Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKTELEKOM” AKSIYADORLIK KOMPANIYASINI XUSUSIYLASHTIRISHGA TAYYORLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Xususiylashtirish jarayoniga chet el investorlarini jalb etish uchun “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining jozibadorligini oshirish maqsadida, moliyaviy maslahatchi “Kommersbank” (Germaniya) boshchiligidagi konsorsiumning tavsiyalarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining hamda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarining:
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi 1-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari va unitar korxonalarni kompaniya filiallariga aylantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
kompaniya filiallariga aylantiriladigan aksiyadorlik jamiyatlarining xorijiy kreditlar boʻyicha qarzlarini 3-ilovaga* muvofiq “Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyatiga qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
* 3-ilova berilmaydi.
2. Quyidagilar:
1-ilovada koʻrsatilgan yuridik shaxslarni “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiallariga aylantirish 2002-yil 10-yanvargacha tugallanishi;
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi uning filiallariga aylantiriladigan 1-ilovaga muvofiq korxonalarning shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi:
kompaniyaning oʻz mol-mulki;
kompaniyaning filiallariga aylantiriladigan 1-ilovaga muvofiq yuridik shaxslarning mol-mulki;
“Oʻzmakom”, “Rubikon Vayerless Kommyunikeyshns”, “Boʻzton”, “Oʻzbektelekom Interneyshnl AJ” qoʻshma korxonalarining ustav fondlaridagi davlat ulushi hisobiga shakllantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda “Oʻzmakom”, “Rubikon Vayerless Kommyunikeyshns”, “Boʻzton”, “Oʻzbektelekom Interneyshnl AJ” qoʻshma korxonalarining ustav fondlaridagi davlat ulushlari “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga berilishini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
4. Belgilansinki, 3-ilovada koʻrsatilgan qarzlar “Oʻzbektelekom” kompaniyasining sotilgan aksiyalari paketi uchun xorijiy investordan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida erkin muomaladagi valyutada ochiladigan maxsus hisob raqamiga kelib tushgan sanadan boshlab qayta rasmiylashtiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xorijiy kreditlar boʻyicha qarz majburiyatlari “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi balansidan “Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati balansiga oʻtkazilishi boʻyicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida aks ettirilishi tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Hukumatning 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 27-dekabr,
488-son
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga filiallar huquqi bilan qoʻshiladigan aksiyadorlik jamiyatlari, unitar korxonalar
roʻyxati
1. “Qoraqalpoq Telekom” aksiyadorlik jamiyati
2. “Andijon Telekom” aksiyadorlik jamiyati
3. “Buxoro Telekom” aksiyadorlik jamiyati
4. “Navoiy Telekom” aksiyadorlik jamiyati
5. “Namangan Telekom” aksiyadorlik jamiyati
6. “Sirdaryo Telekom” aksiyadorlik jamiyati
7. “Toshkent Telekom” aksiyadorlik jamiyati
8. “Fargʻona Telekom” aksiyadorlik jamiyati
9. “Xorazm Telekom” aksiyadorlik jamiyati
10. “Toshkent shahar telefon tarmogʻi” aksiyadorlik jamiyati
11. “Toshkent telegraf-telefon stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati
12. “Shaharlararo aloqa korxonasi” aksiyadorlik jamiyati
13. “Intal Telekom” unitar korxonasi
14. “UzNet” unitar korxonasi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumati kreditidan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 2-oktabrdagi qarori 2-bandining beshinchi xatboshidagi “korxonalarining” soʻzi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorida:
1-banddan “va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xoʻjalik hisobidagi “UzNet” axborot-kompyuter xizmatining idoralararo axborot-kompyuter tarmogʻi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning ikkinchi xatboshidan “uning tarkibiga yuridik shaxs huquqi bilan xoʻjalik hisobidagi “UzNet” axborot-kompyuter xizmatini shuʼba korxonasi sifatida kiritgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qarorida:
ushbu qarorga 1 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
ushbu qarorga 4-ilovaning “Aksiyadorlik jamiyatlari” deb nomlangan II boʻlimi “Oʻzimpeksaloqa” soʻzi bilan toʻldirilsin;
ushbu qarorga 4-ilovaning “Qoʻshma korxonalar” deb nomlangan III boʻlimidan “Boʻzton”, “Rubikon”, “Oʻzmakom” soʻzlari chiqarib tashlansin.