1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISIGA SAYLOV TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonunning yangi tahriri O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oliy Majlisga saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis hududiy, bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyalilik asosida besh yil muddatga saylanadigan ikki yuz ellik nafar deputatdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatlari umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Umumiy saylov huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlisga deputatlar saylovi umumiydir. O‘zbekiston Respublikasining saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlisga saylanish huquqiga saylov kunigacha 25 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida hokimiyatning ikkitadan ortiq vakillik organining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Teng saylov huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir fuqaro –saylovchi bir ovozga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Yashirin ovoz berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi oshkoralik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradilar, deputatlikka nomzodlar xususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, hokimiyat vakillik organlaridan, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manfaatdor tashkilotlar, saylovchilar tashabbuskor guruhlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalariga saylovga kechi bilan o‘n besh kun qolganida ma’lum qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyasi manfaatdor tashkilotdan, saylovchilar tashabbuskor guruhidan ma’lumot olinganidan keyin besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan namunadagi mandatni kuzatuvchi uchun beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov uchastkasida hozir bo‘lish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonlarini tuzishda hozir bo‘lish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so‘rash va ularni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
basharti saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida yuqori komissiyaga ma’lum qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda ovoz berish kabinasida bo‘lish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchilarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. SAYLOV OKRUGLARI VA SAYLOV UChASTKALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Saylov okrugini tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlisga saylov o‘tkazish uchun ikki yuz ellik hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlisga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov okruglari, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi. Har bir saylov uchun saylov okrugiga to‘g‘ri keladigan saylovchilar normasi Oliy Majlis tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari ro‘yxatini ularning chegaralari va saylovchilar sonini ko‘rsatgan holda saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan o‘n besh kun ichida e’lon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Saylov uchastkalari tuzish tartibi va normasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi va qism joylashgan joydagi saylov okrugiga kiradi. Saylov uchastkalarining chegaralari tegishli saylov okrugi doirasidan chiqib ketmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlaridagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari o‘zlari joylashgan erdagi saylov okruglariga kiradi. O‘zbekistondan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish to‘g‘risidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov uchastkalari shahar, tuman hokimlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov uchastkalari saylov tayinlanganidan keyin o‘ttiz kundan kechikmay tuziladi. Harbiy qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining manzilini ko‘rsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. SAYLOV KOMISSIYALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Saylov komissiyalari tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlisga saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;
(9-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchastka saylov komissiyalari tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuziladi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) respublikaning butun hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi, saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida yo‘riqnomalar chiqaradi va izohlab berib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) saylov okruglari tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) okrug saylov komissiyalarini tuzadi va ularning joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) saylov komissiyalarining faoliyatini yo‘naltirib boradi, ularning tarkibiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi. Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining qarorlarini, basharti bu qarorlarni ushbu Qonunga zid bo‘lsa, mustaqil tarzda yoki respublika Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning, hokimiyat vakillik organlarining, saylovchilar tashabbuskor guruhlarining tegishli hujjatlarini qabul qilib oladi;
(11-moddaning oltinchi kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) deputatlikka nomzodlar saylov kompaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) mablag‘larni saylov komissiyalariga taqsimlaydi, saylov komissiyalari binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) Oliy Majlis deputatlari sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar ro‘yxatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari bayonlarining, saylovlarga doir boshqa hujjatlarning namuna va shakllarini, saylov qutilari va saylov komissiyalari muhrlarining namunalarini, saylovga doir hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) O‘zbekiston Respublikasi siyosiy partiyalari, vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, davlatning boshqa organlari va jamoat birlashmalari organlari vakillarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarni tinglaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) saylovning respublika bo‘yicha umumiy yakunini chiqaradi, saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi, Oliy Majlisga o‘tkazilgan saylov yakunlariga doir ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning ro‘yxatini matbuotda e’lon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) deputatlarga Oliy Majlis deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishonini beradi;
(11-moddaning o‘n uchinchi kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risidagi Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) saylovni o‘tkazish va uni tashkil etish bilan bog‘liq hujjatlar arxivlarga o‘tkazilishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Okrug saylov komissiyasini tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyasi saylov tayinlanganidan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yigirma kundan kechikmay rais, rais o‘rinbosari, kotib va yana kamida 6 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) saylov okrugi hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) saylov uchastkalari tuzadi, okrug bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) mablag‘larni uchastka saylov komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport, aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi va saylov okrugida saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-1) deputatlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo to‘plashga oid imzo varaqalarini saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillaridan qabul qilib oladi, ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-2) deputatlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari qabul qilinganligi to‘g‘risida saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillariga varaqa qabul qilingan kun qayd etilgan ma’lumotnoma beradi;
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni bilan 4-1 va 4-2-kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) deputatlikka nomzodlar saylov kompaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoit yaratilishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan deputatlikka nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi va bu nomzodlarga tegishli guvohnomalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) siyosiy partiyalar, davlat hokimiyati mahalliy organlari vakillarining, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) saylovchilar ro‘yxatlari tuzilishi va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) saylov okrugi bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlagan namunaga muvofiq saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi, byulletenlar tayyorlanishi va uchastka saylov komissiyalari ular bilan ta’minlanishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek bo‘shab qolgan o‘ringa deputat saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasini okrug saylov komissiyasi tuzadi. Uchastka saylov komissiyasi saylov tayinlangandan keyin ellik kundan kechikmay 5—19 nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Basharti komissiya 7 nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini idora rahbari amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uchastka bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) saylovchilarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda ro‘yxatga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) saylov kuni o‘z turar joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilaridan saylov konvertlarini qabul qilib oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ovoz berish binolari va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni tashkil etish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyalarining a’zolari, mahalliy hokimiyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi. Uchastka saylov komissiyalarining a’zolari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq birinchi qism bilan to‘ldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning a’zosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgani taqdirda o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli bo‘lib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgani yoki o‘z vazifalarini muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirib kelgani taqdirda o‘z vakolatlaridan mahrum etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat bo‘lganda saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolari siyosiy partiyaning a’zosi bo‘lishlari mumkin emas. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishlari mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti saylov komissiyasining majlisida shu kungi komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, majlis vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi bo‘lmagan komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini bayon etishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘linib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalari, shuningdek barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlarning, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki boshqa a’zolaridan biri komissiyaning qaroriga binoan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bunda saylovni o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan uning o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va jamoat birlashmalari organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishlari uchun yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun kerakli binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga va jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega. Ular ko‘pi bilan uch kun ichida komissiya o‘rtaga qo‘ygan masalani qarab chiqishlari va saylov komissiyasiga javob qaytarishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari Oliy Majlis qarori bilan to‘xtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatlarini to‘xtatadilar.
(17-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni qarab chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning organlari, hokimiyatning vakillik organlari, deputatlikka nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga ana shu qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat bilan murojaat qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. SAYLOVNI TAYINLASh. OLIY MAJLIS DEPUTATLIGIGA NOMZODLAR KO‘RSATISh VA ULARNI RO‘YXATGA OLISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Oliy Majlis deputatlari saylovini tayinlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatlar saylovi avvalgi chaqiriq Oliy Majlis deputatlarining vakolat muddati tugashiga kechi bilan uch oy qolganida Oliy Majlis tomonidan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan uch kun ichida saylov kuni to‘g‘risida matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida ma’lum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, bevosita fuqarolar egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya saylov tayinlangan kundan kamida olti oy oldin Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan, saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida ellik ming saylovchining imzosini to‘plagan taqdirdagina u Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan namunadagi imzo varaqalari saylov tayinlanganidan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya ellik ming saylovchining ko‘pi bilan sakkiz foizi imzosini to‘plashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzo varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning saylovda qatnashish huquqini rad etadi.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar taqdim etadigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish uchun siyosiy partiya saylov tayinlanganidan keyin yigirma kun ichida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
partiya rahbari tomonidan imzolangan saylovda qatnashish to‘g‘risidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov tayinlangan kundan kamida olti oy oldin ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imzo varaqalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur hujjatlar taqdim etilganidan keyin Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiya vakiliga ariza qabul qilingan kun qayd etilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda qatnashishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro‘yxati arizalar kelib tushish tartibiga qarab respublika matbuotida e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Oliy Majlis deputatligiga siyosiy partiyalar va hokimiyat vakillik organlari tomonidan nomzodlar ko‘rsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish saylov kuni tayinlanganidan keyin yigirma beshinchi kundan e’tiboran boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida to‘xtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalar deputatlikka ikki yuz ellik nafar nomzod, ya’ni har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod ko‘rsatishga huquqlidirlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishli hududda joylashgan har bir saylov okrugida bittadan deputatlikka nomzod ko‘rsatishga huquqlidirlar. Bir shaxs faqat bitta okrugdan deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzod tanlash tartibini siyosiy partiyalar va hokimiyat vakillik organlarining o‘zlari hal etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalar faqat o‘z partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni, hokimiyatning vakillik organlari esa shaxslarni u yoki bu partiyaga mansubligidan qat’i nazar, deputatlikka nomzod etib ko‘rsatishga huquqlidir. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risida bayon tuziladi.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
221-modda. Oliy Majlis deputatligiga bevosita fuqarolar tomonidan nomzodlar ko‘rsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining saylash huquqiga ega bo‘lgan har bir fuqarosi yoki fuqarolar guruhi Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko‘rsatish uchun tegishli saylov okrugining kamida yuz nafar saylovchisidan iborat saylovchilar tashabbuskor guruhini tuzishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar tashabbuskor guruhi yig‘ilishining vakili guruhni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, tegishli okrug saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchilar tashabbuskor guruhi a’zolarining ro‘yxati, unda guruh a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, yashash joyi manzili, pasportining seriyasi va tartib raqami ko‘rsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakilini tayinlash to‘g‘risidagi qarori hamda qonunda belgilangan tartibda uning nomiga rasmiylashtirilgan ishonch qog‘ozi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deputatlikka nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida saylovchilar tashabbuskor guruhi yig‘ilishining qarori va bayoni, unda nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyasi o‘ziga taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlab, hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida, takroriy saylov yoki bo‘shab qolgan o‘rinlarga Oliy Majlis deputatlari saylovi o‘tkazilayotgan taqdirda esa ikki kun ichida saylovchilar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish to‘g‘risida yoki ro‘yxatga olishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
(221-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar tashabbuskor guruhi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin vakolatli vakilga tegishli ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi hamda belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalari beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda okrug saylov komissiyasi asoslantirilgan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar tashabbuskor guruhi o‘zining vakolatli vakiliga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi berilganidan keyingina deputatlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini to‘plashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatlikka nomzod ko‘rsatgan saylovchilar tashabbuskor guruhi okrug saylovchilari umumiy sonining kamida sakkiz foizi miqdorida nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo to‘plashi, bunda imzolayotgan fuqarolar miqdori har bir mahalla, qishloq yoki ovul bo‘yicha mutanosib ravishda taqsimlangan bo‘lishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzo varaqalari shaklini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi. Imzo varaqasida deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar faqat bitta nomzodni qo‘llab-quvvatlab bir martagina imzo qo‘yishga haqlidirlar. Bunda saylovchi o‘z familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini (yoshi o‘n sakkizda bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda tug‘ilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qo‘ygan sanani ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzo varaqasini saylovchilar tashabbuskor guruhining imzo to‘plagan a’zosi, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili o‘z familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini ko‘rsatgan holda tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib boriladi. Imzo to‘playotgan shaxs tomonidan qo‘llanilgan saylovchilarni majbur qilish va o‘ziga og‘dirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzo to‘plash tamomlanganidan so‘ng saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili har bir mahalla, qishloq yoki ovul bo‘yicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini tegishli okrug saylov komissiyasiga topshiradi. Okrug saylov komissiyasi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib ko‘radi va besh kunlik muddat ichida, takroriy saylov yoki bo‘shab qolgan o‘rinlarga Oliy Majlis deputatlari saylovi o‘tkazilayotgan taqdirda esa ikki kunlik muddat ichida tegishli bayonni Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi.
(221-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
222-modda. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyaning, hokimiyat vakillik organining rahbari, saylovchilar tashabbuskor guruhining vakili deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya yuqori organining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlarining, saylovchilar tashabbuskor guruhining Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya yuqori organi majlisining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarining, saylovchilar tashabbuskor guruhi yig‘ilishining Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayoni, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, shuningdek saylov okrugining nomi va tartib raqami ko‘rsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deputatlikka nomzodning o‘z nomzodi tegishli saylov okrugidan ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 23-moddasining ikkinchi qismida aytib o‘tilgan shaxslar uchun, basharti ular Oliy Majlis deputati etib saylangudek bo‘lsalar, egallab turgan lavozimlaridan bo‘shash to‘g‘risidagi arizalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli siyosiy partiyalarning, hokimiyat vakillik organlarining rahbarlariga va saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakillariga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.
(221 va 222-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
(23-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov tayinlangan kunga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamagan fuqarolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Oliy Majlis deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat a’zolari, sudyalar, Bosh prokuror va prokuratura organlarining mansabdor shaxslari, vazirliklar, idoralar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor shaxslari (viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimlaridan tashqari) deputat etib saylangudek bo‘lsalar, egallab turgan lavozimlaridan bo‘shash to‘g‘risida ariza berganlari taqdirdagina Oliy Majlis deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar, hokimiyat vakillik organlari, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan Oliy Majlis deputatlariga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida to‘xtatadi.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunga muvofiq deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilgan shaxsga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘ttiz besh kun qolganida to‘xtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli okrug saylov komissiyasi deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin besh kun ichida deputatlikka nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va turar joyini, shuningdek uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan organning nomini qayd etgan holda ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni mahalliy matbuotda e’lon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. SAYLOVOLDI TAShVIQOTI. OLIY MAJLIS DEPUTATLIGIGA NOMZODLAR FAOLIYATINING KAFOLATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Saylovoldi tashviqoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Deputatlarga nomzodlarga o‘z saylovchilari bilan ham yig‘ilishlarda, ham saylovchilar uchun qulay bo‘lgan boshqa shaklda uchrashuvlar o‘tkazishda teng huquq beriladi. Saylovchilarning yig‘ilishlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuman, shahar hokimligi bilan birgalikda tashkil etiladi. Saylov komissiyalari, tumanlar va shaharlarning hokimliklari Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarga yig‘ilishlar o‘tkazish uchun jihozlangan binolar ajratadilar. Yig‘ilishlar va uchrashuvlar o‘tkaziladigan vaqt va joy saylovchilarga barvaqt xabar qilinadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni tashkil etishda, zarur ma’lumot va axborot materiallari olishda yordam ko‘rsatishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalarga o‘zining kelgusi faoliyat dasturi bilan chiqish huquqi beriladi. Partiyalar va deputatlikka nomzodlarning dasturlari respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan bo‘lmasligi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qilmasligi, unda urush, milliy adovat, irqiy va diniy xusumat targ‘iboti, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlarga da’vat bo‘lmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashviqotning saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlari bundan mustasno), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borilishi taqiqlanadi.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov kuni tashviqot yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Ishonchli vakillar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatligiga nomzod besh nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo‘lishi mumkin. Ishonchli vakillar nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadilar, davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan o‘zaro munosabatlarda, shuningdek saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatlikka nomzod ro‘yxatga olingandan keyin o‘z ishonchli vakillarini o‘zi belgilaydi va bu haqda okrug saylov komissiyasiga ma’lum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni ro‘yxatga olib, ularga guvohnoma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatligiga nomzod okrug saylov komissiyasiga ma’lum qilgan holda saylovga qadar o‘z ishonchli vakilini istagan vaqtida vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istagan vaqtida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli vakil saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarni saylovoldi tadbirlarida ishtirok etishlari uchun ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ozod qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatligiga nomzod qilib ro‘yxatga olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, saylovoldi yig‘ilishlarida so‘zga chiqish, televideniye ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida saylovni o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod bo‘lish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Oliy Majlis deputatligiga nomzodning transportda tekinga yurish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatligiga nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin tegishli saylov okrugi doirasida davlat passajir transportining barcha turlarida (shahar yo‘lovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yo‘nalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega bo‘ladi. Saylov okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod ham saylov okrugiga kelish va undan turar joyiga qaytishda ana shunday huquqdan foydalanadi.
(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlik maqomidan mahrum etish. Deputatlikka nomzodlikdan voz kechish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi, saylovchilar tashabbuskor guruhi u yoki bu shaxsni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘z qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish muddati tugagunga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro‘yxatga olish to‘g‘risida taklif kiritishi mumkin.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatga olingan deputatlikka nomzodlar ularni Oliy Majlis deputatligiga nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya o‘z faoliyatini to‘xtatgan taqdirda ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatligiga nomzod saylovga qadar istagan vaqtida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. SAYLOVChILARNING RO‘YXATLARI. SAYLOV BYuLLETENI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoshga to‘ladigan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar ro‘yxati har bir saylov uchastkasi bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi va uni komissiya raisi bilan kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini tuzish ishida qatnashishga jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanlar va shaharlarning hokimliklari saylovchilarni hisobga olishni ta’minlaydilar va uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda istiqomat qiluvchi saylovchilar to‘g‘risida saylovchilar ro‘yxatini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, harbiy xizmatchilar oila a’zolari va boshqa saylovchilarning, basharti ular harbiy qismlar joylashgan erda istiqomat qilsalar, ro‘yxatlari ham harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar o‘zlarining turar joylari bo‘yicha umumiy asoslarda saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlarining taqdim etgan ma’lumotlari asosida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatlarida ovoz berishni tashkil etish uchun qulay bo‘lgan tartibda ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatda har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va manzili aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatlari bilan tanishtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovga o‘n besh kun qolganida, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi. Uchastka saylov komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi saylovchilar ro‘yxatidagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi yigirma to‘rt soat ichida bunday arizani ko‘rib chiqishi va xatoni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi rad etilishining asoslari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Saylov byulleteni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov byulleteniga deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritilib, uning tug‘ilgan yili, partiyaga mansubligi, egallagan lavozimi (mashg‘ulotining turi) va uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan organning nomi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugi aholisining ko‘pchiligi muomala qiladigan tillarda nashr etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Saylov byulletenlarini yetkazib berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalaridan saylovga kamida uch kun qolganda oladilar. Saylov byulletenlari berilganligi va olinganligini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Saylov byulletenining o‘ng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. OVOZ BERISh VA SAYLOV NATIJALARINI ANIQLASh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Ovoz berish binosi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda o‘tkazilib, bu binolarda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar tayyorlangan bo‘lishi, saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Saylov qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalaridan o‘tib boradigan qilib joylashtiriladi. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbir o‘tkazilishiga ruxsat etilmaydi. Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati uchastka saylov komissiyasi zimmasida bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida o‘n kun qolganida saylovchilarni xabardor qiladi.
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida, basharti ro‘yxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, uchastka saylov komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e’lon qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Ovoz berishning boshlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov kuni ovoz berish binosi, uchastka saylov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgandagina ochiladi. Saylov komissiyasining raisi komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisini muhrlaydi, saylov byulletenlari va saylovchilarning ro‘yxatlarini komissiya a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi hamda saylov boshlanganligini e’lon qiladi. Saylov byulletenlarining umumiy soni alohida hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Saylovchilarning shaxsini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biror-bir sababga ko‘ra saylovchilar ro‘yxatiga familiyalari kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari, saylovchining shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Saylov byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra, saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.
(39-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovda saylovchi o‘zi qarshi ovoz berayotgan nomzodlarning saylov byulletenidagi familiyalarini o‘chiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘ldirilgan byulletenni ovoz beruvchi saylov qutisiga tashlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z turar joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini talab qilib, bir qarorga kelgach, to‘ldirilgan saylov varaqasini konvertga solib, uni yopiq holda uchastka komissiyasida qoldirishi mumkin. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Saylov varaqasining shakli, saylov varaqalarini tayyorlash tartibi, ularni saylov uchastkalariga yetkazib berish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(39-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim saylovchilar salomatligining yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmaganlari taqdirda, ularning iltimosiga ko‘ra uchastka saylov komissiyasi komissiya a’zolariga ovoz berishini ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasining a’zolari ishtirokida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov qutilari uchastka saylov komissiyasining raisi ovoz berish tugaganini e’lon qilganidan keyin uchastka saylov komissiyasi tomonidan ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, saylov byulletenlari va varaqalarni olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir nomzod bo‘yicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov qutilaridagi saylov byulletenlari va varaqalariga asosan komissiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar, saylov varaqalari sonini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar tomonidan byulletenlarga va saylov varaqalariga qo‘shimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq nomzodning familiyasi qoldirilgan saylov byulletenlari va varaqalari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulleteni yoki varaqasining haqiqiyligi shubha tug‘dirsa, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida qarab chiqilib, bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais o‘rinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda tegishli okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyalarining bayonlari asosida okrug saylov komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
okrug bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug bo‘yicha saylov natijalari saylov komissiyasi majlisida aniqlanib, bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais o‘rinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Oliy Majlisga deputatlar saylovining natijalarini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonlar asosida:
(42-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlarning sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(42-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlarining sonini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan Oliy Majlis deputatligiga nomzod deputat etib saylangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti saylovchilarning ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami saylovda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari yoxud ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha o‘tmagan deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topishga doir qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan saylov yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim saylov uchastkalarida saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan ana shu uchastkalar bo‘yicha ovoz berish natijalari, basharti bu natijalarsiz ham saylov umuman haqiqiy deb topilishi mumkin bo‘lsa, saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari bo‘yicha bayon tuzadi va qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Takroriy ovoz berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti saylov okrugi bo‘yicha Oliy Majlis deputatligiga ikki nafardan ortiq nomzod qo‘yilgan bo‘lsa-yu, ulardan birortasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha okrugda takroriy ovoz berishni o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda Markaziy saylov komissiyasi hamda okrug saylovchilarini xabardor qiladi. Takroriy ovoz berish ushbu Qonunning talablariga rioya etgan holda ikki hafta ichida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan Oliy Majlis deputatligiga nomzod, basharti uni yoqlab berilgan ovozlar soni unga qarshi berilgan ovozlar sonidan ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Takroriy saylov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi hollarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) basharti saylov okrugida saylov o‘tmagan yoxud haqiqiy emas deb topilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) basharti takroriy ovoz berish Oliy Majlisga deputat saylanganligini aniqlash imkonini bermasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) basharti saylov okrugi bo‘yicha Oliy Majlis deputatligiga ko‘pi bilan ikki nomzod ovozga qo‘yilgan va ulardan birortasi ham saylanmagan bo‘lsa takroriy saylovlar o‘tkaziladi;
(44-modda birinchi qismining “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
(44-modda birinchi qismining “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroriy saylov Markaziy saylov komissiyasining topshirig‘iga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Bunda Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov o‘tkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(44-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroriy saylov asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan bir oy ichida o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish, deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Oliy Majlis deputatlarining saylovini o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan, boshqa sabablarga ko‘ra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin to‘xtatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov o‘tkaziladi. Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanib, ushbu Qonunning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda okrug saylov komissiyasi saylovlarga yigirma besh kun qolganida, uchastka saylov komissiyalari esa o‘n besh kun qolganida tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘n besh kun qolganida to‘xtatiladi.
(45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Oliy Majlis deputatining o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa yangi deputat saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. DEPUTATLARNI RO‘YXATGA OLISh VA SAYLOV YAKUNLARINI E’LON QILISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Oliy Majlis deputatlarini ro‘yxatga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonlar asosida Oliy Majlisga saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi va bu haqda deputatlarni xabardor etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 23-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan, Oliy Majlis deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga Oliy Majlis deputatining maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmasidan soqit qilganligi to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. Oliy Majlis deputatlari saylovining yakunlarini e’lon qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborotni va Oliy Majlisga saylangan deputatlarning ro‘yxatini Markaziy saylov komissiyasi deputatlarning familiyasi, ismi, otasining ismini, tug‘ilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, saylov okrugining tartib raqami va nomini ko‘rsatgan holda ko‘pi bilan o‘n kun ichida e’lon qiladi.
(47-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. YAKUNIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda. Oliy Majlis deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis deputatiga Oliy Majlis deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Oliy Majlis deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni namunasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(48-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda. Saylovning moliyaviy ta’minoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarni boshqa mablag‘lar hisobidan pul bilan ta’minlash va o‘zga tarzda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari, jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari o‘z mablag‘larini ixtiyoriy ravishda saylov o‘tkazish uchun berishlari mumkin. Bu mablag‘larni Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-modda. Oliy Majlisga saylov to‘g‘risidagi Qonunni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilarning Oliy Majlisga saylash va saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish huquqlarini amalga oshirishlariga zo‘ravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatayotgan shaxslar, shuningdek soxta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin noto‘g‘ri sanab chiqqan, yashirin ovoz berishni buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘ygan saylov komissiyalarining a’zolari, boshqa mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning vakillari, saylovchilar tashabbuskor guruhlarining a’zolari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq belgilangan javobgarlikka tortiladilar. Deputatlikka nomzod to‘g‘risida soxta ma’lumotlarni e’lon qilgan yoki o‘zgacha tarzda tarqatgan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.
(50-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 28-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
990-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 1999-y., 9-son, 206-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 9-10-son, 132-modda)