida tovarlarni qayta sotish tartibini joriy etish. |
Qarama-qarshi auksion va forvard bitimlar bo‘yicha tovarlarni qayta sotish yuzasidan savdolarni o‘tkazish uchun texnik yechimlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish. Qarama-qarshi auksion va forvard bitimlari bo‘yicha tovarlarni qayta sotish uchun savdo qoidalarini ishlab chiqish hamda yangi savdo turlari bo‘yicha brokerlar uchun o‘quv-seminarlari tashkil qilish. |
2024-yil noyabr |
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
9. |
Xorijiy hamkorlar ko‘magida xalqaro birjalarning global derivativ bozorlarida savdo qilish imkoniyatini yaratish |
Tovar derivativlari bozorini joriy qilish borasida yuqori tajribaga ega xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish. Xorijiy hamkorlarning xalqaro birjalar global derivativ bozorlariga kirish bo‘yicha texnologik yechimlari va imkoniyatlarini tahlil qilish. Birja huzurida ulushdorlik asosida xorijiy hamkorlar ishtirokidagi qo‘shma korxona tashkil qilish. Tovar derivativlari savdosining “Mahalliy bozorga” mos modelini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. |
2024-2025-yillar |
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ |
|
IV. Raqamli texnologiyalardan keng foydalanish va axborot texnologiyalari infratuzilmasini yanada takomillashtirish |
||||
|
10. |
Davlat raqami belgilari bo‘yicha savdolarda ishtirokchiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish. |
Axborot tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi texnik ishlarni amalga oshirish: oldindan o‘rnatilgan algoritm asosida narx taklifini berish — Algotrading; ishtirokchilar ma’lumotlarini vazirlik va idoralar bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ygan holda avtomatik yangilanib borishini ta’minlash. |
2024-yil oktabr |
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, Ichki ishlar vazirligi |
|
11. |
UZEX mobil ilovalarini barcha platformalar uchun joriy etish. |
Birja savdolari va davlat xaridlari maxsus axborot portalining Android va IOS tizimlaridagi mobil ilovalarini to‘liq ishga tushirish. Bunda: foydalanuvchilar uchun oson va qulay dasturiy tizimni yaratish; mobil ilova ishlab chiqishga professional dasturchilarni jalb etish. |
2024-yil dekabr |
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ |
|
12. |
Zaxira ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil qilish orqali axborotlarni saqlash sig‘imini kengaytirish. |
Mavjud axborot tizimlar, ularning texnik ko‘rsatkichlari hamda ma’lumotlar hajmidan kelib chiqqan holda, Zaxira ma’lumotlarni qayta ishlash markazi uchun texnik talabni ishlab chiqish. Ma’lumotlarni joylashtirish uchun “Data-markaz”NN tanlash, “Data-markaz” va Birja o‘rtasida yuqori o‘tkazuvchanlikka ega aloqani o‘rnatish va zarur internet tezligi bilan ta’minlash. Avtoraqamlar auksion savdosi elektron tizimining aks nusxasini Zaxira ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga o‘tkazish va sinov tariqasida “Mirroring” usulida tizimga ortiqcha yuklamalarsiz aks nusxalashni sinovdan o‘tkazish. Ijobiy sinov natijalariga ko‘ra birjaning qolgan ma’lumotlar bazalarini bosqichma-bosqich Zaxira ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga o‘tkazish. |
2024-2025-yillar |
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ |
|
V. Xalqaro miqyosda zamonaviy o‘zbek birjasi imijini shakllantirish |
||||
|
13. |
Tovar-xom ashyo birjalari tizimida mahalliy indekslarni joriy qilish. |
Tovar-xom ashyo birjalarida mahalliy indekslarni yuritish tartibini ishlab chiqish. Soliq va bojxona organlari tomonidan bozor narxlarini hisoblashda tovar-xom ashyo birjalari mahalliy indekslaridan keng foydalanish. |
2024-yil oktabr |
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
14. |
Tovarlarning birja standartlari va xalqaro “benchmark”ni shakllantirish. |
Sohalararo milliy raqamli narxlar indikativi platformasi va savdo tizimini ishlab chiqish. Bunda xorijiy hamkorlar va malakali ekspertlarni jalb qilish. Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida tovar derivativlari va tovarlar savdosi tashkilotchilari bilan aloqalarni faollashtirish. |
2024-yil dekabr |
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ |
2-ILOVA
“Tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
|
1. Litsenziya nomi: |
Birja faoliyati uchun litsenziya. |
|
2. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari: |
Tovar-xom ashyo birjasi faoliyati. |
|
3. Ariza beruvchilar toifasi: |
Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar. |
|
4. Litsenziyalovchi organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi. |
|
5. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
1. Litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, asosiy faoliyat turi, telefon raqami, elektron pochta manzili ko‘rsatiladi. |
|
2. Birja tovarlari bilan savdo qilish qoidalari nusxasi. |
|
|
3. Ustav jamg‘armasining shakllantirilgani to‘g‘risida ma’lumotnoma. |
|
|
4. Birja savdolari elektron tizimi hamda hisob kitob-kliring tizimining Tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qo‘yiladigan umumiy talablar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga javob berishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ijobiy xulosasi. |
|
|
6. Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yigim miqdori: |
Yig‘im undirilmaydi. |
|
7. Litsenziya berilgani uchun davlat boji miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida. |
|
8. Arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari: |
20 ish kuni. |
|
9. Litsenziya talablari va shartlari: |
a) litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarining muayyan qoidalariga rioya etish; |
|
b) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy markazga ega bo‘lgan va Tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qo‘yiladigan umumiy talablar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga javob beradigan hamda ularga asosan ishlab turgan mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan elektron birja savdo tizimining mavjudligi *; |
|
|
v) ustav fondining ariza berilgan sanada bazaviy hisoblash miqdorining kamida qirq ming baravari miqdorida shakllantirilgani. |
|
|
Bunda ustav fondini 2024-yil 1-noyabrdan boshlab yuz mlrd so‘m, 2025-yil 1-iyuldan boshlab ikki yuz mlrd so‘m miqdorida faqat mablag‘ ko‘rinishida shakllantirish; |
|
|
g) litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari bir vaqtning o‘zida boshqa tovar-xom ashyo birjalarida rahbarlik lavozimini egallashiga yo‘l qo‘ymaslik; |
|
|
d) quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari bo‘lishi mumkin emas *: |
|
|
moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi bo‘yicha oliy ma’lumotli bo‘lmagan shaxslar; |
|
|
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarda, axborot texnologiyalari sohasida yoki ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlarida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar; |
|
|
yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar yoki ularning aybi bilan yo‘l qo‘yilgan litsenziya talablari va shartlari buzilgani uchun tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to‘xtatilgan paytda, agar bunday to‘xtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt o‘tmagan bo‘lsa; |
|
|
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar; |
|
|
e) tuzilgan birja bitimlari bajarilishining kafolatlanish tizimi mavjudligi; |
|
|
j) qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborotning maxfiyligini ta’minlash *; |
|
|
z) birja savdosi qoidalarining mavjudligi *, unda: |
|
|
birja a’zolari, ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi nizom; |
|
|
birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni to‘xtatib turish va tugatish tartibi; |
|
|
birja a’zolarining birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish tartibi; |
|
|
birja tovarlarini muomalaga qo‘yish va muomaladan chiqarishga ruxsat berish tartib-taomillari; |
|
|
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun sharoit yaratish tartibi; |
|
|
birja savdolarini o‘tkazish tartibi, birja bitimlarining turlari; |
|
|
birja savdolarida muomalada bo‘ladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) tavsifi; |
|
|
birja tovarlarini kotirovkalash (ularning narxini belgilash) va ular to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish tartibi; |
|
|
birja tovarlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish, birja bitimlari va birja savdolari natijalarini ro‘yxatga olish hamda rasmiylashtirish tartibi; |
|
|
birja savdolari ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi; |
|
|
birjada narxlarning shakllanish jarayonini nazorat qilish tartibi; |
|
|
birja savdolari to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish tartibi; |
|
|
birja savdolari qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qoidalar; |
|
|
birjada nizolarni hal etish tartibi; |
|
|
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar; |
|
|
birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi va maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari to‘g‘risidagi qoidalarning mavjudligi; |
|
|
i) birja savdolarida faqat oldindan e’lon qilinadigan, iste’molchilar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar keng tanishishi mumkin bo‘lgan birjaning kotirovkalash varag‘iga kiritilgan tovarlarni sotish, oldindan e’lon qilinadigan birjaning kotirovkalash varag‘iga kiritilmagan tovarlar sotilishiga qo‘yilgan taqiqlarning mavjudligi; |
|
|
k) birja tovarlariga bo‘lgan talab va taklifning nisbati asosida ularni kotirovkalash (narx belgilash); |
|
|
l) axborotlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishi; |
|
|
m) litsenziyalovchi organ talabiga ko‘ra tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq axborotni, shu jumladan, internet tarmog‘idan foydalangan holda shaxsiy kabinet orqali birja tovarlarining qo‘yilishi, sotilishi va hisob-kitob-kliring palatasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish. Bunda vakolatli organga birja savdolari jarayonlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratish *; |
|
|
n) birja savdolarini faqat O‘zbekiston Respublikasining butun hududida hamda xorijiy davlatlardagi barcha birja a’zolariga savdolarda bir vaqtning o‘zida qatnashish imkoniyatini beruvchi va teng kirishini ta’minlovchi markazlashtirilgan elektron tizimda o‘tkazish hamda respublikaning har bir hududida yuqori tezlikdagi himoyalangan internet tarmog‘i orqali birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini yaratish. Bunda birja savdolarini tashkil etishda raqobatni cheklovchi talab va shartlarning joriy etilishini taqiqlash; |
|
|
o) tovar-xom ashyo birjasining elektron savdo tizimida avtomatik ravishda tuziladigan hamda tovar nomi, o‘lchov birligi, lotlar soni, operatsiya turi, tovarning savdoga qo‘yilgan narxi va bitimda ro‘yxatdan o‘tkazilgan narx, tovarni yetkazib berish shartlari, bitim tomonlari, bitim amalga oshirilgan aniq vaqt ko‘rsatilgan, elektron protokollar tarzida kiritilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni uch yil mobaynida saqlash; |
|
|
p) tovar-xom ashyo birjasining kotirovkalash varag‘iga faqat bir xil standartga, bir turdagi xossalarga ega bo‘lgan, ulgurji turkumlar bilan sotiladigan hamda dastlabki ko‘zdan kechirishni talab qilmaydigan birja tovarlarini kiritish; |
|
|
r) litsenziya olish, uni qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan ma’lumotlarning soxta, yolg‘on va noto‘g‘ri emasligini ta’minlash; |
|
|
s) litsenziat qayta tashkil etilganda uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida murojaaT qilinishi; |
|
|
t) zamonaviy server uskunalari bilan jihozlangan va ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy markazning mavjudligi *, unda: |
|
|
infratuzilmani tashkil etish uchun kamida 5 ta server uskunasi, har bir server uskunasi 2 ta protsessor va kamida 100 TV xotiraga ega bo‘lishi; |
|
|
bir vaqtning o‘zida axborot tizimining kamida 5 000 ta so‘rovni qayta ishlash tezligini ta’minlay olishi; |
|
|
kodli qulflar yoki biometrik tizim bilan himoyalangan kirish eshiklariga ega bo‘lishi; |
|
|
yonmaydigan materiallardan ko‘tarilgan pollar (falshpol) bilan jihozlangan bo‘lishi; |
|
|
isitilgan va namlikni yo‘qotuvchi toza havo oqimini ta’minlovchi tizimga ega bo‘lgan, 24/7 rejimda ishlovchi asosiy va zaxira sovitish texnikalari bilan jihozlanishi; |
|
|
kuzatuv kameralari bilan jihozlanishi; |
|
|
kamida 2 soat elektr ta’minoti uzluksizligini (generator ishga tushirilgunga qadar) ta’minlovchi quvvat manbaiga (UPS) ega bo‘lishi; |
|
|
maxsus gaz yordamida avtomatik yongin o‘chirish tizimiga ega bo‘lishi; |
|
|
ma’lumotlarni qayta ishlash markazining 60 foizi quvvat bilan kamida 2 sutka davomida ishlashini ta’minlovchi generator uskunasiga ega bo‘lishi; |
|
|
u) axborot xavfsizligini ta’minlash *, bunda: dasturiy servis va ilovalarning uzluksiz ishlashini ta’minlovchi internet, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i hamda boshqa asosiy va zaxira aloqa tarmoqlariga ulangan bo‘lishi; |
|
|
ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini himoya qilish uchun chegara zonalarini IDS/IPS funksiyalari, antivirus, spam filtr va boshqalarga ega apparat xavfsizlik devorlari bilan jihozlangan bo‘lish; |
|
|
dasturiy ilovalardagi axborotlarni shifrlangan holda uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi yechimlarga ega bo‘lish; |
|
|
veb dasturiy ilovalar amaldagi SSL sertifikatlari bilan himoyalangan bo‘lishi; |
|
|
ma’lumotlar bazalarini dastur ishlab chiquvchilar va administratorlar tomonidan o‘zgartirilishidan himoya qilish uchun RAM tizimiga ega bo‘lish; |
|
|
xodimlar tomonidan ma’lumotlarning sizib chiqishini nazorat qilish uchun DLP tizimga ega bo‘lish; |
|
|
f) har yil yakuni bo‘yicha tovar-xom ashyo birjalari moliyaviy faoliyati yuzasidan xalqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan mustaqil auditdan o‘tkazish; |
|
|
x) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarori bilan tasdiqlangan monopolist korxonalar tomonidan bozor tamoyillari asosida sotiladigan ro‘yxatga kiritilgan mahsulot turlari, xom ashyo va materiallar tovar xom ashyo birjalari tomonidan birja faoliyati uchun litsenziya olgandan boshlab olti oy davomida litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari aniqlanmagan taqdirda sotilishiga yo‘l qo‘yiladi; |
|
|
ch) vakolatli organlar bilan kelishilgan holda birja tarkibiga axborot xavfsizligi va korrupsiyaga qarshi komplayens tuzilmasining tashkil etilganligi. |
|
|
10. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar |
1. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi. |
|
2. “Kiberxavfsizlik markazi” DUK. |
|
|
11. Litsenziyaning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan. |
|
12. Izoh: |
* qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talablar va shartlar. |
|
”. |